Samarqand Kadastr @samvilkadastrrasmiy Channel on Telegram

Samarqand Kadastr

@samvilkadastrrasmiy


Kadastr agentligi Samarqand viloyat boshqarmasi hamda Davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyat boshqarmasi rasmiy kanali

☎️ Murojaatlar uchun (95) 508-81-50

📍Manzil: 140129, Samarqand shahar, Gulobod kochasi, 56 A uy

Samarqand Kadastr (Uzbek)

Assalomu alaykum! Sizga Samarqand Kadastr kanaliga xush kelibsiz! Bu kanalda Samarqand shahri hududidagi kadastr bo'yicha rasmiy ma'lumotlar, yangiliklar va qiziqarli faktlar bilan tanishishingiz mumkin. Kanalimizda Samarqandning geografiyasi, arxiv bilan tanishish, qadimgi va zamonaviy obidalar, shahar tarixi, va boshqa bir qancha foydali ma'lumotlar mavjud. Agar sizcha Samarqand shahri va uning kadastr bo'yicha yangiliklardan xabardor bo'lishni istasangiz, bizning kanalga obuna bo'ling va eng so'nggi ma'lumotlardan birinchilar bo'lib xabardor bo'ling. Biz bilan birga Samarqand shahri tarixi va uning ramzlarini kesf eting! Sizni Samarqand Kadastr kanalida ko'rishimizni kutib qolamiz!

Samarqand Kadastr

28 Jan, 13:33


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastr xizmatlaridan onlayn foydalaning!

📃 Ko'chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga onlayn ariza yuborish.

➡️HARAKATLAR KETMA-KETLIGI➡️

➡️Ariza beruvchi YaIDXPda ro‘yxatdan yoki avtorizatsiyadan o‘tadi va ko'chmas mulkni ro'yxatdan o'tkazish uchun huquqiy asos bo'lgan hujjatning skan nusxasi (notarial shartnoma, sud qarori va boshqalar)ni ilova qilgan holda so‘rov yuboradi;

➡️ Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ ko‘chmas mulk obyektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha qonunchilik talablariga muvofiqligi yuzasidan o‘rganib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi va yig‘im summasi ko‘rsatilgan xabarnomani arizachiga yuboradi;

✔️ Arizachi yig‘imni to‘laydi va reyestrdan ko‘chirmani yuklab oladi.

Xizmatni ko'rsatish muddati 2 ish kuni.

▶️ Onlayn ariza yuborish👇

#onlayn_xizmatlar

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt

Samarqand Kadastr

28 Jan, 04:29


😀😃😄😆😊

QONUN HAQIDA Bilishingiz muhim


🔹 @Dkpuz_bot orqali yo‘llangan savol.

🤯“Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi qonunda sugʻoriladigan yerlar boʻyicha ham maʼlumotlar keltirilganmi?

😮 Javob videoda 👆

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter

Samarqand Kadastr

27 Jan, 10:14


📍 Samarqand viloyatidan E-auksion.uz platformasi orqali tadbirkorlik va shaharsozlikga mo'ljanlangan yer uchastkalarini sotib oling!

◼️ Oqdaryo tumanidan 529 ta (ko'rish)
◼️ Bulung'ur tumanidan 250 ta (ko'rish)
◼️ Jomboy tumanidan 208 ta (ko'rish)
◼️ Ishtixon tumanidan 978 ta (ko'rish)
◼️ Kattaqo'rg'on tumanidan 340 ta (ko'rish)
◼️ Qo'shrabot tumanidan 1258 ta (ko'rish)
◼️ Narpay tumanidan 151 ta (ko'rish)
◼️ Payariq tumanidan 338 ta (ko'rish)
◼️ Pastdarg'om tumanidan 94 ta (ko'rish)
◼️ Paxtachi tumanidan 65 ta (ko'rish)
◼️ Samarqand tumanidan 52 ta (ko'rish)
◼️ Nurobod tumanidan 705 ta (ko'rish)
◼️ Urgut tumanidan 194 ta (ko'rish)
◼️ Toyloq tumanidan 14 ta (ko'rish)
◼️ Samarqand shahridan 3 ta (ko'rish)
◼️ Kattaqo'rg'on shahridan 241 ta (ko'rish)

