来自 uzdepo (@tchuzbekistan) 的最新 Telegram 贴文

uzdepo Telegram 帖子

uzdepo
Локомотивное депо «Узбекистан».
+99871-299-68-05
Instagram: https://instagram.com/uzdepo?r=nametag

Facebook: https://m.facebook.com/depouzbekistan/
3,243 订阅者
7,489 张照片
293 个视频
最后更新于 10.03.2025 01:28

uzdepo 在 Telegram 上分享的最新内容

uzdepo

10 Feb, 11:35

2,614

“O‘zbekiston” lokomotiv deposi Xitoy xalq respublikasida ishlab chiqarilgan SDD001 rusumli teplovozini TXK-3 ta’miriga qabul qildi. Ta’mir jarayonida lokomotiv g’ildiraklarining yo’nish, yurish qismi, dizel qisimlari va kuzuv qismlarida bo‘yoq ishlari bajarildi.

“O‘zbekiston” lokomotiv deposi ishchi hodimlari nafaqat Xitoy xalq respublikasida balki boshqa davlatlarda ishlab chiqarilgan va boshqa rusumli teplovozlarni ham ta‘mirlash ishlarini bajara oladi.
uzdepo

08 Feb, 17:51

9,087

"O'zbekiston" lokomotiv deposida 8-fevral kuni bo’lib o’tgan nazorat ko'rigidan videolavha.
uzdepo

08 Feb, 17:48

3,698

"O'zbekiston" lokomotiv deposida nazorat ko'rigi bo’lib o’tdi.

2025-yil 8-fevral kuni "O'zbekiston" lokomotiv deposi rahbari E.G’.Omonqulov va bosh muhandis Dj.S.Ergashev boshchiligidagi ishchi guruh, korxona hududi bo‘ylab nazorat ko‘rigini o‘tkazishti.

Barcha ta’mirlash sexlaridagi ishchilarga yaratilgan shart-sharoitlar, ta’mir jarayonlari, qozonxonalar, sport maydonlari, ovqatlanish xonalari, yangi qurilayotgan teplovozlarni reostat qilish sexi hamda yangi ta’mirdan chqarish rejalashtirilayotgan o’quv binosi ko’zdan kechirildi.

Aniqlangan kamchiliklar atroflicha o‘rganib chiqildi va kerakli topshiriqlar berildi.
uzdepo

06 Feb, 07:47

3,503

"O'zbekiston" lokomotiv deposida "Sifat kuni" doirasida yig’ilish bo‘lib o‘tdi.

6-fevral kuni, "O'zbekiston" lokomotiv deposi boshlig'ining ta’mirlash ishlari bo‘yicha o‘rinbosari M.Y.Zulfiqorov hamda J.M.Mirzarahmedovlar boshchiligida harakatli tarkibni ta’mirlash xodimlari bilan "Harakat xavfsizligi va Sifat kuni" doirasida yig'ilish bo'lib o'tdi.

Yig'ilish davomida harakat xavfsizligini ta'minlash, harakat davomida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan holatlar, foydalanishga taaluqli bo'lgan boshqa masalalar va lokomotivlarga yanada sifatli texnik xizmat ko’rsatish to'g'risida so'z olib borildi.
uzdepo

01 Feb, 15:44

4,300

"O'zbekiston" lokomotiv deposida 1-fevral kuni bo’lib o’tgan nazorat ko'rigidan videolavha.
uzdepo

01 Feb, 10:34

4,323

"O'zbekiston" lokomotiv deposida nazorat ko'rigi bo’lib o’tdi.

2025-yil 1-fevral kuni "O'zbekiston" lokomotiv deposi rahbari E.G’.Omonqulov va bosh muhandis Dj.S.Ergashev boshchiligidagi ishchi guruh, korxona hududi bo‘ylab nazorat ko‘rigini o‘tkazishti.

Barcha ta’mirlash sexlaridagi ishchilarga yaratilgan shart-sharoitlar, ta’mir jarayonlari, qozonxonalar, avtoturargoh, ovqatlanish xonalari hamda foydalanilayotgan dasturlar ko’zdan kechirildi.

Aniqlangan kamchiliklar atroflicha o‘rganib chiqildi va kerakli topshiriqlar berildi.
uzdepo

23 Jan, 04:33

2,775

"O'zbekiston" lokomotiv deposida "Sifat kuni" doirasida yig’ilish bo‘lib o‘tdi.

23-yanvar kuni, "O'zbekiston" lokomotiv deposi boshlig'ining ta’mirlash ishlari bo‘yicha o‘rinbosari M.Y.Zulfiqorov boshchiligida harakatli tarkibni ta’mirlash xodimlari bilan "Harakat xavfsizligi va Sifat kuni" doirasida yig'ilish bo'lib o'tdi.

Yig'ilish davomida harakat xavfsizligini ta'minlash, harakat davomida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan holatlar, foydalanishga taaluqli bo'lgan boshqa masalalar va lokomotivlarga yanada sifatli texnik xizmat ko’rsatish to'g'risida so'z olib borildi.
uzdepo

21 Jan, 03:11

2,491

"O'zbekiston" lokomotiv deposida nazorat ko'rigi bo’lib o’tdi

2025-yil 20-yanvar kuni "O'zbekiston" lokomotiv deposida korxona bosh muhandisi DJ.S. Ergashev boshchiligida hamda MM va TX bo’limi boshlig’i X.Muhamedov seh va bo’limlarning shart-sharoitlari va boshqa xo’jalik ishlarini ko’zdan kechirishdi. Jumladan, qozonxonalar, sexlardagi isitish tizimlari, sehlarning joriy ta’mirlash ishlari ko’zdan kechirildi.

Sexlarni ko’zdan kechirish davomida, sexning tuzilmasi, uskunalar joylashuvi, ish joylari MM va TX talablari javob berishi, asbob uskunalar yaroqligi va shu kabi boshqa masalalar o’rganib chiqildi. Undan tashqari mutassadi xodimlar, sexda faoliyat olib boruvchi ishch-xodimlar bilan suhbat o’tkazishdi.

Mutassadi xodimlarga yuzaga kelgan kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish bo’yicha tegishli topshiriqlar berildi.
uzdepo

14 Jan, 10:58

4,316

14 yanvar "Vatan himoyachilari kuni" va Qurolli kuchlarimiz tashkil topganligining 33 yilligi bayrami munosabati bilan korxonada bayram tadbiri boʻlib oʻtdi. Bayram tadbirida korxona boshligʻi N.M.Hamdamov barcha ishchi xodimlarni bayram bilan muborakbod etdi.

Shundan soʻng, korxona ishchi xodimlari tomonidan tayyorlangan Vatanni madh etuvchi sheʼrlar, qoʻshiqlar va vatanparvarlik ruhidagi sahna koʻrinishlari namoyish etildi.

Ushbu tabdir doirasida, yillar davomida oʻzining mehnati bilan korxonaning rivojiga oʻz hissasini qoʻshgan bir qator faxriy xodimlarga korxona rahbariyati va kasaba uyushma qoʻmitasi tomonidan sovgʻalar bilan ragʻbatlantirildi.

Bundan tashqari 14-yanvar kuni har seshanba bo’lib o’tadigon kengaytirilgan yig’ilishda bugungi kun qo’shaloq bayram deya takidlab korxona ishlab chiqarish texnik bo’limi boshlig’i Sadiqov Aybek Utkurovich ni 59 yoshi bilan tabriklab sog’lik-salomatlik, kelgusi ishlariga zafarlar tilab qimmatbaho sovg’a bilan taqdirladi.
uzdepo

12 Jan, 11:20

2,463

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-iyundagi "Energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-222-son qaroriga asosan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni rivojlantirish hamda “O'zbekiston temir yo'llari" AJ rahbariyati topshiriqlari ijrosi hamda elektr energiyasini tejamkorlik bilan ishlatish va ekologik toza energiya manbalaridan foydalanishni ta'minlash maqsadida “O‘zbekiston” lokomotiv deposida quyosh energiyasidan quvvat oluvchi panellar o‘rnatilib, foydalanishga topshirildi!
Mamuriyat binosining tom qismiga o’rnatilgan quyosh panellari elektr energiyasini tejash, ekologik toza energiya manbalaridan foydalanish hamda zamonaviy texnologiyalarni tatbiq etish kabi maqsadlarni amalga oshiradi. Quyosh energiyasi - bu quyosh radiatsiyasida mavjud bo'lgan energiya. Qayta tiklanadigan energiyaning bu turi quyoshdagi yadro sintezi reaktsiyalari natijasida hosil bo'ladi. Bundan tashqari Korxona ishchilari yuvinish binosiga issiq suv bilan ta’minlash uchun zamonaviy suv isitish qozonlari o’rnatildi.