Yig'lama dil @yiglamadil Channel on Telegram

Yig'lama dil

@yiglamadil


Reklama uchun: @Orzuhon
“Dunyo o'z-o'zidan yaxshilik ham, yomonlik ham keltirmaydi. U odamlarga befarq. Atrofimizda sodir bo'layotgan hamma narsa faqat o'z fikrlarimiz, his-tuyg'ularimiz, istaklarimiz, harakatlarimizni aks ettiradi. Dunyo katta oynadir."

Yig'lama dil (Uzbek)

Yig'lama dil kanali, dunyo o'z-o'zidan yaxshilik ham, yomonlik ham keltirmaydi degan fikrlar bilan to'ldirilgan. Bu kanalda o'z fikrlarimiz, his-tuyg'ularimiz, istaklarimiz, harakatlarimizni o'zimizga yig'ish vaqtimizda, o'z-o'zimizga yig'ish vaqtimizda dunyo umrini ko'paytirib, o'z o'ylarimiz va tarjima etgan maqolalar va xabarlar bilan o'yinlar o'ynaymiz. Bu kanal orqali foydalanuvchilar o'zga da ko'proq narsa o'rganish va o'z fikrlarini boshqalar bilan baham ko'rish imkoniyatiga ega bo'ladi. Yig'lama dil kanali, insonlarga o'z fikrlarini ifoda qilish va dunyoni boshqarishda yordam berish uchun yaratilgan. Siz ham bizga qo'shiling va dunyoning kamchiliklarini yig'ib, o'z qaram, o'z tuyg'usi bilan yashashingizni o'rganing. Sizning o'z o'ylaringizni tuzing va boshqalarga ulashishingizga imkon beruvchi Yig'lama dil kanali, o'z havolangizda fikr-mulohazalarni o'z ichiga olgan eng zo'r joy.

Yig'lama dil

13 Jan, 07:40


~ yaqiyn bu - barcha sabablar sizga biror ishni imkonsiz ekanligini aytib turgan bo‘lishiga qaramay, Allohning barcha narsaga qodir ekanligini bilishingizdir.

Yig'lama dil

05 Jan, 03:05


🥰

Yig'lama dil

05 Jan, 02:42


Bismillah 🥰

Yig'lama dil

05 Dec, 04:28


Baʼzan hayotingizdan biror narsani yoki kimnidir olib tashlash juda foydali.

🍔 Ba'zi mahsulotlar

👥️ Ba'zi odamlar

Baʼzi odatlar

Yig'lama dil

04 Dec, 08:00


Nikohdan maqsad- toʻy emas, oq koʻylak kiyish emas, gelik yoki brilliant uzukdan iborat mahr olish ham emas!

Asl maqsad- sakinat topish, nasl qoldirish, buyuk maqsad sari yelkadosh boʻlib, birga qadam tashlash.

Nikoh bir kunlik toʻy emas,
butun bir hayot!

Yig'lama dil

04 Dec, 05:12


- Inson sevganiga iymon bilan qarasa Alloh bu iymonli ko'zlarni jannat bilan siylaydi.

Yig'lama dil

04 Dec, 05:12


- Xohlardim:
Meni soʻzsiz tushunadigan insonim boʻlishini..!

Yig'lama dil

03 Dec, 04:33


- Alloh, gumon qilganimizdan ham ko‘ra ko‘proq mehribon bizga, amin bo‘ling)

Yig'lama dil

02 Dec, 15:26


Erkak kim ?

Bir joyda o'qib qoldim, shunday yozilgan edi :
– Erkak kim degan savolga ustozimdan javob oldim. Erkak Allohni tanitadigan, Aqida, fiqhni, shariatni o'rgatadigan inson ekan. Agar u o'z vazifasini bajarmasa, ayol uni pul topadigan robot sifatida ko'rar ekan.

Erkakni vazifasi oilasini boqish faqat deb tushunadiganlar uchun yaxshigina javob bo'libdi-a ?)