🎞 Video-qo'llanma 👈

🤵🏻 "E-AUKSION" vakili: 99 207-36-07 ☎️
🤵🏻 "E-AUKSION" vakili 77 735-74-17 ☎️
🤵🏻 "E-AUKSION" vakili: 99 207-26-07 ☎️

Samarqand Kadastr

27 Jan, 04:25


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Ko‘p kvartirali uylar yerto‘lasidan foydalanganlik uchun ijara to‘lovi “Mening uyim” billing tizimida to‘lanadi

🇺🇿 Hukumat qarori (17.01.2025 y.) bilan “Ko‘p kvartirali uyning yerto‘lasidan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi

💠 Unga ko‘ra:

🔹ko‘p kvartirali uylarning yerto‘lalari jismoniy va yuridik shaxslarga foydalanishga berilganda, ijara uchun to‘lovlar hisobi “Mening uyim” billing tizimida yuritiladi;

🔹ko‘p kvartirali uyning yerto‘lasini ijaraga berishda ko‘p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkka bo‘lgan huquqlar ushbu joylar mulkdorlarining nomiga davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.

☯️ Shuningdek, quyidagi ma’lumotlarning almashinuvi yo‘lga qo‘yiladi:

👔 “UZCAD” va “Mening uyim” tizimlarini integratsiya qilgan holda, ko‘p kvartirali uylardagi joylar mulkdorlarining nomiga davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan umumiy mol-mulk va har bir ko‘p kvartirali uy joylashgan va unga tutash yer uchastkalari haqidagi ma’lumotlar;

👔 Soliq qo‘mitasining tegishli elektron tizimini “Mening uyim” billing tizimiga integratsiya qilish orqali boshqarish organlarining umumiy mol-mulkdan foydalanuvchilari bilan ijaraga yoki tekin foydalanishga berish to‘g‘risida tuzilgan shartnomalar bo‘yicha ma’lumotlar.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter

Samarqand Kadastr

24 Jan, 07:05


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Sohaga oid tushunchalar

📃 Yer uchastkasining va unda joylashgan ko‘chmas mulk obyektlarining huquq egasi — huquqni belgilovchi hujjatlarga asosan yer uchastkasiga nisbatan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, doimiy egalik qilish, doimiy foydalanish, muddatli (vaqtincha) foydalanish, ijara huquqiga hamda mazkur yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk obyektiga nisbatan mulk huquqiga ega bo‘lgan jismoniy yoki yuridik shaxs.

◾️Asos: 29.06.2022-yildagi O'RQ-781-son

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter

Samarqand Kadastr

24 Jan, 06:01


#vakansiya #Samarqand
#Kadastr_agentligi

⚡️ SHOSHILING AYNAN SIZ BIZNING JAMOADA BO‘LISHINGIZ MUMKIN !

⭐️ Kadastr agentligi Samarqand viloyat boshqarmasi bilan Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamkorlikda quyidagi vakant lavozimga ochiq mustaqil tanlov eʼlon qiladi:

⭐️ Kadastr agentligi Kattaqo'rg'on shahar bo‘limi: yetakchi inspektori;

Hujjatlar 2025-yil 28-yanvargacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

📱 Hujjatlarni elektron yuborish tartibi bo‘yicha video qo‘llanma.

📱 Yagona identifikatsiya tizimi — id.egov.uz‘dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha video qo'llanma.

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook

Samarqand Kadastr

24 Jan, 03:30


Эндиликда кўп қаватли уй қуриш учун ерлар аукцион орқали фақат юридик шахсларга сотилади

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Samarqand Kadastr

23 Jan, 09:40


#rasmiy_munosabat

⚡️RASMIY MUNOSABAT

▶️ Ijtimoiy tarmoqda “Samarqand shahar kadastrida 18 kishiga bir kishi xizmat ko‘rsatmoqda” mazmunidagi murojaat e’lon qilindi. Ushbu murojaat bo‘yicha Davlat kadastrlari palatasining Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan murojaatda qayd etilgan holat va e’tirozlar o‘rganib chiqildi.

Bugungi kunda barcha kadastr xizmatlari uchun arizalar onlayn tartibda my.gov.uz portali orqali yoki Davlat xizmatlari markaziga borib murojaat qilish imkoniyati yaratilgan. Biroq aholimiz o‘zlarining kadastr sohasiga oid turli savollariga javob olish maqsadida boshqarmaning Samarqand shahar filialiga kelib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilishadi.

