"Asakabank" AJ Matbuot kotibi

@asakabank_pressa


"Asakabank" AJ Matbuot kotibining telegramdagi rasmiy sahifasi

☎️ (78)-147-63-16

"Asakabank" AJ Matbuot kotibi

22 Oct, 13:01


🏦 Asakabank tomonidan aholi va tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o'tkazilmoqda!

Mamlakatimizda aholining farovonligini ta'minlash va inson qadrini ulug'lash yo'lida Prezidentimiz tomonidan keng ko'lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentabrdagi PQ-330-sonli “Kambag'allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to'g'risidagi qarori muhim huquqiy hujjat hisoblanadi.

Mazkur qarorda belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida “Asakabank” AJ tomonidan tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash orqali aholi bandligini ta'minlash va daromadni oshirish bo'yicha joylarda uchrashuvlar o'tkazilmoqda.

Bugun Navoiy viloyatining Nurota tuman hokimligi binosida “O‘zmilliybank” AJ va “Asakabank” AJ mas'ul vakillari, tuman hokimligi, mahalla “yettiligi”, tadbirkorlar va aholi ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi. Ochiq muloqot shaklida o'tkazilgan uchrashuvda tumandagi tadbirkorlar faoliyatini rivojlantirish, ko'proq ish o'rinlari yaratish, yangi loyihalar uchun kreditlar ajratilishi va imtiyozli kreditlardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda tumandagi “Eshonsudur”, “Avazsoy” va “Mustaqillik” mahallalarida yashovchi fuqarolar tomonidan Prezidentimizning 2024-yil 7-sentyabrdagi PQ-312-sonli “Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” kompleks dasturini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risidagi qarori asosida kredit olish istagi bildirildi. Murojaat qilgan ikki fuqaroning murojaatlari joyida hal etilgan bo'lsa, olti tadbirkorning murojaatlari ijrosi nazoratga olindi.

Yuqoridagi kabi uchrashuvlar viloyatning Karmana, Tomdi, Konimex va Navbahor tumanlarida ham o'tkazildi. Bunday uchrashuvlar belgilangan tartibda joylarda davom etmoqda.


📌Facebook 📌Instagram 📌You tube

"Asakabank" AJ Matbuot kotibi

22 Oct, 12:24


🏦 Asakabank bosh ofisida iqtisodiy o‘qish darslari o‘tkazildi

Joriy yilning 21-oktyabrida Asakabank bosh ofisida barcha tarkibiy tuzilma xodimlari uchun iqtisodiy o‘qish darslari tashkil etildi.

O‘qish jarayonida "Ijro intizomini mustahkamlash va yagona, uzluksiz texnologik zanjirni tashkil etishda bankning markaziy apparati hamda tizim tashkiloti rahbarlarining o‘rni va vazifalari" hamda "Qonunchilik hujjatlari bajarilishining ta'sirchan tizimini yaratishda 'Ijro.gov.uz' ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimining o‘rni va ahamiyati" mavzulari muhokama qilindi.

––––

🏦 В главном офисе Asakabank проведены экономические занятия

21 октября текущего года в главном офисе Asakabank были организованы экономические занятия для всех сотрудников структурных подразделений.

В ходе занятий обсуждались темы: "Укрепление исполнительной дисциплины и роль и задачи руководителей центрального аппарата банка и системных организаций в организации единой, непрерывной технологической цепочки" и "Роль и значение межведомственной единой электронной системы 'Ijro.gov.uz' в создании эффективной системы исполнения законодательных актов".

📌Facebook 📌Instagram 📌You tube

"Asakabank" AJ Matbuot kotibi

21 Oct, 11:01


🇺🇿 Asakabank jamoasi nomidan 21-oktabr – "O‘zbek tili bayrami" kuni bilan barchangizni muborakbod etamiz!

🎉 Bugun, bizni birlashtiradigan hamda tariximiz va an’analarimizni aks ettiradigan madaniyatimizning eng muhim boyliklaridan birini nishonlaypmiz.

🙏 Biz ona tilimizni nafaqat muloqot vositasi balki o‘zligimizning bir qismi sifatida asrab-avaylash va rivojlantirishdan faxrlanamiz.