Yig'lama dil

02 Dec, 09:55


Ulamolar yo’qolsa ham ularning asarlari yo’qolmaydi . Ularning ko’zlari yumiladi , jasadlari tark etadi , lekin asrlar o’tsada , ular qalblarda insonlar ergashadigan namuna bo’lib qoladilar … 💌📚 Mana bu haqiqiy borliqdir . Ularning vafotlari o’limdan keyin ajrlari to’xtab qolishiga to’sqinlik qilmaydi ..
Alloh aytadi : “ Ey iymon keltirganlar ! Allohga va Payg’ambarga va o’zingizdan bo’lgan ishboshchilarga itoat qiling …” ( Niso 59 oyat )
“ O’zingizdan bo’lgan ishboshchilarga itoat qiling” ni Ibn Abbos 🤎: “ Alloh Faqihlarga , ulamolarga , din ahillariga , insonlarga yahshilikni o’rgatuvchilarga itoat qilishni vojib qildi …” deb tafsir qilganlar … 📖🔑
Yana ba’zi ulamolar : “ Ular podshohlar va ulamolar “ deyishgan … 🌹



@yiglamadil

Yig'lama dil

02 Dec, 09:54


Haqiqat

Xohlasang- vaqt topasan, xohlamasang - bahona topasan. Bu jarayon bir umr davom etadi.

Hamma muammoni yechimi bor! Faqat yechimsiz muammo ko‘proq vaqt talab etadi.

Telefoningizda sms, daqiqa va mblar cheksiz bo‘lishi mumkin, lekin umringiz cheklangan ekanini unutmang!

@yiglamadil

Yig'lama dil

02 Dec, 04:09


📌Chiroyli hayot chiroyli hayollardan boshlanadi!

Yig'lama dil

02 Dec, 03:55


🌸 Hayo faqat boshning egilishi-yu, yuzning qizarishi emas. Xaqiqiy hayo-Alloh seni man qilgan narsalar ustida topmasligidir.

Yig'lama dil

01 Dec, 08:25


Bir-biriga o'xshamagan sohalarda ishlovchi ikkita odam bor...

Birinchisi - xodim sifatida o'zi yoqtirmagan ishda faoliyat yuritadi. Lekin maoshi zo'r.

Ikkinchisi - o'ziga mustaqil, yoqtirgan ishini zavq bilan qiladi. Topishi esa ro'zg'origa arang yetadi.

Ulardan baxtlimisan? - deb so'ralsa:

Birinchisi - ishxonada, ish paytida biroz baxtsiz. Lekin oladigan yaxshi maoshi hisobiga ishdan tashqarida ancha baxtli. Oilasi ta'minlangan, ro'zg'ori but, farzandlari yaxshi bog'cha va maklablarga boradi.

Ikkinchisi - sevgan ishini qilayotgani sabab, zavq bilan mehnat qiladi. Ammo... Doimiy pul yetishmovchiligi va shuni orqasidan keladigan janjallar sabab, ishdan tashqarida baxtsiz...

Umumiy olganda, ulardan qay biri baxtliroq? Siz qaysi holatni tanlar edingiz?

@yiglamadil

Yig'lama dil

01 Dec, 04:46


Sog'lom turmush tarzi: Yashashni o'zgartiradigan 5 oddiy odat

Sog'lom turmush tarzini boshlash qiyin tuyulishi mumkin, lekin aslida kichik o'zgarishlar katta natijalarga olib keladi. Mana boshlash uchun 5 oddiy odat:

1. Tongni suv bilan boshlang
Har kuni ertalab bir stakan iliq suv ichish organizmni uyg'otadi va metabolizmni tezlashtiradi. Bu oddiy odat tanangizni tozalashga ham yordam beradi.

2. Ko'proq harakat qiling
Kun davomida kamida 30 daqiqa jismoniy faollikka vaqt ajrating: yurish, yugurish yoki uyda oddiy mashqlar qilish orqali tanangizni sog'lom saqlaysiz.

3. Oziqlanishni nazorat qiling
Ratsioningizga ko'proq sabzavotlar, mevalar va sog'lom yog'lar qo'shing. Qovurilgan va shirinliklardan imkon qadar uzoqroq turing.

4. Uyqu tartibiga rioya qiling
Kechasi kamida 7-8 soat sifatli uyqu olish sog'lig'ingizni mustahkamlashda asosiy o'rin tutadi. Gadjetlarni uyqudan oldin cheklang.

5. Stressni boshqaring
Kundalik stressni kamaytirish uchun meditatsiya yoki chuqur nafas olish texnikalaridan foydalaning. Bu nafaqat ruhiy, balki jismoniy sog'lik uchun ham foydali.

O'zingizga e'tibor bering, chunki sog'liq — hayotning eng qimmat boyligi!

@yiglamadil

Yig'lama dil

01 Dec, 03:16


🌧 ❄️ ☃️

ZUMRAD QISH KIRIB KELDI!

Qaniydi bu safar qishda:

💡 Chiroqlarimiz oʻchmasa...

