Intellektual mulk yangiliklari

@adliyaimd


O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Intellektual mulk departamentining rasmiy kanali

Intellektual mulk yangiliklari

19 Oct, 08:58


#Imkon_loyihasi

⚡️Bugun, 19-oktabr kuni
MATONAT filmini tomosha qiling

https://youtu.be/oTCyEmyI1jo


https://t.me/yuldasheva_shoxidaxon

Intellektual mulk yangiliklari

16 Oct, 14:02


Intellektual mulk huquqlari bo‘yicha maxsus vakolatli оrgаnlаri xodimlari ishtirokida o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi

Adliya vazirligi, Soliq qo‘mitasi, Bojxona qo‘mitasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining “Kontrafakt mahsulotlarni ishlab chiqarish va ularning aylanmasiga qarshi kurashishda o‘zaro hamkorlik qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qo‘shma qarori asosida joriy yilning 14–16-oktyabr kunlari Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazida maxsus vakolatli оrgаnlаr xodimlarining intellektual mulk sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

O‘quv seminarida intellektual mulk sohasidagi ekspertlar va Adliya vazirligining mas’ul xodimlari tomonidan maxsus vakolatli оrgаnlаr xodimlariga intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni himoya qilishning o‘ziga xos xususiyatlari, kontrafakt mahsulotlarni aniqlash mezonlari hamda intellektual mulk bilan bog‘liq nizolarni sudgacha va sud tartibida hal etish tartiblari bo‘yicha bilimlar berildi.

Ushbu o‘quv seminaridan asosiy maqsad intellektual mulk sohasida davlat organlarining o‘zaro hamkorlikdagi faoliyatini rivojlantirish, kontrafakt mahsulotlar realizatsiyasiga qarshi kurashish va ushbu sohadagi huquqbuzarliklarga tezkor va ta’sirchan choralar ko‘rish mexanizmlarini yaratish hisoblanadi.

Kanalga ulanish:👇🏻
@adliyaimd

Intellektual mulk yangiliklari

13 Oct, 12:27


#Intervyu

“Yoshlar g‘oya emas pul izlayapti” – Sevara Nazarxon


Sevara Nazarxon “Ulug‘imsan Vatanim” uchun shoirdan eksklyuziv huquq olganmi, nima uchun ijodkor yoshlar orasida o‘g‘rilik va plagiat avj olib bormoqda, mualliflik huquqlari xorijda qanday?

Hudud24.uz xonandaning mashhur qo‘shiqlariga mashhur odamlar she'r yozib bergani kabi qiziq mavzularda O‘zbekiston Respublikasi Xalq artisti bilan suhbat qurdi.

To‘liq video 👉 https://youtu.be/cNViIiuHwrU

📌 Kanalga ulanish

Intellektual mulk yangiliklari

13 Oct, 10:58


#Men_bilgan_adliya

Ra’no Shodiyeva:
— Oʻz haq-huquqlarim, brendim, intellektual mulkni himoya qiladigan tashkilotlar haqida juda kerakli ma’lumotga ega boʻldim.

https://t.me/yuldasheva_shoxidaxon

Intellektual mulk yangiliklari

11 Oct, 04:00


Sog‘liqni saqlash vazirligi ogohlantirildi.

Qonunchilik hujjatlari talablariga ko‘ra dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishida intellektual mulk huquqlariga qat’iy rioya etilishi kerak.

Biroq, Adliya vazirligi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida 2023-yilda 21 ta holatda, 2024 yilning o‘tgan davrida 16 ta holatda dori vositalari intellektual mulk huquqlariga rioya qilmagan holda davlat ro‘yxatiga olinganligi aniqlandi.

Jumladan, iste’molchilarga yaxshi tanish bo‘lgan “MAGNE B6”, “IMUDON”, “SMEKTA”, “DUSPATALIN”, “ELEVIT” kabi tovar belgilari ostida ishlab chiqariladigan dori vositalarining kontrafakt nusxalari “Magne B6”, “Nest Imudon”, “Smecta”, “Grand Imudon”, “MER DUSPATANIM”, “ELEMALVIT” ko‘rinishida turli farmasevtika korxonalari nomiga intellektual mulk huquqlariga rioya qilmagan holda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

Shu sababli Sog‘liqni saqlash vazirligiga ogohnoma kiritilib, dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalarni davlat ro‘yxatdan o‘tkazilishida qonunchilik hujjatlari talablari buzilishini oldini olish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ko‘rish lozimligi, bunday holatlar takroran sodir etilganda qonunchilikda belgilangan jazo choralari qo‘llanilishi haqida ogohlantirildi.

