Últimas Postagens de Dr.Ibrakhimov | UASH | 103-T.T.Y. haqidagi kanal (@tursunboy_ibrakhimov0203) no Telegram

Postagens do Canal Dr.Ibrakhimov | UASH | 103-T.T.Y. haqidagi kanal

Dr.Ibrakhimov | UASH | 103-T.T.Y. haqidagi kanal
Faqat shifokor va tibbiyot xodimlari uchun!
UASH -> uchun tavsiyalar!
T.T.Y. -> Tez Tibbiy Yordam xodimlari uchun tavsiyalar!

Yozilgan dorilarni bemorga qo'llash bo'yicha admin javobgar emas!


Admin: @Tursunboy_Ibrakhimov02
11,385 Inscritos
1,769 Fotos
82 Vídeos
Última Atualização 28.02.2025 11:04

Canais Semelhantes

🔞 JAROHATLAR 💊
13,709 Inscritos
TMA 3-KURS
4,063 Inscritos
Doctor Vita
3,671 Inscritos

O conteúdo mais recente compartilhado por Dr.Ibrakhimov | UASH | 103-T.T.Y. haqidagi kanal no Telegram


⚡️ Krash sindromi va 1- tez tibbiy yordam :

♻️Krash sindromi --> yumshoq to'qimalarning uzoq davom etgan qon aylanishining buzilishi (ishemiya) natijasida kelib chiqadi, toksikoz, giperkalemiya va buyrak etishmovchiligi kelib chiqishi bilan xarakterlanadigan holat .


❇️  Bu sindrom zilzilalar, shaxtalardagi tosiqlar qulashi, kochkilar va shu kabi holatlar jabrlanuvchilarida paydo bo`ladi.


🔰 Klinikasi :
︎Zararlangan qo'l-oyoq mushaklari qonsiz, kul rangida, nekrozga uchragan bo'ladi.
︎ Nekroz, shish va to'qimalarda qon bilan imbibitsiya kuzatiladi. Vena va
arteriya tomirlarida tromboz, to'qimalarning hamma qavatlarida mexanik xarakterdagi zararlanish namoyon bo'ladi. Shish kattalashishi bilan quyuqlashadi va travmatik
shok belgilari paydo bo'ladi. Ezilgan to'qimalardan va interstitsial bo'shliqdan plazma yo'qoladi, gematokrit tez balandlashadi, gemoglobin, eritrotsitlar soni
ko'payadi. To'qima chirishi natijasida toksik moddalar organizmga so'riladi. Shunday qilib, mushak to'qimalarida keng nekrozlar yoki og'ir distrofik o'zgarishlar ro'y beradi. Bu xolat to'qimalarning uzoq ezilish sindromi yoki travmatik toksikoz
yoki Krash sindromi deb yuritiladi.

🔱 Mahalliy va umumiy belgilar :

Mahalliy belgilari:
dekompressiyadan keyin, ya'ni ezilgan joyni bosib turgan yuk olib tashlangandan so'ng namoyon bo'ladi. Birinchi soatning o'zidayoq qo'l-oyoq xajmi tez kattalasha boshlaydi. 24 soat ichida shish haddan tashqari kattalashadi. Qo'l-oyoq qotib
oqaradi, rangsizlanib ko'kimtir dog'lar paydo bo'ladi. Sezish qobiliyati yo'qolib
tomir urishi aniqlanmaydi, harakatlar bo'lmaydi. Borib-borib terida qo'ng'ir dog' va har xil kattalikda pufaklar yuzaga keladi. Tirnoqlar ko'karib, muzdek bo'lib qoladi. Terida jarohatlar paydo bo'lib, suyak sinishlari ham vujudga kelishi mumkin.

Umumiy belgilari:
3 bosqichdan iborat:
☆1-erta;
☆ 2-oraliq;
☆ 3-kechki.
Birinchi soatlarda bemorning ahvoli yaxshidek ko'rinadi, bu holat diagnostika va davolashda turli xatolarga sabab bo'ladi. Shikastlangan sohada kuchli og'riq, kam
harakatlilik, damionsizlik sezadi. Ko'ngli ayniydi, tomir urishi tezlashadi. Arterial bosimi pasayadi. Unda qo'zg'alish, eyforiya kuzatiladi. Shish kattalashishi bilan umumiy ahvoli og'irlashadi. Behol, beparvo bo'ladi. Bu sharoitda travmatik shok belgisi namoyon bo'ladi. Boshlang'ich bosqichi 1—2 sutkaga cho'ziladi. Bir necha kun ichida o'tkir buyrak yetishmovchiligi va uremiya paydo bo'ladi. O'tkir jigar buyrak yetishmovchiligi, yurak-tomir yetishmovchiligi kuchayadi. Bu bosqich oraliq bosqichga mansub bo'lib, uning negizida to'qimalar chirishi yotadi. Kechki bosqich jigar va buyrak faoliyatining tiklanishi bilan ifodalanib, to'qimalar nekrozi, yiringli septik holat oldingi safga chiqadi. Natijada organizmning zaharlanish
sindromida travmatik shok sababli bir qancha asoratlar kelib chiqadi.

