Latest Posts from Sherzod Olimov 🇺🇿 (@sherzod_olimov88) on Telegram

Sherzod Olimov 🇺🇿 Telegram Posts

Sherzod Olimov 🇺🇿
🇺🇿 Olimov Sherzod Murodullayevich rasmiy kanaliga xush kelibsiz.

➡️ instagram.com/olimov__sherzod

➡️ fb.com/profile.php?id=100027911414687
3,071 Subscribers
5,457 Photos
1,266 Videos
Last Updated 09.03.2025 05:21

Similar Channels

☀️SURXONDARYO YOSHLARI
16,214 Subscribers
Madina Nurman
5,479 Subscribers
Voham yoshlari
1,129 Subscribers

The latest content shared by Sherzod Olimov 🇺🇿 on Telegram

Sherzod Olimov 🇺🇿

08 Mar, 06:14

540

Aziz va Muxtarama Onajonlarimiz, munis Opa-singillarimizni
8-Mart “Xalqaro xotin-qizlar” kuni bayrami munosabati bilan tabriklaymiz.


Sizlarga dunyodagi barcha shirin va ezgu niyatlarni tilab qolqmiz.
Doimo yuzingizdan quvonch arimasin, chexrangiz kulgudan porlab tursin.


Hurmat bilan Sherzod Olimov
Sherzod Olimov 🇺🇿

07 Mar, 10:24

397

Nima uchun ro’yxatdan o’tishda platforma qotib qolyapti degan savollar ko’plab kelmoqda. O’rganishlar olib bordik va nega bunday bo’layotgani hamda o’z tavsiyalarimizni audioxabarda qoldirdik.

🇺🇿 Sportlashamiz — “Tezroq, balandroq-birgalikda
Sherzod Olimov 🇺🇿

07 Mar, 10:23

375

Mahallada istiqomat qiluvchi yoshlar o'rtasidagi "Besh tashabbus olimpiadasi" sport musobaqalarining UMUMIY NIZOMI bilan tanishing.

🇺🇿 Sportlashamiz — “Tezroq, balandroq-birgalikda
Sherzod Olimov 🇺🇿

07 Mar, 09:11

512

🌺Sport vazirligi tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan ayollarga ehtirom ko‘rsatildi

Bahorning ilk bayrami "8-Mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni" mamlakatimizda har yili munosib nishonlanadi. Zero, oila va jamiyat ustuni, hayotimizning fayzi va ko‘rki bo‘lgan xotin-qizlarni e’zozlash, ularga hurmat va ehtirom ko‘rsatish xalqimiz uchun azal-azaldan buyuk qadriyat bo‘lib kelgan.

🌷Vatanimiz taraqqiyotida, oila va jamiyat hayotida xotin-qizlar muhim o‘rin va mavqega ega. Ayollarimiz mamlakatimizning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayotidagi barcha sohalarda, xususan sport sohasida ulkan natijalarni qo‘lga kiritib kelishmoqda. Xususan, Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari chempion va sovrindorlari Diyora Keldiyorova, Asila Mirzayorova, Svetlana Osipova, Shahina Yigitaliyeva kabi sportchilarimiz ko‘rsatgan jasorat har bir vatandoshimiz ko‘nglida faxr va g‘urur uyg‘otdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

🤩"8-Mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni" bayrami arafasida Shaxzoda Ibragimova, Dilshoda Usmonova, Afro‘za Xamdamova, Layloxon Sobirova kabi sportchilarimiz O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risidagi" Qaroriga asosan ushbu yuksak mukofot bilan taqdirlandi. Shuningdek, bayram arafasida o‘zining samarali mehnati va fidoyiligi bilan o‘rnak bo‘lib kelayotgan Sport vazirligi xodimi Shoxida Tugashova ham “Moʻtabar ayol” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Bugun Sport vazirligida 8-mart xalqaro xotin-qizlar kuni umumxalq bayrami munosabati bilan o‘tkazilgan tadbir davomida vazirlikda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan ayol xodimalarning sport sohasi rivojiga qo‘shayotgan ulkan hissasi munosib e’tirof etildi.

