Últimas publicaciones de Sirdaryo yoshlari | Yoshlar ittifoqi (@sirdaryoyoshlari_yi) en Telegram

Publicaciones de Telegram de Sirdaryo yoshlari | Yoshlar ittifoqi

Sirdaryo yoshlari | Yoshlar ittifoqi
🇺🇿 O'zbekiston yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati Kengashining rasmiy telegram sahifasi

• Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
http://myurls.co/yoshlarittifoqisirdaryo
5,744 Suscriptores
12,658 Fotos
1,343 Videos
Última Actualización 08.03.2025 23:48

Canales Similares

GULISTONLIKLAR 🇺🇿
34,206 Suscriptores
GulDPI. uz | Rasmiy
33,801 Suscriptores

El contenido más reciente compartido por Sirdaryo yoshlari | Yoshlar ittifoqi en Telegram

Sirdaryo yoshlari | Yoshlar ittifoqi

02 Mar, 09:37

134

⚡️ ГулДУ ёшларининг ҳаёти 4 тилда...

Ўзбекистон ёшлар иттифоқи Гулистон давлат университети Бошланғич ташкилоти томонидан, 2025 йилнинг февраль ойида амалга оширилган ишлар, таклиф ва ташаббуслар юзасидан ўзбек, қорақалпоқ, рус, инглиз тилларида ойлик дайжест тайёрланди.

Қувонарлиси, дайжестни тайёрлаган ёшлар Гулистон давлат университети талабалари, фаол координаторларидир 😎👍👇

Канал👉 @SirdaryoSadosi
↗️
Sirdaryo yoshlari | Yoshlar ittifoqi

02 Mar, 03:50

212

Bugun 2-mart 2025-yil, yakshanba.

👉 BAYRAMLAR:


🌏 Xalqaro gugurt kuni.
🌏 Xalqaro o‘smirlar ruhiy salomatligi kuni.
🌏 Xalqaro mushuklarni qutqarish kuni.
🌏 Compakt Disk tug‘ilgan kun.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇲🇲 Myanma - Dehqonlar kuni (1962-yildan).
🇺🇸 AQSh, Texas - Mustaqillik kuni.
🇧🇩 Bangladesh - Davlat bayrog'i kuni.
🇪🇹 Efiopiya - Adua jangidagi g‘alaba kuni (1896-yil).
🇮🇷 Eron, Pokiston - Beluj madaniyati kuni.
🇱🇰 Shri-Lanka - Harbiy Havo kuchlari kuni.
🇭🇷 Xorvatiya - Muhandislar kuni.

👉 VOQEALAR:

- 1476 - Granson jangida Shveytsariya kantonlari Xalq lashkari Burgundiya gersogi Charlz Boldning qo'shinlarini mag'lub etdi.
- 1498 - Vasko da Gama eskadriyasi Mozambikka yetib keldi.
- 1699 - Fransuz tadqiqotchisi d’Ibervil Missisipi daryosini topdi.
- 1711 - Rossiyada oliy davlat organi - Senat joriy qilindi.
- 1791 - Klod Shapp optik telegrafni namoyish qildi.
- 1836 - Texas mustaqillik deklaratsiyasi qabul qilindi.
- 1855 - Rossiya imperiyasida Aleksandr II taxtga chiqdi.
-1917 - AQSh Kongressi Jons qonunini qabul qildi: Puerto-Riko AQSh hududi deb e’lon qilindi.
- 1925 - Yaponiyada erkaklarga umumiy ovoz berish huquqi berildi.
- 1930 - Iosif Stalinning maqolasi “Izvestiya” gazetasida nashr etildi.
- 1933 - Nyu Yorkda "King-Kong“ filmi namoyish etildi.
- 1943 - AQSh va Avstraliya harbiy havo kuchlari yapon kuchlariga hujum qilishdi.
- 1956 - Marokash Fransiyadan mustaqillikka ega bo‘ldi.
- 1962 - Birmada davlat to‘ntarishi oqibatida sotsializm tarafdorlari hokimiyatni egallashdi.
- 1963 - Pekinda Xitoy va Pokiston o‘rtasida chegaralar to‘g‘risidagi vaqtinchalik kelishuv imzolandi.
- 1965 - “Rolling Thunder” operatsiyasining boshlanishi - 1968-yil oktyabrgacha AQSh samolyotlari tomonidan Shimoliy Vetnamning muntazam ravishda bombardimon qilinishi.
- 1969 - Xitoy va SSSR chegarachilari toʻqnashuvi.
- 1970 - Rodeziya (zamonaviy Zimbabve) rasman respublika deb e'lon qilindi.
- 1975 - Eron bir partiyali davlatga aylandi.
- 1983 - Compakt Disk paydo bo‘lgan kun - birinchi CD namoyish etildi.
- 1992 - Oʻzbekiston BMTga aʼzo boʻldi.
- 1992 - Ozarbayjon, Armaniston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Moldova, Tojikiston, Turkmaniston Respublikalari mustaqil davlatlar sifatida BMTga aʼzo boʻldi.
- 1992 - Dnestrbo‘yida qurolli to‘qnashuvlar boshlandi.
- 1993 - Surgutda MDHning neft va gaz bo‘yicha hukumatlararo kengashi tuzildi.
- 2001 - Tolibonlar Budda haykallarini buza boshlashdi.
- 2004 - O‘zbekistond xalq yozuvchisi Po‘lat Mo‘min vafot etdi.
- 2008 - Dmitriy Medvedev Rossiya Prezidenti etib saylandi.
- 2008 - Lozanna metropoliteni ishga tushdi.
- 2009 - General Tagme Na Vey (bir kun oldin o'ldirilgan) tarafdorlari Gvineya-Bisau prezidentining qarorgohiga hujum qilishdi. Natijada Xuan Bernardo Viyeyra halok bo'ldi.
- 2013 - Bresha metropoliteni ishga tushdi.