🏦 Asakabankda millatimizni shakllantiruvchi qadriyatlarni qo‘llab-quvvatlaymiz. Tilimiz gullab-yashnasin va avloddan avlodga davom etsin!

--------

🇺🇿 От имени коллектива Асакабанка сердечно поздравляем вас с Днём узбекского языка – 21 октября!

🎉 Сегодня мы чествуем одно из величайших богатств нашей культуры – наш родной язык, который объединяет нас, отражая нашу историю и традиции.

🙏 Мы гордимся тем, что сохраняем и развиваем узбекский язык не только как средство общения, но и как неотъемлемую часть нашей национальной идентичности.

🏦 В Асакабанке мы неизменно поддерживаем ценности, которые формируют нашу нацию. Пусть наш язык продолжает процветать и передаваться из поколения в поколение!

"Asakabank" AJ Matbuot kotibi

17 Oct, 08:50


🏦

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Faktoring xizmatlari bozorini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-109-sonli farmoni hamda “Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash kompleks dasturini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-312-sonli qarori ijrosi yuzasidan seminar tashkil etildi.

Namangan viloyati, Uchqoʻrgʻon va Uychi tuman hokimligida oʻtkazilgan uchrashuvda “Asakabank” AJ Boshqarma boshlig'i M.Ortiqov, Markaziy bank Viloyat bosh boshqarmasi boʻlim boshligʻi A.Soliyev, “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJning viloyat boʻyicha vakili Sh.Turdiyev, tuman hokimligi mutasaddilari, tegishli tashkilot, tijorat banklari rahbarlari va tadbirkorlar ishtirok etishdi.

“Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash” kompleks dasturi hamda “Faktoring xizmatlari bozori" doirasida yangi mexanizmlarni amaliyotga joriy etish boʻyicha taqdimotlar oʻtkazildi. Seminar davomida bank rahbarlariga dastur doirasida amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar tushuntirilib, mutaxassislarni fikr-mulohazalari tinglandi.

📌Facebook 📌Instagram 📌You tube

"Asakabank" AJ Matbuot kotibi

17 Oct, 04:25


🏦 Asakabank "Davlat tilida ish yuritish yoʻlga qoʻyilgan eng yaxshi tizim" yo'nalishida Respublika bo'yicha Banklar orasida 1-o'rinni qo'lga kiritdi🤩

👉 2024-yil 11-oktabr kuni Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti tomonidan tashkil etilgan “Qadring baland boʻlsin, ona tilim! ”tanlovining Respublika bosqichi gʻoliblarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

👏 Vazirlik, idora, xo'jalik birlashmalari o'rtasida o'tkazilgan mazkur tanlovda Asakabankda davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari yuksak baholanib, Davlat tilida ish yuritish yoʻlga qoʻyilgan eng yaxshi tizim yo‘nalishida rag‘batlantiruvchi mukofot bilan taqdirlandi.

Mazkur mukofot Asakabank Boshqaruv Raisining Davlat tilida ish yuritish bo'yicha maslahatchisi Alisher Boymurodovga topshirildi.

📌Facebook 📌Instagram 📌You tube

"Asakabank" AJ Matbuot kotibi

14 Oct, 06:19


🟥🟥🟥 🟥🟥🟥

Hurmatli "Asakabank" AJ mijozlari!

Asakabank tizimida texnik ishlab olib borilayotganligi sababli, bank tizimlarida va kreditlarni rasmiylashtirish chog'ida uzilishlar kuzatilishini ma'lum qilamiz.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so'raymiz.

📌Facebook 📌Instagram 📌You tube

"Asakabank" AJ Matbuot kotibi

09 Oct, 09:16


Rasmiy munosabat!

8-oktyabr kuni “Sizdan telegram” telegram sahifasida "Asakabank" AJ Jizzax BXMda elekron navbat tizimi to'g'ri ishlamayotganligi yuzasidan murojaat e’lon qilindi.

Hozirda mazkur muammo bartaraf etilgan va mijozlar elektron navbat tizimidan hech qanday to‘siqlarsiz foydalanishmoqda.

Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so'raymiz.