Eslatib o‘tamiz, “Dori vositalari va farmasevtika faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunga asosan dori vositalarini, tibbiy buyumlarni va tibbiy texnikani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan amalga oshiriladi hamda qalbakilashtirilgan va O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalarini ishlab chiqarish taqiqlanadi.

Kanalga ulanish:👇🏻
@adliyaimd

Intellektual mulk yangiliklari

10 Oct, 13:18


O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi tomonidan xonandalar ishtirokida ularning faoliyatida mualliflik huquqi va turdosh huquqlar bilan bog‘liq muammolar va ularning yechimlariga qaratilgan davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbati davomida xonandalar tomonidan ijro etilayotgan qo‘shiqlarda shoir va bastakorlarning mualliflik huquqiga rioya etilishi, shartnomaviy munosabatlarni shakllantirilishi, ularning ijro yozuvlarini huquqiy muhofaza qilish bo‘yicha tegishli huququy tushuntirishlar berildi.

Davra suhbati so‘ngida, xonandalar tomonidan shoir va bastakorlar bilan qonunchilikda belgilanagan tartibda yozma shartnoma tuzmasdan o‘g‘zaki kelishuv qilinishi, fonogramma tayyorlovchilar (studiyalar) bilan shartnomaviy munosabatlarning shakllanmaganligi hamda mualliflik huquqi va turdosh huquqlarning buzilishi bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilinmasligi soha vakillari o‘rtasida vujudga kelayotgan nizoli holatlarnining eng asosiy sabablari sifatida ko‘rsatildi.

Eslatib o‘tamiz, mualliflik huquqi va turdosh huquq obyektlaridan faqat huquq egasi va boshqa vakolatli shaxs bilan tuzilgan yozma shartnomaga asosan foydalanish mumkin. Bunday qoidaga rioya etmaslik huquqbuzarlik holati hisoblanib, ma’muriy javobgarlik keltirib chiqaradi.

Kanalga ulanish:👇🏻
@adliyaimd

Intellektual mulk yangiliklari

10 Oct, 06:56


#qiziqarli_fakt

Apple: Dunyodagi Eng Qimmat Brend

Apple Inc. – texnologiya sohasida inqilobiy o'zgarishlar kiritgan, eng innovatsion mahsulotlar va xizmatlarni taqdim etuvchi kompaniya. 1976-yilda Stiv Jobs, Stiv Wozniak va Ronald Ueyn tomonidan asos solingan bu brend, bugungi kunda dunyodagi eng qimmat brend sifatida tanilgan.

Nima uchun Apple eng qimmat brend?

1. Innovatsion mahsulotlar: Apple iPhone, iPad, MacBook va Apple Watch kabi mahsulotlari bilan mashhur. Har bir yangi model chiqarilganda, u nafaqat texnik jihatdan mukammal bo'lib qolmaydi, balki dizayni bilan ham ajralib turadi.

2. Brend sadoqati: Apple foydalanuvchilari o'zlariga xos va yuqori sifatli mahsulotlardan foydalanishlarini his qilishadi. Bu sadoqat kompaniya uchun katta iqtisodiy foyda keltiradi.

3. Marketing strategiyalari: Apple marketing sohasida juda muvaffaqiyatli strategiyalarni qo'llaydi. Ularning reklama kampaniyalari har doim e'tiborni tortadi va mijozlarni jalb qiladi.

4. Ekotizim: Apple o'z mahsulotlari orasidagi integratsiyani kuchli qilib tashkil etgan. Masalan, iPhone foydalanuvchilari iCloud, Apple Music va boshqa xizmatlardan foydalanish orqali ekotizimga to'liq kiradilar.

5. Yuqori sifat va ishonchlilik: Apple mahsulotlari yuqori sifatga ega bo'lib, uzoq muddat foydalanishga mo'ljallangan. Bu esa mijozlarning qoniqishini oshiradi va takroriy xaridlarni rag'batlantiradi.

Apple brendi nafaqat zamonaviy texnologiyalarni yaratishda oldinda bormoqda, balki uning biznes modeli va marketing strategiyalari ham boshqa kompaniyalar uchun namuna hisoblanadi. Ushbu brendning muvaffaqiyati uning innovatsion yondashuvida va foydalanuvchi tajribasiga e'tibor berishida yotadi. Shunday qilib, Apple hozirgi kunda dunyodagi eng qimmat brend sifatida o'z o'rnini saqlab qolmoqda va kelajakda ham o'sishni davom ettirishi ehtimoli yuqoridir.

Kanalga ulanish:👇🏻
@adliyaimd

Intellektual mulk yangiliklari

08 Oct, 13:57


#qiziqarli

2024-yilning o'tgan davri mobaynida ro'yxatdan o'tgan brendlar soni bilan quyidagi infografikada tanishishingiz mumkin.

