Umr Falsafasi @umr_falsafasi Channel on Telegram

Umr Falsafasi

@umr_falsafasi


✍️ She'riyat
🖇 Falsafa
🌱 Psixologiya
📖 Mazmunli satrlar
❤️ Qalbga yaqin so‘zlar
📚 Mulohaza

📧 @Umr_info

Umr Falsafasi (Uzbek)

Umr Falsafasi kanalimiz sizga she'riyat, falsafa, psixologiya, mazmunli satrlar, qalbga yaqin so‘zlar va mulohazalardan iborat. Bu kanalda siz dunyo fikrlarining eng zamonaviy va tinchlik bo‘yicha isyonlarini topishingiz mumkin. Umr Falsafasi bilan, o‘z fikringizni rivojlantiring va yangi bilimlar bilan tanishing. Kanalimizda ajoyib kitoblar, eng interessant tuyg‘u she’rlar hamda fikrlar jamlangan. Agar sizga zamonaviy ma'rifatlar, mukammal duniyodagi dunyo tasvirlari va o'z fikrini ifoda etish imkoniyati qiziq bo'lsa, Umr Falsafasi kanalimiz sizga yoqadi. Sizni uzoqroqga olib, ajoyib uchastkiga olib ketadigan bu mahsulotlar dunyo fikrlari va falsafa boyicha yangi yondashishlar yaratishga imkoniyat beradi. Umr Falsafasi kanalimizga obuna bo‘ling va dunyo fikrlarining eng zamonaviy va tinchlik bo'yicha qiyofalaridan bahramand bo‘ling!

Umr Falsafasi

27 Jan, 16:05


Dilda halovat yo‘q, vujudimda shaxt,
Sinovlar ruhimni qildi chalajon...
O‘rtasi qayg‘uli, nihoyasi baxt,
Ertak aytib bering menga Onajon...

Zohid Ziyo
🎙Saadiya Ikramovna


@Umr_Falsafasi 🍃

Umr Falsafasi

26 Jan, 03:33


@sherlardamiz kanali tanlovida chiroyli ovoz sohib(a)lar bo'lgani sabab g'olib sifatida yana 5ta yangi ovoz ijrochisini tanlanadi.
Tanlangan 5ta ijrochini mukofot sifatida UMR FALSAFASIning barcha sahifalarida 2ta she'r ijrolarini chiroyli video qilib joylanadi.
Obunachilar ham o'zingizga yoqqan ijrochilar commentiga kanal nomini yozib qo'ying. Tarafi bo'lib emas...

(@Umr_Falsafasi) bunday emas (Umr Falsafasi kanali uchun chiroyli ovoz) deb yozib qo'ysangiz hursand bo'lamiz😊
Shunda @Sherlardamiz kanalida 12ta g'olib emas 17 nafar ijrochi mukofotlanadigan bo'ladi.

Umr Falsafasi

26 Jan, 01:15


Bolaligim o‘tgan pasttakina uy,
Kabutardek uchib borsam  sen tomon
Bugun qalbim o‘rtar armon  to‘la o‘y,
Seni men sog‘indim, sog‘indim yomon.

✍️...
🎙Ilhomjonovna


@Umr_Falsafasi 🫀

Umr Falsafasi

25 Jan, 11:58


Jigarlar jam bo‘ling, keling mehmonga,
Bo‘laylik hammamiz bag‘rimiz butun.
Bolalik davriga qaytib bir lahza,
Keling uyimizga, diydorlar uchun.

Zarshidbek Matg‘oziyev
🎙IsLoMBeK_InTiZoRiY


@Umr_Falsafasi 🍃

Umr Falsafasi

24 Jan, 09:52


Sog'inganda hayolimdasiz,
Yetolmayman olislardasiz.
Unutishni xohlayman ammo,
Hali hamon yuragimdasiz!

Qodir Qaxxor
🎙Sevara Ziyo


@Umr_Falsafasi 🍃

Umr Falsafasi

23 Jan, 12:37


Gohi bilib, gohi bilmasdan,
Ona, sizni ranjitganim bor.
So'zingizni ikki qilganman,
Men deb qo'ngan sochingizga qor.

Munavvara Dilroz
🎙Ilhomjonovna


@Umr_Falsafasi 🍃

Umr Falsafasi

22 Jan, 06:02


Soxta mehringizni oting dengizga,
Yasama kulgular hadya etmang, bas!
Bir kun sevintirib, yuz kun o'ldirgan,
O'zi bor joni yo'q sevgi kerakmas...

Munavvara Dilroz


@Umr_Falsafasi 🌿

Umr Falsafasi

22 Jan, 00:08


Tangrim!
Yo‘liqtirma yomonlaringga!
Bu dunyo yomonlar kasriga to‘ldi.
O‘zing insof bersang bo‘ldi ularga,
Ularga ishonib qolmasam bo‘ldi!

✍️Malika Salimova
🎙Shahina Bahodirova


@Umr_Falsafasi 🫀

Umr Falsafasi

21 Jan, 13:44


Chiroyli bo'lasan, agar sen kulsang,
O'zingga yarashar, jilmayib tursang,
Yonimda har vaqt men bilan bo'lsang,
Hammadan baxtliman, sen buni bilsang!

✍️Solihabegim
🎙Ziyo Sevar


@Umr_Falsafasi 🍃

Umr Falsafasi

20 Jan, 07:34


Vaqt orqaga qaytganda nimani o'zgartirgan bo'lardingiz?

@Umr_Falsafasi 🍃

Umr Falsafasi

19 Jan, 14:59


Narxlar oshib borar, odamlar esa,
Arzonlab borarlar kun o‘tgan sayin
.
Buyumlarning narxi osmonda bo‘lsa,
Qadrlar buyumga o‘tishi tayin!

✍️Malika Salimova
🎙Charos Shodmanqulova


@Umr_Falsafasi 🫀

Umr Falsafasi

19 Jan, 10:10


Odamlar "chidamadi" demasin deb chidayman,
"Chidamsizning onasi" demasin deb chidayman,
"Menga ham bir kun kimdir chidasin" deb, chidayman,
Axir shuni kutadi hamma mendan, onajon...
Ayb ularda yo senda yoki menda, onajon?

✍️Dilafruzjon
🎙Saadiya Ikramovna


@Umr_Falsafasi 🥲

Umr Falsafasi

18 Jan, 15:42


Ularday hech mehribonim yo'q,
Ular uchun bu jonim fido.
Iltimosim faqat shu sendan,
Onamni tez qaritma, Xudo...

✍️ Qodir Qaxxor
🎙Shahina Bahodirova

@Umr_Falsafasi 🫀

Umr Falsafasi

17 Jan, 14:16


So'zimga kirmaydi gohida ko'ngil,
O'zimga yupanchu, o'zim daldaman.
Meni haydayverma yoningdan har gal,
Axir men ham sendek ojiz bandaman.

✍️Munavvara Dilroz
🎙Shahina Bahodirova


@Umr_Falsafasi 🫀

Umr Falsafasi

16 Jan, 15:39


#Mulohaza

Ro‘zg‘or!

Erkak bu g‘orni kunda to‘ldirish tashvishi bilan yashaydi va bundan g‘urur, sharaf tuyadi. Ahli oilasiga olib kelgan kiyimlarni ularning egnida ko‘rsa, ko‘zi quvnaydi, eng yaxshisini olmas, lekin eng yarashadiganini olishga harakat qiladi.
Ahli oilasiga keltirgan taomlarni ular yeb turganini ko‘rsa, dili yayraydi, ular qancha ishtaha bilan yeganini ko‘rsa, yana shuncha olib kelishni diliga tugib qo‘yadi.

Erkak oilasi nafaqasini qanchalik to‘ldira olsa, o‘zini shunchalik dadil his qiladi. Erkak tabiati shunday.
Erkak bularning evaziga bitta narsa kutadi: topib kelganlari isrof bo‘lmasin, tartib bilan joy-joyida ishlatilsin, xalos.

@Umr_Falsafasi 🫀

Umr Falsafasi

15 Jan, 15:00


O‘limni birinchi sababi dunyoda saraton emas, yurak kasalligi ham emas, qon bosimi ham emas, qand kasalligi ham emas, asosiy sababi stress!

@Umr_Falsafasi 🌿

Umr Falsafasi

15 Jan, 06:29


Umr o‘tdi!
Manzil yaqin!
Fursatim oz!
Oz muddatga ishonchlarim qaytib bering!
Yo bo‘lmasa,sizdan so‘ngi bir iltimos,
Men ishongan ertaklardan aytib bering!