Bu borada, fuqarolarning sarsongarchiligini oldini olish maqsadida boshqarmaning har bir tuman (shahar) filiallariga, shu jumladan, Samarqand shahar filialida ham 📱 ishonch telefon raqamlari orqali aholini qiziqtirgan savollariga javob berish yo‘lga qo‘yilgan.

➡️ Shunday bo‘lsada, fuqarolar o‘zalariga tegishli ko‘chmas mulk obyekti (asosan uy-joy)lari haqida “Ko‘chmas mulk-3” dasturidagi ma’lumotlarga aniqlik kiritish va boshqa masalalar yuzasidan filial binosiga kelib murojaat qilishmoqda.

🌟 Boshqarmaning Samarqand shahar filialida “Ko‘chmas mulk-3” dasturiga mas’ul xodim sifatida bitta xodimga ruxsat berilgan bo‘lib, boshqa xodimlarning ushbu dasturga kirib, ma’lumotlarga aniqlik kiritish imkoniyati yo‘q. Shu bois, filialga kelgan fuqarolar o‘rtasida tabiiy navbat yuzaga kelmoqda.

◼️ Bu kabi noqulayliklarni oldini olish maqsadida “Ko‘chmas mulk-3” dasturi bilan bog‘liq bo‘lmagan murojaatlarga javob berish yuzasidan qo‘shimcha yana ikkita mutaxassis xodim, murojaat bilan kelgan fuqarolarga tegishli tushuntirish va huquqiy maslahatlar berish uchun jalb qilingan.

🇺🇿 Nafaqat viloyat bo‘yicha balki Respublika miqyosida ham aholisi zich joylashgan va ko‘chmas mulk obyektlari soni ko‘pligi jihatidan ham Samarqand shahri old o‘rinlarda turadi. Shu bois, aholi tomonidan kelib tushayotgan kunlik buyurtma va murojaatlar soni ham shunga yarasha ko‘p hisoblanadi.

💬 Kelgusida bu kabi noqulayliklarni oldini olish maqsadida rahbariyat tomonidan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

Samarqand Kadastr

23 Jan, 05:50


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Ilm yo‘lida katta qadam

🇺🇿 Kuni kecha, Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti o‘rtasida o'zaro hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi.

📎 Tadbirda Davlat kadastrlari palatasi raisi M.Valiyev hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori T.Teshabayev hamkorlik shartnomasini imzoladilar.

Shundan so‘ng, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining “Moliya va raqamli iqtisodiyot” kafedrasi filialining tantanali ochilishi bo‘lib o‘tdi.

🇺🇿 Shuningdek qayd etish muhimki, Davlat kadastrlari palatasi raisi Valiyev Mohir Kamolovichga Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktorligi PhD ilmiy darajasi berilganligi to'g'risidagi diplom topshirildi.

#DavKadastrPalata #hamkorlik #ochilish

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter

Samarqand Kadastr

10 Jan, 12:45


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📣📣📣📣

🖍 DIQQAT E’LON! 🖍

🧷 Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar!

🗣Joriy yilning 10-yanvar (juma) soat 18:00 dan 12-yanvar 00:00 gacha 🌟Kadastr agentligining rasmiy kadastr.uz veb-saytida rejali grafik asosida texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan veb-saytdan foydalanishda vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishini ma‘lum qilamiz.

🟢Yurtdoshlarimizdan yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!

#kadastr #e_lon #texnik_ishlar

🌐 Telegram   |  🌐 Instagram    |  🌐YouTube    | 🌐 Facebook       | 🌐 Web-sayt

Samarqand Kadastr

10 Jan, 08:29


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

2025-YIL, YANVARDAN
XATLOV O'TKAZILAYOTGAN MAHALLALAR

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasining 937-sonli Qonuniga muvofiq, Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlangan reja-jadval asosida 2024-2028-yillarda respublika miqyosida bosqichma-bosqich xatlov ishlari amalga oshirilishi belgilangan.

