Farg'ona viloyati |Maktabgacha ta'lim

@fargonaviloyati_mtb


Farg‘ona viloyati Maktabgacha ta'lim tizimiga oid kanalga xush kelibsiz.

Tizimga oid eng so‘nggi yangiliklar, tasdiqlangan ma'lumotlar, rasmiy munosabatlarni bizning kanalda biz bilan kuzatib boring.

Hamkorlik taklifi uchun manzil: @Fayzullo_Sultonov

Farg'ona viloyati |Maktabgacha ta'lim

21 Jan, 00:26


Болаларга нисбатан оилавий (маиший) зўравонлик содир этганлик учун жавобгарлик белгиланди

⚡️Президент томонидан имзоланган Қонун (ЎРҚ-978-сон, 21.10.2024 й.) билан айрим қонун ҳужжатларга ўзгартиришлар ва қўшимча киритилди.

Қонунга кўра, Жиноят кодексига ва Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодексига болаларга нисбатан оилавий зўравонлик содир этганлик учун жавобгарликни назарда тутувчи ўзгартиришлар киритилмоқда.

Шунингдек, Жиноят-процессуал кодексига оилавий (маиший) зўравонлик билан боғлиқ ишлар юзасидан ярашув тўғрисидаги ариза фақат суд муҳокамаси босқичида берилиши мумкинлиги белгиланмоқда.

Қонун расмий эълон қилинган кундан эътиборан кучга киради.

Kanalga ulanish 👇👇👇

👉@Fargonaviloyati_MTB

Farg'ona viloyati |Maktabgacha ta'lim

21 Jan, 00:24


Асосийси болаларни урмасдан, уларни кўнглини олса бўлди.

⚡️Тарбиячининг ушбу харакатини қўллаб-қувватлайсизми?

👍 ҳа
👎 йўқ

Kanalga ulanish 👇👇👇

👉@Fargonaviloyati_MTB

Farg'ona viloyati |Maktabgacha ta'lim

21 Jan, 00:24


Бугун, 21 октябрь – Ўзбек тили байрами куни 

⚡️1989 йил 21 октябр куни "Давлат тили тўғрисида"ги қонун қабул қилинди, унга кўра ўзбек тилига давлат тили мақоми берилган.

2020 йил 10 апрелда қабул қилинган “Ўзбек тили байрами кунини белгилаш тўғрисида”ги Ўзбекистон Республикаси Қонуни билан 21 октябрь санаси юртимизда “Ўзбек тили байрами куни” этиб белгиланди.

Kanalga ulanish 👇👇👇

👉@Fargonaviloyati_MTB

Farg'ona viloyati |Maktabgacha ta'lim

21 Jan, 00:23


Farg‘ona tumanidagi maktabgacha ta'lim tashkilotini obod maskanga aylanishida o‘z hissangizni qo‘shing

⚡️Qadrli yurtdoshlar, hurmatli ota-onalar Farg‘ona tumanidagi 8-sonli maktabgacha ta'lim tashkiloti "Mening bogʻcham" loyihasi doirasida bolajonlar uchun qaytadan qurilishi, yangi maskanda barcha tarbiyalanuvchilarga qulay shart va sharoitlar yaratilishi mumkin.

📍Buning uchun esa albatta sizning ko‘magingiz zarur. Sizdan, bizning bog‘cha qurilishini qo‘llab-quvvatlab, quyidagi havola orqali oʻz ovozingizni berishingizni so‘raymiz.

Eslatib oʻtamiz, bundan siz hech qanday zarar koʻrmaysiz va farzandingiz qatori bo‘lgan bolalar uchun ehson qilgan boʻlasiz. Zero, "bolaning begonasi bo‘lmaydi".

Biz sizga ishonamiz albatta, bizni qo‘llab quvvatlaysiz!

Ovoz berish uchun quyidagi havolaga kiring 👇👇👇

https://openbudget.uz/boards/initiatives/kindergarden/49/cf801270-895f-427d-9aa3-52473fa6e150

Sizga cheksiz hurmat bilan Farg‘ona tumanidagi 8-DMTT jamoasi.

Kanalga ulanish 👇👇👇

👉@Fargonaviloyati_MTB

Farg'ona viloyati |Maktabgacha ta'lim

21 Jan, 00:19


#Fotojamlanma

Farg'ona shahar 9-sonli davlat Maktabgacha ta'lim tashkilotida "O'lkamizda oltin kuz" mavzusida hosil bayrami oyligining ochilishi o'tkazildi.

Oliy ma'lumotli pedagoglardan tashkil topgan jamoa, o'z mahoratlari ila ushbu tadbirni faollik bilan tashkil etishda jonbozlik ko‘rsatdi.

Shuningdek, DMTTda tarbiyalanayotgan o‘g‘il-qizlarning ota-onalari ham ushbu tanlovda faol ishtirok etib, ta'lim tashkiloti bilan faol hamkorlik qildilar.

Tadbirga tayyorgarlik doirasida tashkilot direktori M.O.To'tiyeva boshchiligidagi uslubchi va tarbiyachilar "Kuz kombozitsiyasi" asosida ota onalar farzandlari bilan estalik sur'atlariga tushishlari uchun fotozonalar tashkil etishdi.

"Tashkilotda "Oltin kuz oyligi" ko'tarinki kayfiyatda boshlandi va shu zayilda tadbirlar davom etadi", — demoqda tshkilotchilar.

Kanalga ulanish 👇👇👇

👉@Fargonaviloyati_MTB

Farg'ona viloyati |Maktabgacha ta'lim

21 Jan, 00:17


Hududlarda “Gʻamxoʻrlik” guruhlari faoliyati yo'lga qo'yilmoqda

⚡️Farg'onalik Guliraʼno endigina 5 yoshga toʻldi. Yurolmasligi, harakatlari chеklangani sababli onasining doimiy parvarishiga muhtoj.

