Latest Posts from Uzbekistan Weightlifting Federation (@uzbek_weightlifting) on Telegram

Uzbekistan Weightlifting Federation Telegram Posts

Uzbekistan Weightlifting Federation
🏋️‍♂️🇺🇿O'zbekiston Og'ir Atletika Federatsiyasining rasmiy kanali!
Bu yerda siz barcha yangiliklar, e'lonlar va muhim ma'lumotlarni olishingiz mumkin!

🇺🇿🏋️‍♂️Bizning rasmiy sahifalarimiz👉 taplink.cc/uzbekistan_weightlifting
1,970 Subscribers
7,010 Photos
843 Videos
Last Updated 09.03.2025 01:22

Similar Channels

Futsal Uzbekistan
9,352 Subscribers

The latest content shared by Uzbekistan Weightlifting Federation on Telegram

Uzbekistan Weightlifting Federation

04 Jan, 16:00

2,962

🟢Bahrayn poytaxti Manama shahri mezbonlik qilgan kattalar o'rtasidagi Jahon chempionatida O'zbekiston terma jamoasining muvaffaqiyatli ishtiroki Sport telekanali nigohida

👉 💻Instagram |🎞YouTube  | 📝Telegram
Uzbekistan Weightlifting Federation

31 Dec, 16:19

2,641

O‘zbekiston Og'ir atletika federatsiyasi yurtdoshlarimizni kirib kelayotgan Yangi 2025-yil bilan samimiy muborakbod etadi. Barcha vatandoshlarimizga sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik, baxtu saodat, farovonlik tilaydi.

Yangi yil yangi ga'labalarga, yangi muvaffaqiyatlarga boy bo'lsin!

👉 💻Instagram |🎞YouTube  | 📝Telegram
Uzbekistan Weightlifting Federation

28 Dec, 17:50

2,935

Hikmatillo Haydarov Tbilisidagi xalqaro turnirda sovrindor bo‘ldi!

Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida uch karra Olimpiada chempioni va rekordchisi hisoblangan Kaxi Kaxiashvillining "Kaxi kubogi-2024" ochiq turniri bo‘lib o‘tdi. Ushbu xalqaro musobaqada ikki nafar vakilimiz shohsupadan joy oldi.

Jumladan, erkaklar o‘rtasida -81 kg vazn toifasida bahs olib borgan Hikmatillo Haydarov dast ko‘tarishda 147 kg, siltab ko‘tarishda 176 kg va umumiy 323 kg natija qayd etib, musobaqaning bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Shuningdek, 89 kg vazn toifasida supachaga ko‘tarilgan yana bir vakilimiz Batirbek Paraxatov dast ko‘tarishda 144 kg, siltab ko‘tarishda 170 va ikkikurashda 314 kg natija qayd etib, 7-o‘rinni egalladi.

👉 💻Instagram |🎞YouTube  | 📝Telegram
Uzbekistan Weightlifting Federation

27 Dec, 22:06

2,329

Osiyo chempionatida yuqori natijalar qayd etgan terma jamoamizning navbatdagi guruhi yurtimizga qaytib keldi.

Toshkent xalqaro aeroportida o‘tkazilgan tantanali kutib olish marosimida Og‘ir atletika federatsiyasi mutasaddilari, murabbiylar va sportchilarning yaqinlari ishtirok etdi.

👉 💻Instagram |🎞YouTube  | 📝Telegram
Uzbekistan Weightlifting Federation

27 Dec, 17:42

1,218

Og‘ir atletika federatsiyasi Milliy antidoping agentligi tomonidan “Yilning eng yaxshi hamkor federatsiyasi” sifatida e'tirof etildi!

O‘zbekiston Og‘ir atletika federatsiyasi yakunlanayotgan 2024-yilda barcha yo‘nalishlarda bo‘lgani kabi antidoping bo‘yicha ham salmoqli ishlarni amalga oshirdi.

Bugun O‘zbekiston Milliy antidoping agentligida yil davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, munosiblar taqdirlandi.