Mazkur videoinfografika orqali hududlarda 2025-yil yanvar oyida xatlovlar boshlanadigan mahallalar haqida ma'lumotlar bilan tanishishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #xatlov2025

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter

Samarqand Kadastr

09 Jan, 06:19


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

2024-yil hisobotlariga ko'ra, mulkdorlari eng ko'p bo'lgan hudud Samarqand viloyatidir


🇺🇿 Respublikamiz miqyosida jismoniy shaxslar egaligidagi jami obyektlar 2025-yil 1-yanvar holatiga ko'ra 8 120 538 tani tashkil etmoqda.

Bu esa yurtimizda kambag'allikni qisqartirish va aholi turmush tarzini yanada yaxshilash borasidagi islohotlar samarasi o'laroq, mulkdorlar soni kun sayin ko'payib borayotganidan dalolatdir.

Eng ko'p mulkka egalik qiluvchi jismoniy shaxslar esa doimgidek Samarqand viloyatida qayd etildi.

📊 Hududlar kesimidagi batafsil ma'lumotlar mazkur infografikada.

#DavKadastrPalata #DKP_statistikasi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter

Samarqand Kadastr

08 Jan, 07:31


E-auksion.uz orqali shaffof auksionda ishtirok eting, mulk va yer uchastkalarini sotib oling!

⭕️
4461 ta koʻchma savdo obyektlari (ko'rish)
⭕️ 5749 ta tadbirkorlik uchun yerlar (ko'rish)
⭕️ 150 ta erkin iqtisodiy zonalardagi yerlar (ko'rish)
⭕️ 1323 ta dehqon xo'jaligi uchun yerlar (ko'rish)
⭕️ 261 ta qishloq xo'jaligi yerlari (ko'rish)
⭕️ 65 ta xalqaro yo‘llar bo‘yidagi yerlar (ko'rish)
⭕️ 49 ta davlat aktivlari (ko'rish)

🎞 video-qo'llanma 👈

🤵🏻 "E-AUKSION" vakili (99) 207-36-07 ☎️
🤵🏻
"E-AUKSION" vakili (99) 207-26-07 ☎️

Samarqand Kadastr

08 Jan, 04:16


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

8-yanvar - Prokuratura organlari xodimlari kuni


🇺🇿 Prokuratura organlari mamlakatimizda huquqiy tartibni saqlash, qonunlarning adolatli va teng ravishda qo‘llanilishini ta'minlashda beqiyos ahamiyatga ega. Ularning har bir qarori, har bir amaliyoti jamiyatimizda qonun ustuvorligini, huquqiy xavfsizlikni va adolatni tiklashga xizmat qiladi.

🇺🇿 Bugungi kunda prokuratura tizimi faqatgina jinoyatlarni tergov qilishda emas, balki inson huquqlarini himoya qilish, korrupsiyani fosh etish va jamiyatda adolatli huquqiy muhitni yaratishda ham katta rol o‘ynaydi. Ularning har bir xatti-harakati Vatanimiz ravnaqi uchun muhim ahamiyatga ega.

💐 Prokuratura tizimida mehnat qilayotgan barcha xodimlarga adolat va qonuniylikni ta'minlashdagi fidokorona va mashaqqatli ishlarida davomiy muvaffaqiyat va omadlar tilaymiz! Jamiyatimizdagi huquqiy tartibni mustahkamlashga xizmat qilayotgan sharafli faoliyatingizda ulkan zafarlar yor bo'lsin!

#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter

Samarqand Kadastr

07 Jan, 07:59


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Uy olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e'tibor qilish kerak ?


🏠 Xabaringiz bor, so‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda ayrim yangi qurilgan ko‘p qavatli uylardan xonadon xarid qilgan fuqarolarning turli mazmundagi e’tirozlari, jumladan, kadastr hujjatini ololmayotgani bilan bog‘liq murojaatlari e’lon qilinmoqda.

❗️Bu kabi muammoli holatlar nima sababdan yuzaga kelmoqda, aslida yangi kvartira sotib olishda nimalarga e’tibor berish kerak?

▶️ Aholi fikri va mutaxassisdan tavsiyalar batafsil mazkur reportajda

➡️ Videoni yaqinlaringizga yuborishni unutmang!!!

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter

Samarqand Kadastr

07 Jan, 06:09


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

⭐️ Kadastr agentligi tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlar o‘rtasida "Korrupsiya-taraqqiyot dushmani" mavzusida videoroliklar tanlovining FINAL bosqichi bo‘lib o‘tgandi.