https://t.me/tursunboy_ibrakhimov0203

🔰 Tez tibbiy yordam uchun kerakli manbalar insultni joyida tashxislash :

🔱 Insult sodir bo’lganini birdan aniqlash usuli ham mavjud. Buning uchun bemoda uchta asosiy ko’rsatkichni baholash kerak bo’ladi:

Jilmayish — insultda tabassum qiyshiq bo’lishi, lablarning bir burchagi yuqoriga emas, balki pastga qarab qolishi mumkin.

Gapirish — oddiy gaplarni talaffuz qilish, masalan «Ko’chada havo iliq, oftob charaqlab turibdi». Patologiyada ko’pincha (biroq doimo emas) talaffuz buzilgan bo’ladi.

Qo’llarni ko’tarish — agar ikki qo’l bir xilda ko’tarlimasa, bu belgi kasallikka ishora qilishi mumkin.

INSULTNI DAVOLASH USULLARI:

Insultni umumterapevtik davolash yurak-qon tomir tizimini normallashtirish, nafas olish funksiyasini tiklash, miya shishini kamaytirish, shuningdek, qaytalanishini oldini olish va asoratlarini tuzatishga qaratilgan.

︎Ishemik insultda qon aylanishi va shikastlangan hudud antiagregant, antikoagulyant, neyroprotektor (kavinton va boshqalar) va nootrop (pikamilon) preparatlar orqali tiklanadi. Zarur bo’lsa, xirurgik davolash amalga oshiriladi. Miyaning normal faoliyati antioksidantlar, vitaminlar va to’qimalarda modda almashinuvini (metabolizm) yaxshilash uchun dorilar orqali qo’llab-quvvatlanadi.

︎Gemorragik insultda angioprotektorlar, vazoaktiv dorilar tayinlandi. Gemorragik insultni davolashda eng samarali usul jarrohlik aralashuvi hisoblanadi.

♻️OQIBATLARI:
Insult uzoq muddatli komaga, falajlikka yoki tananing muayyan qismlari mushaklarining pareziga olib kelishi mumkin. Insult aql va xotirani yo’qotishga olib keladi. Og’ir insult bemorning o’limiga sabab bo’lishi mumkin.

INSULTNI OLDINI OLISH
Insultning oldini olish qon bosimini muntazam ravishda o’lchash orqali amalga oshiriladi. Gipertoniya bilan og’rigan kishilar ayniqsa ehtiyotkor bo’lishlari va shifokorning buyurgan dori-darmonlarni qabul qilish, muntazam jismoniy mashqlar bajarish va ovqatlanishga cheklovlar kiritish kabi barcha tavsiyalariga amal qilishlari kerak. Chekishni to’xtatish va qonda qand darajasini nazorat qilish kasallik rivojlanishi ehtimolini kamaytiradi.

https://t.me/tursunboy_ibrakhimov0203

#Uash

😂Alkogol kardiomiopatiyasi

https://t.me/tursunboy_ibrakhimov0203

#Uash

BOSHQA PREPARATLAR:

▶️Oshqozonning yarasi bilan og’rigan bemorlarga qo’shimcha dori-darmonlar kerak bo’lishi mumkin, masalan:

︎Og’riqni va oshqozon devorlarining spazmini bartaraf etishga yordam beruvchi spazmolitiklar (No-shpa, Drotaverin, Mebeverin);

︎Ovqat hazm qilish tizimining motor funktsiyalarini yaxshilaydigan va oziq-ovqatlarni oshqozonda juda uzoq vaqt davomida ushlanib qolishiga to’sqinlik qiluvchi prokinetiklar (Motilium, Itoprid, Domperidon va boshqalar);

︎Antibakterial moddalar qabul qilingan hollarda probiotiklar (Bifiform, Lineks va boshqalar);

︎Tenoten va valerian kabi tinchlantiruvchi preparatlar;

︎Antidepressantlar — Amitriptilin va trankvilizatorlar, jumladan Tazepam va Elenium.