Kanalga ulanish:👇🏻
@adliyaimd

Intellektual mulk yangiliklari

07 Oct, 14:30


Internetda mualliflik huquqlaringiz buzilganda qanday himoya qilishni bilasizmi?

Internetda mualliflik huquqlari buzilgan muallif o‘z huquqlarini vakolatli tashkilotlarga shikoyat qilish orqali yoki mustaqil ravishda himoya qilishi mumkin.

Fonogrammalar, audiovizual asarlar, EHM uchun dasturlarni internet orqali noqonuniy tarqatish holatlari bo‘yicha mualliflar “O‘zkomnazorat” inspeksiyasiga murojaat qilishlari mumkin.

Mualliflik huquqi buzilishi bilan bog‘liq boshqa holatlar bo‘yicha murojaatlar adliya organlari tomonidan ko‘rib chiqiladi hamda huquqbuzarlik harakatlari bo‘yicha tegishli huquqiy ta’sir choralari qo‘llaniladi.

Mualliflar o‘z asarlari noqonuniy joylashtirilgan internet resurslari ma’muriyatiga shikoyat qilish orqali ham mualliflik huquqlarini himoya qilishlari mumkin. Internet resurslari ma’muriyati o‘z ichki siyosati va qoidalariga muvofiq noqonuniy e’lon qilingan asarlarni o‘chirib tashlashga majbur.

Eng ko‘p foydalaniladigan internet resurslariga quyidagi havolalar orqali murojaat (shikoyat) qilishingiz mumkin:
Youtube: https://www.youtube.com/reporthistory
Instagram: https://help.instagram.com/126382350847838
Facebook: https://www.facebook.com/help/1020633957973118
WhatsApp: https://www.whatsapp.com/legal/ip-policy
Telegram: [email protected]
Vkontakte: https://vk.com/data_protection?section=copyright
Одноклассники: https://ok.ru/help/narushenie-avtorskih-prav
X (Twitter): https://help.x.com/en/rules-and-policies/copyright-policy
Яндекс.Дзен: https://dzen.ru/help/ru/abuse/copyright-complaint

kanalga ulanish:👇🏻
@adliyaimd

Intellektual mulk yangiliklari

07 Oct, 14:22


Qozog‘istonda Global Innovation Index - 2024 hisobotini e’lon qilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Qozog‘iston Respublikasida Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (WIPO) ko‘magida Osiyo mamlakatlari uchun Global Innovation Index (Global innovatsiyalar indeksi) - 2024 hisobotini e’lon qilish bo‘yicha mintaqaviy marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Osiyo mamlakatlari innovatsiyalar vazirlari va patent idoralari rahbarlari, shuningdek, diplomatik korpus, xalqaro tashkilotlar va manfaatdor nodavlat-notijorat tashkilotlari vakillari qatnashdilar.

Ushbu tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi "Intellektual mulk markazi" davlat muassasasi direktori B.Sagdullayev ishtirok etdi.

Anjumanda spikerlar tomonidan 2024-yil Global Innovatsiyalar indeksi haqida ma’lumot berib o‘tildi, global tendensiyalar va mintaqaviy ko‘rsatkichlar prognozi muhokama qilindi, innovatsiyalarga asoslangan o‘sish omillari, innovatsiyalarni rag‘batlantiradigan yangi mintaqaviy yondashuvlar, yangi raqamli muhitni yaratish hamda uni ilmiy innovatsiyalarga ta’siri muhokama qilindi.

Tashrif doirasida Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston Respublikalari patent tashkilotlari va Yevrosiyo patent idorasi raxbarlari bilan tor doirada uchrashuvlar o‘tkazildi hamda idoralararo hamkorlik - mutaxassislarning o‘zaro tajriba almashinuvi, intellektual mulk obyektlarini ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha tajriba almashish, qidiruv va axborot tizimlarini modernizatsiya qilish, yagona qidiruv tizimini, xususan, farmatsevtika reyestrini yaratish, undan bepul foydalanish va qonunchilik darajasida birlashtirish kabi masalalar muhokama qilindi.

Kanalga ulanish:👇🏻
@adliyaimd

Intellektual mulk yangiliklari

07 Oct, 09:23


#Bilasizmi

📃Mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderini berish

👫O‘zbekiston Respublikasida davlat ko‘chmas mulk obyektlari yoki davlat ulushlari xususiylashtirilganda, shartnomaga asosan mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderini (tasarruf etish huquqisiz yoki tasarruf etish huquqi bilan) olish uchun ariza beruvchi (xaridor) o‘zlariga qulay bo‘lgan hududdagi davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat qilgan holda yoki davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali ariza yuboradi.

👫Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi:
Jismoniy va yuridik shaxslar (O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari).

