来自 Yoshlar ovozi (@yoshlarovozi) 的最新 Telegram 贴文

Yoshlar ovozi Telegram 帖子

Yoshlar ovozi
✅ “Yoshlar ovozi” gazetasining telegramdagi rasmiy kanali

🔖 Ijodiy ishlaringiz, taklif va murojaatlaringizni @yoshlarovozigazetasibot manziliga yuborishingiz mumkin

• www.yoshlarovozi.uz
5,074 订阅者
4,029 张照片
489 个视频
最后更新于 09.03.2025 04:44

Yoshlar ovozi 在 Telegram 上分享的最新内容

Yoshlar ovozi

06 Mar, 06:17

436

#bepul_obuna

🗞“Yoshlar ovozi” gazetasining 2025-yil 5-martdagi 9-sonini taqdim etamiz:


🔸Hokim va yoshlar uchrashuvi

🔸 Mahalla yettiligi: Yoshlar koʻproq kimga suyanmoqda?

🔸 12 million soʻmgacha daromad

🔸 6 ta universitetga grant!

🔸 Nilufar, senga mazza, chet elda oʻqiyapsan...

📥 Yuklab olish

Maqolalar yuzasidan fikr-mulohaza va takliflaringizni @yoshlarovozigazetasibot ga yozib qoldirishingiz mumkin!

Bizning manzil: https://t.me/yoshlarovozi
Yoshlar ovozi

03 Mar, 05:04

1,718

#subsidiya

Bugun soat 09:00 dan ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar uchun arizalar qabul qilish boshlandi

Qanday ariza topshiriladi?

Davlat xizmatlari markazlariga bevosita borib;

Yoki onlayn tarzda my.gov.uz portalida quyidagi havola orqali: my.gov.uz/oz/service/325

Ariza topshiruvchi va uning yaqin qarindoshlari (arizada ko‘rsatilgan hollarda) uchun o‘rtacha daromad:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda: 3 118 500 so‘mdan 9 240 000 so‘mgacha.
Toshkent shahrida: 3 118 500 so‘mdan 10 626 000 so‘mgacha.

Ariza topshiruvchi yoki uning turmush o‘rtog‘i nomida butun respublika hududida mulk huquqi bilan turar joy bo‘lmasligi lozim.

Bizning manzil: https://t.me/yoshlarovozi
Yoshlar ovozi

27 Feb, 17:06

1,315

#taqvim

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 2025-yilgi Ramazon taqvimini e’lon qildi

Respublika hududlaridagi saharlik va iftorlik vaqtlarining Toshkent vaqtiga (minut) nisbatan tafovuti yuqoridagi suratda aks ettirilgan.

Eslatib oʻtamiz, O‘zbekistonda ramazon oyi 1-mart, shanba kuni boshlanadi.

Bizning manzil: https://t.me/yoshlarovozi
Yoshlar ovozi

27 Feb, 07:39

1,298

#bepul_obuna

🗞“Yoshlar ovozi” gazetasining 2025-yil 26-fevraldagi 8-sonini taqdim etamiz:


🔸Yurisprudensiya sohasida magistratura: Qaysi davlat eng yaxshi tanlov?

🔸 “Otabek bilan ishlash yaxshi”

🔸 Prokrastinatsiya — miyamizdagi virus

🔸 Xalq sevgan shodiyona yoki Navroʻz haqida oʻylar


📥 Yuklab olish

Maqolalar yuzasidan fikr-mulohaza va takliflaringizni @yoshlarovozigazetasibot ga yozib qoldirishingiz mumkin!

Bizning manzil: https://t.me/yoshlarovozi
Yoshlar ovozi

25 Feb, 06:46

1,579

#dolzarb

💠 Shaharlarimiz “qishloq”qa aylanmoqda (...yoki AYOZNOMA!)

Zim-ziyo qishloq ko‘chalarida yil sayin odamlar ozayib borayotganini, sanoqli tomlardagi mo‘rilardan tutun chiqib turganini, kuzda sovuq tushgandan talay oilalar qishni issiqqina kvartirada shamollamay o‘tkazish uchungina shaharlarga ko‘chib ketishini, turnalar singari issiq kunlarda qishloqqa qaytishlarini...