Sport federatsiya va assotsiatsiyalarining sportda dopingga qarshi kurash borasidagi hamkorliklari va antidoping talablarini o‘z vaqtida bajarish hamda antidoping qoidalariga rioya qilish borasidagi reytingi tuzildi.

Ushbu reyting g‘olibini aniqlash uchun quyidagi mezonlarga tayanildi:
- Federatsiya va assotsiatsiya sportchilari xalqaro darajadagi sertifikatni olganligi;
- Antidoping taʼlimotini targ‘ib qilishdagi hamkorlik;
- Federatsiya va assotsiatsiyalarning antidoping bo‘yicha masʼul xodimning faolligi;
- ADAMS tizimini vaqtida to‘ldirish;
- Qoidabuzarliklar aniqlanganda ularning sababini aniqlashdagi hamkorlik kabi mezonlar asosida g‘olib aniqlandi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston Og‘ir atletika federatsiyasi yuqoridagi talablarni to‘liq bajargan federatsiya deb topildi va “Yilning eng yaxshi hamkor federatsiyasi” nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. G‘olib uchun atalgan tashakkurnoma va esdalik sovg‘asini agentlik direktori Abdushukur Sadikov federatsiyamiz Bosh kotibi Olimjon Mahmudovga tantanali ravishda topshirdi.

👉 💻Instagram |🎞YouTube  | 📝Telegram
Uzbekistan Weightlifting Federation

27 Dec, 17:09

1,867

📸Qit'a chempionatida muvaffaqiyat qozongan yosh polvonlarimiz tantanali kutib olindi

Xabar berganimizdek, terma jamoamiz a'zolari Qatar poytaxti Doha shahrida o'tkazilgan yoshlar va o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etib, yakunda 44 ta medalga sazovor bo'lishdi.

BugunVatanga qaytgan terma jamoamiz a'zolari yurt ostonasida Sport vaziri o'rinbosari, mamlakat Og'ir atletika federatsiyasi raisining birinchi o'rinbosari Shahrillo Mahmudov boshchiligidagi federatsiya mutasaddilari, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda sportchilarning oila a'zolari tomonidan tantanali kutib olindi.

👉 💻Instagram |🎞YouTube  | 📝Telegram
Uzbekistan Weightlifting Federation

25 Dec, 17:48

1,560

Terma jamoamiz Osiyo chempionatini ikkinchi o’rinda yakunladi!

Bugun Qatar poytaxti Doha shahri mezbonlik qilgan yoshlar va o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetdi. 20 ta davlatdan 270 dan ortiq yosh polvonlar ishtirok etgan qit’a birinchiligida terma jamoamiz a’zolari ham munosib qatnashdi.

Jumladan, qizlar orasida Marjona Abdumutalova hamda Nigora Suvonova, o’g’il bolalar o’rtasida esa Abdulaziz Alimjanov, Bekzod Gʻofurjonov va Omadillo Olimov barcha dasturlarda oltin medalga sazovor bo’lib, o’z yosh toifalarida Osiyoda tengsiz ekanliklarini yana bir bor isbotlashdi. Shuningdek, Nigora Abdullayeva, Zulfiya Ramazonova, Ziyoda Xudoyqulova, Diyorbek Ro‘zmetov, Boburmirzo Yoqubov, Behruzbek Ganjaboyev, Nodirbek Jo‘rayev, Ruslan Raxmatjonov va Qudratbek Salimjonov ham qit’a chempionatida shohsupaga ko’tarilib, sovrindorlar safidan joy oldi. Yakunda esa O’zbekiston erkaklar terma jamoasi ochkolar hisobiga ko’ra Osiyo chempionatida ikkinchi o’rinni egalladi. Delegatsiyamiz musobaqani 17 ta oltin, 17 ta kumush va 10 ta bronza, jami 44 ta medal bilan yakunladi.

