Latest Posts from Xadicha Odilova (@xadichaodilova) on Telegram

Xadicha Odilova Telegram Posts

Xadicha Odilova
▫️ 5 yillik tajribaga ega ingliz tili o’qituvchisi va IELTS instruktor

▫️ IELTS balim 8.0 (L9.0 R8.5 W7.0 S8.0)

▫️ Men bilan qiyin mavzularni oson tushunasiz

DM📨: @Xadicha_Odilova
1,358 Subscribers
561 Photos
116 Videos
Last Updated 08.03.2025 23:52

Similar Channels

IELTS with Soniya
19,687 Subscribers
$
1,382 Subscribers

The latest content shared by Xadicha Odilova on Telegram

Xadicha Odilova

26 Feb, 10:17

452

To’lovi haqida ham so’rab shaxsiy xabar yozibsizlar:

Har bir modul uchun 900 ming to’lanar ekan💸

Rasmda Module 1 natijam🤗
Xadicha Odilova

26 Feb, 08:37

485

TKT dan onlayn kurslar ham bor ekanee😅 Men shu kitoblardan o’zim tayyorlandim.
Xadicha Odilova

26 Feb, 08:34

436

Takkkksss🥁🥁🥁

TKT - Teaching Knowledge Test, Cambridge tomonidan ingliz tili o’qituvchilari uchun yo’lga qo’yilgan imtihon ekan. Asosan maktab o’qituvchilari ustama olish uchun topshirisharkan. IELTS til darajezi tekshiradigan ko’p skills larizi qamrab olgan test bo’lsa, TKT faqat o’qitish bo’yicha nazariy bilimlarni testlar orqali tekshirar ekan.

Nega TKT topshirdim? - Chunki men shu kungacha pedagogikani nazariyasini o’rganib chiqmay yo’l-yo’lakay o’qituvchiligimni qilib kelgan odamman😅 In shaa Alloh, CELTA ni vaqti-soati kelib o’qiyman degan niyatim bor. TKT CELTA uchun bir debocha vazifasini zo’r bajarar ekan.

Testni O’zb da 3 ta Modulini topshirishar ekan. Har bitta modulda 80 tadan test. Modullarni mundarijasi quyidagicha:

1) Language and background to language learning and teaching

2) Planning for language teaching

3) Classroom management

Baxolash tizimi bo’yicha eng baland ball Band 4 ekan. Xuddi IELTS kabi Band 1 olsez ham sertifikat berishaverar ekan. Lekin maktablarda ustama uchun Band 3 kk ekan.

Va meni Module 1 bo’yicha javoblarim chiqdi. Guess necha ball oldim?🤗 Albatta maksimum Band 4!

Bundan keyin ancha расслабиться qilib imtihon oson ekan deb tashlab qo’yibmande shug’ullanishni. Module 2 va 3 ni topshirib chiqdim, lekin o’zimdan ko’nglim to’lmadi. Savollar qiyinlik qildi, lekin anyways, javoblari bn bo’lishaman, Xudo xohlasa!
Xadicha Odilova

24 Feb, 11:29

479

Assalomu alaykum,

Men tirikman🙈😅Sizlarchi?

Instagramga onda-sonda storieslar qo’yib bordim. Telegramga ulgurmadim desam xato bo’ladi… shunchaki na xohish va na ehtiyoj bo’lmadi.

Yangiliklardan, CELTA ni eng kichkina ukasi TKT (Teaching Knowledge Test) topshirdim. Shu haqida obdon gapirib bersam qiziquvchilar bormi?
Xadicha Odilova

03 Dec, 09:56

1,359

Bu dunyoda hamma o’zini funksiyasini CHOTKIY qilib bajarib qo’ysa, katastrofik muammolar paydo bo’lmaydi deb o’ylayman❄️

O’qituvchi CHOTKIY qilib o’qitsa va o’quvchi CHOTKIY o’qisa, rezultat bo’lmay qolganmi? Ko’rganmisiz?

Oilada er va xotin o’z burchlarini CHOTKIY bajarishsa, baxtli oila bo’lmay qolganmi?

Ota-ona farzandini haqlarini to’liq ado etsa, farzand ota-ona oldidagi ma’suliyatini to’laqonli bajarsa, shu farzand ko’karmay qolganmi?

Ish beruvchi adolat qilsa, ishlovchi vijdonan ishlasa, taraqqiyot bo’lmay qolganmi?

Xidoyatda yashab o’tgan bandaga JANNAT va’da qilinmaganmi?

Shunchaki HAMMAMIZ ma’suliyatlarimizni o’rganib (ilm olib), ularga consciously amal qilsak, hayot yanada go’zalroq bo’larmidi!
Xadicha Odilova

12 Nov, 12:30

2,430

VANIHOYAT!
Shaytanatni tugatdim😮‍💨


Tohir Malik tirik bo’lganlarida, ularni topib oltinchi va yettinchi kitoblarini ham yozishlarini talab qilgan bo’lar edim🥲

Kitobning shiori quyidagicha ekan - “Nafsning kelajagi zulmdir, zulmning kelajagi esa xorlikdir!”

Kitobdagi hamma salbiy qahramonlar ayanchli o’lim topishdi - mast holatda; kafansiz; boshi bir burchakda, tanasi esa ahlatxonada yokida og’zidan qon kelib vahokazo…

Ijobiy qahramonlar esa chiroyli o’lim topishdi - namoz o’qiy turib, boshqa birovlarni yong’indan qutqarib va Makkai Mukarramada…

Men uchun kitobni mohiyati ham aynan shu g’oya bo’ldi -

“Har bir kunimiz bizni o’limga yaqinlashtiradi. Chiroyli o’lim uchun chiroyli yashash kerak”🌙
Xadicha Odilova

10 Nov, 13:43

1,937

https://www.vocabularytester.com/vocabulary-test

Try! It will show your approximate English vocabulary😻

I didn’t expect mine to be at C2😅
Xadicha Odilova

29 Oct, 11:23

2,063

Faqat o’quvchilarim xangomachi desam, Sizlar ham qolishmaysizlar ekanuuu😹

Pre Inter gruppamda bugun shu so’z kelibdi - electric mosquito repellent.

“Explain the word in English”
deb so’rasam, hamma birdaniga “KILLER” deb javob berganida o’zimni tutib tura olmay rossa kuldim😁

Bir kuni Beginner o’quvchilarimga “leather” so’zini o’rgatdim. “Charm” desam hech kim tushunmadi - keyin, “кожа” deb o’tib ketdim. Boshqa darsda yuzimni, qo’limni tanasini (кожа sini) ko’rsatib “skin” so’zini o’rgatmoqchi bo’lib “what’s this, guys” desam, hamma yana birdaniga “IT’S YOUR LEATHER” deydi🤣 Na yig’lashni bilay va na kulishni…
Xadicha Odilova

29 Oct, 10:51

1,561

Do you know this word in English?

If you don’t know, how can you explain the word in English?
Xadicha Odilova

15 Oct, 11:47

1,873

New books for my cutie pie❤️

As usual bought online:
https://t.me/busybooks_uz