Kokand University (official)

@kokanduniversity


🏛 Qo‘qon universitetining rasmiy axborot kanali 📚

🏛 Официальный новостной канал Кокандского университета 📚

🏛 Official informational channel of the Kokand University 📚

Kokand University (official)

22 Oct, 14:00


🏫 Qoʻqon universiteti direktori universitet grant sohiblari bilan ochiq muloqot oʻtkazdi

❤️‍🔥Ochiq muloqotda Qoʻqon universiteti direktori Gʻafurjon Zaxidov talabalarni grant sohibi boʻlganliklari bilan muborakbod etib, ularni bundanda yuksak marralarni zabt etishga undadi.

✔️Bundan tashqari, direktor ularni yetuk kadr boʻlishi uchun aslo toʻxtab qolmaslik, ilm yoʻlida barcha imkoniyatlardan foydalanish, hamisha katta maqsadlar sari qadam bosishlari zarurligini ta’kidladi.

📌 Ma'lumot uchun, universitet granti talabalarga eng yuqori GPA ko‘rsatkich to‘plagan talabalarga beriladi.

🌐 Web-site🕊Telegram|📱Facebook|📱Instagram|📺YouTube

Kokand University (official)

22 Oct, 13:20


#hamkorlik_memorandumi

🏫 Qoʻqon universiteti va Toshkent axborot texnologiyalar universiteti Fargʻona filiali oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Bugun Qoʻqon universitetiga Toshkent axborot texnologiyalar universiteti (TATU) Fargʻona filiali rahbariyati va talabalari tashrif buyurishdi.

🩷 Dastlab mehmonlarga ekskursiya tashkil etilib, ularga universitetda talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar, turizm majmuasi, muzey, yotoqxona, dars jarayonlari, kutubxona, ovoz yozish studiyasi, robototexnika laboratoriyasi faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi.

🤝 Soʻngra Qoʻqon universiteti Zaxidov Gʻafurjon Erkinovich va Toshkent axborot texnologiyalar universiteti (TATU) Fargʻona filiali direktori Muxtarov Farrux Muhammadovich tomonidan “Raqamli O‘zbekiston – 2030” davlat dasturi doirasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

👆Batafsil: https://telegra.ph/Hamkorlik-memorandumi-imzolandi-10-22

🌐Web-site🕊Telegram|📱Facebook|📱Instagram|📺YouTube

Kokand University (official)

22 Oct, 11:01


🏫 Qoʻqon universitetida "Yil talabasi" tanlovi oʻtkaziladi!

🔠oʻqon universitetining iqtidorli talabalarini "Yil talabasi" tanloviga taklif etamiz! Tanlov uchun hujjatlar 1-noyabrgacha qabul qilinadi va unda 2-3-4-kurs talabalari ishtirok etishi mumkin.

Tanlov ikki bosqichda quyidagi 7 nominatsiya boʻyicha oʻtkaziladi:

1️⃣ “Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi”
2️⃣“Yilning eng faol targ'ibotchi talabasi”
3️⃣“Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi”
4️⃣“Yilning eng faol sportchi talabasi”
5️⃣“Yilning eng faol iqtidorli talabasi”
6️⃣ “Yilning eng faol ijodkor talabasi”
7️⃣“Yilning eng faol tadbirkor talabasi” (xotin-qizlar uchun)

📄Batafsil ma'lumot uchun tanlov nizomi bilan tanishing!

👨‍💻 Hujjatlar tegishli dekanatlar tomonidan qabul qilinadi.

🌐Web-site🕊Telegram|📱Facebook|📱Instagram|📺YouTube

Kokand University (official)

22 Oct, 09:10


🇺🇿 21-oktyabr – O‘zbek tili bayrami!

🏫 Qoʻqon universiteti rahbariyati o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 35 yilligi bilan qutlaydi!

O‘zbek tilining qadim tarixi yorqin kelajakka ziyo bo‘lib, mangu yashnasin!

🌐Web-site🕊Telegram|📱Facebook|📱Instagram|📺YouTube

Kokand University (official)

22 Oct, 06:01


📺📺📺📺📺📺

🏫 Qoʻqon universitetida 27-oktyabr Oliy Majlis qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlarining sayloviga muddatdan oldin ovoz berish jarayonlari boʻlib oʻtmoqda.

Qoʻqon universiteti 180-saylov uchastkasidagi muddatidan oldin ovoz berish jarayonlari "Muloqot" telekanali nigohida.

🌐Web-site🕊Telegram|📱Facebook|📱Instagram|📺YouTube

Kokand University (official)

22 Oct, 04:40


🏫 Qo'qon universiteti talabalari uchun navbatdagi binar dars bo'lib o'tadi.

😎Universitet talabalari uchun Matematika o'qitish metodikasi I fanidan "Boshlang'ich sinflarda o'qitishni tashkil qilish" mavzusida binar dars bo'lib o'tadi.

💙Binar darsni Qo'qon universiteti, Raqamli texnologiyalar va matematika kafedrasi dotsenti Mamajonov Sanjarbek Mirzayevich va Qo'qon davlat pedagogika instituti dotsenti Turakulov Xamidullo Shamsidinovich o'tib beradi.

📌 Mazkur binar darsda barcha talabalarni kutib qolamiz!

📆 Ma'lumot uchun, binar dars 23-oktabr soat 13:30 da A-405-xonada bo'lib o'tadi.

🌐Web-site🕊Telegram|📱Facebook|📱Instagram|📺YouTube