KADASTR AGENTLIGI - RASMIY Telegram-Beiträge

Rasmiy sahifalarimiz:
🌐 veb-sayt:
www.kadastr.uz
📌Instagram:
www.instagram.com/uz_kadastr/
📌Facebook:
www.facebook.com/kadastr.uz
☎️ Ishonch telefoni:
1097
📍Manzil:
Ул. Чопонота, Квартал "Ц", Tashkent, Uzbekistan
Pochta:
[email protected]
🌐 veb-sayt:
www.kadastr.uz
📌Instagram:
www.instagram.com/uz_kadastr/
📌Facebook:
www.facebook.com/kadastr.uz
☎️ Ishonch telefoni:
1097
📍Manzil:
Ул. Чопонота, Квартал "Ц", Tashkent, Uzbekistan
Pochta:
[email protected]
26,333 Abonnenten
5,824 Fotos
1,184 Videos
Zuletzt aktualisiert 10.03.2025 14:08
Ähnliche Kanäle

626,045 Abonnenten

10,960 Abonnenten

6,663 Abonnenten
Der neueste Inhalt, der von KADASTR AGENTLIGI - RASMIY auf Telegram geteilt wurde.
Ayni paytda, Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish bo‘yicha asosiy vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
➡️ Yig‘ilishda uch yil oldin qabul qilingan xizmatlar sektorini rivojlantirish bo‘yicha katta dastur bugun natijasini berayotgani ta’kidlandi. Qo‘shimcha 1,5 million aholi servis sohasida doimiy daromadga ega bo‘ldi. Xizmatlar 2018 yildagi 19 milliarddan 65 milliard dollarga oshdi (o‘sish – 3,5 barobar).
➡️ Tibbiyot, aviatsiya va energetikada xususiy sektor ishtirokidagi loyihalar 20 milliard dollardan oshdi. So‘nggi to‘rt yilda chorvachilikni rivojlantirish uchun xalqaro moliya institutlaridan 700 million dollar olib kelindi, bu yil yana 350 million dollar jalb qilinadi. Buning hisobiga kamida 20 mingdan ziyod veterinarga ehtiyoj paydo bo‘ladi. Birgina Buxoroda 250 nafar veterinarga talab bor.
➡️ Nishon, Yangiqo‘rg‘on, Narpayda IT xizmatlari ancha orqadaligi, Samarqand va Yangiyer shahri, Mirzaobod, Mirzacho‘lda moliyaviy xizmatlar hajmi pasaygani, Qarshi shahri, Jomboy, Urgut, Urganch, Uchtepa tumanlarida savdo o‘smayotgani, Farg‘onaning 7 ta tumanida tibbiy xizmatlar hajmi qisqargani tanqid qilindi.
➡️ Oxirgi uch yilda 3 mingta ko‘p qavatli uy foydalanishga topshirildi, 38 million kvadrat metr noturar joylar paydo bo‘ldi.
➡️ Moliyaviy xizmatlar hajmini 30 foizga oshirish bo‘yicha aniq rejalar belgilangan. Prezidentimiz davlat banklari onlayn xizmatlar, aholi uchun jozibador yangi mahsulotlar yaratishda xususiy banklardan orqada qolib ketayotganini qayd etdi.
➡️ Turistlar bildirgan fikrlarni inobatga olib, turizm va servis joylarini kechqurun ham ishlaydigan qilish kerakligi ta’kidlandi.
➡️ Yig‘ilishda bu yildan tumanlarda servisni rivojlantirish bo‘yicha yangicha yondashuv bo‘lishi aytildi. Hududlarda 1 ming 156 ta “drayver” loyiha tanlab olinib, tasdiqlandi. Bu loyihalar infratuzilmasiga 1 trillion so‘m beriladigan bo‘ldi.
➡️ Qurilish, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalariga ishchilar bilan qisqa muddatli, soddalashgan (kunbay, ishbay) mehnat shartnomasini tuzishga ruxsat beriladi.
➡️ Tadbirkorlarda yer uchastkalari va davlat mulkini ijaraga olish yoki xususiylashtirish shartlari bo‘yicha savollar ko‘pligi bois, bu borada ochiq, shaffof, manfaatli shartlarni ishlab chiqish va e’lon qilish vazifasi qo‘yildi.
