Neueste Beiträge von Dr.Ibrakhimov | UASH | 103-T.T.Y. haqidagi kanal (@tursunboy_ibrakhimov0203) auf Telegram

Dr.Ibrakhimov | UASH | 103-T.T.Y. haqidagi kanal Telegram-Beiträge

Dr.Ibrakhimov | UASH | 103-T.T.Y. haqidagi kanal
Faqat shifokor va tibbiyot xodimlari uchun!
UASH -> uchun tavsiyalar!
T.T.Y. -> Tez Tibbiy Yordam xodimlari uchun tavsiyalar!

Yozilgan dorilarni bemorga qo'llash bo'yicha admin javobgar emas!


Admin: @Tursunboy_Ibrakhimov02
11,385 Abonnenten
1,769 Fotos
82 Videos
Zuletzt aktualisiert 28.02.2025 11:04

Der neueste Inhalt, der von Dr.Ibrakhimov | UASH | 103-T.T.Y. haqidagi kanal auf Telegram geteilt wurde.


Taxlil :

Bemordagi asosiy shifokor bilishi, boshqa kasalliklardan ajratishi kerak bo'lgan narsa bu TOSHMALAR , chunki qizamiq, qizilchalarda ham suvchechaklarda ham toshmalar toshishi mumkin.

Yuqoridagi kasalliklarning barchasi virus etiologiyali kasalliklar, lekin kasallikning kelib chiqish davri, klinikasi va toshmalari bir biridan ancha farq qiladi.

Uash qabulidagi bemordagi kasallik <<SUVCHECHAK >>(ветрянк )nima uchun ? Qanday farqlash mumkin ?

Buni bilish uchun suvchechak klinikasini va toshmalarining xarakterini bilish kerak.
︎Kasallik toshmalari dastlab, kattaligi 2-4 mm bo’lgan qizil donachalardan iborat, donachalar bir necha soatdan keyin papulaga aylanadi, keyin esa ichida suyuqlik bo'lgan vezikulaga. Bu hosilalar bir biriga o'tayotganida judayam qichishish paydo bo'ladi.
1-3 kun o’tgach, vezikulalar yuzaki qobiq (yara, chaqa) qoldirib quriydi. Shu bilan birga, shilliq qavatda asta-sekin enantema — sarg’ish-kulrang yuzaki qobiq hosil bo’ladi.

Infeksiya toshma va boshqa alomatlar boshlanishidan taxminan 7-21 kun oldin organizmga tushgan bo’ladi. Odam teriga toshma toshishi boshlanguniga qadar 48 soatgacha boshqalarga kasallik yuqtiruvchi bo’lib qoladi.

Toshma toshishidan tashqari boshqa simptomlar bir necha kun davom etib, quyidagilarni o’z ichiga oladi:
︎Isitma;
︎Bosh og’rig’i;
︎Ishtaha yo’qolishi.
Bemorda bu alomatlar kuzatilganidan bir yoki ikki kun o’tgach, klassik toshma rivojlanishi boshlanadi.

Odam sog’ayishdan oldin kasallikning uch bosqichdan o’tadi. Bularga quyidagilar kiradi:

->Qizil va pushti donachalar butun tanada rivojlanadi;
->Donachalar suyuqlik bilan to’lgan pufakchalarga aylanadi;
->Pufakchalar qattiqlashib, yuzaki qobiq paydo bo’ladi.

Asosiy differensial diagnostika qizamiq bilan bo'ladi.
-Qizamiq toshmalari paydo bo'lishidan bemorda 3-5-7 kun davomida past istima, yo'tal (huddi ORVI foni) paydo bo'ladi. Keyin esa toshmalar toshishni boshlaydi, toshmalar tana yuqori quloq orqasi, bosh, bo'yin va og'iz shilliq qavatlarida paydo bo'ladi. Toshmalar xarakteri bir biriga juda yaqin, suvlashmagan, og'iz shilliq qavatlari toshmalarini ko'rsak xuddi <<atirgul >> kabi gullab ketgan bo'ladi. Keyin tananing pastki qismlariga tarqaladi.