🔥 Gazlarimiz pasaymasa...

♨️" Is gazi"dan hech kim jabr koʻrmasa...

Ha, mayli, umidimizni uzmaymiz. Qish fasli barchaga xayrli boʻlsin!

🔝 @yiglamadil

Yig'lama dil

30 Nov, 05:03


🗣️ Sizning keyingi Ilon Mask bo'lishingiz va Tesla kabi kompaniyalar yaratishingiz ehtimoli nolga yaqin.

🗣️ Biroq, Ilon Mask ish boshlaganida, uning sayyoradagi eng boy odam bo'lish ehtimoli ham nolga yaqin edi.

Ammo Mask barcha qiyinchiliklarga va unga ishonmagan odamlarga qaramay taslim bo'lmadi.

❗️ Sizga ishonmaganlarga e'tibor bermang.
O'zingizga ishoning va maqsadingizga intiling!

@yiglamadil

Yig'lama dil

30 Nov, 04:55


-59XWL6J2-o - 720p

Yig'lama dil

29 Nov, 06:23


Hayot bu shaxmat doskasi qaysi figura boʻlib oʻynash oʻzingizga bogʻliq!!!

Yig'lama dil

29 Nov, 01:39


Rasululloh Sollallohu Alayhi Vasallamga salavot aytishda jam bo‘lgan 40 foyda

1. Bunda Allohning amriga itoat, bo‘ysunish bor.
2. Nabiy Alayhisalomga Alloh taoloning salovat aytishi bilan o‘zaro muvofiqlik bor. Bunda ikki salovatning farqi bo‘lsa ham.
3. Maloikalar bilan birga salavot aytish.
4. Har bir salavot uchun Allohning 10 marta salavotiga ega bo‘lish.
5. Banda 10 darajaga yuqoriga ko‘tariladi.
6. Unga 10 ta hasanat (yaxshi amal) yoziladi.
7. Undan 10 ta gunoh o‘chiriladi.
8. Duolarning qabul bo‘lishiga sababchi bo‘ladi.
9. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shafoatiga muyassar bo‘lish.
10. Gunohlarning mag‘firat qilinishiga sabab bo‘ladi.
11. Alloh taolo muhim ishlarida bandaga kifoya qiladi.
12. Qiyomat kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga yaqin bo‘lish.
13. Mashaqqat vaqtida salavot sadaqaning o‘rnini bosadi.
14. Hojatlar amalga oshishiga sabab bo‘ladi.
15. Alloh va maloikalarning salavotiga ega bo‘lish.
16. Salavot aytuvchi poklanishga muyassar bo‘ladi.
17. O‘limdan oldin Jannat xushxabariga ega bo‘ladi.
18. Qiyomat kunidagi qo‘rquv va xavotirlardan najot topish.
19. Unutib qo‘ygan narsani eslab qolish.
20. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam salavotga javob qaytarishlari.
21. Salavot aytilgan majlis xayrli bo‘ladi va hasratga aylanmaydi.
22. Faqirlikdan himoya.
23. Baxillikdan xalos bo‘lish.
24. Burni yerga ishqalangan holatga tushishdan himoya.
25. Jannat yo‘liga yo‘llanma olish.
26. Alloh va Rasulining zikri qilinmaydigan yomon majlisdan omonlik.
27. Khutba va boshqa va’zu nasihatlarning mukammal bo‘lishi.
28. Sirat ko‘prigida yorqin nurga ega bo‘lish.
29. Salavot aytish begonalikdan uzoq bo‘lishga sabab.
30. Salavot aytuvchi Allohning osmon va yer ahli oldida maqtagan bandasiga aylanadi.
31. Salavot orqali barakotga ega bo‘lish.
32. Salavotda Allohning rahmatiga erishish.
33. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga doimiy muhabbat hosil qilish.
34. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga suyukli bo‘lish.
35. Salavot hidoyatga yo‘llab, qalbning hayoti bo‘ladi.
36. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot aytuvchi ismining zikr qilinishi.
37. Sirat ko‘prigida sobitqadam bo‘lish.
38. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ba’zi huquqlarini ado qilish.
39. Salavotda Allohni zikr qilish va Unga shukr qilish jamlangan.
40. Salavot duo hisoblanadi, chunki unda Allohdan Uning Habibiga maqtov yoki banda hojati so‘raladi.



@yiglamadil

Yig'lama dil

28 Nov, 14:59


Remember.....

