آخرین پست‌های Urganch davlat universiteti Xalqaro hamkorlik bo'limi (Yangiliklar/ e'lonlar) Rasmiy (@urdu_xab_yangiliklar) در تلگرام

پست‌های تلگرام Urganch davlat universiteti Xalqaro hamkorlik bo'limi (Yangiliklar/ e'lonlar) Rasmiy

Urganch davlat universiteti Xalqaro hamkorlik bo'limi (Yangiliklar/ e'lonlar) Rasmiy
Urganch davlat universiteti rasmiy sahifasi

🌐Veb-sayt: www.urdu.uz

Facebook: https://www.facebook.com/urduuz

Youtube: https://www.youtube.com/channel/UCkQ8N0jtKR9VigB0FALuFvA/videos

Murojat uchun @UrDU_XAB
1,185 مشترک
2,194 عکس
58 ویدیو
آخرین به‌روزرسانی 06.03.2025 21:35

کانال‌های مشابه

Xorijiy filologiya UrDU
1,168 مشترک

آخرین محتوای به اشتراک گذاشته شده توسط Urganch davlat universiteti Xalqaro hamkorlik bo'limi (Yangiliklar/ e'lonlar) Rasmiy در تلگرام

Urganch davlat universiteti Xalqaro hamkorlik bo'limi (Yangiliklar/ e'lonlar) Rasmiy

28 Feb, 10:29

204

🔻🔻🔻🔻🔻

💙Bugun, 28-fevral kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Kimyoviy texnologiyalar fakultetida zamonaviy metodika namunalari bilan tanishish, tajribalarni amalda qo‘llash hamda fakultet professor-o‘qituvchilariga yangi interaktiv metodlar bo‘yicha darslar tashkil etish maqsadida tashrif buyurgan xorijiy oliy ta'lim muassasalari professor-o'qituvchilari ishtirokida o'quv seminari tashkil etildi.

➡️Uchrashuvda Turkiyaning Nejmettin Erbakan universiteti professorlari Dogan Cemile, Akin Seyma va Ulash Taraf Hayriyelar tomonidan ta'lim jarayonida o‘qitishning samarali usullari, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va innovatsion yondashuvlar bo‘yicha taqdimotlar qilindi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram| Ln | YouTube
Urganch davlat universiteti Xalqaro hamkorlik bo'limi (Yangiliklar/ e'lonlar) Rasmiy

28 Feb, 05:43

205

“1st RISMUz School & Knowledge Transfer Workshop” – beshinchi kun!

🟠Bugun, 28-fevral kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida “1st RISMUz School & Knowledge Transfer Workshop” mavzusidagi xalqaro seminarning beshinchi kuni bo’lib o’tmoqda.

➡️Seminar davomida ZTG, TU Berlin "Mobillik va kosmik" tadqiqot bo'limi rahbari Dr.-Ing. Wulf-Holger Arndt tomonidan ma’ruzalar tinglanmoqda.

🟢Ta’kidlash joizki, ushbu seminar viloyatda jamoat transport tizimlarini takomillashtirish hamda faol harakatlanish vositalari, harakat xavfsizlik va avtoturargohlarni boshqarish bilan bog'liq masalalarni hal qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram| Ln | YouTube
Urganch davlat universiteti Xalqaro hamkorlik bo'limi (Yangiliklar/ e'lonlar) Rasmiy

26 Feb, 07:28

249

Urganch davlat universitetining Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi Buyuk Britaniyaning Linkoln universiteti, Qozog‘istonning L.N. Gumilyov nomidagi Evrosiyo milliy universiteti va  Baishev universitetlari bilan hamkorlikda “Accelerating English Language Learning in Central Asia (AELLCA)” – Markaziy Osiyoda ingliz tilini o‘qitishni rivojlantirish loyihasini amalga oshirmoqda.