📌Facebook 📌Instagram 📌You tube

"Asakabank" AJ Matbuot kotibi

08 Oct, 13:03


👍👌😎🫡

❗️ Firibgarlik holatlarining oldini olish uchun kredit tashkilotlari tomonidan onlayn kredit ajratilishiga doir joriy etilayotgan vaqtinchalik tartib yuzasidan videosharh

#regulyator

📌Facebook 📌Instagram 📌You tube

"Asakabank" AJ Matbuot kotibi

08 Oct, 11:53


😎🥳🤦Endilikda oʻz kredit tarixingizni bilishga taqiq qoʻyishingiz mumkin

🔵 Ushbu xizmatni yoqish uchun quyidagi ketma-ketlikda faollashtirishingiz mumkin bo'ladi:

1️⃣Kredit byuroning 👍infokredit.uz veb-sayti bosh sahifasidan yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri havola orqali 👉 portal.infokredit.uz/login UCIN portaliga o'tasiz;

2️⃣One 🆔 veb-sayti👉 id.egov.uz/uz orqali shaxsiy kabinetingizda identifikatsiyadan o'tasiz;

3️⃣Bosh sahifada muvaffaqiyatli avtorizatsiyadan so'ng, sizga qulay tilni tanlab "SMS-xabarnoma" bo'limida "SMS-xabarnoma" xizmatini yoqish talab etiladi. ("SMS-xabarnoma" - bu sizning kredit tarixingizdan foydalanishni nazorat qilish imkonini beruvchi bepul xizmat turi hisoblanadi).

4️⃣ "Freeze" bo'limiga o'tib songra, xizmatga ulanish tugmasini bosing. Xizmat muvaffaqiyatli ulaganingizdan so’ng, sizga SMS-tasdiqluvchi xabar keladi.

Tabriklaymiz! Xizmat muvaffaqiyatli ulandi.

👍Ushbu xizmatdan dastlab veb-sayt portal.infokredit.uz/login orqali bepul foydalanish mumkin bo‘ladi.
Shuningdek, 2025-yil 1-yanvardan esa xizmat pullik asosida bazaviy hisoblash miqdori (BHM) ning 0,03 barobari miqdoridagi (QQSni hisobga olmagan holda) haq evaziga amalga oshiriladi.

🫵 Sodda qilib aytganda, hech qaysi tashkilot, hatto banklar ham kredit tarixingizni ololmaydi va natijada firibgarlar nomingizga kredit rasmiylashtira olmaydi. Shuningdek, har doim kredit tarixingizni olishga urinish boʻlganda, telefon raqamingizga sms xabar kelib, ogohlantiradi.

Hozirgi kunda ushbu xizmat firibgarlikni oldini olish boʻyicha yagona yechim boʻlib, koʻpchilikga manzur xizmat boʻlmoqda.

🌐 @KATM_kredit_byurosi

📌Facebook 📌Instagram 📌You tube

"Asakabank" AJ Matbuot kotibi

02 Oct, 12:58


📣 Asakabank balansida boʻlgan marmar va granit majmuasi qulay shartlarda sotiladi!

📍Ob'yekt Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani Gʻazalkent shaharchasida joylashgan. Umumiy yer maydoni 1.8 gektarni tashkil qiladi. Suv va elektr energiyasi mavjud.

Qulay shartlari:
🔥 Boshlang'ich toʻlovi — 30%;
🔥 Muddati - 5 yilgacha;
🔥 Foiz stavkasi -13.5%

👉 Havola orqali auksion sahifasiga o'ting va ob'yekt haqida batafsil ma'lumot oling

📞 (78)-147-64-02 raqamiga qoʻngʻiroq qiling va shaxsiy konsultatsiyaga ega bo'ling!

📌Facebook 📌Instagram 📌You tube

"Asakabank" AJ Matbuot kotibi

01 Oct, 02:10


Muhtaram ustoz va murabbiylar!

Barchangizni kasb bayramingiz bilan samimiy qutlaymiz!

Mana shunday sharafli vazifani ado etishda barchangizga sihat-salomatlik, baxtu saodat, oliyjanob faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, xonadoningizga fayzu baraka tilaymiz.

Bayramingiz muborak boʻlsin!

📌Facebook 📌Instagram 📌You tube