Alqissa, shaharlarimiz qishloqqa – qishlaydigan joyga, qishloqlarimiz esa yozloqqa – yozni o‘tkazadigan joyga aylanayotganini... ko‘rib-kuzatib-kechirib turib, mamnun yashash mumkinmi, do‘stim?

Batafsil: https://yoshlarovozi.uz/oz/news/ayoznoma

Bizning manzil: https://t.me/yoshlarovozi
Yoshlar ovozi

20 Feb, 08:12

2,185

#bilasizmi

⁉️ Oʻzbekistonliklar 8-mart Xotin-qizlar kuni bayramida necha kun dam oladi?

Bu yil 8-mart — Xotin-qizlar kuni bayrami haftaning shanba kuniga toʻgʻri keladi.

Mehnat kodeksiga koʻra, dam olish kuni ishlanmaydigan bayram kuniga toʻgʻri kelgan taqdirda, dam olish kuni bayramdan keyingi ish kuniga koʻchiriladi.

Shunga koʻra, bayram arafasida besh kunlik ish haftasida ishlovchi xodimlarning dam olish kunlari quyidagicha boʻladi:

8-mart, shanba – bayram kuni, dam olish kuni;
9-mart, yakshanba – dam olish kuni;
10-mart, dushanba – qoʻshimcha dam olish kuni.

Bizning manzil: https://t.me/yoshlarovozi
Yoshlar ovozi

19 Feb, 08:09

1,479

#bepul_obuna

🗞“Yoshlar ovozi” gazetasining 2025-yil 19-fevraldagi 7-sonini taqdim etamiz:


🔸Mehnat shartnomasisiz ish? Bunga rozi boʻlmang!

🔸 “Moliyaviy yostiqcha”ngiz bormi?

🔸 Bedanachilik ortidan daromad topayotgan yosh oila

🔸 Muzbuloqning tayanchi

🔸Shaharlarimiz “qishloq”qa aylanmoqda yoxud Ayoznoma


📥 Yuklab olish

Maqolalar yuzasidan fikr-mulohaza va takliflaringizni @yoshlarovozigazetasibot ga yozib qoldirishingiz mumkin!

Bizning manzil: https://t.me/yoshlarovozi
Yoshlar ovozi

18 Feb, 08:00

1,293

#dolzarb

‼️1 million tonna plastik chiqindi mamlakatimizda ekologik vaziyatni og‘irlashtirmoqda


Do‘konlarda hatto ko‘katlar ham alohida polietilen plyonkalarga qadoqlangan. Rivojlangan mamlakatlar polietilen qadoqlash vositalaridan voz kechayotgan bir paytda ko‘katlarni qadoqlash kimga kerak?

Umuman, mahsulotlarni qayta-qayta qadoqlashdan nima foyda? Masalan, quruq choyni olaylik. Avval yelim qog‘ozga, undan keyin qog‘oz qutiga solinib, yana polietilen plyonka bilan qadoqlanadi. Sotib olinganidan so‘ng esa barcha qadoqlar chiqindiga tashlanadi. Balki boshqa qadoqlash usulini o‘ylab topish kerakdir?

Batafsil: https://yoshlarovozi.uz/oz/news/plastik

Bizning manzil: https://t.me/yoshlarovozi
Yoshlar ovozi

15 Feb, 07:47

6,772

⚡️Prezident yoshlar bilan uchrashdi: Qanday yangiliklar bor?

Kecha Ko‘ksaroy qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatimiz yoshlari bilan muloqot qildi. Uchrashuvda yoshlar uchun e’lon qilingan yangi imkoniyatlar:

▪️Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etilib, unga 100 million dollar mablag‘ ajratildi.

▪️Aloqabank yoshlarning biznes loyihalarini qo‘llab-quvvatlovchi tayanch “yoshlar banki”ga aylantirilib, bunga 200 million dollar ajratildi. Bank o‘zini o‘zi band qilgan yoshlar loyihalari uchun 100 million so‘mgacha 7 yil muddatga imtiyozli mikroqarz ajratadi.