Joriy yilning 27- fevral kuni soat 18:00 da Linkoln universitetni professori Alison Raby tomonidan “Explorining the use of Community of Practice (CoP) and English Club to Enhance Inclusion Practices for teachers and students  of English Language at PRESETT level”mavzusida vebinar tashkil etiladi. Qatnashish istagini bildirgan talabgorlar quyidagi link orqali ro’yxatdan o’tishlari mumkin.
https://Incn.ac/deltc27feb25
Urganch davlat universiteti Xalqaro hamkorlik bo'limi (Yangiliklar/ e'lonlar) Rasmiy

25 Feb, 12:17

216

#Xizmat_safari

🇹🇷Ayni kunlarda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi o'qituvchisi M.Yusupova va doktaranti X.Matmurodovlar rahbarligida bir guruh talabalar Turkiyaning Balikesir universiteti bilan tuzilgan shartnoma va taklifnoma xatiga binoan, mazkur universitetda ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishmoqda hamda dars mashg'ulotlari va amaliyot kurslarida ishtirok etishmoqda.

🔂Xalqaro standartlarda ta'lim sifatiga ega bo'lgan Balıkesir universiteti yaqinda dunyoning ko'plab universitet va muassasalari bilan hamkorlikni mustahkamlab, xalqaro almashinuv dasturlari orqali talabalarni qabul qilmoqda.

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetining bakalavriat va magistratura bosqichi talabalari ham ushbu tashrif doirasida Balikesir universitetida tashkil etilgan dasturlar doirasida universitet rektori prof. Dr. Yücel O'g'urlu bilan uchrashishdi. Uchrashuvda BAUN qoshidagi Arxitektura fakulteti va Chet tillar fakultetida oʻqishni davom ettirayotgan Urganch davlat universiteti talabalari koʻrsatilgan mehmondoʻstlik uchun universitet rahbariyatiga minnatdorchilik bildirdilar.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram| Ln | YouTube
Urganch davlat universiteti Xalqaro hamkorlik bo'limi (Yangiliklar/ e'lonlar) Rasmiy

25 Feb, 07:55

248

#Workshop

UrDUda “1st RISMUz School & Knowledge Transfer Workshop” o’z ish faoliyatini davom ettirmoqda

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida O‘zbekistonda integratsiyalashgan barqaror mobillikni tadqiq qilishga qaratilgan “RISMUz” loyihasining 24-fevral 1-mart kunlariga mo’ljallangan “1st RISMUz School & Knowledge Transfer Workshop” davom etmoqda.

Seminar doirasida Respublika hamda xorijdan yetakchi mutaxassislar oliygohga tashrif buyurishgan va ayni paytda ekspertlar tomonidan “O‘zbekistonda shahar jamoat transportini tashkil etish: Umumiy amaliyot va muammolar” hamda “Turistlarning Xorazm viloyatidagi transport xizmatlaridan qoniqishini tahlil qilish” mavzularida ma’ruzalar qilinmoqda.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram| Ln | YouTube
Urganch davlat universiteti Xalqaro hamkorlik bo'limi (Yangiliklar/ e'lonlar) Rasmiy

07 Feb, 06:02

366

https://innovation.gov.uz/contest/post-1824
Urganch davlat universiteti Xalqaro hamkorlik bo'limi (Yangiliklar/ e'lonlar) Rasmiy

06 Feb, 15:57

318

⛔️⛔️⛔️

🗣Xorazm milliy taomi koreyalik talabalar tomonidan tayyorlanmoqda

🔘Ayni paytda mehmonlarimiz oliygohning talabalar turar joyida o‘zbek milliy taomlarini tayyorlash tajribasini sinab ko‘rishmoqda. Xorazmning mazali taomlari bilan yaqindan tanishish, milliy taomlar sir-asrorlarini o‘rganish va o‘z qo‘llari bilan tayyorlash koreyalik talabalar uchun o‘zgacha taassurot bag‘ishlamoqda.

🟢Bu jarayon nafaqat madaniy almashinuvga, balki do‘stona rishtalarni mustahkamlashga ham xizmat qilmoqda. Koreyalik mehmonlar o‘zbek oshxonasining betakror ta’mi va mehmondo‘stligidan hayratda ekanliklarini ta’kidlab, bu tajriba ularga unutilmas xotiralar ulashayotganini bildirishmoqda.

