◾️Pegasus dasturi
Kuchli va Xavfli Josuslik dasturi Pegasus Spyware bu ko'plab Apple iOS va Android telefonlariga o'rnatiladigan, Isroilning NSO Group kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan josuslik dasturidir. Ishlab chiqaruvchilarning ta'kidlashicha, ushbu dastur hukumatlarga terrorizm va jinoyatchilikka qarshi kurashda yordam berish uchun yaratilgan. Dastur shartlarida milliy xavfsizlik maqsadida va inson huquqlarini buzmasdan foydalanish ham ko'rsatilgan.
Nima uchun Pegasus kuchli va xavfli dastur?
Ushbu dasturning kuchli va xavfli bo'lishining asosiy sababi shundaki, u SMS, WhatsApp, iMessage va boshqa turli kanallar orqali qurilmaga bog'lanib olib, foydalanuvchining xabarlar, fotosuratlar, elektron pochta, GPS, kontakt ma'lumotlariga kirish imkonini beradi. Bundan tashqari, telefon qo'ng'iroqlarini sezdirmay yozib olish imkoniyatiga ham ega.
2021-yil iyul oyida matbuotda Pegasusning avtoritar usullarda ishlatilishi va bu orqali turli qonun himoyachilari, advokatlar va jurnalistlar kuzatilishi haqida ma'lumotlar tarqaldi. Shu bilan birga, 50 mingdan ortiq NSO Group mijozlarining kontakt ma'lumotlari ham oshkor bo'ldi. Ushbu mijozlar orasida Ozarbayjon, Bahrayn, Vengriya, Hindiston, Qozog'iston, Marokash, Meksika, Birlashgan Arab Amirliklari, Ruanda va Saudiya Arabistoni kabi davlatlarning huquqni muhofaza qilish organi va razvedka xodimlari ham bor edi. Shuningdek, ro'yxatda BAA hukmdori Muhammad al-Maqtumning qizi malika Latifa va uning sobiq rafiqasi malika Hayyo al-Husayn, 34 davlatdagi 600 dan ortiq hukumat a'zolari, jumladan, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Iroq prezidenti Barham Salih, Janubiy Afrika prezidenti Siril Ramafosa, Pokiston, Misr va Marokash bosh vazirlari, shuningdek, Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durovning raqamlari ham bor edi.
Do'stlaringizga ulashing va post ostida reaksiya qoldiring
wikiTarjima - Original tarjimalar