♻️Krash sindromi --> yumshoq to'qimalarning uzoq davom etgan qon aylanishining buzilishi (ishemiya) natijasida kelib chiqadi, toksikoz, giperkalemiya va buyrak etishmovchiligi kelib chiqishi bilan xarakterlanadigan holat .
❇️ Bu sindrom zilzilalar, shaxtalardagi to
siqlar qulashi, ko
chkilar va shu kabi holatlar jabrlanuvchilarida paydo bo`ladi.🔰 Klinikasi :
▪︎Zararlangan qo'l-oyoq mushaklari qonsiz, kul rangida, nekrozga uchragan bo'ladi.
▪︎ Nekroz, shish va to'qimalarda qon bilan imbibitsiya kuzatiladi. Vena va
arteriya tomirlarida tromboz, to'qimalarning hamma qavatlarida mexanik xarakterdagi zararlanish namoyon bo'ladi. Shish kattalashishi bilan quyuqlashadi va travmatik
shok belgilari paydo bo'ladi. Ezilgan to'qimalardan va interstitsial bo'shliqdan plazma yo'qoladi, gematokrit tez balandlashadi, gemoglobin, eritrotsitlar soni
ko'payadi. To'qima chirishi natijasida toksik moddalar organizmga so'riladi. Shunday qilib, mushak to'qimalarida keng nekrozlar yoki og'ir distrofik o'zgarishlar ro'y beradi. Bu xolat to'qimalarning uzoq ezilish sindromi yoki travmatik toksikoz
yoki Krash sindromi deb yuritiladi.
🔱 Mahalliy va umumiy belgilar :
⚜Mahalliy belgilari:
dekompressiyadan keyin, ya'ni ezilgan joyni bosib turgan yuk olib tashlangandan so'ng namoyon bo'ladi. Birinchi soatning o'zidayoq qo'l-oyoq xajmi tez kattalasha boshlaydi. 24 soat ichida shish haddan tashqari kattalashadi. Qo'l-oyoq qotib
oqaradi, rangsizlanib ko'kimtir dog'lar paydo bo'ladi. Sezish qobiliyati yo'qolib
tomir urishi aniqlanmaydi, harakatlar bo'lmaydi. Borib-borib terida qo'ng'ir dog' va har xil kattalikda pufaklar yuzaga keladi. Tirnoqlar ko'karib, muzdek bo'lib qoladi. Terida jarohatlar paydo bo'lib, suyak sinishlari ham vujudga kelishi mumkin.
⚜Umumiy belgilari:
3 bosqichdan iborat:
☆1-erta;
☆ 2-oraliq;
☆ 3-kechki.
Birinchi soatlarda bemorning ahvoli yaxshidek ko'rinadi, bu holat diagnostika va davolashda turli xatolarga sabab bo'ladi. Shikastlangan sohada kuchli og'riq, kam
harakatlilik, damionsizlik sezadi. Ko'ngli ayniydi, tomir urishi tezlashadi. Arterial bosimi pasayadi. Unda qo'zg'alish, eyforiya kuzatiladi. Shish kattalashishi bilan umumiy ahvoli og'irlashadi. Behol, beparvo bo'ladi. Bu sharoitda travmatik shok belgisi namoyon bo'ladi. Boshlang'ich bosqichi 1—2 sutkaga cho'ziladi. Bir necha kun ichida o'tkir buyrak yetishmovchiligi va uremiya paydo bo'ladi. O'tkir jigar buyrak yetishmovchiligi, yurak-tomir yetishmovchiligi kuchayadi. Bu bosqich oraliq bosqichga mansub bo'lib, uning negizida to'qimalar chirishi yotadi. Kechki bosqich jigar va buyrak faoliyatining tiklanishi bilan ifodalanib, to'qimalar nekrozi, yiringli septik holat oldingi safga chiqadi. Natijada organizmning zaharlanish
sindromida travmatik shok sababli bir qancha asoratlar kelib chiqadi.
https://t.me/tursunboy_ibrakhimov0203