👉 TAVALLUDLAR:

- 1818 - Konstantin Kaufman (1882) - Turkistonni bosib olish maqsadida Rossiya uyushtirgan harbiy yurishlarning rahbari, Turkiston general-gubernatori (1867—1882). 
- 1824 - Konstantin Ushinskiy - rus tili o'qituvchisi, Rossiyada ilmiy pedagogikaning asoschisi.
- 1897 - T.N Qori Niyoziy matematik, O‘zSSR fanlar akademiyasi akademigi va 1- prezidenti.
- 1913 - Yuriy Aleskerov (1982) - tarixchi olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1975).
- 1925 - Viktor Yevenko (1986) - grafik rassom, Oʻzbekiston xalq rassomi (1967).
- 1931 - Mixail Gorbachov - Sovet Ittifoqi tarixida birinchi va oxirgi prezident hamda dunyo tarixining eng katta sotsialistik mamlakatni parchalashi orqali tanilgan.
- 1952 - Viktor Yevenko (1986) - grafik rassom, Oʻzbekiston xalq rassomi (1967).
- 1954 - Shavkat Alimov - matematik olim, O‘zbekiston FA akademigi (2000).
- 1968 - Daniel Kreyg - angliyalik aktyor, Jeyms Bond rolininig ijrochisi.
- 1982 - Eshli Fiers - amerikalik aktrisa
- 1989 - Marsel Xirsher - avstriyalik chang'ichi, ikki karra Olimpiya chempioni, 7 karra jahon chempioni, 8 karra Jahon kubogi sovrindori.
- 1992 - Meysi Richardson-Sellers - ingliz aktrisasi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
Sirdaryo yoshlari | Yoshlar ittifoqi

18 Feb, 04:39

294

#GrantVaStipendiya #Ozarbayjon

🙋 Nailekhanim Foundation: Ayol-qizlarning magistratura yoki PhD bosqichini Ozarbayjonda oʻqishi uchun toʻliq grant va stipendiya!

🎓 Grant Bokudagi Hazar universitetining magistratura yoki PhD bosqichida oʻqish uchun beriladi.

🔎 Oʻqish ingliz tilida, biroq ariza topshirishda til sertifikati (IELTS va hk) talab etilmaydi.

📌 Grant imkoniyatlari:
➡️ Kontrakt toʻlovi toʻliq qoplanadi
➡️ Yotoqxona toʻlovi toʻliq qoplanadi
➡️ 1 yil davomida oylik stipendiya
➡️ Ozarbayjonga borish va kelish xarajati qoplanadi.

🖋 Arizalar 2025-yil 1-iyungacha qabul qilinadi.

➡️ Batafsil

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube
Sirdaryo yoshlari | Yoshlar ittifoqi

18 Jan, 21:08

121

#Turkiya #Grantlar

🎓 Turkiya davlat stipendiyalari: Xalqaro talabalar uchun ajoyib imkoniyat!

📍 Turkiya xalqaro talabalarga dunyoning eng nufuzli universitetlarida taʼlim olish imkoniyatini taqdim etadi. Turkiya davlat stipendiyalari bu hukumat tomonidan moliyalashtiriladigan va iqtidorli talabalar hamda tadqiqotchilarga to‘liq yoki qisqa muddatli o‘qish uchun beriladigan raqobatbardosh dasturdir.

📌 Ariza topshirish muddati:
➡️ 2025-yil 10-yanvardan 20-fevralgacha.

📌 Stipendiya o‘ziga xosligi:
➡️ Bu stipendiya nafaqat moliyaviy yordam, kontrakt to‘lovi, turar joy va tibbiy sug‘urta bilan taʼminlaydi, balki universitetga joylashish, akademik va madaniy faoliyatlarda qatnashish imkoniyatlarini ham beradi.

