Neueste Beiträge von Xurshid To'xtayev kanali (BIZ BIR KUCHMIZ VA BIRGALIKDA BUYUK MARRALARNI ZABT ETAMIZ (@xurshid_blog) auf Telegram

Xurshid To'xtayev kanali (BIZ BIR KUCHMIZ VA BIRGALIKDA BUYUK MARRALARNI ZABT ETAMIZ Telegram-Beiträge

Xurshid To'xtayev kanali (BIZ BIR KUCHMIZ VA BIRGALIKDA BUYUK MARRALARNI ZABT ETAMIZ
XURSHID TO'XTAYEV RASMIY KANALIDAN NAVBATDAGI XABAR !
© Kanal sizga qanday imkoniyat beradi?
▫️Respublikamizdagi barcha yoshlarimizni takliflari va loyihalarini qo'llab-quvvatlash;
▫️onlayn tanlovlar;
▫️Ilmiy anjumanlar;
1,924 Abonnenten
11,867 Fotos
1,117 Videos
Zuletzt aktualisiert 25.02.2025 13:32

Ähnliche Kanäle

ABBOS - PRO MATH
14,454 Abonnenten
Yakkabog'News
12,130 Abonnenten

Der neueste Inhalt, der von Xurshid To'xtayev kanali (BIZ BIR KUCHMIZ VA BIRGALIKDA BUYUK MARRALARNI ZABT ETAMIZ auf Telegram geteilt wurde.


Assalomu alaykum, aziz kuzatuvchilar!
Bugun Toshkent shahriga yo‘l olayapman. Bu safar yoshlarimizning ta'limi va kelajagi uchun muhim uchrashuvlar bilan boy bo‘ladi.
🔹 Avvalo, Fizika va Matematika bo‘yicha Respublika terma jamoasi rahbarlari bilan uchrashaman. Maqsad – xalqaro olimpiadalarda g‘oliblar safini kengaytirish.
🔹 Koreys tili markazi rahbari bilan yoshlarimiz uchun yangi imkoniyatlarni muhokama qilaman.
🔹 "Ibrat farzandlari" loyihasi rahbarlari va Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sadullaev bilan hamkorlik masalalarini muhokama qilishni rejalashtiryapman.
Shuningdek, tashrif doirasida bir nechta professor ustozlarimiz bilan uchrashib, ularning duolarini olish niyatidaman. Ularning maslahatlari har doim ilm va taraqqiyot yo‘lida bebaho bo‘lib kelgan.
Xayrli niyat bilan yo‘lga chiqayapman. Duolaringiz safarimizga hamroh bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Xurshid To‘xtayev
@xurshid_blog

❄️ Xurshid To‘xtayev kanali: Onlayn Olimpiadalar Start Olmoqda! ❄️
Qish fasli bilim izlash uchun eng qulay davrlardan biri. Shu bois Xurshid To‘xtayev kanalida yangi onlayn olimpiadalarga start berishni rejalashtirmoqdamiz!
📚 Qaysi fanlarda bo‘lishini esa siz hal qilasiz!
Matematika, fizika yoki boshqa fanlar — barchasi sizning takliflaringizga bog‘liq.
🏅 G‘oliblarni esa unutilmas mukofotlar kutmoqda:
✔️ Diplomlar
✔️ medallar
Sizning fikringiz biz uchun muhim! Fikr va takliflaringizni izohlarda qoldiring.
Bilim va g‘alaba sari birga intilamiz! 🧮
👍Bosish esingizdan chiqmasin!
@xurshid_blog

🔔 Diqqat! Muhim eʼlon!
Matematika olimpiadasida gʻolib boʻlgan ishtirokchilar medallar va grantlarga sazovor boʻlishdi! 🏅
📜 Boshqa barcha ishtirokchilar va ularning ustozlari elektron sertifikat bilan taqdirlandi.
📅 Elektron sertifikatlarni olish:
Hoziroq @khiso_admin ga murojaat qilishingiz mumkin.
📢 Sertifikatlaringizni oling va yutuqlaringizni nishonlang! 🎉
@xurshid_blog

Hurmatli ota-onalar! 😊

Farzand – hayotimiz mazmuni, yuragimizning eng katta boyligi. Ularning ilmli, ma’naviyatli va vatanparvar inson bo‘lib voyaga yetishi bizning eng yuksak orzuimizdir. Bu yo‘lda ta’limga qaratilgan har bir e’tibor kelajak uchun qilingan eng bebaho sarmoyadir. 📚

G‘ijduvon tumanida amalga oshirilayotgan “Ta’lim sifatini oshirishda G‘ijduvon tajribasi” loyihasi doirasida yosh avlodning bilim va intellektual salohiyatini yuksaltirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Bizning bosh maqsadimiz – farzandlaringizni xalqaro olimpiadalar va tanlovlarga tayyorlash, ularga zamonaviy bilimlar va mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini singdirishdir. 🌍🎓

Yangi tashkil etilayotgan tayyorlov guruhlarimizda farzandlaringiz malakali ustozlar boshchiligida chuqur bilim olishlari, ijodiy fikrlash va qat’iyatlilikni rivojlantirishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratiladi. 🧠📈

Hurmatli ota-onalar!
Farzandlar uchun qilingan har bir mehnat albatta ulkan mevalar beradi. 🍀
@xurshid_blog

#Qizlar_olimpiadasi

G‘OLIBLAR ANIQLANDI!
➡️Ular bilan quyida tanishishingiz mumkin:

5-6-sinflar kesimida
🥇1-o‘rin: Mehrimoh Baxtiyorova - Buxoro viloyati, Jondor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi;
🥈2-o‘rin: Shaxzoda Abdubannayeva - Namangan shahar 1- son ixtisoslashtirilgan maktab-internati;
🥉3-o‘rin: Dilnura Ziyadullayeva - Samarqand shahar 1- son ixtisoslashtirilgan maktabi.

7-8-sinflar kesimida
🥇1-o‘rin: Dildora Maxkamova - Toshkent shahar, Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi;
🥈2-o‘rin: Komila Mirzomiddinova - Namangan viloyati, Uchqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi;
🥉3-o‘rin: Oysha Mirzatillayeva - Toshkent shahar, Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi.

9-10-11-sinflar kesimida
🥇1-o‘rin: Niluzarxon Abdurazzoqova - Farg‘ona viloyati, Bag‘dod tuman ixtisoslashtirilgan maktabi;
🥈2-o‘rin: Madina Qodirqulova - Sirdaryo viloyati, Guliston tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati;
🥉3-o‘rin: Nilufar Sayfullayeva - Buxoro viloyati, Vobkent tuman ixtisoslashtirilgan maktabi.
@xurshid_blog

📣 “Khiso Olimpiada” Matematika Bo‘yicha Muvaffaqiyatli O‘tkazildi!

❇️ Matematika faniga bag‘ishlangan olimpiadalarimiz doirasi kengaymoqda! Bugun, 9-fevral kuni Buxoro, Samarqand, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahrida bir vaqtning o‘zida o‘tkazilgan mazkur olimpiada katta muvaffaqiyat bilan yakunlandi.

📌 Olimpiadada 1-8 sinf o‘quvchilari qatnashib, o‘z bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazish imkoniga ega bo‘lishdi. Ayniqsa, Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida bo‘lib o‘tgan musobaqa yosh iste’dodlarimiz uchun muhim tajriba bo‘ldi.

🌟
1 000 dan ortiq o‘quvchi ishtirok etgan ushbu olimpiada har bir qatnashchi uchun o‘z qobiliyatlarini namoyish qilish imkoniyatini yaratdi.

🏆 Buxoro viloyatida eng yaxshi natija ko‘rsatgan ishtirokchining ota-onasi esa
Dubayga bepul sayohat qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi! Bunday rag‘batlar yoshlarning matematikaga bo‘lgan qiziqishini oshirish va bilim olishga intilishini kuchaytiradi.

Web Sayt | Telegram | Facebook |
YouTube | Instagram

https://t.me/Xurshid_blog

🇺🇿 Andijonlik 3-sinf o‘quvchisi IELTSdan 6 ball oldi! 🎓
Tasavvur qiling, atigi 3-sinfda o‘qiyotgan bola IELTS imtihonidan 6 ball olib, dunyoning turli xorijiy universitetlariga kirish imkoniyatiga ega bo‘ldi! 🌍
🔍 Eng qizig‘i — bu muvaffaqiyatning siri muntazam mehnat va bosqichma-bosqich tayyorgarlikda.
👨‍👩‍👧‍👦 Ota-onalar uchun muhim signal: Farzandlaringizga erta bosqichda bilim berish va tillarni o‘rgatish juda muhim. Bolalarimiz 5-sinfgacha bemalol 2-3 tilni egallashi mumkin.
Ilm va malaka inson taqdirini o‘zgartiradi! Kelajakda ular rivojlangan davlatlarda yuqori daromadli ish joylarida faoliyat yuritish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
ilmga qiziqsangiz, albatta @xurshid_blog kanalida obuna bo‘ling! 💡

Hurmatli o‘quvchilar va aziz ota-onalar!
Bilim insonni kamolot sari yetaklovchi buyuk kuchdir. Shu maqsadda G‘ijduvon tumani hokimligi hamda KHISO maktabi hamkorligida tashkil etilayotgan KHISO_Bukhara olimpiadasi bilimdon yoshlarimiz uchun yuksak marralar sari yo‘l ochmoqda.
Ertaga ushbu intellektual maydonda Buxoro viloyatining 9 ta tumanidan 607 nafar o‘quvchi ishtirok etishi kutilmoqda. Bu musobaqa nafaqat bilim bellashuvi, balki matonat, izlanish va intilishni namoyish qilish uchun katta imkoniyatdir. Qadrli o‘quvchilar, g‘alaba – faqat marraga emas, har bir qiyinchilikni yengib o‘tish yo‘lidagi mehnatga ham munosib mukofotdir.
Hurmatli ota-onalar, sizning mehringiz va ishonchingiz farzandlaringizning yutuqlari uchun mustahkam tayanchdir. Sizning qo‘llab-quvvatlashingiz ularning o‘ziga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlaydi.
Barchangizga ulkan zafarlar tilayman! G‘alaba doim sizlarga yor bo‘lsin, bilim va maqsad sari intilishlaringiz esa yorqin kelajakka eltuvchi yo‘l bo‘lsin!
Samimiy tilaklar bilan,
KHISO_Bukhara olimpiadasi tashkilotchisi Xurshid To‘xtayev

@xurshid_blog

Rekord 607 kishi g'oliblik uchun jang qilishadi!
@xurshid_blog