✍️Malika Salimova
🎙Charos Shodmanqulova


@Umr_Falsafasi 🫀

Umr Falsafasi

13 Jan, 04:31


Yashamaylik ekanda endi,
Tinchligimiz qayga yo‘qoldi.
Dunyo edi dunyolarimiz,
Sog‘inchlarga aylanib qoldi.

Yashamaylik ekanda endi,
O‘g‘rimisiz, ko‘ngil o‘g‘risi.
Ustamonlar ko‘pdiru, ammo,
Bunchalari  yo‘qdir,  to‘g‘risi.

Yashamaylik ekanda endi,
Siz deb uxlab, siz deb uyg‘ondik.
Bir ko‘rdigu, sho‘rimiz qurib,
Qarang, rosa baloga qoldik.

Yashamaylik ekanda endi,
Bahorsizdek  yoz-qishlarimiz.
Sizdan boshqa dunyoda yo‘qdek,
Tirikchilik,  tashvishlarimiz.

Yashamaylik ekanda endi,
Suyak borib etga yopishdi.
Otangizu-onangiz ayting,
Sizdaqasin qaydan topishdi.

Yashamaylik ekanda endi,
So‘zga ko‘nmas bu qaysar yurak.
Tik yurarmiz sizsiz ham, illo,
Tirik yura olmasak kerak.

Yashamaylik ekanda endi...

Malika Salimova


@Umr_Falsafasi 🍃

Umr Falsafasi

08 Jan, 08:19


Kunim o'tar yoshga to'la ko'z bilan,
Sovuqotyapman qalbimdagi muz bilan.
Sizga aytar dardlarim ham bir talay,
Keling, opa, dardlashaylik siz bilan.

✍️Kamola Nosirova
🎙Shohista Ikromjonovna


@Umr_Falsafasi 🫀

Umr Falsafasi

07 Jan, 14:21


lshon ich-ichimdan qiladi alam,
Taqdir oʻyinida yutolmaganim,
Nasibim boʻl deya, nola qilsam ham,
Tahajjudlar oʻqib, Yetolmaganim...

Shahrizoda Sharofiddinova
🎙Baxtning Sevari


@Umr_Falsafasi 🍃

Umr Falsafasi

07 Jan, 13:55


Meni boshqalarga oʻxshatib yurma,
Sevsam ham yoningga bormayman qaytib.
Ayoling koʻnglini ogʻritib qoʻyma,
Meni sevishingni yurmagin aytib?

Maftuna Amirzoda
🎙Saadiya Ikramovna


@Umr_Falsafasi 🍃

Umr Falsafasi

06 Jan, 13:55


Sezmaysan, yoningda turgan malakni,
Bag‘ri qon, ko‘zlari daryoligini.
Ishqingda kuygan u dardli yurakni,
Ranglari kuyikdan qaroligini.

✍️Mufassalbegim
🎙Sarvinoz Sobirjonovna


@Umr_Falsafasi 🌱

Umr Falsafasi

03 Jan, 04:11


Ketmas balo ekan ishqing yurakda,
Mutloq unutmoqqa bo‘lsaydi imkon.
Sensiz yulduzlar yo‘q ko‘rgin, falakda,
Sensiz bahorlarning bag‘ri to‘la qon.

Malika Salimova
🎙Saadiya Ikramovna


@Umr_Falsafasi 🌱

Umr Falsafasi

31 Dec, 08:33


ESKI YIL

Bugun so‘nggi kuning,
Oxirgi marta,
Sening tonging bo‘lib yorishdi falak.
Odamlar yangisin olqishlar payti,
Men seni ko‘nglingni ololmay halak.

Bugun oxirgi kun,
Ertadan boshlab,
Sening bir lahzangga sig‘maydi haddim.
Hamma yangi yilni tursa olqishlab,
Men seni kuzatib turib...
Yig‘ladim!

Tugab borayapsan,
Haqdir ibtido,
Yakun bor har neda bilolmam nega?
Hatto bor davlatim qilsam ham fido,
Olib qololmayman bir daqiqaga!

Xizmating o‘tading, muhlating bitti,
O‘rningga kelarni mushtoq kuturlar.
Sening kitobingni berkitib shartta,
Xotira yurtiga surgun eturlar.

Kimlar quvondilar sendan beqiyos,
Kimning hayotida qaro nuqtasan.
Boraqol, norizo bo‘lma,iltimos,
Endi iloji yo‘q bugun ketmasang!

Malika Salimova


@Umr_Falsafasi ⭐️

Umr Falsafasi

28 Dec, 14:27


Yaxshimisan sinfdosh,
Bormisan sog‘-salomat?
Bir yo‘qlayin degandim,
Qilmaysanda, malomat.

O‘lmasbek Samarqandiy
🎙Ilhomjonovna


@Umr_Falsafasi 🍃

Umr Falsafasi

27 Dec, 16:14


Kulaymi, yig'laymi bilolmay qoldim,
O'tgan yillarimni yodimga oldim,
Yuragim ezilib o'ylarga toldim,
Yangi yil kelmoqda Otam qaritib!

Yangi yil kelmoqda Ota-onam qaritib...

Zohid Ziyo
🎙Shahina Bahodirova


@Umr_Falsafasi 🍃

Umr Falsafasi

26 Dec, 07:52


Issiq choyni ichsa tana isigani kabi, iliq so'zlarni tinglasa qalb ham iliqlashmasmikin?

Unutmang, siz men uchun aziz va bebaho insonsiz!

@Umr_Falsafasi 🫀

Umr Falsafasi

25 Dec, 02:37


Yoningda bo'lsalar ko'ngling to'larkan,
Sen uchun joni kuyib ming bor o'larkan.
Osmonda Farishta borligi bu rost,
Yerdagi Farishta Ona bo'larkan!

🤲Onajon dunyo turguncha turing!

@Umr_Falsafasi 🫀

Umr Falsafasi

23 Dec, 01:51


Zulmlar egallab boshimni,
Quritdi koʻzlarda yoshimni.
Yutolmay tomoqdan oshimni,
Yigʻlagim kelyapti, Xudojon!

✍️Maftuna Amirzoda
🎙Saadiya Ikramovna

@Umr_Falsafasi 🫀

Umr Falsafasi

22 Dec, 13:11


Osmonni yoritsin koʻkdagi hilol,
Olib beray desa biling, ertakdir…
Bir soʻzni aytaman kelmasin malol,
Erkak va’dasida tursa erkakdir…

Yasemin
🎙Nafisa Olgirova


@Umr_Falsafasi 🌱

Umr Falsafasi

22 Dec, 12:03


#Mulohaza

Narxlar  oshib borar,
Odamlar esa,
Arzonlab borarlar kun o‘tgan sayin.
Buyumlarning narxi osmonda bo‘lsa,
Qadrlar buyumga o‘tishi tayin!

Kimning yog‘ ustida o‘ynar pichog‘i,
Kimning qozonini bosayapdi zang.
Kimning yirtiladi solgan yamog‘i,
Kimning javonlari yopilar arang!

Joning og‘rimasin kambag‘al sho‘rlik,
Domiga yutilma ro‘zg‘orning g‘orin.
Ancha qimmat turar oddiy g‘amxo‘rlik,
Boshingni tosh qilsin Parvardigorim.

O‘zidan o‘zgadan kutma muruvvat.
Pulingni sanaydi hatto paymona!
Narxin arzonlaydi kunda haqiqat,
Ishqni ham qadoqlab sotar zamona.

Narxlar oshib borar, odamlar esa,
Arzonlab borarlar kun o‘tgan sayin...

Malika Salimova


@Umr_Falsafasi 🍃

Umr Falsafasi

20 Dec, 10:24


#Mulohaza

O'zbekistonda doimo kelajak o'ylanadi. Eng yaxshi to'y qilish, eng yaxshi sarpo qilish, hammadan chiroyli va hashamatli uyni qurish, mehmonlar oldida ko'z-ko'z qilgani yangi rusumdagi idish va mebellar olish...
Va boshqalar...
O'zi va hozirgi kuni haqida o'ylaydiganlar kam...
Yoshlik qaytmasligini qariganda his qilishadi. Menimcha farzand to'yini ota-ona emas, o'zi ishlab topgan puliga to'y qilgani ancha yaxshi. Sababi oilani qadriga yetadigan inson bo'ladi. Ortiqcha isrofgarchilik kam bo'ladi. Ayrim ota-onalar orzu-xavas deb, oshirib yuborishadi. Farzandi ishlab topgani yoki ko'p yillik o'zidan qizg'onib yiqqanlarini bir kunda sovirib yuborishadi.
Qizingiz yoki o'g'lingizni to'yi uchun yig'adigan sarpo pulini 20%ni yig'ish boshlasangiz o'qish kirgunicha ancha summa bo'lib qoladi. Kontraktmi, budjetmi o'qiy oladi. Qiz bola o'qib nima qilib beradi, erga tegib ketadi demang. Turmushga chiqqandan keyin o'zini eplaydigan bo'ladi. Hunari yoki kasbi bor qiz hech qachon hor bo'lmaydi. Sizga og'irligi tushmaydi. Farzandingizga o'qimagani armon bo'lgandan, o'qib turib ishlamay yurgan payti yaxshi. Qachondir hunari yoki kasbi unga kor keladi. O'g'il bolalarni ham bolaligidan turli xil o‘quv kurs va hunarlarga bergan yaxshi. Hunar va kasbi bor erkak oilasini bemalol eplaydi.
Qolgan fikrlar va xulosa sizdan...

