O‘zbekiston "Yoshlik" JTSJ MK

@yoshlikmk


Марказий Кенгашнинг расмий канали

O‘zbekiston "Yoshlik" JTSJ MK

22 Oct, 17:23


📣Sportning badiiy gimnastika turi bo‘yicha ''Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri kubogi'' musobaqasining viloyat bosqichi o‘tkazildi.

⚡️Jizzax viloyatida umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida sportning badiiy gimnastika turi bo‘yicha “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” sport musobaqasining viloyat bosqichi tashkil etildi.

Ushbu musobaqada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tahsil olayotgan 2014-2017 yillarda tug‘ilgan, 1-4-sinf o‘quvchi qizlar o‘z yosh toifalari bo‘yicha ishtirok etishdi.

🏆Musobaqa yakuni bo‘yicha g’oliblar aniqlandi va munosib taqdirlandi.

O‘zbekiston "Yoshlik" JTSJ Markaziy kengashi matbuot xizmati

Telegram | Instagram |Facebook | Youtube

O‘zbekiston "Yoshlik" JTSJ MK

18 Oct, 14:06


📣 🔤🔤🔤🔤🔤🔤📣

“Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri kubogi” musobaqasining respublika bosqichi o‘tkazilmoqda!

😊Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Sport vazirligi bilan hamkorlikda sportning gimnastika turi bo'yicha “Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri kubogi” musobaqasiga start berilgan edi.

🔹Musobaqada Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi umumiy о'rtа ta'lim maktablarida tahsil olayotgan 2014-2017-yillarda tug'ilgan, 1-4-sinf o'quvchi-qizlarining belgilangan o'z yosh toifalari bo'yicha qatnashishlariga ruxsat etiladi.

Musobaqaning asosiy maqsadi:
✔️o'sib kelayotgan yosh avlod o'rtasida gimnastika sport turlаri ommaviyligini oshirish,
✔️yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni sагаlаb olish tizimini takomillashtirishdan iborat.

🎁G‘oliblar tashkilotchilar tomonidan maxsus diplom hamda esdalik sovg‘alar va kubok bilan taqdirlanadi.

🔉Aziz o‘quvchi-yoshlar!
Musobaqada faol ishtirok eting!


Barchangizga omad yor bo'lsin!

Bizni kuzatishda davom eting va yaqinlaringizga ulashing!

O‘zbekiston "Yoshlik" JTSJ Markaziy kengashi matbuot xizmati

🕊Telegram | 📱Instagram |📱Facebook | 📺Youtube

O‘zbekiston "Yoshlik" JTSJ MK

16 Oct, 14:25


📢Sport akrobatikasi bo‘yicha Nikolay Ivanovich Lakiza xotirasiga bag‘ishlangan "Osiyo yulduzlari" xalqaro turniri bo‘lib o‘tmoqda

◀️Bugun, Toshkent shahrida joylashgan O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi sport majmuasida "Osiyo yulduzlari" xalqaro turniri ochilish marosimi o‘tkazildi.

Ushbu tadbirda O‘zbekiston "Yoshlik" jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengashi raisining birinchi o‘rinbosari Alimov Ahmadjon Raxmatovich ishtirok etib, mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish ijtimoiy siyosatning muhim yo‘nalishlaridan biri etib belgilanganligini, sport akrobatikasi o‘sib kelayotgan yosh avlodni kuchli, epchil va matonatli qilib tarbiyalashi haqida so‘z yuritib o‘tdi.

🗓Mazkur musobaqada O‘zbekiston "Yoshlik" jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengashida sport akrobatikasi bo‘yicha faoliyat yuritayotgan trener-o‘qituvchilari hamda shug‘ullanib kelayotgan o‘quvchi-yoshlar ishtirok etmoqda.

📎O‘zbekiston "Yoshlik" jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengashi jamoasi musobaqada ishtirok etayotgan yosh sportchilarga g‘olib va sovrindor bo‘lishlarida omad yor bo‘lishini tilaydi.

O‘zbekiston "Yoshlik" JTSJ Markaziy kengashi matbuot xizmati

🕊Telegram | 📱Instagram |📱Facebook | 📺Youtube