Endi, davolash choralariga kelsak :
- Antivirus dorilari : atsiklovir 1 tab. 3-4 maxal ;
- Antibakterial dorilar : biror antibiotik tabletka yoki ikkilamchi infeksiya xarakteriga qarab ineksiya ko'rinishida berish ;
- Kalsiy glukonat 10% 3 ml t/i yoki tabletkasini berish yoki biror antigistamin preparatlari buyurish ;
- Toshmalarni quritish uchun Zelyonka yoki Fukartsin tez tez surtish.
- Dieta ( yelli mahsulotlardan cheklanish) va ko'proq suyuqlik ichish ;

Mana do'stlar qisqa taxlil qildik, o'qinglar foydali bo'lgan bo'lsa xursandmiz.

Dr.Ibrakhimov Tursunboy

#UASH

11-dekabr ertalabki 9:10 da UASH qabuliga bemor olib kelindi. Bemor 5 yosh o'g'il bola.

Shikoyatlari: onasi so'zidan bolaning 3 kundan buyon bezovtaligiga, og'rishiga, temperaturasini 38.8 °C ortishiga, uyqusining buzilishiga, ishtaxasining yo'qolishi, terisidagi toshmalariga.

Ona bolaga istimaga qarshi parasetamol bergan va amoksatsillin 250 mg 2 maxal 2 kun davomida bergan. Toshmalar paydo bo'lishiga shifokorga olib chiqqan.

Obektiv ko'rik vaqtida : temperatura 38.2 °C , bola injiq, bezovta, tinmay terisini qashimoqda, toshmalar, suvlashmoqda. ( qichishish bo'lmoqda). Yuzida, boshida ( sochini oralarida ), tanada dog'simon-papulyoz xarakterdagi toshmalar, toshma markazida tiniq suyuqlik bo'lgan yupqa pufakchalari bor. Og'iz shilliq qavatlarda vezikulyar toshmalar (<< shudring tomchi>> sini eslatuvchi ) aniqlangan.
-nafas olishi -> 24.
-puls -> 108 .
Bo'yin limfa tugunlari ushlab ko'rilganida kattalashgan.

Taxminiy tashxisingiz qanday ? Bu yerda qanday yo'l tutasiz ? Agar davolamoqchi bo'lsangiz davolash taktakangiz qanday ?

Javobilarni commentda kutaman !

Dr.Ibrakhimov Tursunboy

#UASH

UASH-amaloyotida ​​<< L - lizin essinat >>

❇️ Dori shakli: inyeksiya uchun eritma 0.01% 5, 10 ml in amp.

♻️ Tarkibi:

● faol modda: L - lizin essinat

💠 Klinik- Farmakologik guruhi: Vazoprotektorlar. Venoz qon aylanish buzilishlarini barqarorlashtiruvchi vositalar.

❇️ Ta'sir qilishi: qon lizasoma gidroliz effektini pasaytiradi, bu orqali kapilyar hujayralari mukopolisaxaridlarining ajralishini (yallig'lanish harakterini) kamaytiradi. Bu degani o'tkazuvchanligi ortib ketgan venoz qon tomirlarni devorini mustahkamlaydi, antiekssudat va og'riqsizlantirish ta'sirlarini yuzaga chiqaradi. Preparat qon tomir tonusini oshiradi.

Qo'llanilishi:

︎ bosh va orqa miyaning ogʻir shishlari, shu jumladan bosh suyagi ichki qon quyilishlari, bosh miya ichki bosimini oshishi, shishish koʻrinishlari
︎ bosh miya qon aylanishini surunkali buzilishi va vegeto-tomirli distoniyada likvor-venozli buzilishlar
︎ tayanch-harakat apparatini jalb qilingan qon bilan taʼminlanishini lokal buzilishlari va ogʻriq sindromi bilan kechadigan yumshoq toʻqimalarning shishi
︎ umurtqa pogʻonasi, gavda, oyoq-qoʻllarning shish-ogʻriq sindromi; shish-yalligʻlanish sindromi bilan kechuvchi oʻtkir tromboflebitda oyoqlarning venoz qon aylanishini ogʻir buzilishida qoʻllanadi

Qoʻllash usuli va dozalari:

︎Kattalarga preparat qatʼiy vena ichiga (arteriya qon tomiriga yuborilmasin!) 5-10 ml sutkalik dozada sekin yuboriladi.
︎bolalar uchun bir martalik doza 1-5 yoshda - 1 kg tana vazniga 0,22 mg L-lizin aessinat; 5-10 yil - 0,18 mg / kg; 10 yosh va undan kattalar - 0,15 mg / kg tana vazniga‌‌ hisoblab vena ichiga tomchilab yuborish tavsiya etilgan. Infuzion eritma tayyorlashda L-lizin essinat natriy xloridning 15-50-100 ml 0,9% li eritmasida eritiladi.

Davo muddati va dozalash shifokor tomonidan bemorning kasallik darajasiga qarab belgilanadi.

🚷 Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar:

->> preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlikda
->> qon ketishini faol davom etishi (ya'ni gemooragiyalarda mumkin emas )
->> buyrak funksiyasini ogʻir buzilishi
->> jigar funksiyasini ogʻir buzilishi
->> homiladorlik
->> emizish davri
->> 1 yoshgacha boʻlgan bolalarda qoʻllash mumkin emas.

🚫 Nojo'ya ta'sirlari:

– allergik reaksiyalar
– markaziy va periferik nerv tizimi tomonidan: bosh ogʻrigʻi, bosh aylanishi, tremor, paresteziya,
– jigar va biliar tizimi tomonidan: transaminaza va bilirubin darajasini oshishi
– meʼda-ichak yoʻllari tomonidan: koʻngil aynishi, yakka hollarda – qusish, diareya, qorinda ogʻriq;
– yurak-qon tomir tizimi tomonidan: arterial gipotenziya, arterial gipertenziya, taxikardiya
– nafas aʼzolari tomonidan: yakka hollarda – havo yetishmaslik hissi, hansirash, bronxoobtruksiya, quruq yoʻtal ;

Foydali bo'lgan bo'lsa, do'stlaringizga ham jo'nating !

Dr.Ibrakhimov Tursunboy

#UASH

Kardiologiya

Judayam kerakli ma'lumotlar , do'stlaringizga ham ulashing !!!

Dr.Ibrakhimov Tursunboy

👉Уколдан кейин пайдо бўлган безларни йўқотиш ва абцесс бўлишини олдини олиш учун даво муолажалари!!!

Вишневский мази-5—6 қават дока устга қалин қилиб сурилади малҳам ёйилиб кетмаслиги учун дока орқасидан стрейч плёнка бўлаги қўйилади.

Гепарин мази-Инфилтрат устига юпқа қилиб суритилади, сўрилиб кетгунча секин аста силанади, кунига 2—3 маҳал (6—7 кун).

Троксевазин гели-Кунига икки маҳал сурилади.

Магний сулфат-Беморларга инексия билан узоқ муддатли даволанишдан сўнг пайдо бўладиган шишларни доволаш учун тавсия этилади. Эритма тоза мато ёки пахтага шимдирилади инфилтрат устига компресс қилиб қўйилади. 2—3 соатда пахтани алмаштириб туриш лозим.

Димексид-Гематомалардан тезда халос бўлишга ва инфилтратларда ёрдам беради. Тайёрлаш учун 1/10 прапорсияда, яъни 1 мл димексидга 10 мл тоза сув қўшилади ва матога ёки пахтага ҳўллаб компресс қилинади — 30 минут давомида, кунига 2 марта. Болалар, ҳомиладорларга мумкин эмас.
Doctor Ganiyev

https://t.me/tursunboy_ibrakhimov0203

#UASH

🔰DIKLOFENAK-NATRIY

❇️Dori shakli : ineksiya uchun eritma (ampula) --- 2,5 % dozada , 3 ml ampulada chiqariladi.