🏛Vakolatli organ(lar):
O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va uning hududiy boshqarmalari.

💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori:
Bepul

📆Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati:
7 ish kuni

Asos:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 279-son qarori

Kanalga ulanish:👇🏻
@adliyaimd

Intellektual mulk yangiliklari

04 Oct, 13:16


O‘rikzor savdo majmuasida kontrafakt gigiyenik vositalar
sotgan shaxsga chora ko‘rildi.
 
Adliya vazirligiga “Azmüsebat Çelik, Sanayi Ve Ticaret Anonim Şirketi”ning (Turkiya) kompaniyaga tegishli “Derby” va “Derby Samurai” tovar belgilaridan noqonuniy foydalanish holatini bartaraf etish to‘g‘risida murojaati kelib tushdi.

Murojaat yuzasidan vazirlik tomonidan belgilangan tartibda “O‘rikzor” savdo majmuasida savdo bilan shug‘ullanayotgan “B.K.” XK faoliyatida tekshiruv o‘tkazildi.

Tekshiruv natijalariga ko‘ra, “B.K.” XK tomonidan soqol olish uchun ustara mahsulotlarining qadog‘ida “Derby” va “Derby Samurai” tovar belgilariga iste’molchini fonetik jihatdan adashtirib yuborish darajasida o‘xshash bo‘lgan belgilardan foydalanib kontrafakt mahsulotlar sotayotganligi aniqlandi.

Ushbu holat yuzasidan “B.K.” korxonasi rahbariga nisbatan MJtKning 177-moddasiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ko‘rib chiqish uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudiga yuborildi.

Eslatib o‘tamiz o‘zganing tovar belgisidan qonunga xilof ravishda foydalanish – huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, BHMning 15 baravaridan (5 mln. 600ming so‘m) 50 baravarigacha (18 mln. 750 ming so‘m) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
 
Kanalga ulanish:👇🏻
@adliyaimd

Intellektual mulk yangiliklari

03 Oct, 14:24


#Adliya_xabari

Intellektual mulk obyektlaridan foydalanish hamda tijoratlashtirish boʻyicha qoʻllanma jamoatchilikka taqdimot qilindi

Bugun, 3-oktabr kuni Adliya vazirligida Butunjahon Intellektual mulk tashkiloti bilan hamkorlikda “Gʻoyalarni tijoratlashtirish” oʻquv qoʻllanmasi va “WIPO IP Diagnostics” instrumenti taqdimoti boʻlib oʻtdi.

Unda BIMT, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Fanlar akademiyasi, Savdo-sanoat palatasi, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi, boshqa vazirlik va idoralar hamda OAV vakillari, shuningdek, tadbirkorlik subyektlari va hunarmandlar ishtirok etdi.

Tadbirda adliya vaziri oʻrinbosari Muzraf Ikramov oxirgi yillarda mamlakatda intellektual mulkni huquqiy muhofaza va himoya qilish sohasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar haqida gapirib oʻtdi.

Xususan, Oʻzbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida intellektual mulk obyektlarining oʻrnini oshirish maqsadida intellektual mulk tizimini qoʻllab-quvvatlash, tadbirkorlarda ulardan foyda olish koʻnikmasini shakllantirish, ixtirochilar, mualliflar, dizaynerlar hamda boshqa intellektual faoliyat natijasi egalarining huquq va manfaatlarini samarali himoya qilish borasida amalga oshirib kelinayotgan ishlar haqida maʼlumot berildi.

Mahalliy va xorijiy ekspertlar soʻnggi besh yilda intellektual mulk sohasini rivojlantirish boʻyicha amalda oshirilgan salmoqli ishlarni eʼtirof etib, ushbu islohotlarning davomi sifatida intellektual mulk obyektlarini tijoratlashtirish uchun ularni baholash institutini yanada takomillashtirish, aholi, jumladan tadbirkorlik subyektlarida intellektual mulk haqidagi xabardorlik darajasini oshirish, ularda bunday obyektlardan foyda olish yoʻlida oqilona foydalanish koʻnikmasini shakllantirish soha rivojidagi dolzarb masala ekanligini taʼkidlab oʻtdi.

Tadbirning asosiy qismi – “Gʻoyalarni tijoratlashtirish” oʻquv qoʻllanmasi va “WIPO IP Diagnostics” instrumenti taqdimotidir. Uning doirasida BIMT, Toshkent davlat yuridik universiteti va Adliya vazirligi vakillari tomonidan tegishli materiallarning mazmun-mohiyatini tushuntirilib, ulardan foydalanish va qanday ijobiy natijalarga erishish mumkinligi haqida batafsil maʼlumot berildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarning fikr-mulohazalari tinglandi, qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.

📹 Tadbir tafsilotlari

@adliyaimd