Vazirlikda faoliyat ko‘rsatayotgan yigitlar esa milliy madaniyatimizni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida milliy kiyimlarda xotin-qizlarni bugungi bayram munosabati bilan qutlashdi.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Sherzod Olimov 🇺🇿

06 Mar, 19:52

729

🎉 Yoshlar yetakchilari onalariga ehtirom ko'rsatildi🌹

🇺🇿 Yoshlar ishlari agentligi Sho'rchi tumani bo‘limi tashabbusi bilan 8-Mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Onalarga ehtirom” tadbiri o‘tkazildi. Tuman hokimligida bo‘lib o‘tgan tadbirda tuman hokimi Akbarali Ishmurzoyev va sektorlari rahbarlari, mahalla yoshlar yetakchilarining mo‘tabar onajonlari ishtirok etishdi.

🎊 Tadbir g‘oyatda maroqli va noan’anaviy tarzda tashkil etildi va onalarning haqiqiy bayramiga aylanib ketdi. Tuman hokimi barcha onaxonlarni bayram bilan tabrikladi va tuman sektorlari rahbarlari tomonidan har bir mahalladan kelgan onaxonlarga tuman hokimi va yoshlar ishlari tuman bo‘limining tashakkurnomalari va qimmatbaho sovg‘alari taqdim etildi.

Olimov Sherzod Murodullayevich - shaxsiy sahifa
Sherzod Olimov 🇺🇿

06 Mar, 18:57

570

#live

"Sport nafislik va salomatlik manbai" shiori ostida sport musobaqalari oʻtkazilmoqda


Ayni daqiqalarda Sport vazirligi tomonidan poytaxtimizning Shayxontohur tumani sport maktabida vazirlik, idora, tashkilotlarda faoliyat koʻrsatayotgan xotin-qizlar oʻrtasida "Sport nafislik va salomatlik manbai" shiori ostida sportning stol tennisi, shaxmat-shashka turlaridan sport musobaqalari boʻlib oʻtmoqda.

Ushbu tadbirni Sport vaziri maslahatchisi Sh.Momindjanov ochib berib barcha ayollarni kirib kelayotgan "8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni" bilan samimiy tabriklab, barchani sport bilan muntazam shugʻullanishga chorladi. Ushbu musobaqada 150 nafarga yaqin ayollar faol ishtirok etmoqda.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Sherzod Olimov 🇺🇿

06 Mar, 13:16

840

🐎 Шунчаки кўринг! 🥺

Ушбу от каби вафодор, меҳрибон ва оқибатли бўла олаяпмизми?

Olimov Sherzod Murodullayevich - shaxsiy sahifa
Sherzod Olimov 🇺🇿

06 Mar, 08:44

1,459

Отам ўгити

Бола эдим. Дадамга “Дарахтга чиқаман, ёрдам беринг” - дедим.
“Биров чиқариб қўйган жойдан тушолмайсан, қулайсан “ - дедилар дадам.
Бир умр буни унутмайман...

Olimov Sherzod Murodullayevich - shaxsiy sahifa
Sherzod Olimov 🇺🇿

05 Mar, 04:06

1,396

Savol:
Amir Temur yurish qilganda raqib tomonni bosib olishda, raqib yashayotgan shahar darvozasini buzib kirishi bilan birinchi uylarni yoqishni buyurgan.

Savol nima deb o'ylaysiz, birinchi bo'lib uylarni yoqishdan ko'zlangan asosiy maqsad nima edi?

Olimov Sherzod Murodullayevich - shaxsiy sahifa
Sherzod Olimov 🇺🇿

03 Mar, 08:36

2,483

Mahalla yoshlari o'rtasida 🖐"Besh tashabbus olimpiadasi" sport musobaqalariga sport turlari kesimida ro‘yxatdan o‘tish jarayoni faollik bilan davom etmoqda

Olimov Sherzod Murodullayevich - shaxsiy sahifa