📹 Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi xodimi tomonidan tayyorlangan mazkur videorolik tanlovda "Eng yaxshi g‘oya muallifi" nominatsiyasini qo‘lga kiritdi.

➡️ Eslatib o‘tamiz tanlovda 20 dan ortiq videoroliklar kelib tushdi va 10 tasi FINAL bosqichida g‘oliblik va sovrinli o‘rinlar uchun ishtirok etdi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt

Samarqand Kadastr

07 Jan, 05:14


#savol_javob #bilib_oling

Ko‘chma savdo do‘konlari uchun kadastr pasporti talab etiladimi ?

Javob: Yo‘q, talab etilmaydi.

➡️Qonunchilikka ko‘ra, mol-mulk fuqarolik huquqlari obyekti sifatida ko‘chmas mulkka va ko‘char mulkka bo‘linadi. Ko‘chmas mulk jumlasiga kirmaydigan mol-mulk ko‘char mulk hisoblanadi. Ko‘char mulkka kadastr pasporti berilmaydi va unga bo‘lgan huquqlarni ro‘yxatdan o‘tkazish talab etilmaydi.

Ko‘chma savdo joyini ijaraga olish huquqi “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali elektron onlayn-auksionda sotiladi. Bunda elektron onlayn-auksion g‘olibiga ko‘chma savdo joyi ko‘pi bilan 36 oygacha ijaraga beriladi, ko‘chma savdoning “K-SAVDO” avtomatlashtirilgan axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tganligini tasdiqlovchi guvohnoma yer uchastkasi ijarasi shartnomasiga tenglashtiriladi.

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook

Samarqand Kadastr

07 Jan, 04:05


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yer uchastkasi olib qo‘yilishi munosabati bilan kompensatsiya
beriladi

🪪Yer uchastkasi olib qo‘yilganligi munosabati bilan huquq egasiga noqulayliklar keltirib chiqarilganligi uchun kompensatsiya sifatida yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk bozor qiymatining besh foizi miqdorida bir martalik to‘lov amalga oshiriladi.

Quyidagilar kompensatsiya qilinadi:

▪️olib qo‘yilgan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlarining bozor qiymati;
▪️olib qo‘yilgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning bozor qiymati;
▪️olib qo‘yilgan yer uchastkasida joylashgan ko‘p yillik dov-daraxtlarning bozor qiymati;
▪️ko‘chish, shu jumladan boshqa ko‘chmas mulk obyektini vaqtinchalik ijaraga olish bilan bog‘liq xarajatlar;
▪️yer uchastkasidan va unda joylashgan ko‘chmas mulk obyektlaridan foydalanishdan olinishi mumkin bo‘lgan boy berilgan foyda (bunda yer uchastkasi va unda joylashgan ko‘chmas mulk obyektlari bo‘shatib qo‘yilgan paytdan e’tiboran avvalgi faoliyatni tiklashga qadar bo‘lgan, biroq bir yildan ortiq bo‘lmagan muddatdagi foyda yoki mavsumiy hosildan olinishi mumkin bo‘lgan foyda hisobga olinadi);
▪️huquq egasining qonunchilikda yoki kelishuvda nazarda tutilgan boshqa xarajatlari va zararlari.

Asos: 29.06.2022-yildagi O'RQ-781-son

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumotlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter

Samarqand Kadastr

06 Jan, 10:24


📍 Samarqand viloyatidan E-auksion.uz platformasi orqali tadbirkorlik va shaharsozlikga mo'ljanlangan yer uchastkalarini sotib oling!

◼️ Oqdaryo tumanidan 482 ta (ko'rish)
◼️ Bulung'ur tumanidan 229 ta (ko'rish)
◼️ Jomboy tumanidan 130 ta (ko'rish)
◼️ Ishtixon tumanidan 953 ta (ko'rish)
◼️ Kattaqo'rg'on tumanidan 366 ta (ko'rish)
◼️ Qo'shrabot tumanidan 1086 ta (ko'rish)
◼️ Narpay tumanidan 164 ta (ko'rish)
◼️ Payariq tumanidan 359 ta (ko'rish)
◼️ Pastdarg'om tumanidan 92 ta (ko'rish)
◼️ Paxtachi tumanidan 74 ta (ko'rish)
◼️ Samarqand tumanidan 59 ta (ko'rish)
◼️ Nurobod tumanidan 600 ta (ko'rish)
◼️ Urgut tumanidan 198 ta (ko'rish)
◼️ Toyloq tumanidan 12 ta (ko'rish)
◼️ Samarqand shahridan 1 ta (ko'rish)
◼️ Kattaqo'rg'on shahridan 238 ta (ko'rish)