Patologik jarayonning og’irlik darajasi va mavjud nuqsonning o’lchamiga qarab oshqozon yarasini davolash 2 haftadan 1,5 oygacha davom etadi.

Hozirgi vaqtda olimlar Helicobacter pylori infektsiyasidan odamni himoya qilishga yordam beradigan yangi vaktsinani sinovdan o’tkazmoqdalar.

https://t.me/tursunboy_ibrakhimov0203

#Uash

ANTISEKRETOR PREPARATLAR:

🔰Yallig’lanishni kompleks davolashda antisekretor preparatlardan foydalanishimiz shart.

👉Bunga quyidagilar kiradi:

Antatsidlar — yallig’lanishga qarshi ta’sir bilan birgalikda oshqozonni qoplab oluvchi xususiyatga ega va xlorid kislotaning korroziv xususiyatlarini neytrallashtirishga yordam beradi. Antasidlarga Maaloks, Almagel, Keal, Sukralfat, Antareyt preparatlari kiradi.

Bemor protonli pompa blokatorlari qabul qilishi kerak (Omez, Omeprazol, Rabelok, Rabeprazol, Neksium va boshqalar). Ular oshqozonda xlorid kislota hosil bo’lishining ko’payishiga to’sqinlik qiladi va protonli nasosni blokada qiladi;

H2-gistamin retseptorlari blokatorlari — (Kvamatel, Famotidin, Erinit, Ranitidin). Ushbu dorilar gistaminning birlashishini bartaraf qiladi va me’da shirasining ishlab chiqarilishini oshiradi. Shuni ta’kidlash kerakki, so’nggi yillarda H2-gistamin retseptorlarining blokatorlari buyurilmay qo’yilgan. Buning sababi shundaki, ularni qabul qilish to’xtatilganidan keyin oshqozon yarasining alomatlari to’liq qaytalanadi;

M-xolinoretseptorlarning blokatorlari, xususan, Pirenzepin va Gastrosepin. Ushbu preparatlar xlorid kislota ishlab chiqarishni kamaytirishga qaratilgan bo’lib, shuningdek og’riq va og’izda quruqlikni bartaraf etishga yordam beradi;

Prostaglandin E1`ning sintetik analoglari, xususan Mizoprostol va Saytotek. Ushbu preparatlar shilliq va bikarbonatlar ishlab chiqarilishni oshiradi, shuningdek, xlorid kislota hosil bo’lishini kamaytiradi.

Davom etamiz ....

https://t.me/tursunboy_ibrakhimov0203

#Uash

SHILLIQ QAVATINING HIMOYASINI KUCHAYTIRADIGAN VOSITALAR :

🔰Oshqozon yarasi bilan og’rigan bemorlarda oshqozonni qoplab turuvchi shilliq qavat himoya qilinishi kerak.

▶️Buning uchun shifokorlar quyidagi preparatlarni buyurishadi:

︎Yaraning tubida himoya qoplamini hosil qilish uchun Sukralfat ;

︎Oshqozon shilliq qavatining qayta tiklanishi jarayonlarini tezlashtirish uchun natriy karbenoksolon, xususan, Kaved-s, Biogastron, Ventroksol;

︎Oshqozon devorida qobiq hosil qilish, shuningdek Helicobakteriyalarni yo’q qilish uchun vismutning kolloid subsitrati ishatiladi, masalan De-nol preparati;

︎Shikastlangan hujayralarda tiklanish jarayonlarini rag’batlantirish va shilliq ishlab chiqarishni ko’paytirish uchun Enprostil buyuriladi.

Davolashda davom etamiz, bizni kuzating ....

https://t.me/tursunboy_ibrakhimov0203

#Uash

ANTIBIOTIKLAR BILAN DAVOLASH
:

Bugungi kunda oshqozon yarasi bo’lgan bemorga maksimum ikkita antibakterial terapiya kursi buyuriladi.

👉Ular quyidagilarni o’z ichiga olishi mumkin:

︎Penitsillinlar, asosan, Amoksitsillin;
︎Tetratsiklin;
︎Makrolidlar, xususan Klaritromitsin;
︎Nitromidazol unumlari.

Agar ikkita antibiotik bersak kasal uchun bittasini enteral , bittasini parenteral yuborish maqsadga muvofiq bo'ladi deb o'ylayman.

Masalan :
->Klaritromitsin 500 mg ichishga ;
->Metronidazol 500mg/100 ml t/i

https://t.me/tursunboy_ibrakhimov0203

#Uash

📌OSHQOZON YARASINI QANDAY DAVOLASH MUMKIN?