❇️ Tarkibi:
Diklofenak natriy -- 75 mg.

❇️Klinik-farmokologik guruhi : nosteroid yallig'lanishga qarshi dori vositasi ( НПВС ).

❇️ Ta'sir : SIKLOOKSIGENAZA fermentini bloklaydi va yallig'lanish jarayonini pasaytiradi. Siklooksigenaza hujayra membranalaridan ajraladigan aroxidon kislotadan --> ya'llig'lanish, og'riq va istimani keltirib chiqaradigan prostaglandinlarni hosil qilishda katalizator ro'lini o'ynaydi. Diklofenak esa bu fermentni ingibitsiya qiladi.

❇️ Ta'sir qilishiga ko'ra:

Yallig'lanishga qarshi, revmatizmga qarshi vosita. Og'riq qoldiruvchi va istima tushiruvchi .

❇️ Qo'llanilishi:

-- Revmatik kasalliklarda ;
-- Revmatoid artritda , osteoartrozda ;
-- Bo'g'imlar yallig'lanishi va og'rig'ida ;
-- Umurtqa pog'onasi og'rig'ida ;
-- Bo'g'im atrofidagi yumshoq to'qimalarning revmatik kasalliklarida;
-- O'tkir podagra xurujida;
-- Yallig'lanish va shish bilan kechuvchi jarohatdan keyingi va operatsiyadan keyingi og'riqlarda ;
-- Og'ir kechuvchi migren xurujlarida;
-- Buyrak va o't pufagi sanchiqlarida ;
-- Boshqa og'riqli xolatlarda;
-- Bel og'rig'ida ;
-- Suyaklar qaqshab(zirqirab) og'rishida

▶️ Qabul qilish usuli:

Asosan mushak ichiga yuboriladi. Sutkasiga 1-2 martagacha ( og'riqli va istimali xolatlarda ).

▶️ Nojo'ya ta'sirlari:
-- Bosh og'rig'i , bosh aylanishi;
-- Qon bosimi oshishi;
-- Uyquchanlik , charchoq ;
-- Ko'ngil aynish , qusish;
-- Diareya , qorinda og'riq;
-- Teri toshmalari;
-- Ineksiya joyida og'riq;

Qarshi ko'rsatma :
-- Preparatga yuqori allergik reaksiya bo'lganda;
-- Me'da ichak yarasida ;
-- Me'da ichak ning teshilish xolatida va qon ketish xolatlarida;
-- Og'ir darajadagi buyrak va jigar yetishmovchiligida;
-- Kvinke shishida mumkin emas;
-- Yurak og'ir yetishmovchiligida;
-- Ichakning yallig'lanish kasalliklarida;
-- Kron va yarali kolit kabi ichak kasalliklarida mumkin emas;
-- Bolalar va 18 yoshdan kichik larga mumkin emas;
-- Organizm suvsizlangan holatlarda ;
-- Operatsiyadan keyingi holatlarda qon ketish xavfi yuqori bo'lganda;
-- Aortakoronar shuntlash va yurakda o'tkazilgan boshqa operatsiyadan so'ng kuzatiladigan keyingi og'riqlarda qo'llash mumkin emas;

Yana bir muhim va kerakli ma'lumot sifatida diklofenak ampulasi ni yoki tabletkasini , tarkibi diklofenak bo'lgan boshqa og'riq qoldiruvchi vositalarni doimiy jig'ildon qaynashi ( zarda qaynashi ) bor bemorlarga va doimiy oshqozonida kislotalilik baland yuradigan kishilarga preparatlari tavsiya etilmaydi ( esda saqlang !)

Foydali bo'lgan bo'lsa, do'stlaringizga ham jo'nating !