➡️ 1 martdan 6 oy davomida sotilmagan 10 ming kvadratgacha bo‘lgan davlat ob’yektlari tadbirkorlarga 10 yilga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ijaraga beriladi. To‘rt yil davomida ijara vaqtida to‘lansa, bu joy tadbirkorga xususiylashtirib beriladi.
📩 Telegram | 📩 Instagram | 📩 YouTube | 📩 Facebook | 📩 Web-sayt
Президент Шавкат Мирзиёев томорқада ва ижарага берилган экин ерларида даромадли маҳсулот етиштиришнинг янги тизими бўйича йиғилиш ўтказди.
—
Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание, посвященное новой системе выращивания доходных культур на приусадебных землях и участках, переданных в аренду.
#Mirziyoyev #videoselektor #oziqovqat #tomorqa
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
—
Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание, посвященное новой системе выращивания доходных культур на приусадебных землях и участках, переданных в аренду.
#Mirziyoyev #videoselektor #oziqovqat #tomorqa
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Йиғилиш давомида мутасаддилар ва ҳудудлар раҳбарларининг ахбороти тингланди.
Айни пайтда, Президент Шавкат Мирзиёев раислигида ипотека дастури доирасида 2024 йилда амалга оширилган ишлар ва 2025 йил учун режалар муҳокамаси юзасидан видеоселектор йиғилиши бўлиб ўтмоқда.
➡️ Унда, ўтган йилнинг ўзида 100 мингдан зиёд хонадонга эга 2 минг 44 та кўп қаватли уй барпо этилгани қайд этилди. Жон бошига уй-жой ҳажми 19 квадрат метрдан ошди (2020 йилда 16 квадрат метр бўлган). Умуман, 2024 йили юртимизда 21,4 миллион квадрат метр турар жой ва 19,1 миллион квадрат метр нотурар объектлар, жами 40,5 миллион квадрат метр бино-иншоот қурилган.
➡️ Давлатимиз раҳбари ҳокимлар уй-жой қурилишига фақат ижтимоий ёки қурилиш масаласи деб эмас, балки ҳудудини иқтисодий ривожланишида асосий “драйвер” сифатида қараши зарурлигини таъкидлади.
➡️ “Янги Ўзбекистон” массивларини қуриш бўйича мутлақо янги тизим йўлга қўйилиши таъкидланди. Энди “Янги Ўзбекистон” массивига берилган ер бўйича лойиҳалашни 2 ойдан, қурилишни бошлашни 3 ойдан оширишга йўл қўйилмайди. Бу талаб бузилса, ер қайтариб олиниб, қайта аукционга чиқарилади.
➡️ Йиғилишда таъкидланганидек, девелоперлар томонидан объектнинг 50 фоизи қурилганда, фуқаролар кредит ва субсидия олиши мумкин бўлади. Ушбу тартиб нафақат имтиёзли, балки тижорат ипотекаси учун ҳам татбиқ этилади.
➡️ Қурувчи ташкилотлар қурилишни бошлаганидан якунлагунича, лекин кўпи билан 12 ой давомида ер солиғи тўлашдан озод қилинади. Объект муддатида топширилмаса, девелопер ер солиғини 2 карра миқдорда тўлайди.
➡️ Мамлакатимизда 2030 йилгача камида 100 та “Янги Ўзбекистон” массивини қуриш режа қилинган. Бу ишларни ташкиллаштириш учун “Ўз уйим” компанияси ташкил қилинади. Ушбу компания “Янги Ўзбекистон” массивларига ер танлаш, лойиҳалаш, қуриш ва эксплуатация қилишга масъул бўлади.
📩 Telegram | 📩 Instagram | 📩 YouTube | 📩 Facebook | 📩 Web-sayt