👉Ushbu kasallikni faqat bitta muyyan dori yordamida davolab bo’lmaydi. Yondashuv kompleksli bo’lishi va birinchi navbatda Helicobacter pylorini neytrallashtirish kerak. Shundan so’ng me’da shirasining kislotaliligini kamaytirish kerak, bu juda ko’p yoqimsiz alomatlarni (ayniqsa, jig’ildon qaynashi, kekirish va ko’ngil aynishi) bartaraf qiladi va asoratlarni rivojlanishiga to’sqinlik qiladi.

👉Ilgari bakteriyalar aniqlansa, ularni organizmdan butunlay bartaraf etish kerak, deb hisoblangan, buning uchun antibakterial terapiya ishlatilgan.

👉Ammo keyinchalik Helicobacter pylori bakteriyasini organizmdan butunlay yo’qotib bo’lmasligi aniqlandi, bu mikrobning ayrim turlari pastga, ichaklar tomon ko’chishga qodir, bu esa disbakterioz va yallig’lanish jarayoni rivojlanishiga sababchi bo’ladi. Bundan tashqari, mikroorganizmni bir kishidan boshqasiga yuqishi osonligi hisobga olinganda, qayta infektsiyalanish xavfi yuqoridir.

https://t.me/tursunboy_ibrakhimov0203

#Uash

⚡️OSHQOZON YARASINING ASORATLARI :

Oshqozon yarasi jiddiy asoratlarning rivojlanishi bilan xavfli bo’lib, ularning aksariyati o’limga olib kelishi mumkin.

👉Yaraning eng xavfli oqibatlari orasida quyidagi patologiyalarni ajratish mumkin:

📌Penetratsiya. Bunday holda oshqozon devorining vayron bo’lishi kuzatiladi, oshqozon yarasining tubi esa oshqozon ostiga joylashgan a’zo bo’lib qoladi. Ko’pincha bundan me’da osti bezi aziyat chekadi, ammo ba’zida bu jarayon kichik charvi, o’t pufagi, ichak yoki jigarga ham o’z ta’sirini o’tkazishi mumkin. Oshqozon tomonidan ishlab chiqarilgan xlorid kislota me’da osti bezini parchalay boshlaydi va o’tkir destruktiv pankreatitning rivojlanishiga olib keladi. Bemorda penetratsiya mavjudigi o’rab oluvchi tabiatli o’tkir og’riqlar, tana haroratining kiritik darajalargacha ko’tarilishi va qondagi alfa-amilaza darajasining oshishi bilan namoyon bo’ladi. Yallig’lanishning barcha belgilari kuzatiladi, ovqatlanish yoki mavsumdan qat’iy nazar, oshoqozondagi og’riqlar muntazam ravishda mavjud bo’ladi. Penetratsiya mavjudligini aniqlash uchun oshqozonni rentgenologik tekshiruvi va FGS o’tkazish zarur;

📌Oshqozonning perforatsiyasi, bunda oshoqozon devorlari vayron bo’lishi oqibatida uning tarkibi qorin bo’shlig’iga tushadi. Oshqozon devorining perforatsiyasiga turtki bo’ladigan omillarga kuchli jismoniy zo’riqishlar, achchiq oziq-ovqat mahsulotlar, shuningdek, alkogolli ichimliklar qabul qilishni ko’paytirilishi kiradi. Bunday holda, bemor qorin bo’shlig’idagi kuchli og’riqlardan, umumiy zaiflik hissidan shikoyat qiladi, tananing zaharlanishi belgilari mavjud. To’satdan yuzaga kelgan teshilish og’riqli shokka olib kelishi mumkin, 10 soatdan keyin bemorda peritonit rivojlanadi. Bunday holatda FGS taqiqlanadi, oshqozonni rentgen qilish kerak;

📌Oshqozondan qon ketishi. Aynan ushbu asorat ko’pincha o’limga olib keladi va oshqozon yarasi holatlarining 20 foizi​​ga to’g’ri keladi. Ko’pincha penetratsiya bilan birga kuzatiladi. Bunday holatda, bemor qayt qiladi, qayt massasi qahva quyqasiga o’xshash bo’ladi, qon yo’qotishning umumiy belgilari mavjud. Axlat qora va qatronsimon bo’lib qoladi. Qon bosimi tushadi, nafas qisilishi, taxikardiya, terlash paydo bo’ladi. Qon ketishini o’z vaqtida to’xtatish kerak, aks holda bu o’limga olib keladi.

