Azoblar xamrohing bo'lsa har soat.
Ishongan insoning qilsa xiyonat.
Yorug' kunlar keladi ishongin faqat.
Yig'lama yuragim sira yig'lama.
Dunyolarga to'lsa ham darding.
Hech bir inson bilmasa qadring.
Nohaqlikka kelsa ham qahring.
Yig'lama yuragim sira yig'lama.
Qiynalganing bilmasa do'st ham.
Og'ir kunda bermasa yordam.
O'ksinmagin bo'lgin sen bardam.
Yig'lama yuragim sira yig'lama.
Bir kun sendan kechsa do'stu yor.
Yolg'on do'stning ko'magiga bo'lmagin sen zor.
Arzon muhabbat uchun o'zing qilma hor.
Yig'lama yuragim sira yig'lama.
Yeb o'tirgan oshingdan chiqsahamki tosh.
Yuzin bursa hattoki qonu qarimdosh.
Dardlaringni aytishga topmasang sirdosh.
Yig'lama yuragim sira yiglama.
Sof sevgingni ko'rmagan uchun.
Xurmatingni qilmagan uchun.
Armon bo'lgan muhabbat uchun.
Yig'lama yuragim sira yig'lama.
G'iybat-u gap so'zdan cheksang ham ozor.
Aslo o'zing qiynama bo'lmagin abgor.
Bir jilmayib kulginu degin olloh bor.
Yig'lama yuragim sira yig'lama.