Hurmat bilan Risliqoy!

@Umr_Falsafasi 🍃

Umr Falsafasi

18 Dec, 11:20


Bugun onam 44yosh qarshi oldilar😊❤️
Tug'ilgan kuningiz bilan mehribon onam🥳

Umr Falsafasi

18 Dec, 04:33


Sababsiz ranjitib ketdilar gohi,
Kim asli kimligin bilib yuraman.
O'rganib qolibman g'amlarga chog'i.
O'zimdan o'tganin o'zim bilaman.

Mohinur Choriyeva
🎙Sirojiddin Qurbonov


@Umr_Falsafasi 🍃

Umr Falsafasi

16 Dec, 13:36


Xulosa sizdan...

@Umr_Falsafasi 🌱

Umr Falsafasi

16 Dec, 04:27


Kim mukofot bizga, kimdir imtihon,
Yuzlarida niqob yo‘qmi, bilib ol.
Avval top-u, so‘zlari chin, mard inson,
So‘ng joningni nisor qilsang, qilaqol!

Malika Salimova
🎙Sherzod Karim


@Umr_Falsafasi 🍃

Umr Falsafasi

15 Dec, 13:20


#Mulohaza

Erkak qo‘pol tarzda ayoliga:
- Og‘aynilarim bilan birga bugun tushlik qilgani boraman. Senga biror narsa kerakmi?
- "Yaxshi, lekin ertaroq qayting. Uyimiz zimiston bo'lib o‘tirmaylik."- deb javob beribdi, ayoli...
Erkak uning gaplariga xayron qolib:
- Senga chiroqni o‘chishini kim aytdi? -
- "Men aytyapman, siz uydan chiqishingiz bilan hamma joy qorong‘udek bo'lib qoladi.
Uyimiz ham dilimiz ham... Siz uyga kirishingiz bilan yana hamma joylar yorishgandek bo'lib qoladi."- debdi ayoli.
Ayolining gapidan kayfiyati ko‘tarilgan erkak uydan chiqishi bilan yana uyga qaytishni zavq
bilan kuta boshlabdi...
Darhaqiqat "So‘zda sehr bor" deyishadi...

@Umr_Falsafasi 🌱

Umr Falsafasi

13 Dec, 05:33


Soladi dilga azoblar...

@Umr_Falsafasi 🌳

Umr Falsafasi

12 Dec, 12:57


Seni tushimda ko'rdim...
Hamon yodimdadir barcha -barchasi,
Ko'l uzra shafaqqa termulganimiz,
Ohista kuylaring ko'ngil parchasi.

📽 Qish Sonatasi


@Umr_Falsafasi ❤️

Umr Falsafasi

12 Dec, 12:17


Ayriliq bitilgan asli qismatga,
Haq izniga qarshi turolarmidik,
Ikkimiz kelsak ham, qayta dunyoga,
Biz sen bilan birga bo'lolarmidik...

Shahrizoda Sharofiddinova
🎙Asadulloh Zafar


@Umr_Falsafasi ❤️‍🩹

Umr Falsafasi

11 Dec, 11:38


Lol qiladi so‘zning qudrati,
Agar kelsa sodir bo‘lgisi.
Hammasiga yasaydi yakun,
Uchta nuqta...
Undov belgisi!

Dostonlarni biting, ne foyda,
Tuyg‘ularning kelsa tingisi.
Yana ne bor ular bor joyda,
Uchta nuqta...
Undov belgisi!

Dod devorgim kelar bir mahal,
Goh odamning kelar kulgisi,
Qismatlarni qiladilar hal,
Uchta nuqta...
Undov belgisi!

Goh visolni qiladi talab,
Goh xijronning keladi sasi.
Qozi qilgan qarorga o‘xshab,
Uchta nuqta...
Undov belgisi!

Peshonangni bor devorga ur,
Tilla desang, chiqadi misi.
Yaxshiyam bor, baraka topkur,
Uchta nuqta...
Undov belgisi!

Malika Salimova


@Umr_Falsafasi 🌷

Umr Falsafasi

11 Dec, 02:56


Yarashadi senga ham baxtdan charaqlasa yuz,
Eng yaxshisiga loyiq ko'zlaring bunchalar ma'yus?

Yashashni tanla, kurashni tanla...
"Chidash kerak"- deydi, kurashmaganlar...

@Umr_Falsafasi ❤️

Umr Falsafasi

08 Dec, 16:30


Oldin boshqa edi butunlay bari,
Telefon yo‘q edi, bor edi shamlar,
Moychiroq girdida bir oila bo‘lib,
Chug‘urlashib o‘tirar edik oqshomlar...

@Umr_Falsafasi 🍃

Umr Falsafasi

07 Dec, 16:03


Ko'ngil eshigingni, o'zga qoqganda,
Ko'zlaring nogahon qiyo boqganda,
Rashkning alangasi, dilni yoqganda.
Boshqalarga mening, borligimni ayt!

Mohinur Choriyeva
🎙Saadiya Ikramovna


@Umr_Falsafasi 🌷

Umr Falsafasi

06 Dec, 08:04


Men o'sha sizni gar bir kun ko'rmasam,
Sog'inchdan ranglari somoningizman.
Har on sadoqatga ichgancha qasam,
Sizni yaxshi ko'rgan yomoningizman.

Kamola Nosirova
🎙Saadiya Ikramovna


@Umr_Falsafasi 🍃

Umr Falsafasi

04 Dec, 11:11


Mehr sochdim yetti yotga ham,
Sherik bo‘ldim g‘amgin, shodga ham,
Bugun ohim yetmas dodga ham,
Men Onamni qachon o‘yladim...

Zohid Ziyo
🎙Parizoda Djanonova


@Umr_Falsafasi 🍃

Umr Falsafasi

03 Dec, 17:10


Uyga bormoqchi bo‘lsam aytmay boraman,
Chunki aytib qo‘ysam, kutadi onam.
Xatto, chiqib turar katta ko‘chaga,
Deydi "chidamadim, chiqvoldim bolam".

🎙Safir Alekperova

@Umr_Falsafasi 🍃

Umr Falsafasi

02 Dec, 13:54


Davronim keldi deb kuning ko‘chada,
Kimlardir chorlasa uchib chopasan...
Qidirsang mingta do‘st toparsanu lek,
Yo‘qotsang... Otangni qaydan topasan?

Zohid Ziyo
🎙IsLoMBeK_InTiZoRiY


@Umr_Falsafasi 🌱

Umr Falsafasi

02 Dec, 00:42


Kimlar uchun siz yashayotgan hayotingiz orzu. Boriga shukur qiling.

@Umr_Falsafasi 🌷

Umr Falsafasi

01 Dec, 23:23


Joy bersang kimgadir qalbing toʻridan,
Ado qilmaydilar uning haqqini…
Qancha avaylasang qalbing qaridan,
Shuncha bilishmaydi ba’zan haddini…

Derazadan kirmas kutilgan oftob,
Xonada bitta sham sen uchun fido…
Gohi tanlanganlar chiqarkan nobop,
Oʻzing adashtirma qalblarni Xudo…

Yasemin

@Umr_Falsafasi 🤲

Umr Falsafasi

01 Dec, 07:49


Men seni bu qadar sevmasam edi,
Bilardim jazosi ogʻir boʻlishin.
Kosh-ki borligingni sezmasam edi,
Bilardim soʻnggida qalbim ogʻrishin...

Yasemin
🎙Asilzoda Alimova


@Umr_Falsafasi ❤️‍🩹

Umr Falsafasi

01 Dec, 04:46


Fursatlar ortidan chopamiz chunon,
Yugur-yugurlarda o‘tadi umr.
Sal pastroqqa tushib qolgandek osmon,
Quyosh sal kichrayib qoldi negadir...

Soat o‘sha-o‘sha tinimsiz ishlar,
Kunduzlar bir hovuch, tunlar bir tutam.
Qishning ilk kunidek sovugan hislar,
Pastlagan ko‘ngilning harorati ham.