🎞 Video-qo'llanma 👈

🤵🏻 "E-AUKSION" vakili: 99 207-36-07 ☎️
🤵🏻 "E-AUKSION" vakili: 99 207-26-07 ☎️

Samarqand Kadastr

06 Jan, 04:14


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastr atamalari


➡️ Obyektning kadastr raqami — yer uchastkasining, binoning yoki inshootning O‘zbekiston Respublikasi hududida takrorlanmaydigan o‘ziga xos raqami bo‘lib, ushbu raqam ko‘chmas mulkni shakllantirish chog‘ida beriladi va uning ro‘yxatdan o‘tkazilgan huquqning yagona obyekti sifatida mavjud bo‘lishi davrida saqlanib turadi.

💬 Asos: O'RQ-803 28.11.2022

#DavKadastrPalata #kadastr_atamalari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter

Samarqand Kadastr

05 Jan, 04:04


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌇🌇🌇🌇

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasining O'RQ-937-sonli Qonun ijrosini ta'minlash maqsadida 2025-yil yanvar oyida respublikaning barcha hududlarida o'tkaziladigan xatlovlar reja-grafigi bilan infografikalar orqali tanishib olishingiz mumkin.

#Kadastr_agentligi #infografika

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt

Samarqand Kadastr

04 Jan, 04:20


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🟦🟦🟦

YURTDOSHLARIMIZGA TAVSIYALAR!

☯️ Xabaringiz bor, O'RQ-937-sonli Qonuniga ko'ra, 2024-yilning 8-noyabridan respublika boʻyicha reja jadval asosida xatlov ishlari olib borilmoqda. Davlat kadastrlari palatasi vakillari mazkur jarayonni katta shijoat bilan olib borar ekanlar, xonadon sohiblari boʻlmish sizlardan ham bu jarayonda oʻz xissangizni qoʻshishingizni soʻraymiz. Qanday qilib deysizmi? 👇

📹 Mazkur videoni tomosha qiling!👆

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter

Samarqand Kadastr

03 Jan, 12:03


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🔺 OAV BIZ HAQIMIZDA

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasining 05.08.2024-yildagi O‘RQ-937-son QONUNi bilan fuqarolarni azal-azaldan tashvishga solib kelayotgan muammolariga yechim topildi desak mubolag'a bo'lmaydi. Aynan shu xususda 🌟Kadastr agentligi direktori o'rinbosari Abdushukur Abdullayevning "Ishonch" gazetasiga bergan intervyusida so'z boradi.

Batafsil: Ishonch.uz

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt

Samarqand Kadastr

03 Jan, 10:00


#Kadastr_manzillari #Bilasizmi

▶️Diqqat! Diqqat!
Hurmatli tadbirkorlar va fuqarolar!

🗺Sizlarga qulaylik yaratish maqsadida Samarqand viloyatida joylashgan kadastr idoralarining manzillarini taqdim qilamiz.

📍Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasining viloyat boshqarmalari


↖️ Samarqand shahar
↖️Kattaqoʻrgʻon shahar

📍Bulungʻur tumani
📍Ishtixon tumani
📍 Jomboy tumani
📍 Kattaqoʻrgʻon tumani
📍 Narpay tumani
📍 Nurobod tumani
📍 Oqdaryo tumani
📍 Pastdargʻom tumani
📍 Paxtachi tumani
📍 Payariq tumani
📍 Qoʻshrabot tumani
📍 Samarqand tumani
📍 Toyloq tumani
📍 Urgut tumani

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook

Samarqand Kadastr

01 Jan, 04:02


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

#Bayramtabrigi #Yangi_yil

Assalomu alaykum!

Kadastr sohasidagi barcha kasbdoshlarimizni, yurtdoshlarimizni va viloyatimiz mehmonlarini kirib kelayotgan 2025-yil bilan chin yurakdan tabriklayman.