Musobaqadagi eng muhim voqeani o‘smirlar o‘rtasida -89 kg vazn toifasida supachaga ko‘tarilgan Bekzod Gʻofurjonov qayd etdi. Namanganlik yosh polvonimiz delegatsiyamiz hisobiga 3 ta oltin medalni qo‘shib qo‘yish bilan bir qatorda o‘smirlar o‘rtasida dast ko‘tarish, siltab ko‘tarish va ikkikurashda Osiyo rekordini o‘rnatdi. Bundan tashqari siltab ko‘tarishda 194 kg toshni bo‘ysundirgan holda o‘smirlar o‘rtasida Jahon rekordini bir kilogrammga yangilashga muvaffaq bo‘ldi!

Qayd etish lozimki, shu oy boshida Bahraynda bo‘lib o‘tgan kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionatida ham o‘zbek polvoni – Ruslan Nurudinov 242 kg natija qayd etgan holda o‘ziga tegishli bo‘lgan Jahon rekordini yangilashga muvaffaq bo‘lgan edi. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay yosh sportchimiz Bekzod Gʻofurjonov ham tengdoshlari orasida dunyo rekordini o‘rnatdi.

Bu esa o‘z navbatida o‘zbek og‘ir atletikasida Ruslan Nurudinov, Akbar Jo‘rayev kabi Olimpiya va Jahon chempionlari, Jahon rekordchilariga munosib izdoshlar yetishib chiqayotganidan dalolatdir.

Albatta, bu kabi yutuqlar zamirida eng avvalo davlatimiz tomonidan sportga qaratilayotgan ulkan e’tibor va g‘amxo‘rlik yotadi. Qolaversa, sportimiz rahbariyati, federatsiya mutasaddilari va murabbiylarning ham ushbu natijalarda hissalari beqiyos. Ana shunday hamjihatlik va e’tibordan sportimiz hamisha yuksalaveradi! Yangi chempionlar, yangi rekordlar muborak, Yangi O‘zbekiston!

👉 💻Instagram |🎞YouTube  | 📝Telegram
Uzbekistan Weightlifting Federation

25 Dec, 15:10

1,619

🏆Yoshlar va o'smirlar o'rtasida Osiyo chempionati

🏋️‍♀️Erkaklar +109 kg (yoshlar)

Sovrindorlar:
🥇ALI AMMAR YUSUR RUBAIAWI (Iroq)
🇮🇶 - 406 kg
🥈Hamidreza
MOHAMMADI TANHA (Eron) 🇮🇷 - 402 kg
🥉OLIMOV Omadillo (O'zbekiston)
🇺🇿 - 361 kg

👉 💻Instagram |🎞YouTube  | 📝Telegram
Uzbekistan Weightlifting Federation

25 Dec, 14:59

2,063

🏆Yoshlar va o'smirlar o'rtasida Osiyo chempionati

🏋️‍♀️Erkaklar +102 kg (o'smirlar)

Sovrindorlar:
🥇OLIMOV Omadillo (O'zbekiston)
🇺🇿 - 361 kg
🥈KE GUAN-TING
(Xitoy Taypeyi) 🏳️ - 336 kg
🥉SAMARKAN
Sagynbek (Qozog'iston) 🇰🇿 - 324 kg

👉 💻Instagram |🎞YouTube  | 📝Telegram
Uzbekistan Weightlifting Federation

25 Dec, 14:56

1,281

🥇🥇🥇🥉🥉🥉Osiyo chempionatini yuqori notada yakunladik!

Hozirgina o'smirlar o‘rtasida +102 kg vazn toifasida “A” guruh bahslari bo‘lib o‘tdi. Quvonarlisi, ushbu vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan vakilimiz Omadillo Olimov dast ko‘tarishda 156 kg, siltab ko‘tarishda 205 kg va umumiy 361 kg natija qayd etgan holda barcha dasturlarga oltin medalga sazovor bo‘lib, o‘z vaznida mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

E'tiborlisi, sportchimiz +109 kg vazn toifasida yoshlar o'rtasida ham shohsupaga ko'tarildi. Andijonlik polvonimiz ushbu yosh toifasida 3 ta bronzaga ega chiqdi.

👉 💻Instagram |🎞YouTube  | 📝Telegram