📌 Arizalar quyidagi darajalar bo‘yicha qabul qilinadi:
➡️ Bakalavr
➡️ Magistratura
➡️ Doktorantura
➡️ Ilmiy tadqiqotlar (alohida e’lon qilinadi)

🖋 Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun Turkiya davlat stipendiyalari rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlarini kuzatib boring. Bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

➡️ Oʻzbekcha yoʻriqnoma bilan tanishing

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube
Sirdaryo yoshlari | Yoshlar ittifoqi

09 Jan, 12:02

150

Sirdaryoda yoshlar yetakchilari uchun o‘quv-seminari tashkil etilmoqda.

Joriy yilning 9-14- yanvar kunlari mahalladagi yoshlar yetakchisi lavozimida ishlayotgan хodimlarda yoshlar bilan ishlash tajribasini yanada oshirish, shaxsiy rivojlanishiga sharoit yaratib berish hamda fidoyi, sadoqatli va vatanparvar nomzodlar safini kengaytirish maqsadida viloyat “Yoshlar markazi”da o‘quv-seminar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Shu maqsadda bugun Shirin shahri,Yangiyer shahri, Sayxunobod tumani, Guliston tumani hamda Mirzaobod tumanlardagi mahallalarda faoliyat olib borayotgan yoshlar yetakchilari uchun o‘quv-seminariga start berildi.

Yoshlar yetakchilariga har bir yo‘nalish mas’ullari tomonidan mahallada yoshlar bilan ishlash hamda ta'lim muassasalaridagi yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha muhim bilim va ko‘nikmalar berildi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
Sirdaryo yoshlari | Yoshlar ittifoqi

11 Nov, 05:02

134

#Tabrik

🙋 Hurmatli Kasaba uyushmalari federatsiyasi xodimlari,

📍 Sizlarni kasaba uyushmalari harakati uchun g‘oyat ahamiyatli bo‘lgan kasb bayramingiz bilan chin dildan tabriklaymiz! Sizlarning fidokorona mehnatingiz, ishchi-xodimlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yo‘lidagi xizmatlaringiz jamiyatimiz uchun beqiyos ahamiyatga ega.

👤 Sizlarga mustahkam sog‘liq, kuch-g‘ayrat va ish faoliyatingizda muvaffaqiyatlar tilaymiz. Qilgan mehnatingiz bardavom, sa’y-harakatlaringiz esa jamiyatimiz farovonligiga xizmat qilishda davom etsin!

🎉 Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube
Sirdaryo yoshlari | Yoshlar ittifoqi

11 Nov, 04:14

155

👏 Bayramingiz muborak bo‘lsin, hurmatli Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining jonkuyar xodimlari!

Bugungi kunda kasaba uyushmalari federatsiyasi xodimlari yurtimizda fuqarolarning huquq va erkinliklarini, ularning qonuniy manfaatlarini taʼminlash, aholimizning ehtiyojmand qatlamini hamda mehnat jamoalari aʼzolarini ijtimoiy-iqtisodiy qoʻllab-quvvatlash ishlarida faol ishtirok etishmoqda. Bu uchun sizdan cheksiz minnatdormiz.

🎊 Barchangizni bugungi qutlugʻ ayyom bilan tabriklab, xonadonlaringizga sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka, masʼuliyatli va sharafli ishlaringizda esa yangi yutuqlar yor boʻlishini tilab qolaman.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
Sirdaryo yoshlari | Yoshlar ittifoqi

25 Oct, 07:47

143

👨‍👩‍👧 Sardorlar sayloviga ro‘yxatdan o‘tdingizmi?

🇺🇿 Vatanparvar, tashabbuskor va shijoatli bolalarni “Bolalar harakati” atrofida jamlash maqsadida sardorlar sayloviga start berilgani haqida xabar bergan edik.

📃 Shu kunga qadar 4 000 dan ortiq bolalar sardor bo‘lish maqsadida ro‘yxatdan o‘tdi.

📝 Siz ham saylovda ishtirok etish uchun ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘ting!

📱 Telegram 🔹Instagram 📱 Facebook  📱  YouTube  📱 LinkedIn
Sirdaryo yoshlari | Yoshlar ittifoqi

25 Oct, 07:34

155

🇺🇿 Sirdaryo sardorlari “Bolalar harakati” sardorlar sayloviga chorlaydi.

⚡️ 10 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan vatanparvar, tashabbuskor va kuchli bolalar jamoasi safiga qo‘shiling.

Biz sizlarni kutyapmiz!

📝 “Bolalar harakati” sardorlar saylovi uchun tezda ro‘yxatdan o‘ting!

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
Sirdaryo yoshlari | Yoshlar ittifoqi

25 Oct, 04:27

157

#25Oktabr #IIVxodimlariKuni

👤 25-oktabr – Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari xodimlari kuni!

🇺🇿 Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi jamoasi sharafli va masʼuliyatli yoʻlni bosib oʻtayotgan tizimning barcha fidoyilarini kasb bayramlari bilan samimiy qutlaydi.

🎉 Sizlarga mustahkam sogʻlik, faoliyatingizda zafarlar tilaymiz!

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube