TDIU Samarqand filiali (@tdiusamfilial) Kanalının Son Gönderileri

TDIU Samarqand filiali Telegram Gönderileri

TDIU Samarqand filiali
TDIU Samarqand filialining rasmiy kanali

🌐 www.sbtsue.uz/uz

Taklif va murojaatlar: @TDIUSFbot
2,694 Abone
21,366 Fotoğraf
1,749 Video
Son Güncelleme 10.03.2025 15:04

TDIU Samarqand filiali tarafından Telegram'da paylaşılan en son içerikler

TDIU Samarqand filiali

08 Mar, 13:39

1,153

🌹 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali matbuot volontyorlari tomonidan ishlangan "Har bir ayol - qahramon! " shiori ostida tayyorlangan videoroligi.

Ushbu videolavha Matbuot volontyorlari tomonidan tayyorlandi.

TDIU Samarqand filiali matbuot xizmati

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:  
🔗 Telegram |  Instagram |  Facebook |  YouTube
TDIU Samarqand filiali

08 Mar, 05:56

1,048

#8_mart
#Ayollarga_ehtirom

🌹 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali matbuot volontyorlari tomonidan ishlangan "Har bir ayol-qahramon!" shiori ostida tayyorlangan videorolik.

TDIU Samarqand filiali matbuot xizmati   
  
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:  
🔗 Telegram |  Instagram |  Facebook |  YouTube
TDIU Samarqand filiali

08 Mar, 04:33

723

🌸 Bahorning ilk nurlari, ezgulik va nafosat timsoli bo‘lmish aziz ayollarimizga bag‘ishlanadi! 🌸

Bahor — tabiatning uyg‘onishi, ko‘ngillarga shodlik olib kiruvchi mo‘’jizakor fasl. Shu go‘zal ayyomda, yasharish va yangilanish mavsumida, siz azizlarni, sizlar orqali butun filialimizning mehr-muhabbat timsoli bo‘lmish xotin-qizlarini 8-mart bayrami bilan chin yurakdan muborakbod etaman!

Siz — olamni chiroy bilan bezagan, qalbini mehru muhabbatga to‘ldirgan, vafosi va sadoqati bilan hayotga rang baxsh etuvchi mo‘’tabar zot! Oilaning fayzi, xonadonning charog‘boni, millatning tayanchi bo‘lmish siz aziz ayollar qanday yuksak hurmat va ehtiromga loyiq bo‘lsangiz, shuncha e’zoz va ta’rifga arziysiz.

Bu bayram sizga quvonch, qalbingizga bahoriy shabada olib kelsin! Umringiz farahbaxsh, saodat va baxtga yo‘g‘rilgan bo‘lsin! Orzu-niyatlaringiz ro‘yobga yetib, doimo yaqinlaringiz ardog‘ida bo‘lishingizni tilayman.

Bayramingiz muborak, jozibali bahor nafasi ila hayotingiz doimo charog‘on bo‘lsin!

Hurmat bilan,
TDIU Samarqand filiali direktori Olim Murtazayev


TDIU Samarqand filiali matbuot xizmati

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:  
🔗 Telegram |  Instagram |  Facebook |  YouTube
TDIU Samarqand filiali

07 Mar, 12:06

1,172

💛💛💛

2025- yil 6-mart kuni TDIU Samarqand filiali “Tabiiy, ijtimoiy fanlar va jismoniy madaniyat” kafedrasi professor-o‘qituvchilari dotsent E.I.Xamdamova, katta o‘qituvchi (PhD) E.Z.Isaqova, Tyutor Z.Muxammadxonovalar DXSh va TTJ ga borib, talaba-qizlarning yashash sharoitlari bilan tanishishdi.

Shu bilan birga u yerdagi oshxona, yuvinish xonalari va yashash xonalari bilan yaqindan tanishib, toza, ozoda saqlashlarini, gigiyena talablariga, odob-axloq qoidalariga doimo rioya qilishlari haqida talaba qizlarga maslahatlar, yo‘l-yo‘riqlar berdilar.

TDIU Samarqand filiali matbuot xizmati

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:  
🔗 Telegram |  Instagram |  Facebook |  YouTube
TDIU Samarqand filiali

05 Mar, 10:27

484

#Yangilik
#Ulug‘bek_jamg'armasi

Joriy yilning 5-mart kuni soat 13:40da Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi tomonidan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi qoshidagi “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, falsafa fanlari doktori, professor Shermuxamedova Jamila
Toshpo‘latovna
ning “Yangi sivilizatsiya xotin-qizlarining yangicha tafakkuri”
mavzusida zoom platformasi orqali ma'ruzasi bòlib òtdi va unda filialning bir qator òqituvchilari, doktorantlari, magistrlari hamda iqtidorli talabalari qatnashishdi.

