🔷TOSHKENT SHAHRI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol g‘arbdan
3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-2° iliq, kunduzi 7-9° iliq bo‘ladi.
🔷QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasida ayrim joylarda biroz qor yog‘ishi, tuman tushishi mumkin.
Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° sovuq, kunduzi
2° sovuq-3° iliq bo‘ladi.
🔷BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Navoiy viloyatida ayrim joylarda qor yog‘ishi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi
0-5° sovuq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.
🔷TOSHKENT, SIRDARYO, SAMARQAND,
JIZZAX VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida ayrim joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin.
Ayrim joylarga tsuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.
🔷QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Surxondaryo viloyatida ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo‘ladi.
🔷ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.
🔷RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi
3-8° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.