▪️Bu yil Qoraqalpog‘istonda, Andijon, Jizzax, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida bo‘sh turgan 3 ming 300 gektar yer yangicha tartibda ijaraga beriladi.

▪️Tadbirkorlar yosh xodimlarni ishga olib, kamida 3 million so‘m oylik to‘lasa, ijtimoiy soliq 1 foiz bo‘ladi. Bu imtiyoz 3 yil amal qiladi.

▪️Xorijiy tillardan “C1” darajasiga ega bo‘lgan yoshlar olis va chekka hududlarda chet tillariga ixtisoslashgan o‘quv markazlarini ochsa, ularga 120 million so‘mgacha foizsiz ssuda beriladi.

▪️Xususiy o‘quv markazlarida xorijiy tillarni o‘rganadigan yoshlarga xarajatlari “2+6” shaklida qoplab beriladi. Bunda o‘quv xarajatlarining dastlabki 2 oyi o‘quvchilarning o‘z mablag‘idan, qolgan 6 oyi davlat hisobidan to‘lab beriladi.

▪️O‘tgan yili 25 ming nafar qizlar IT bo‘yicha bepul o‘qitildi. Bu yil dasturchi qizlar soni 2 barobar oshirilishi reja qilindi.

▪️Endilikda kambag‘al oilaning farzandiga ta’lim krediti foizsiz beriladi, qo‘shimcha grant ajratiladi, kontrakt to‘lovining bir qismi qoplab beriladi.

▪️Og‘ir oilaviy sharoiti sababli o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lmagan yoshlarni xorijda o‘qitish bo‘yicha yangi tizim — “Yorqin kelajak” loyihasi joriy etiladi.

▪️Har yili saralashdan o‘tgan ming nafar yoshlar dunyoning “top-100” oliygohlariga yuborilib, o‘qish va yashash xarajatlari qoplab beriladi.

▪️Energetika, transport, urbanizatsiya, zamonaviy arxitektura, tibbiyot yo‘nalishlarida “El-yurt umidi” jamg‘armasi kvotalari ko‘paytiriladi.

▪️Dunyoning nufuzli “top-100” oliygohlarida ilmiy daraja olgan 35 yoshgacha bo‘lgan yosh olimlarga uy-joy uchun 10 yil muddatga 800 million so‘mgacha foizsiz ssuda ajratiladi.

▪️Nufuzli xalqaro fan olimpiadalari g‘oliblari uchun beriladigan mukofot miqdori 5 karra oshiriladi.

▪️Harbiy oliygohlarning namunali tinglovchilari uchun “Oliy bosh qo‘mondon” davlat stipendiyasi joriy etiladi.

▪️Yoshlarni ilmga qiziqtiruvchi media kontentlar, eng yaxshi intellektual shoular yaratishga Yoshlar agentligi tomonidan 100 million so‘mgacha grantlar ajratiladi.

▪️Yoshlarda tabiatga mehrni oshirish, atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan loyihalarini qo‘llab-quvvatlash uchun “Yashil tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi” tashkil qilinadi.

Bizning manzil: https://t.me/yoshlarovozi
Yoshlar ovozi

12 Feb, 07:00

1,619

#bepul_obuna

🗞“Yoshlar ovozi” gazetasining 2025-yil 12-fevraldagi 6-sonini taqdim etamiz:


🔸1 million tonna plastik chiqindi ekologik vaziyatni ogʻirlashtirmoqda

🔸 Yetakchilikdan mutaxassislikka!

🔸 Bobur qanday shaxs?

🔸 Gapirishdan osoni yoʻq, gapirmaslikning ham iloji yoʻq-da

🔸Yoshlar manfaatlari himoyachisi


📥 Yuklab olish

Maqolalar yuzasidan fikr-mulohaza va takliflaringizni @yoshlarovozigazetasibot ga yozib qoldirishingiz mumkin!

Bizning manzil: https://t.me/yoshlarovozi