Ulg‘ayib boramiz ko‘zguga boqib,
Ammo qalb tubida bolamiz hamon.
Faqat sal kechiksak ming bor sim qoqib,
Hech kim sog‘inmaydi, shunisi yomon!

Ko‘ngil doimgidek mehrga zoru,
Egnimiz bus-butun, qornimiz ham to‘q.
Shaxar markazida uyimiz boru,
Bironta yurakda Vatanimiz yo‘q.

Yashash kerak ekan, yashaymiz demak,
Tonglarning otishi har kuni bayram.
Urishdan boshqaga yaramas yurak,
Yashashdan boshqaga yaramas olam!

She’rimni tugatdim...
Uxlayman desam,
Kimdir eshik qoqdi yarim kechada.
Hayron bo‘lib borib, sekin qarasam,
Qish kutib turibdi meni ko‘chada....

Malika Salimova


@Umr_Falsafasi 🍃

Umr Falsafasi

29 Nov, 02:53


Ona bo'lib bilarkansiz...
Joningizdan ham shirin jon borligini💖

@Umr_Falsafasi 🎀

Umr Falsafasi

28 Nov, 01:32


Davronim keldi deb kuning ko‘chada,
Kimlardir chorlasa uchib chopasan...
Qidirsang mingta do‘st toparsanu lek,
Yo‘qotsang... Otangni qaydan topasan...

Bir kun sog‘inchidan qaqshaydi diling,
Bir so‘z deyolmasdan og‘riydi tiling,
Foydasi bo‘lmaydi to‘plagan puling,
Yo‘qotsang... Otangni qaydan topasan...

Qulluqlar qilasan begona yotga,
Minasan beparvo atalmish otga,
So‘zing o‘tmay qolar bir kun hayotga,
Yo‘qotsang... Otangni qaydan topasan...

Kimgadir tilingdan tushmas shirin so‘z,
Qorin to‘ygan bilan to‘ymaydi bu ko‘z,
Senga bir savolni bergim keldi do‘st,
Yo‘qotsang... Otangni qaydan topasan...

Alamlar ko‘zingdan yosh bo‘lib oqar,
Armonlar saf tortib ko‘nglinga boqar,
Beparvo yurganing qalbingni yoqar,
Yo‘qotsang... Otangni qaydan topasan...

Birodar qo‘y o‘sha nafsing ko‘yini,
Osmonga cho‘zmasin g‘amlar bo‘yini,
Hech kim yutolmagan hayot o‘yini,
Yo‘qotsang... Otangni qaydan topasan...

Bir kun sog‘inchidan qaqshaydi diling,
Bir so‘z deyolmasdan og‘riydi tiling,
Foydasi bo‘lmaydi to‘plagan puling,
Yo‘qotsang... Otangni qaydan topasan?!

Zohid Ziyo


@Umr_Falsafasi ❤️‍🩹

Umr Falsafasi

28 Nov, 01:19


Kurashmoqdan charchadim, toldim,
Ketar boʻIsang manzilingga yet...
Ne qilishni bilolmay qoldim,
Xohlasang qol, xohlamasang ket...

Yasemin
🎙Shahina Bahodirova


@Umr_Falsafasi 🎀

Umr Falsafasi

27 Nov, 18:21


Men seni kechirdim, isming isingan
Begunoh daraxtlar haqqi-hurmati…

Shahriyor Shavkat
🎙Erkin Bozorov

@Umr_Falsafasi 💚

Umr Falsafasi

25 Nov, 01:51


Dabdurustdan ketib qolsam hayotingdan,
Shirin so‘zlar sog‘intirib qo‘ymaydimi?
Yoz chillasi bo‘lsa hamki huddi kuzdek,
Osmonlaring qosh-qavog‘in uymaydimi?

Malika Salimova
🎙Sherzod Karim


@Umr_Falsafasi 🌈

Umr Falsafasi

23 Nov, 17:59


Baxtli bo‘larmidik bizlar ehtimol,
Bunchalar berahm bo‘lmasa qismat.
Javobin toparmi boqiy bir savol,
Qiziq, bormi o‘zi o‘sha muhabbat?!

Malika Salimova
🎙Nurmalagim


@Umr_Falsafasi ❤️

Umr Falsafasi

22 Nov, 14:49


Bog'lanib qolma hech odam zotiga,
Bog'lagan ipiga bo'g'zing bo'g'asan,
Hammadan qizg'onib sevasan o'zing,
Yana sevilmagan o'zing bo'lasan.

Malika Yoqubzoda
🎙Munavvar Akbarovna


@Umr_Falsafasi 🎀

Umr Falsafasi

21 Nov, 15:47


O'lsang bisotingdan ne qolar demang,
Istasam ko'nglingiz g'ashlab ketaman.
Men ham bir bandaman, g'amimni yemang,
Sizga kulgularim tashlab ketaman.

Bilaman, kuygansiz ishq muhabbatdan,
Menku shirin so'zga erib ketaman.
Ajal qo'lim tutgan o'sha soatdan,
Sizga sof sevgimni berib ketaman.

G'iybatchim, tinmayin poylaysiz izim,
Meni yoqtirmaysiz, yaxshi bilaman.
Mendan ko'proq yashang deya azizim,
Sizga qolgan umrim hadya qilaman.

Qarasam, siz mening yaxshi dushmanim,
O'yladim men sizga berayin neni?
Mayli olaqoling shu nur ko'zlarim,
Ko'rgani ko'zingiz yo'q edi meni...

Ozad Aliyy


@Umr_Falsafasi 💕

Umr Falsafasi

20 Nov, 16:20


7️⃣ RAQAMI AJOYIBOTLARI

💡Dunyoning yetti mo‘jizasi:
1. Misr ehromlari;
2. Bobil osma bog‘lari;
3. Artemida ibodatxonasi;
4. Galikarnas dahmasi;
5. Zevs haykali;
6. Rodosdagi haykal;
7. Iskandariya mayog‘i.
💡O‘rta asrlarning yetti mo‘jizasi:
1. Rim kollizeyi:
2. Iskandariya yerosti yo‘llari;
3. Buyuk Xitoy devori;
4. Avliyo Sofiya ibodatxonasi;
5. Stounxenj;
6. Piza minorasi;
7. Nanjing budda ibodatxonasi.
💡Dunyoning yetti tabiiy moʻjizasi:
1. Everest cho‘qqisi;
2. Katta Barriyer rifi;
3. Grand Kan’on;
4. Viktoriya sharsharasi;
5. Rio de Janeyro bo‘g‘ozi;
6. Paricutin vulqoni;
7. Shimoliy ko‘llar.
💡Yetti xazina:
1. Sigir – ro‘zg‘orning qassobi va baqqoli;
2. Asalari – oilaning tabibi;
3. Ipak qurti – qizlarning sepi;
4. Objuvoz – qozonning yog‘i;
5. Tegirmon – qorinning belbog‘i;
6. O‘rmon – imorat suyagi, qozon ­olovi;
7. Tovuq – ham obiyovg‘on, ham dori-darmon.
💡Hafta kunlari:
dushanba, seshanba, chorshanba,
payshanba, juma, shanba, yakshanba.
💡Moddalarning yetti ko‘rinishi:
qattiq, suyuq, gazsimon, plazma, neytron, epiplazma, fizik vakum holati.
💡Yetti musiqa notasi: do, re, mi, fa, sol, lya, si.
💡Yetti avlod:
farzand, nevara, chevara, evara, pannevara, ovora, begona.
💡Yetti iqlim: ekvatorial, subekvatorial, tropik, subtropik, moʻtadil, subarktik, arktik.
💡Yetti rang: oq, sariq, qizil, qora, ko‘k, yashil, apelsin.
💡Yetti sayyora:
Qadimgi xalqlar yetti muqaddas sayyora inson hayotiga, taqdiriga, o‘zaro harakatlariga bog‘liq deb tushunganlar. Ular:
☀️ Quyosh – Kuch-g‘ayrat ramzi;
🌙 Oy – Dilbarlik ramzi;
Mars – Jangu jadal timsoli:
Merkuriy – Donolik ramzi;
Yupiter – Baxt ramzi;
Venera – Sevgi ramzi;
🪐 Saturn – Dehqonchilik ramzi.

@Umr_Falsafasi 🎀

Umr Falsafasi

20 Nov, 15:14


🔴#ИШГА_ОЛАМИЗ
ИШ ҚИДИРАЯБСИЗМИ?
❤️Мен Нилуфар сизларни даромадли ишга таклиф қиламан
💁🏻‍♀Уйда ўтирган ҳолда онлайн Пул Ишлашни таклиф қиламан

😍ИШГА ТЕКИНГА АЪЗО БЎЛАСИЗ!
ООО💁🏻‍♀ ШАРТЛИ ХАРИД ЙЎҚ
💸ОЙЛИК МАОШ 1.МИЛЛИОНДАН 20.МИЛЛИОНГАЧА
🎁ҲАР ОЙДА 2 МАРТА СОВҒАЛАР
🌙ҲАЛОЛ МУСУЛМОН КОМПАНИЯ
🙋🏻‍♀УЙДА ЎТИРИБ ИШЛАШ ИМКОНИЯТИ

👆Сиз ҳам Бизга мурожаат қилинг Шунақа Даромад қилишни ўргата
ман
👇👇👇💸💸
@gulbahor912079838
@xurshidarahmonovna12765
@Zebiniso2012
@NilufarLider99

https://t.me/+4QSV213M_DhhOGE6
https://t.me/+4QSV213M_DhhOGE6
https://t.me/+4QSV213M_DhhOGE6

Umr Falsafasi

20 Nov, 14:05


Umrimda birinchi bor, o‘ylashga majbur qilgan,
Mehrimni qozongan va unga javob bermagan...

@Umr_Falsafasi ❤️‍🔥

Umr Falsafasi

20 Nov, 04:28


Ayblamang yillarning aybi yoʻq sira,
Togʻdek tik qaddimni nomardlar egdi.
Yuzimda tabassum qalbimda yara,
Kuchli boʻlib yashash jonimga tegdi...

Mohinur Choriyeva
🎙Saadiya Ikramovna

@Umr_Falsafasi 💕

Umr Falsafasi

19 Nov, 13:24


Dunyoga kulib bir qara,
O'zing uchun yasha bir bora.
O'tgan umring qaytmas sira,
Bunda o'ynab kulganing qoladi.

Yolg'on dunyoni rost dema,
Ishonib har kimni do'st dema.
Ko'rgan kuningni oz dema,
Kutgan baxtli kunlaring keladi
!

@Umr_Falsafasi 🌱

Umr Falsafasi

19 Nov, 13:18


🎵Dunyoga kulib bir qara,
O'zing uchun yasha bir bora...

@Umr_Falsafasi ❤️‍🩹

Umr Falsafasi

19 Nov, 13:05


Havolanma ishing o‘ngidan kelsa,
Dunyoning o‘ng otlig‘ so‘llari bordir.
Bugun gullar tutib,
Erta yo indin
Bo‘g‘zingdan tutguvchi qo‘llari bordir.

Oshiqma manzilga yetsa karvoning,
Ehtimol, xatardir topgan imkoning,
Yo‘lboshchi etganing - makkor dunyoning
Hech qayerga eltmas yo‘llari bordir.

Umr - imtihondir,
Sinovdir taqdir,
Ming bir chig‘iriqdan o‘tarmiz bir-bir,
Nolima, boshingdan quyulsa yomg‘ir -
Dunning toshdan qattiq do‘llari bordir.

Fanoga ishonib, sovurma joning,
Tuproqda qoladi bor xonumoning.
Yer-ko‘k o‘rtasida qozi dunyoning
Bir kun ters kiyilar to‘nlari bordir...

Dilfuza Komil

@Umr_Falsafasi 🌱

Umr Falsafasi

16 Nov, 15:35


#Mulohaza

Bir kishi uyida un qolmaganligi sabab bug‘doyni eshagiga ortib, tegirmon tarafga qarab yo‘l olibdi. Yetib borgach, bug‘doyni tushirib olishi bilan eshagi qochib ketibdi. Bug‘doyni tegirmonchiga topshirib, eshagini qidirishni boshlabdi. Eshagini ortidan qidirib borib topa olmabdi. Bu orada juma namozi yaqinlashganini ko‘rib: “Sen qayerga borsang boraver, men Robbimning huzuriga boraman” deb, masjidga qarab yo‘l olibdi.
Juma namozini ado etgach, o‘ylanib qolibdi, tegirmondan unni olib ketay desa, eshagi yo‘q, noiloj uyga qaytibdi.
Uyiga yaqinlashgach, eshakning ovozi eshitilibdi, hayron bo‘lib xotinidan so‘rasa, eshakning o‘zi uyga qaytib kelgan ekan.
Xotini unga: “Qorningiz och bo‘lsa kerak, yangi undan non yopdim, keltiraymi?” – debdi. U yana hayron qolibdi. Un tegirmonda qolgan, uyda un qolmagan bo‘lsa, xotini qaysi yangi undan non yopganini so‘rabdi.
Xotini: “Qo‘shnimiz ham tegirmonga borgan ekan, tegirmonchi bizning unimizni ham qo‘shib bervoribdi. Unimiz ham, eshagimiz ham o‘z oyog‘i bilan kirib keldi”, - debdi kulib.
Kishi xotinidan bo‘lgan ishlarni eshitib: “Allohim men sening bir amringni ojizlik bilan bajardim, evaziga shuncha ehtiyojimni qondirding. Senga qanchalar shukr qilsak ham kam, O‘zingga behisob shukrlar bo‘lsin!” – debdi.

Internetdan

@Umr_Falsafasi 🍃

Umr Falsafasi

16 Nov, 12:05


O‘zidan ko‘p, boshqalardan oz kutadigan kishi o‘zini yomonliklardan uzoq tutadi.
Hamma narsani boshqalardan kutavermang. Insonlardan nima kutsangiz, avvalo sizda ham shu narsa bo‘lishi kerakligini hisobga oling. Chunki juda kamdan kam kishi (garchi yaqinlaringiz bo‘lsa ham) siz uchun bir nimalar qilishga harakat qiladi. Shuning uchun, nimadir qilish kerak bo‘lsa, buni siz o‘zingiz uchun qilishingiz kerak bo‘ladi.

Umidaaziz

@Umr_Falsafasi 🍃

Umr Falsafasi

15 Nov, 16:28


Tilimdan chiqibdi befoyda zarda,
"Jonim bolam" deya  suygan mahalda,
Bir g‘arib ko‘ngliga bo‘lolmay  dalda,
Onamga ortiqcha araz qilibman.

...
🎙Abdullo Bakhramov


@Umr_Falsafasi 🍃

Umr Falsafasi

14 Nov, 16:06


Omadliman bilasmi shuni?
Bilmaysizmi? Tanimaysiz-da!
Sababchisin aytaymi buni?
Mening dadam, eng yaxshi dada!

Sheraliyev Xasan
🎙Nargiza Azizova


@Umr_Falsafasi 🍃

Umr Falsafasi

14 Nov, 05:39


#Mulohaza

Siz doimo yoshsiz!
20yoshda 30yoshdan, 40yoshda 50yoshdan yoshsiz...
Qachondir sizdan yoshi katta inson qolmaguncha siz doim yosh bo'lib qolasiz. Shunday ekan yoshimga yosh qo'shilib qariyapman, endi meni hech kimga keragim yo'q deb o‘ylamang!
Hayotda insonlarni sizga bergan bahosi ham fikri ham ahamiyatga ega emas. O'zingizni o'zingizga bergan bahoingiz doimo a'lo bo'lsin. Hech kim mukammal bo'lib tug'ilmagan. Siz bilmagan yoki bilgan hammada kamchilik bor. Mukammallik Allohga xos. Sizga katta baho bergan insonga ham,  sizga kichik baho insonga ham bor e'tiboringizni qaratmang. Oynadagi aksingiz sizga to'g'ri baho berishi mumkin.
O‘zgarish xohlasangiz o'zgaring lekin boshqalar sabab o'zgarmang.
O'zingizga yoqmagan odatlaringizdan vos keching  boshqalarga yoqmagani uchun emas.
Hech qachon unutmang, o'zini qadrlagan va sevgan insonni hech kim yerga ura olmaydi.
Qadringizni va boshingizni baland tuting. Boshingiz sajdadan boshqa joyda egilmasin.
Hozir sizda sog'liq bor! Qachondir Siz orzu qilgan narsalarning barchasi bo'lib, shu sog'lig'ingiz bo'lmasa hammasi bekor bo'lib qoladi. Shunday ekan sog'lig'ingiz haqida ham birinchi o'rinda qayg'uring.
Sizni ham sevadigan va qadrlaydigan insonlar bor, unutmang!
Mehringiz va ishonchingizni nomunosib insonlarga ishonmang! Chunki qalb ham sizga omonat, uni asrashingiz kerak!

Hurmat bilan Risliqoy

@Umr_Falsafasi 🌷

Umr Falsafasi

13 Nov, 11:05


Onam, kasalman demang...

@Umr_Falsafasi 🌱

Umr Falsafasi

13 Nov, 08:36


Instagramda shu videoni ko'rib ichim g'alati bo'lib ketdi.

@Umr_Falsafasi

Umr Falsafasi

11 Nov, 16:37


Bu besh kunlik hayotda,
Ikki ko'zim hayratda...

@Umr_Falsafasi 🍃

Umr Falsafasi

11 Nov, 16:20


• Savol: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qaysi surani ayollar o‘rgansin deganlar?
Javob: Nur surasini.
• Savol: O‘qiganni shafoat qiladigan sura qaysi?
Javob: Sahih hadisda kelganidek, Mulk surasi.
• Savol: Insonni dajjoldan saqlab qoladigan o‘n oyat qaysi?
Javob: Kahf surasining dastlabki o‘n oyati.
• Savol: Qaysi sura bir martada to‘liq nozil bo‘lgan?
Javob: Muddassir surasi.
• Savol: Qaysi sura Qur’onning o‘rkachi deb ataladi?
Javob: Baqara surasi.
• Savol: Qaysi sura Havoriylar deb ataladi?
Javob: Sof surasi.
• Savol: Vidolashuv surasi qaysi?
Javob: Nasr surasi.
• Savol: Meros haqidagi sura qaysi?
Javob: Niso surasi.
• Savol: Qur’ondagi eng buyuk sura qaysi?
Javob: Fotiha surasi.
• Savol: Arab alifbosidagi barcha harflarni o‘zida jamlagan oyat qaysi?
Javob: Fath surasining oxirgi oyati.
• Savol: Qaysi sura kichik Niso surasi deb ataladi?
Javob: Taloq surasi.
• Savol: Qur’onning kelinchagi qaysi sura?
Javob: Ar Rohman surasi.
• Savol: Qaysi surani najot beruvchi deb ataladi?
Javob: Taborak, Mulk surasi.

@Umr_Falsafasi 🌷

Umr Falsafasi

09 Nov, 13:45


Tashvishli bu dunyoning tashvishidan charchadim,
Hech tugamas, hech bitmas ozoridan charchadim.
Bir yonda yolg'onlar ko'p, ko'ngil turar panada,
Ne qilay, bu dunyoning aldovidan charchadim.

✍️Zebo
🎙Ilhomjonovna


@Umr_Falsafasi ❤️‍🩹

Umr Falsafasi

08 Nov, 07:01


Hayot menga quyidagilarni o‘rgatdi:
• Allohdan boshqa hech kimga suyanmaslik
• Do‘st juda ham noyob bo‘lishi
• Yaxshi ko‘rganing xiyonat qilib qolishi
• Yaqinlaring bir kun tark qilib ketishi
• Agar dunyo bir g‘am dengizi bo‘lsa, men undan sabr qayig‘ida suzib o‘tishim kerak ekanligini...

@Umr_Falsafasi 🌱

Umr Falsafasi

08 Nov, 06:33


#Mulohaza

Bir onaning fikri:
• Yuvilmagan idishlar - taom pishirib, o‘sha idishlarda oilamga taom ulashganimni anglatadi.
• To‘lib ketgan axlat chelagi - xonadonimni tozalaganimni anglatadi.
• Xonadonimning besaranjomligi - farzandlarimning mazza qilib vaqtichog‘lik qilishlariga qo‘yib berganimni bildiradi.
Biznikiga tashrif buyursangiz, xonadonimiz ahvoli haqida shoshilib hukm chiqarmang. Agar mening ziyoratimga kelgan bo‘lsangiz, xush kelibsiz. Agar xonadonimni tomosha qilishga kelgan bo‘lsangiz, kuni va soatini tayin qilib, so‘ng tashrif buyuring!

Internetdan

@Umr_Falsafasi 🌱

Umr Falsafasi

08 Nov, 01:36


Qaytsam edi muzlab, sovuq yeb,
Qarshi olsa pech yongan xona.
Oyoq-qo‘ling muzlabdiku, deb,
Bir bor koyib bersayding, ona...

Malika Salimova
🎙Davronbek Hamidov


@Umr_Falsafasi 🍃

Umr Falsafasi

08 Nov, 01:35


Hamma to‘polonlar tinardi birdan,
Sukunat bag‘riga cho‘mardi olam.
Odobli bolalar bo‘lmasdi bizdan,
"Dadang kelayapti" desalar onam.

Malika Salimova
🎙Charos Shodmanqulova


@Umr_Falsafasi 🍃

Umr Falsafasi

07 Nov, 07:39


#Mulohaza

Unutmang! 4 turdagi ayollar bilan umuman janjallashib bo‘lmaydi:

1) Kayfiyati yo‘q
2) Qorni och
3) Yig‘layotgan
4) Nafas olayotgan.

@Umr_Falsafasi 🕊

Umr Falsafasi

05 Nov, 15:03


Har qanday qayg‘uli, chigal davr o‘tib ketadi. Hodisalarning tafsiloti ham unutiladi. Biroq chohdaligingizda chiqishingiz uchun arqon tashlagan insonlar va yiqilib tushgan joyingizda sizga yordam bermay tashlab ketgan kishilar aslo unutilmaydi.
Mushkul paytlar- yoningizdagilarni tanib olish uchun aniq-tiniq ko‘rsatadigan oyna vazifasini bajaradi.
Sochingizdagi oqlar, yuzingizdagi ajinlar va ko‘nglingizdagi siniqlarni ham seving. Lekin, ularga sabab bo‘lganlarni unutmang...

Umidaaziz

@Umr_Falsafasi ❤️‍🩹

Umr Falsafasi

05 Nov, 10:40


Bir yelkada iymon, birida shayton,
Birida haqiqat, birida yolg’on,
O’rtada ovora bechora inson.
Kimdur bog’ yaratar, kimning qo’li qon,
Zo’r bo’lsang yo’lingga qo’yishar qopqon,
Ey, do’stim!

@Umr_Falsafasi 🌱

Umr Falsafasi

05 Nov, 07:08


Ona, yuragimga sanchdilar tikan,
Qizing holatini bilmasang yaxshi.
Koʻrgani boraman sogʻindim dema,
Mening nigohimni koʻrmasang yaxshi.

Maftuna Amirzoda
🎙Saadiya Ikramovna


@Umr_Falsafasi ❤️‍🩹

Umr Falsafasi

04 Nov, 16:12


Judayam toliqdim, hammasi chirkin,
Dunyoga aytgulik so‘zim qolmadi.
Bo‘ldi, bas, yo‘qolsin barcha gina, kin,
Yuzsizlik qilishga yuzim qolmadi!

Guljamol Asqarova
🎙Dilnoza Kubayeva


@Umr_Falsafasi ❤️‍🩹

Umr Falsafasi

04 Nov, 11:31


Bu taqdirning qo'llarida,
Inson hayot yo'llarida,
Kulib turgan omadidan
Ayrilgani yomon ekanda!

@Umr_Falsafasi ❤️‍🔥

Umr Falsafasi

02 Nov, 16:41


Hech qachon muhabbatsiz qolmang!
Insonlardan ko‘nglingiz qolgan paytlarda hech yo'q tabiatni, sizni quchib turgan yorug‘likni sevishda davom eting!

Ummu Zaynab Ummu

@Umr_Falsafasi 🌷

Umr Falsafasi

01 Nov, 14:05


Bizga baxtlar yarashadi armon emas...
Xasta bo'lma
!

@Umr_Falsafasi❤️‍🩹

Umr Falsafasi

01 Nov, 12:18


Koʻzgudagi aksimga qarab,
Uyalaman magʻrur turishdan…
Har kimsaning kuniga yarab,
Men charchadim, kuchli boʻlishdan...

Yasemin
🎙Sarvinoz Sobirjonovna


@Umr_Falsafasi ❤️‍🩹

Umr Falsafasi

30 Oct, 16:55


Bu dunyo ishlariga,
Bitilgan qismatiga,
Ne boʻlsa, har bir inson,
Boʻysunib yashar ekan...

@Umr_Falsafasi ❤️‍🩹

Umr Falsafasi

30 Oct, 16:28


Yana yig‘layapsan, yana bag‘ring qon,
Hech kulib yurganing ko‘rmadim o‘zi.
Begona yurtlarga qismat quvlagan,
Asl o‘zbegimning arzanda qizi.

Malika Salimova
🎙Sevara Yuldasheva


@Umr_Falsafasi 🌱

Umr Falsafasi

28 Oct, 05:36


Yaxshi erni pir deydilar,
Yomonini - yarim pir,
Beklaringiz boshga qo‘ying, parilarim, gullarim.
Yiqilsangiz quchog‘i bor, suyansangiz tog‘ axir,
Sizga tegib nima ko‘rdim,
Demang jon singillarim.