TDIU Samarqand filiali matbuot xizmati   
  
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:  
🔗 Telegram |  Instagram |  Facebook |  YouTube
TDIU Samarqand filiali

05 Mar, 07:51

724

💛💛💛

💙 2025-yil 5-mart kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialida iqtidorli talabalar bilan davra suhbati muvaffaqiyatli tashkil etildi. Tadbir “Iqtidorli talabalar bilan ishlash” bo‘limi mutaxassisi Bo‘riboyev Jonibek boshchiligida o’tkazildi.
Suhbatda Buxgalteriya hisobi va moliya fakulteti tyutori G‘.Sulaymonov va 1-kurs iqtidorli talabalar faol ishtirok etdilar.

🎯Uchrashuv davomida filiali iste’dodli talabalarini jalb qilish va ular bilan hamkorlikda ishlash masalalari keng muhokama qilindi. Shuningdek, Prezident nomidagi davlat stipendiyalari, ilmiy-innovatsion tanlovlarda ishtirok etish va natijadorlikni oshirish bo‘yicha zarur ma’lumotlar ham taqdim etildi.

TDIU Samarqand filiali matbuot xizmati
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube
TDIU Samarqand filiali

01 Mar, 12:16

678

#Yangilik

⚜️FILIALDA NAVBATDAGI KENGASH YIG'ILISHI BO'LIB O'TDI
⚜️

Batafsil.

TDIU Samarqand filiali matbuot xizmati

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🔗 Telegram |  Instagram |  Facebook |  YouTube
TDIU Samarqand filiali

28 Feb, 09:42

685

#Yangilik

Har juma milliy o‘zligimizga yanada yaqinlashtiradigan, an’analar jilosi taralayotgan kun bo‘lib qoldi.

“Milliy liboslar kuni” e’lon qilingan ushbu kunda filial o‘qituvchilari, ishchi -xodimlari va talabalar beqiyos zavq va faxr ila o‘z milliy kiyimlarini g‘urur bilan kiyib, qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmatini yanada yuksaltirdilar.

Rang-barang atlaslar, nafis do‘ppilar, bejirim zardo‘zlik naqshlari – barchasi shu kuni xalqimizning boy madaniyatidan so‘zlar edi.
Bu nafaqat libos bayrami, balki milliy g‘urur, ajdodlar merosiga ehtirom nishonasi bo‘ldi.

TDIU Samarqand filiali matbuot xizmati   
  
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:  
🔗 Telegram |  Instagram |  Facebook |  YouTube
TDIU Samarqand filiali

25 Feb, 08:33

656

Kuy va qo‘shiq muxlislari diqqatiga!

2025-yil 27-fevral kuni soat 18:00 da Samarqand shahridagi FAMILY parkida xushovoz estrada xonandasi MIRJALOL NEMATOVning “Menga endi gitara” bayram konsert dasturi bo‘lib o‘tadi.

🎟 Chiptalar narxi: 30 ming so‘m

📍 Murojaat uchun: A-bino, 105-xona.

Unutilmas kechaga guvoh bo‘lish uchun barchani taklif qilamiz!

TDIU Samarqand filiali matbuot xizmati   
  
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:  
🔗 Telegram |  Instagram |  Facebook |  YouTube
TDIU Samarqand filiali

25 Feb, 03:24

755

E’LON

Hurmatli professor-o‘qituvchilar, tyutorlar va iqtidorli talabalar!

Joriy yilning 25-fevral kuni soat 11:30 da Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasida “Mirzo Ulug‘bek vorislari” o‘quv kursi tashkilotchilari tomonidan “Sun’iy intellekt yordamida ma’lumotlarni tahlil qilish va IoT qurilmalari sohasidagi startap loyihalar” mavzusida seminar-trening o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ushbu seminar-treningda ishtirok etish uchun A bino, 203-xonaga tashrif buyurishingizni so‘raymiz.

Seminar-trening davomida:
Sun’iy intellekt texnologiyalari va ma’lumotlarni tahlil qilish usullari haqida ma’lumot beriladi.
IoT qurilmalari bilan bog‘liq startap loyihalarini yaratish va rivojlantirish bo‘yicha tajribalar almashiladi.
Soha mutaxassislaridan qimmatli tavsiyalar olish imkoniyati yaratiladi.

Barcha qiziquvchilarni seminar-treningda faol ishtirok etishga chorlaymiz!

TDIU Samarqand filiali matbuot xizmati
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube