4\8 📜
Endodontiyada mahalliy ABlar o’rni qanday?
Ildiz kanalini ABlar bilan davolash bo'yicha bir qancha tadqiqotlar bo'lgan, ulardan muhimlariga ur'g'u berib o'tmoqchiman
Mohammadi & Abbott 2009 yildagi maqolasida tizimli ABlarni qo’llash ko’p hollarda samarasiz va nojo’ya tasirlarga ega bo’lgani tufayli Endodontiyada mahalliy ABlarni qo’llashni taklif qilishgan.
Shu o’rinda etib o’tish kerak, birinchi mahalliy AB bu penitsillin, Bacitracin, streptomitsin va natriy kaprilatni o'z ichiga olgan Pol va antibiotik pastasi (Grossman 1951).
Shu o’rinda etib o’tmoqchiman Abbot 1990, Tang 2004 va Chen 2012 yillarda mahalliy ABlarni bevosita tish kanalida qo’llashni o’rganib oddiy Ca(OH)2 dan afzalligini yo’qligini isbotlashgan.
Endodontik muolajadan keyingi alomatlarning oldini olish yoki kamaytirish uchun ildiz kanalini davolashda mahalliy antibiotiklardan foydalanish ham taklif qilingan. Biroq, ABlar simptomatik apikal patologiyasi bo'lgan tishlarda paydo bo'ladigan og'riq yoki shishishni kamaytirmaydi (Keenan 2006, Cope 2014).