Ovozingiz bir pardaga ko‘tarmoqni or biling,
Er uyini koshona deb, ota uyni tor biling,
Eringizdek bir erkakka necha ayol zor, biling.
Sizga tegib nima ko‘rdim, demang jon singillarim.

Duo qilib, ko‘nglin oling, uzaytirib umrini,
Tilingizni chaqqon qilib sinamangiz sabrini,
Yomon xotin sultoning yaqin qilar qabrini,
Sizga tegib nima ko‘rdim, demang jon singillarim.

Bo‘yin qayga burilsa gar bosh ham majbur burilgay,
Uyi tinch er har davra-yu, har ulfatta kerilgay,
Erni rozi qiling, sizga, jannatdan uy qurilgay,
Sizga tegib nima ko‘rdim, demang jon singillarim.

O‘g‘il berdi sizga Alloh, qizingiz bor husni oy,
Beshik quchmoq armonida nechalarning holi voy.
Yana nima kamingiz bor, yana kim bor sizdan boy,
Sizga tegib nima ko‘rdim, demang jon singillarim.

Qaysi shoh-u, qay jahongir, ko‘rmush boylik vafosin,
Mushkul qilmang er boshiga dur-javohir g‘avg‘osin,
Zulmat emas, quyosh bo‘ling, yoritguli dunyosin,
Sizga tegib nima ko‘rdim, demang jon singillarim.

Havas qilmang, yolg‘iz ayol boshidadir it kuni,
Ro‘zg‘or degan aravaning bir umrlik tutqini,
Eri bilan birga so‘ngan ko‘zlardagi yolqini,
Sizga tegib nima ko‘rdim, demang jon singillarim.

Topganida baraka bor, xoh ko‘pi-yu, ozidir,
Erni e’zoz qilgan ayol, ayollarning sozidir,
Hamidingiz rozi bo‘lsa, Alloh sizdan rozidir!
Sizga tegib nima ko‘rdim, demang jon singillarim.

Malika Salimova


@Umr_Falsafasi 🍃

Umr Falsafasi

26 Oct, 15:05


Koʻzlaring boshqacha porlaydi ishon,
Buni faqatgina mumkin his etish…
Menga sevgisini atagan inson,
Senga yarashadi ismimni aytish…

Yasemin
🎙Saadiya Ikramovna


@Umr_Falsafasi ❤️‍🔥

Umr Falsafasi

24 Oct, 03:56


Mol-u, davlatni topgaysan,
Ota-onang topilmaydi...

- Judo bo‘lgach o'zing oqlashga bahonang topilmaydi!


@Umr_Falsafasi 🍃

Umr Falsafasi

23 Oct, 17:00


#Mulohaza

Uchta o‘g‘li bor edi uning,
Uch o‘g‘ilning -
Uchta xotini.
Ikki varaq dori ro‘yxati:
Qay biriga aytsin botinib?
Har birida ikki-uch bola,
Har birida «ro‘zg‘or» degan g‘or,
Maktab, bog‘cha - kunda yuz chiqim,
Undan boshqa ming tashvishi bor...
Har bir dori -
otning kallasi,
Pensa o‘lgur urvoq bo‘lmaydi.
Og‘ir keldi shu qish chillasi,
Chiday, desa, og‘riq qo‘ymaydi...
"Yotmasangiz bo‘lmaydi, xola!" -
Doktor yigit jiddiy chayqar bosh.
"Xo‘p, xo‘p," - deydi.
"Tez yordam" ketgach,
To tonggacha dardga berar dosh.
"Qo‘ng‘iroq qil, o‘g‘lingni chaqir!" -
Xunob bo‘lar ota darg‘azab.
"Qo‘ying, o‘zi kepqolar axir..."
Umid qilar
Eshikka qarab...
"Nima bo‘lsa, faqat sizgami?
Shundoq ham bir dunyo qarzdasiz!
Puli yaxshi, dardi bizgami?
Eh, dadasi... Buncha soddasiz?!"
"Obbo, o‘zi pul yo‘qligida,
Yana dori, kasalxonami?
Ana, olib borsin akangiz,
Onangiz bir sizga onami?!"
"Peshonaga yozgani bo‘lar!
Bandasining qilgani bekor.
Shuncha olib bordingiz, yetar,
Ana, ikki akangiz ham bor!"
Borgan sari umidi so‘nib,
Ona ichga yutar dodini...
Uchta O‘GʻLI bor edi uning,
Uch o‘g‘lining -
Uchta xotini...
Yurdi, yurdi...
Yiqildi oxir,
Yotib qoldi ona mushtipar.
"Borishgandir...", "Borgandir..." - deya,
Biror o‘g‘il olmadi xabar...
Faqat birdek dard chekardi chol,
His qilmasdi ochmi, to‘qligin,
Birinchi bor va oxirgi bor
Alam qildi Qizi yo‘qligi...
Azob, og‘riq.
Isitma. Titroq.
"Oh" - dedi-yu, ko‘z yumdi.
Tindi.
Jiringladi axir qo‘ng‘iroq,
"Onang o‘ldi! Kelarsan endi?!"
"Qaytar dunyo, qaytar albat!" - deb,
Aytolmadi birov botinib,
Yig‘lar edi "onam", "onam" deb,
Uch o‘g‘lining uchta xotini.
Xo‘rsinardi ota mung‘ayib...
Hol so‘rmoqqa kimning bor haddi?
Bir chekkada yotar sarg‘ayib,
Ikki varaq dori ro‘yxati...

Uchta O‘GʻLI bor edi,
Uning
...

@Umr_Falsafasi 🌱

Umr Falsafasi

22 Oct, 09:01


#Mulohaza

Bir dehqon odam tunda xo‘tigini bog‘lash uchun arqon topolmay qo‘shnisi eshigini taqillatibdi. Qo‘shnisi "Afsuski, uyda arqonim yo‘q edi, biroq maslahat berishim mumkin. Siz xo‘tigingiz oldiga boring-da, o‘zingizni go‘yo bo‘ynidan arqon o‘tkazib, bog‘laganday tuting. Ko‘rasiz o‘rnidan siljimaydi ham"- debdi. Dehqon qo‘shnisi taqdim etgan maslahatni olibdi-da, xuddi aytganidek xo‘tik oldiga kelib ro‘l o‘ynabdi va uyiga kirib ketibdi. Tongda uyg‘onib qarasa, chindan ham xo‘tik o‘rnidan jilmaganmish. Xaqlga (dalaga) borish uchun xo‘tigini hozirlab yurgizsa hech yurmasmish! Qo‘shnisi oldiga kelib aytib beribdi, "Tunda siz aytganday qildim, gap-so‘z bo‘lishi mumkin emas. O‘rnidan qimirlamabdi ham. Ammo muammo shundaki, tongda yurgizsam ham o‘rnidan qimir etmayapti!". Qo‘shnisi "Arqonni yechib yubordingizmi?" deya so‘rabdi. Dehqon xayratdan Qiziqmisiz?! Arqon yo‘q-ku. Nimani yechaman yana?!" desa, qo‘shnisi “Arqon siz uchun yo‘q, biroq xo‘tik uchun haliyam bo‘ynida turibdi” debdi. Dehqon borib yana xo‘tigi oldida ro‘l o‘ynabdi, o‘zini go‘yo arqon bo‘shatayotkanday tutibdi. Xo‘tik ham ana undan so‘ng yura boshlabdi.
Xo‘tikning xoli kulgilik emas. Bugun ayrim insonlar ham xuddi mana shu xo‘tik kabi vahmiy, noaniq, asli yo‘q bo‘lgan taxdid, qo‘rqituv, vahimalarga ko‘ra ish tutadi. Insonlarning uyg‘onishi uchun ularning hayolidagi soxta qo‘rqituv arqonlarini yechib yuborish lozim. Aksariyat insonlarning zehnlari soxta tahdid arqonlari bilan bog‘langandir. O‘z haq-huquqi poymol bo‘lsa ham miyadagi qalbaki arqon hamisha uni jilovini tortib turadi…

@Umr_Falsafasi 🍃

Umr Falsafasi

22 Oct, 08:46


Mahzun bo‘lma, dushmaningni hursand qilib, do‘stingni mahzun qiladi...