Dr.Ibrakhimov Tursunboy

#tezyordam

⚡️ Yurak yetishmovchiligida ishlatiladigan vositalar - Glikozidlar haqida content ...

Biz bilan birga bo'ling !

Dr.Ibrakhimov Tursunboy

Dr.Ibrakhimov | UASH | 103-T.T.Y. haqidagi kanal pinned «❗️❗️❗️❗️ 📷📷📷📷 Dr.Ibrakhimov jamoasi taklif etadi. 📚 TEZ TIBBIY YORDAM ASOSLARI” – TIBBIYOT TALABALARI VA TEZ TIBBIY YORDAM SHIFOKORLARI UCHUN ENG ZARUR QO‘LLANMA! 🎓Tezkor va ishonchli yordam ko‘rsatish uchun bilim va tajribani birlashtiruvchi “Tez Tibbiy…»

Juma kunining hayru barokati hammamizga birdek bo'lsin !

https://t.me/tursunboy_ibrakhimov0203

❗️❗️❗️❗️ 📷📷📷📷

Dr.Ibrakhimov jamoasi taklif etadi.

📚 TEZ TIBBIY YORDAM ASOSLARI” – TIBBIYOT TALABALARI VA TEZ TIBBIY YORDAM SHIFOKORLARI UCHUN ENG ZARUR QO‘LLANMA!

🎓Tezkor va ishonchli yordam ko‘rsatish uchun bilim va tajribani birlashtiruvchi “Tez Tibbiy Yordam Asoslari” kitobi – aynan siz uchun!

📃BU KITOB SIZGA NIMA BERADI?
Klinik belgi va simptomlar orqali dastlabki to‘g‘ri tashxis qo‘yish va to‘g‘ri taktika qo‘llash bo‘yicha ko‘nikmalar.
QR-kodlar yordamida tez tibbiy yordamda ishlatiladigan barcha dorilar instruksiyasi va amaliy ko‘nikmalar bo‘yicha videolar.
Tez tibbiy yordam amaliyotida uchraydigan kasalliklar bo‘yicha kerakli rasmlar, EKGlar va jadvallar.
Favqulodda holatlarda yordam ko‘rsatish bo‘yicha samarali va sodda yo‘riqnomalar.
Tibbiyot talabalari uchun nazariy bilimlarni real vaziyatlarda qo‘llash bo‘yicha ko‘rsatmalar.
Tez tibbiy yordam shifokorlari uchun samaradorlikni oshiruvchi kasbiy sirlar va tavsiyalar.

💲 NARXI: 200 000 so'm

📭 Yetkazib berish butun viloyatlar bo‘ylab bepul!
😀 Shoshiling! Narx yaqin orada oshishi mumkin!

🎁 EKSKLYUZIV TAKLIF:
Kitobni xarid qilganlarga kursimizdagi videodarslar to‘plami mutlaqo bepul taqdim etiladi! Bu bilimlaringizni mustahkamlashga va amaliyotda qo‘llashga yordam beradi.

📌KITOB HAQIDA KO‘PROQ MA’LUMOT:
Kitob haqida batafsil ma’lumot olish uchun quyidagi havolaga o‘ting:
💧 Batafsil ma’lumot ⬅️

👉 Kitobni olganlarning izohlari
⬅️

❗️❗️❗️❗️:
Kitob mualliflik huquqi bilan himoyalangan. Asl nusxasini faqat biz orqali xarid qiling! Noqonuniy nusxa chiqaruvchilar qonun oldida javobgarlikka tortiladi.

🏬 BUYURTMA BERISH UCHUN:

🌐 ✉️ @DrAdmin_01
🌐 ✉️ @DrAdmin_01
🌐 ✉️ @DrAdmin_01

🤩 “Tez Tibbiy Yordam Asoslari” – shoshilinch tibbiy yordam shifokorlari uchun birinchi qadam! Bugunoq buyurtma bering va imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

👉Dr.Ibrakhimov jamoasi