“Koreya madaniyati” haftaligi davomida har ikki oliygoh talabalari o‘zaro yaqin do‘stlikni rivojlantirish barobarida, milliy madaniyat va urf-odatlarni chuqurroq anglab, kelajakdagi hamkorlik uchun mustahkam zamin yaratmoqdalar.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram| Ln | YouTube
Urganch davlat universiteti Xalqaro hamkorlik bo'limi (Yangiliklar/ e'lonlar) Rasmiy

05 Feb, 12:18

193

#Malayziya
#UrDU

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇲🇾🇺🇿Bugun Respublikamiz oliygohlari vakillari ishtirokida Malayziyaning Malayziya Yashil texnologiyalar va iqlim oʻzgarishi korporatsiyasi (MGTC) vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda UrDU Xalqaro hamkorlik boʻlimi boʻshligʻi E.Yoʻldashev ham qatnashdi. Tadbir davomida MGTC tashkilotining faoliyati, asosiy yoʻnalishlari va amalga oshirayotgan loyihalari haqida atroflicha maʼlumot berildi.

🟢Uchrashuvda tomonlar yashil texnologiyalarni rivojlantirish, ekologik barqarorlikni ta’minlash hamda iqlim oʻzgarishlariga qarshi kurashish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan fikr almashdilar. Shuningdek, MGTC tajribasi asosida Oʻzbekistonda "yashil iqtisodiyot" va ekologik barqarorlik tamoyillarini keng joriy etish masalalari muhokama qilindi.

🟢Muzokaralar davomida kelgusida oliy ta’lim muassasalari va MGTC oʻrtasida “yashil binolar”, “yashil iqtisodiyot” yoʻnalishlari boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlari va tajriba almashish dasturlarini amalga oshirish boʻyicha hamkorlik qilishga kelishildi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram| Ln | YouTube
Urganch davlat universiteti Xalqaro hamkorlik bo'limi (Yangiliklar/ e'lonlar) Rasmiy

05 Feb, 07:56

213

#Malayziya
#forum
#UrDU

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇲🇾Xabar berganizmizdek, ayni paytda Urganch davlat universiteti delegatsiyasi Malayziyaning Perak shtatida Birinchi O‘zbekiston-Malayziya ta’lim forumida ishtirok etib, bir qator oliy taʼlim muassasalari bilan o‘zaro ko‘p qirrali kelishuvlarga erishmoqda.

Jumladan, bugun Malayziyaning nufuzli oliygohlaridan biri, Urganch davlat universitetining doimiy hamkori sanalgan Malayziya Xalqaro Islom universiteti bilan aloqalarni yanada rivojlantirish maqsadida shartnoma imzolandi.

Ushbu shartnoma professor-o‘qituvchilar va yosh tadqiqotchilar uchun qisqa muddatli amaliyot va malaka oshirish kurslarini tashkil etish, amaliy va akademik kurslarga yuborish, seminar-treninglar, konferensiyalar, ilmiy maʼruzalar, qishki va yozgi maktablar tashkil etish, ilmiy faoliyatdagi aloqalarni rivojlantirish, xususan, magistratura bosqichi talabalariga birgalikda rahbarlik qilish kabi imkoniyatlarni koʻzda tutadi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram| Ln | YouTube
Urganch davlat universiteti Xalqaro hamkorlik bo'limi (Yangiliklar/ e'lonlar) Rasmiy

05 Feb, 06:46

84

#Ko‘rgazma

🇰🇷“Koreya madaniyati” haftaligi doirasida ko‘rgazma tashkil etildi

Bugun, 5-fevral kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Xorijiy filologiya fakultetida "Koreya madaniyati" haftaligi doirasida “Ingliz tili va adabiyoti” kafedrasi S.Raxmonova hamda Filologiya va tillarni o‘qitish: Koreys tili ta'lim yo‘nalishi 2301, 2402-guruh talabalari tomonidan Koreya tarixi va madaniyati bo‘yicha ko‘rgazma tashkil etildi.

💠Ko‘rgazma davomida Koreyadan tasrif buyurgan, o'qituvchilar, talabalar va barcha istirokchilar Choson davridan to zamonaviy Koreyaga qadar bo‘lgan tarixiy jarayonlar, koreys xalqining milliy liboslari, san'ati va hunarmandchiligi hamda Koreyaning ilmiy va texnologik yutuqlari bilan yaqindan tanishdilar.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram| Ln | YouTube