Suyak ko’migidan bezga o’tgan T-limfotsitlarning o’tmishdoshidan hujayra immunitetini ta’minlaydigan va gumoral immunitetni boshqarishda ishtirok etadigan T-limfotsitlar yetishadi.
Yangi tug’ilgan chaqaloqning timusi 7,7-34,0 g bo’ladi. Bola 3 yoshga
yetguncha u kattalashadi. 3-20 yosh orasida bezning o’lchami bir me’yorda bo’lib, keyin kichiklashadi.
Bolaning o’sishi jarayonida timusning po’stloq va mag’iz qismlarining nisbati o’zgaradi: chaqaloqda po’stloq qismi mag’iz qismidan kattaroq bo’ladi. 1-3 yashar bolalarda bu qismlar tenglashadi, 4-9 yashar bolalarda po’sloq qismi sezilarli darajada kamayadi va bu jarayon keyin ham davom etadi. Timus po’stloq qismining kamayishi limfotsitlar yetilishini sekinlashtiradi. Timusning mag’iz qismidagi hujayralar yoshga bog’liq holda o’z faoliyatini sustlashtirmaydi. Bu qavatda uchraydigan Gassal tanachalari fiziologik faol peptidlar ajralishida ishtirok etadi. Timus – “immunologik xotira” a’zosi. Boshqa a’zolarda yetilgan limfotsitlar undan o’tish jarayonida ma’lum axborotga ega bo’ladi va immunokompetent (immunitetni ta’minlaydigan) holatga o’tadi. Undan tashqari, timotsitlar yemirilganida erkinlashadigan gumoral omillar limfatik tugunlardagi limfotsitlarga immunokompetenntlik baxsh etadi. Timusda sintezlanadigan gumoral omillar limfoid tizim rivojlanishini rag’batlantiradi va limfotsitlar immun faolligini oshiradi.
Kanalga ulanish👉@yosh_onalar_bola_tarbiyasi