📌Malignizatsiya, bunda yara oshqozon saratoniga aylanadi, ammo bu juda kam uchraydi va bemorlarning 3 foizida qayd qilinadi. O’n ikki barmoqli ichakning yaralari deyarli hech qachon saraton o’smalariga aylanmaydi. Agar oshqozon yarasining transformatsiyasi sodir bo’lsa, bemor tezda vazn yo’qotadi, oziq-ovqat, ayniqsa go’shtli taomlar qabul qilishdan bosh tortadi. O’sma jarayoni rivojlanishi bilan bemor isitmadan aziyat chekadi, qayt qiladi, ko’pincha qon bilan. Tibbiy yordamga murojaat qilinmasa, organizm o’limga olib kelishi mumkin bo’lgan to’liq holdan toyganlik holiga keladi. Agar oshqozon yarasining saratonga aylanganligiga shubha qilinadigan bo’lsa, o’z vaqtida FGS va uch nuqtali biopsiya (materiallar yaraning devorlaridan, tubi va chetlaridan olinadi) bajarilishi kerak;

📌Me’da chiqish qismining stenozi — a’zoning pilorik qismida, ya’ni oshqozonning eng tor qismida joylashgan oshqozon yarasining xavfli asoratidir. Oshqozon yarasi qanchalik ko’p retsidivlansa, bu asorat rivojlanishi xavfi shunchalik yuqori bo’ladi. Pilorik bo’limning torayishi ovqatning ichakka o’tishi bilan bog’liq qiyinchiliklar tufayli oziq-ovqatning oshqozonda ushlanib qolishiga olib keladi.

https://t.me/tursunboy_ibrakhimov0203

OSHQOZON YARASI SABABLARI:

Hozirgi vaqtda oshqozon yarasi Helicobacter pylori bakteriyasi bilan zararlanishdan kelib chiqishi isbotlangan (75% hollarda). Bu bakteriya spiralsimon bo’lib, oshqozonning agressiv muhitiga moslashgan va xlorid kislotasini neytrallashtirish qobiliyatiga ega. Ushbu bakteriyalar hayotiy faoliyati mahsulotlarining ta’siri ostida oshqozon shilliq qavatining hujayralari nobud bo’ladi, bu esa oshqozon yarasining rivojlanishiga olib keladi.

▶️Ushbu bakteriyani yuqtirib olish qiyin emas, manbai uning tashuvchisidir, u so’lak, zararlangan ovqat va suv, dezinfektsiya qilinmagan tibbiy asboblar, iflos idishlar orqali, shuningdek onadan homilaga yuqadi.

🔰Oshqozon yarasining rivojlanishiga olib keladigan boshqa sabablar orasida quyidagilarni ajratish mumkin:

▶️Dori vositalarini qabul qilish. Birinchidan, kasallikning rivojlanishiga NYQP (aspirin, indometatsin, diklofenak, butadion, ketoprofen, ibuprofen) ta’sir ko’rsatadi. Bemorning yoshi 65 yoshdan oshganida, shuningdek, me’da-ichak yo’lidan qon ketish hollari aniqlangan bo’lsa, agar dorilarni katta dozalarda qabul qilish talab etilsa, agar davolash antikoagulyantlar yoki glyukokortikoidlarni qo’llash bilan birga olib borilsa kasallanish xavfi ortadi. Yaralar paydo bo’lishiga olib kelishi mumkin bo’lgan boshqa dorilar orasida sitostatiklar, kaliy preparatlari va antigipertenziv dorilar mavjud;

▶️Boshqa kasalliklar natijasi, jumladan sil, qandli diabet, Kron kasalligi, giperparatireoz, o’pka saratoni, gepatit, jigar sirrozi, pankreatit, sifilis va boshqalar;

▶️Oshqozon jarohatlanishi,
qonning infekstiyalanishi, har qanday shok holatlari, tananing katta yuzalari kuyishi va muzlashi;

▶️Stress, yomon oziqlanish, yomon odatlar, beqaror hissiy holat. Shu jumladan, qahvani suiiste’mol qilish oshqozon yarasi rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omillardan biridir;

▶️Genetik omil, xususan, yaqin qarindoshlarda o’xshash patologik jarayon mavjudligi. Bundan tashqari, birinchi qon guruhi bo’lgan shaxslarda oshqozon yarasi hosil bo’lish xavfi yuqoriroq ekanligi aniqlangan (o’rtacha 40% ga)

https://t.me/tursunboy_ibrakhimov0203