Yig'lama dil

28 Nov, 13:50


Nolishni Bas Qil!

Nolish hayotdagi muammolarni hal qilmaydi. Aksincha, u insonning ruhiyati va energiyasini pasaytiradi. Nolish o'rniga quyidagi qadamlarni ko'rib chiqing:

1. Mas’uliyatni qabul qil. Hayotingiz sizning qarorlaringiz va harakatlaringiz natijasidir. Boshqalarni ayblash o'rniga, vaziyatni o'zgartirish uchun javobgarlikni o'z zimmangizga oling.

2. Ijobiy tomonni qidir. Har qanday muammoda ham bir foydali jihat bo'lishi mumkin. Qiyinchiliklar bizni kuchliroq qiladi, saboq beradi.

3. Harakat qiling. Muammoni o'ylab o'tirish o'rniga, uni hal qilish uchun qadam qo'ying. Harakat – bu muvaffaqiyatga yo’lning boshlanishi.

4. Minnatdor bo’l. Hayotingizdagi bor narsalar uchun shukr qiling. Minnatdorlik – ichki tinchlikka olib keluvchi kuchli vosita.

Unutmang: “Nolish muammoning bir qismi, yechimi emas.” O'zingizni nazorat qilishni o'rganing va hayotingizni ijobiy tomonga burishga harakat qiling.

Nolishni bas qiling – yashashni boshlang!

Yig'lama dil

28 Nov, 04:16


~ duo, biz tinmay taqqillatayotgan o‘sha niyyatlarning eshiklarini, bizga albatta ochib beradi, kim duoga g‘ayrat qilayotgan bo‘lsa, uning ijobatidan umidini uzmasin.

Zero: “Allohdan siz uchun imkonsiz bo‘lgan narsani so‘rang”, qavlida go‘zal jumla bor.
Darhaqiqat, osmonlarning va yerning sohibi bo‘lgan Zot barcha narsaga qodir.

Yig'lama dil

27 Nov, 04:12


Kayfiyat uchun 😅

Yig'lama dil

26 Nov, 06:36


Anas ibn Molik رضي الله عنه dan rivoyat qilinadi.

Rosululloh
daraxtga yaqinlashdilar va Alloh qodir qilganicha barglari tushguniga qadar silkittilarda shunday dedilar:
Sinovlar va hastaliklar ummatimning gunohlarini, men bu daraxtning yaproqlarni tushurishimdan ham tezroq xalos qiladi ﴿

Yig'lama dil

25 Nov, 05:14


Kimdir 21 yoshida oliy ma'lumot oldi, lekin yaxshi ish topish uchun 5 yil kutdi.

Kimdir esa ta'lim olmasdan 21 yoshida millionerdan bo‘ldi.

Kimdir 20 yoshida turmushga chiqdi, lekin 5 yildan keyin ajrashdi, boshqa kimdir esa 40 yoshida turmushga chiqdi va abadiy sevgisini topdi.

Sen ortda qolmayapsan.
Sen erta kelmading.

Hammasi o‘z vaqtida bo‘lib o‘tmoqda.
Hammasi o‘z joyida.

Yig'lama dil

25 Nov, 03:49


#Bugun_ajoyib_kun

25-noyabr - bugun Xalqaro bir-biriga pul berish kuni ekan 💸🤝

Bu besh kunlik dunyoda bir-birimizga pul berib turaylik. Shunda oqibat uzilmaydi: tez-tez eslab, eslanib turasiz 😉

Kimga yuborishni oʻzingiz bilasiz

Yig'lama dil

25 Nov, 03:49


Hayotimizda ikki insonning himmati ko‘p-u, lekin ko‘zimizga ko‘rinmaydi, ular:

👱‍♂️ Otamizning bizga qilgan xarajati

🧕 Onamizning bizga qilgan xizmati

Agar shu xarajat va xizmatni begona odam ko‘rsatganda, butun umr undan uyalib, biror marta ham ko‘ngliga ozor bermasdik.

Ota-onalarimizni asraylik, xizmatini qilib, duosini olaylik!

Yig'lama dil

07 Nov, 02:34


агар инсон бир нарсани чин дилдан ният қилса, бутун коинот уни шунга етиштириш пайида болади

Yig'lama dil

06 Nov, 04:43


- dunyo va undagi ziynatlar soya kabidir, uning ortidan qanchalik quvsangiz u shunchalik sizdan qochadi, va qanchalik undan qochishga urunsangiz esa ortingizdan shunchalik yuguradi. Bir kun zulmat(qabr)ga kirganingizda esa u sizni tark qiladi.

@yiglamadil

Yig'lama dil

06 Nov, 02:45


🍂 Ассалому Алайкум!🍂

Эй Мехрибон Роббим!
Ёмгир билан замин юзин ювганинг каби бизни хам гунохлардан пок этгин!

Эй карамининг чеки йук кудратли Зот, само эшиклари очилаётган шу фурсатларда барчамизга хайр ва рахматларингни ёгдиргин, бизни ва якинларимизни Узинг авф этгин!!!


@ASH_SHAFI_CLINIC_GROUP

Yig'lama dil

05 Nov, 09:53


Гемоглабинни кутарамиз!!!

Оддий, хамёнбоп ва самарали


@yiglamadil

Yig'lama dil

05 Nov, 09:46


- Dunyodagi eng arzon narsa bu - boshqalarning sen haqingdagi fikri..!

Yig'lama dil

05 Nov, 03:12


Men sanoqli odamlardan:
- ahvoli qanaqaligini
- kayfiyati bor yoki yo'qligini
- nimani ko'proq yoqtirishini
- yaxshi dam olganini so'rayman.

Shuning uchun e'tiborimni e'tiborsiz qoldirmang...

Yig'lama dil

05 Nov, 03:11


Profil uchun🥰

Yig'lama dil

05 Nov, 03:09


Assalomu aleykum qisqa tanaffusdan keyin biz qaytdik🥰

Yig'lama dil

03 Nov, 02:39


#eslatma

Alloh bizni 3 xilda sinaydi

1. Alloh sizga xohlagan narsangizni darrov beradi va "SHUKR"ingizni sinab ko'radi. Ne'matlarga davomiy shukr qiluvchilardan bo'ldingizmi? Yoki tezda unutuvchilardan?

2. Alloh sizga bir oz kechikish bilan xohlagan narsangizni beradi va "SABR"ingizni sinovdan o'tkazadi. Sabr qiluvchilardan bo'ldingizmi yoki shikoyat qiluvchilardan?

3. Alloh sizga xohlagan narsangizni bermaydi va IYMONINGIZNI sinaydi. Iymoningizda mahkam turdingizmi?

Bu dunyo dam olish maskani emas - sinov joyi. To'qchilik ham sinov, yo'qchilik ham sinov. Alloh har bir sinovdan muvaffaqiyatli o'tishimizni nasib etsin. Alloh dunyo va oxiratda barchamizga muvaffaqiyatlar nasib etsin 🤲

Iroda Ahmed
@yiglamadil

Yig'lama dil

28 Oct, 03:44


Bolalikdan ota-onangiz yaxshi o‘qisang hayotda qiynalmaysan deb uqdiradi. Karrani yodlaysiz, repetitorlarga borasiz, kechalari uxlamay o‘qishga tayyorlanasiz, IELTS -9 olasiz , o‘qishga kirasiz, ruhiy iztiroblar bilan sessiyalarni yopasiz. Amallab bitirasiz, diplomli bo‘lasiz. Ishga ham kirasiz. Lekin yaxshi hayotdan darak yo‘q. Maoshingiz yetmaydi, ikkitalab ishda ishlaysiz. Bu ham yetmaydi, chet elga ketasiz. U yerda ham haftada yetti kun, kuniga 16 soatlab ishlaysiz. Ishlayverasiz, ishlayverasiz.

Mehnat qilsang kam bo‘lmaysan, yaxshi o‘qisang yaxshi yashaysan degan gap qulog‘ingizda jaranglayveradi.

Ammo sizga noto‘g‘ri mujda berishganini kech anglaysiz yoki umringiz oxirigacha bir haqiqatni anglamay o‘tib ketasiz.

Har qancha yaxshi o‘qimang, har qancha mehnat qilmang modomiki oylikchi ekansiz uchma uch yashashga mahkumsiz, oylikchi faqat oylikning o‘zidan boyimaydi. Oylikning o‘zidan boy yashayotganlar qandaydir ko‘rinishda korrupsiyaga aralashgan bo‘ladi.

Siz yaxshi yashash uchun emas avvalo yaxshiroq inson bo‘lish uchun o‘qishingiz va ilm olishingiz kerak edi. Yaxshi yashash yo‘l-yo‘lakay yondosh natijasi bo‘lishi kerak.

Oxirgi nuqta: har qancha o‘qimang, har qancha harakat qilmang, Alloh ol qulim demasa hech narsa bo‘lmaydi. Har bitta muvaffaqiyatli Elon Mask uchun minglab omadi chopmagan Elon Masklar bor.