@Umr_falsafasi 🕊

Umr Falsafasi

22 Oct, 07:45


"Birozdan keyin siz hamma narsani unutasiz, birozdan keyin hamma narsa sizni unutadi."
Vaqt o'tishi bilan hamma yutuqlar va yo'qotishlar unutiladi. Hammasi o'tib ketadi. Vaqt o'zining halokatliligi bilan mashhur. Aynan shuning uchun: "Sizning ismingizni bilgan oxirgi odam o'lsa, siz hech qachon tug'ilmaysiz".‌‌

@Umr_Falsafasi 🍃

Umr Falsafasi

22 Oct, 07:39


Taqdir ekan tan berdim toleimga bitmadin...

@Umr_Falsafasi ❤️‍🩹

Umr Falsafasi

22 Oct, 03:40


Mehr berdim, e’tibor berdim,
Bajo qildim istasang neni!
Ketayapsan nima ham derdim…
Baxtli boʻlgin, unutma meni!

Yasemin
🎙Sarvinoz Sobirjonovna


@Umr_Falsafasi ❤️‍🔥

Umr Falsafasi

21 Oct, 14:31


Ona asrolmadim seni dardlardan,
Yuzingga ajinlar yoʻllatib qo'ydim.
O'zimga bir olam zeb berdim ammo,
Sochingni oqlarga boʻyatib qo'ydim.

Salohiddin Fozilovich
🎙Saadiya Ikramovna


@Umr_Falsafasi ❤️‍🩹

Umr Falsafasi

21 Oct, 14:21


E‘tibor bergan bo‘lsangiz hamma video ijrolarini orasidagi uzilishlarni kesib tashlaganman. Ko‘p kishi bunday qilmang, ijro chiroyli chiqmaydi deydi. Videoda uzilishlar ko'p deb yozishadi.
Ijrodagi sukutlar bilan video uzayib ketadi. Daqiqa qancha ko‘p bo‘lsa Mb ham shunchalik ko'p.
Videolarni kesmasam bo'ladi lekin hammada ham internet trafik ko'p emas. Shunga har tomonlama o'ylab ijrolarni sukutli joylarini kesib faqat she'r o'qilgan joylarini qoldirib video qilaman. Qanday bo'lsa ham qo'llab-quvvatlayotganlardan minnatdorman.
Hamma narsadan kamchilik qidirganlarga esa bu yer sizni manzilingiz emas deb qolaman.
Oxirgi paytlar postlar kamligi sababini bilasiz kichik farzandim bor. Kattasi 2yosh kichigi 2oylik. Vaqt bo‘lgani bilan kanalga qarashga xohish kam bo‘lyapti.
Comment esa faqat postlar haqida bo'lsin. Chat qilib yozishishlar yoqmaydi. To'g'ri tushunasizlar degan umiddaman.

Hurmat bilan Risliqoy!

Umr Falsafasi

20 Oct, 12:13


Chunki, seni sevaman har daqiqa, har nafas...

@Umr_Falsafasi ❤️‍🩹

Umr Falsafasi

20 Oct, 05:23


Seni buncha yaxshi ko‘rdim-a,
Buncha yomon urding yurakdan.
Talpinganim, kutganim sayin,
Sen tushmaysan osmon-falakdan.

Qayrilmaysan, kelmaydi rahming,
Qahrginang qattiqmi toshdan?
Qovjiradim, kuydim, so‘lidim,
Ismi sevgi bo‘lgan quyoshdan.

Bunchalaram yaxshi ko‘rdim-a,
Dunyoyimga aylanib qolding.
Tan olmasdim uncha-bunchasin,
Qanday shuncha sevdirib olding.

Qanday buni amallading, ayt,
Boshginamni qo‘yding baloga.
Qanday duo o‘qiding yoki,
Nimalarni yozding Xudoga?!

Shunchalaram bo‘larmi o‘zi,
Notinch qilding bamaylixotir.
O‘ynabgina yurgan edima,
Istamasdim sevishni axir.

Nima bo‘lsa, bo‘lgancha bo‘ldi,
Qo‘lga tushdim, yo‘q boshqa chora.
Endi biroz yomonroq bo‘lgin,
Ko‘nglim sendan sovusa zora.

Yana qaytsa osuda kunlar,
Shirin tushdan ketsam uyg‘onib.
Bir savolga javob bilsang ayt,
O‘zi sendan bo‘larmi tonib...

Bunchalaram yaxshi ko‘rdima...

Malika Salimova


@Umr_Falsafasi ❤️‍🔥

Umr Falsafasi

18 Oct, 06:27


Umr o'qmas bir tekkisda tek
Kimlarnidir hasrat yengadir
Men toparman irodamni lek,
Ko'rgim kelar sizni negadir...

@Umr_Falsafasi ❤️‍🩹

Umr Falsafasi

17 Oct, 05:26


Men oshiqqan Dunyo shumidi, ona,
Shumidi yorug‘ deb nom olgan makon.
Ko‘rdim-ku, odamlar zulmlar aro,
Zulmatlar ichida saqlayapti jon.

Malika Salimova
🎙Ilhomjonovna


@Umr_Falsafasi ❤️‍🩹

Umr Falsafasi

17 Oct, 04:41


Kel yashaylik biz birga...
Bizning ertagimizda,
Do'st-u, dushman ichida
Ikkimiz oxirgacha.
Eng so‘nggi nafasgacha,
To o‘lim ajratguncha,
Yaxshi-yomon kunimda
Bo‘lasanmi yonimda
?

@Umr_Falsafasi ❤️‍🔥

Umr Falsafasi

17 Oct, 03:01


Aniq eslamayman ..
Qilding qo‘ng‘iroq,
Yoki men terdimmi raqamlaringni.
Har holda, to‘kilib ketdi-yu firoq,
Gusirin eshitdim qadamlaringni.
Xuddi kechagidek...
Xuddi bir kunga,
Yoki bir soniya yashadik ayro.
Axir o‘xshatmadim seni hech kimga,
Sen mendan yaxshisin topmading go‘yo!
Aslida oradan o‘tdi bir asr,
Ikki umr o‘tib ketdi ming afsus,
Kimga jahl qildik, yo kimga jabr,
Kimni bir ko‘rishga mushtoqmiz hanuz?!
Aniq esimda yo‘q,
Qaysi birimiz,
Eshikni qars etib yopdik so‘nggi bor.
Keyin bir umrga bizlar ikkimiz,
Eshikka termulib o‘tdik umidvor!
Hammadan qizig‘i,
yechimsiz jumboq,
Ovozin kutaman qadamlaringni.
... Qiziq, sen qildingmi bugun qo‘ng‘iroq,
Yoki men terdimmi raqamlaringni!?

Malika Salimova


@Umr_Falsafasi ❤️‍🩹

Umr Falsafasi

15 Oct, 06:37


Oh, mening yoshligim
Senga hech to‘ymadim

@Umr_Falsafasi 🌱

Umr Falsafasi

15 Oct, 02:19


Bu ularga qismatdek go‘yo,
Zahmatlarin tutamiz oson.
Onalarda ko‘ngil yo‘qmi yo,
Onalarda og‘rimasmi jon?

Malika Salimova
🎙Hasanboy


@Umr_Falsafasi 🌷

Umr Falsafasi

14 Oct, 16:46


Kaftimga to‘kildi durdek duolar,
Iltijoga to‘lgan yer-u, samolar,
Kechir, o‘tgan bo‘lsa mendan xatolar!
Onamning jonini og‘ritma, Robbim!

Malika Salimova
🎙Feruzabonu


@Umr_Falsafasi 🌷

Umr Falsafasi

14 Oct, 03:57


Sen ketarsan, jonginam, sen ketarsan,
Olis yo‘llar seni chorlar, chorlar zamon.
Orzularing olamiga, yor, yetarsan,
Men qolarman ko‘zim giryon, dilda hijron.

@Umr_Falsafasi ❤️‍🩹

Umr Falsafasi

13 Oct, 15:49


Nega jimsiz, gapingiz yo‘qmi?
Bir so‘z ayting yonib ketay men.
Dunyolardan chirt yumib ko‘zni,
O‘zimdan ham tonib ketay men.

Malika Salimova
🎙Shahina Bahodirova


@Umr_Falsafasi ❤️‍🩹

Umr Falsafasi

13 Oct, 06:00


Baxt o'zi nimadir, men bilolmadim,
Sevgi o'zi nima? tushunolmadim.
Ammo armonlarning azoblaridan,
Qancha urinsam ham, chetda qolmadim...

@Umr_Falsafasi ❤️‍🩹

Umr Falsafasi

12 Oct, 07:09


Bilaman bu ogʻriq yashamas mangu,
Yuragim urishdan gohi tonadi,
Sensiz yashamoqlik alam qilar-u,
Biroz sabr qilsam, oʻtib ketadi!

Shahrizoda Sharofiddinova
🎙Shahina Bahodirova


@Umr_Falsafasi ❤️‍🩹