👫 Bеshariq tumanidagi 6- sonli koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotida “Gʻamxoʻrlik” guruhi faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Guliraʼno singari alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan 12 nafar bola ushbu guruhga jalb etildi.

🟢 Hozirda ushbu guruhlarda qo'shni tumanlardan ham bolalar qabul qilinmoqda. Bu maskanda ularning tayanch harakat aʼzolari tizimining funksionalligini oshirishga qaratilgan jismoniy mashgʻulotlar, fiziotеrapiya, massaj va past chastotali elеktr toki bilan davolash amaliyotlari olib boriladi.

Kanalga ulanish 👇👇👇


👉@Fargonaviloyati_MTB

Farg'ona viloyati |Maktabgacha ta'lim

21 Jan, 00:17


Япония, Хитой, Кореяда жамиятда ўзини тутиш қоидалари боғча ёшиданоқ ўргатилади.

⚡️Видеода Япония боғчаларидаги ҳолат тасвирланган.

Kanalga ulanish 👇👇👇

👉@Fargonaviloyati_MTB

Farg'ona viloyati |Maktabgacha ta'lim

21 Jan, 00:16


📈 “Mening bogʻcham” loyihasi doirasida ovoz berish jarayoni 15-oktabr soat 10:00 da boshlanadi

Joriy yilning 15-oktabridan 25-oktabrigacha “Ochiq budjet” axborot portalida “Mening bogʻcham” loyihasi doirasida 2025-yil uchun ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha davlat dasturi uchun yangi quriladigan hamda rekonstruksiya qilinadigan bogʻchalarga aniqlik kiritish boʻyicha ovoz berish jarayoni oʻtkaziladi.

Eslatib oʻtamiz, ovoz berish jarayoni “Bir fuqaro — bir ovoz” tamoyili asosida amalga oiriladi.

Mazkur loyihaga befarq boʻlmagan holda, ovoz berish jarayonlarida faol ishtirok etib, oʻz hududingizda yangi bogʻcha barpo etilishi yoki ta’mirlanishiga hissa qoʻshing!

📝 Loyihalar roʻyxati bilan mazkur havola orqali tanishish mumkin.

Kanalga ulanish 👇👇👇

👉@Fargonaviloyati_MTB

Farg'ona viloyati |Maktabgacha ta'lim

21 Jan, 00:10


Мактабгача таълим ташкилотлари ходимлари 15 ноябрь куни малака тоифа синовларини топширади

⚡️Мактабгача, умумтаълим ва мактабдан ташқари таълим муассасалари педагоглари учун жорий йилнинг август-декабр ойларида ўтказиладиган малака тоифа синовлари вақти белгиланди.

Унга кўра, мактабгача таълим муассасалари тарбиячиси, мактабгача таълим ташкилоти психологи, Тарбиячи-методист, Ўқитувчи-дефектолог, Ўқитувчи-логопед, Мусиқа ходими (Мусиқа раҳбари), Психолог, Қорақалпоқ тили (Давлат тили), Қорақалпоқ тили ва адабиёти фанларидан — 15-ноябр куни (1 кун) малака тоифа синовларини топширади.

Kanalga ulanish 👇👇👇

👉@Fargonaviloyati_MTB

Farg'ona viloyati |Maktabgacha ta'lim

21 Jan, 00:09


"Ўқитувчиларнинг пахта теримига жалб этилиши ноқонуний" — Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги

⚡️Пахта нархи билан боғлиқ муаммолар фонида, мактаб ўқитувчиларига терим учун одам топиш вазифаси юклатилаётгани ҳақида гап-сўзлар пайдо бўлди.

Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги ўқитувчиларни ва мактабгача таълим ташкилоти тарбиячиларини бундай ҳолатларда вазирликнинг ишонч телефонига мурожаат қилишга чақирди.

☎️ (71) 202-09-09

Kanalga ulanish 👇👇👇

👉@Fargonaviloyati_MTB

Farg'ona viloyati |Maktabgacha ta'lim

21 Jan, 00:07


Давлат ОТМга ўз бўш ер участкаларида боғчалар ташкил этишга рухсат берилди

⚡️Давлат олий таълим муассасаларига ўзларига доимий фойдаланиш ҳуқуқи асосида тегишли бўлган бўш ер участкаларида давлат мактабгача таълим ташкилотлари фаолиятини ташкил этишга рухсат берилди.

Kanalga ulanish 👇👇👇

👉@Fargonaviloyati_MTB

Farg'ona viloyati |Maktabgacha ta'lim

21 Jan, 00:07


Ўзбекистондаги 12 та боғчада француз тилини ўқитиш йўлга қўйилади

⚡️Ўзбекистонда 12 та мактабгача таълим ташкилотида бепул француз тилини ўқитиш йўлга қўйилади. Бу борада вазир Ҳилола Умарова ва Kokoro lingua компанияси асосчиси Натали Ласслет ўртасида келишув имзоланди.

Маълумот учун, Kokoro lingua 4−8 ёшдаги болаларга чет тилларни ўргатишга мўлжалланган халқаро онлайн таълим платформаси бўлиб, болаларни табиий ва қизиқарли усуллар билан чет тилларига ўргатади. Дарслар, асосан, видео орқали ўтказилади ва бу жараён болалар ўйнаб-ўрганиш форматида ташкил этилади. Ундан 2018 йилдан бери дунё бўйлаб 250 мингдан ортиқ киши фойдаланган.

Kanalga ulanish 👇👇👇

👉@Fargonaviloyati_MTB