Siz halol yoʻl bilan rizq talab qilishga mas’ulsiz, uning natijasiga emas.

Shuning uchun ayollar eringizni ko‘proq pul toping deb niqtayvermang, ishlayotgan bo‘lsa,topganini oilaga sarflayotgan bo‘lsa shukr va qanoat qilib yashang. Baribir Alloh yozganidan kam yoki ortig‘ini olmaysiz.

Abu Maryam

Yig'lama dil

28 Oct, 03:42


~ agar biror yerdan ma’no topa olmayotgan bo‘lsak, u holda u yerda mavjud bo‘lishi kerak bo‘lgan yagona ma’no, o‘zimiz.

~ hamisha ma’no, yechim qidirmang, balkim beruvchi ma’no, hal qiluvchi yechim, o‘zingiz bo‘lishingiz mumkin.

@yiglamadil

Yig'lama dil

26 Oct, 15:37


~ modomiki bizni to‘lqinlar charchatgan bo‘lsa, bilingki demak qirg‘oqqa chiqish vaqtimiz kelibdi.

https://t.me/yiglamadil

Yig'lama dil

26 Oct, 04:42


Bismillah 🥰

Yig'lama dil

19 Oct, 12:35


~ bir yoqlarga sayohat qilishni istaydi bu ko‘ngiiil)))

Ya Alloh ham ilm uchun safar qilsam ham sayohat qilsam deyman tafakkur uchun...^^

Yig'lama dil

17 Oct, 07:11


•Profile photos 💗

Yig'lama dil

16 Oct, 06:38


despite the fact that our sin and disobedience have no end
- the sea of Your mercy and grace is also endless.

bizning gunohimiz va itoatsizligimiz oxiri yo'qligiga qaramay;
Sening rahmating va inoyating dengizi ham cheksizdir.

Yig'lama dil

15 Oct, 15:16


Allohning nematlariga shukur qilish, u nematning davomiga va ortishiga sabab bo'ladi.

Imom Gazzoliy

Yig'lama dil

15 Oct, 08:53


❤️❤️

Yig'lama dil

15 Oct, 08:52


- Juft tanlamoq kitob tanlashga o'xshaydi . Bejirim muqova diqqatingizni tortishi mumkin , ammo sahifalarda mazmun bo'lmasa oxirigacha o'qiy olmaysiz!

Yig'lama dil

13 Oct, 07:42


Profilingiz Uchun rasmla🫀

Yig'lama dil

12 Oct, 03:42


⚡️Erta tongdan 10 ta hayot hikmati!

1️⃣ Baxtli insonlar boshqalarni ham baxtli ko'rishni istashadi!

2️⃣ Hech qachon omadsizlikdan bosh egmang, chunki  baxtqushi ham egik boshlarga qo'nmaydi!

3️⃣ Haqiqiy baxt - bu eng avvalo salomatlik va ota-onaning mehridir...!

4️⃣ Sizni ranjitgan insonlarni kechiring, ammo o'zingizga qayta yaqinlashtirmang!

5️⃣ Alloh insonlar yelkasiga, ular ko'tara olmaydigan yukni tashlamaydi!

6️⃣ Barchamizga haqiqat yoqadi, ammo haqiqatni aytgan odam yoqmaydi!

7️⃣ Nochor ahvolda yashash har doim ham kambag'allik belgisi emas, dangasalik belgisi hamdir!

8️⃣ Boylik - pulning ko'pligi emas, nafsning to'qligidir!

9️⃣ Rostgo'y inson - hammaga dushman!

🔟 Natija niyatingizga bog'liq ekanligini unutmang!

Yig'lama dil

12 Oct, 03:34


- men ishimni Allohning O‘ziga topshirdim.

*zero Alloh'ga topshirilgan har ne aslo zoe ketmas...)

@yiglamadil

Yig'lama dil

10 Oct, 14:47


Ҳеч қачон оч қоринга ширинлик еманг

Ошқозонга тушгандан сўнг, ширинликлар инсулин ишлаб чиқаришни бошлайди. Ошқозон ости бези учун бу зўриқишни келтириб чиқаради. У тўлиқ дам олиш ҳолатидан фавқулодда иш режимига ўтиши керак бўлади.

➥ Бу овқат ҳазм қилиш тизимидаги носозликлар ва диабетга олиб келиши мумкин.

@yiglamadil