Bugun butun Respublikamiz bo‘ylab bayram shukuhi kezib yuribdi. Yangi 2025-yil fayzli-barokatli, quvonchli onlarga boy, ezguliklarga to‘la yil bo‘lsin.  Shu fursatdan foydalanib Aziz vatandoshlarimizni, 2025-yilda rejalashtirgan ezgu niyatlari amalga oshishida Yaratgandan kuch-quvvat, sog‘lik va salomatlik, baxt-saodat, farovonlik va oilaviy tinchlik hamrohi bo‘lishini tilayman!

Hurmat bilan, Davlat kadastrlari palatasi
Samarqand viloyat boshqarmasi boshlig‘i
M.Kuvandiqov


Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook

Samarqand Kadastr

01 Jan, 03:33


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

#Bayramtabrigi #yangi_yil

Assalomu alaykum, aziz do‘stlar, hurmatli hamkasblar, qadrli yurtdoshlar!

Sizni va oila aʼzolaringizni kirib kelayotgan yangi yil bilan samimiy muborakbod etaman.Yangi 2025-yil fayzli-barakatli, quvonchli onlarga boy, ezguliklar yili bo‘lsin.Sizga sog‘lik, tinchlik, totuvlik va ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. 2025-yilda rejalashtirgan ishlaringizni amalga oshirishda sizga yaratgandan tuganmas aql-zakovat va kuch-quvvat tilab qolaman.

Buyuk va muqaddas Vatan — jonajon O‘zbekistonimiz osmoni hamisha musaffo bo‘lsin!

Hurmat bilan, Kadastr agentligi
Samarqand viloyat boshqarmasi boshlig‘i
F.M.Xudayqulov


Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook

Samarqand Kadastr

01 Jan, 03:04


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
#yangi_yil #2025

💐 YANGI YIL MUBORAK AZIZ YURTDOSHLAR! 💐

🌟Kadastr agentligi jamoasi barcha yurtdoshlarimizni Yangi yil bilan muborakbod etadi.

2025-yil “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili”da yangi marralar
va yangi g‘oyalar bilan kelajak sari intilib, har bir qadamda muvaffaqiyatga erishishingizga tilakdoshmiz!

Sog‘lom hayot, kuchli iroda bilan Ona vatanimiz yo‘lida xizmat qilishda qat’iylik hech birimizni tark etmasin.

Yangi yil barchangizga muborak bo‘lsin!

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt

Samarqand Kadastr

31 Dec, 19:03


Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон халқига Янги йил табриги

Новогоднее поздравление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Samarqand Kadastr

31 Dec, 19:00


Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон халқига Янги йил табриги

Новогоднее поздравление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Samarqand Kadastr

31 Dec, 18:10


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Qadrli hamyurtlar!


🇺🇿 Yurtimizda 2024-yil «Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili» sifatida yangi g‘oyalar, islohotlar va imkoniyatlarga boy bo‘ldi. Har bir yoshga o‘z maqsadlariga erishish, har bir tadbirkorga muvaffaqiyatli start berish uchun keng imkoniyatlar yaratildi.
Har bir islohotlar, yangi tashabbuslar va iqtisodiy o‘zgarishlar aholi farovonligini oshirishga, yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga va tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratildi. Xususan, kadastr sohasida ham bir qator yangi yutuqlar va innovatsion yechimlar amalga oshirildi.

😞😡😞😫-yil ham har bir yurtdoshimiz uchun yangi maqsadlarga, imkoniyatlarga boy va muvaffaqiyatlarga erishish yili bo‘lsin. Yangi yil sizga o‘z maqsadlaringiz sari dadil qadam tashlab, hayotingizda yangicha yuksalishlar va baxtli lahzalar yaratish imkonini olib kelsin. Har bir orzu va niyatlaringiz ro‘yobga chiqib, sizni yana yangi g‘alabalar sari yetaklasin.

💐 Barcha ezgu niyatlaringiz amalga oshib, har bir yangi kun sizni yanada yuqori cho‘qqilarga olib chiqsin! Yurtimizning ravnaqi yo‘lida qilgan barcha sa’y-harakatlaringizda omad yor bo‘lsin!

💐 Kirib kelayotgan 2025-yilingiz muborak bo'lsin!

Hurmat bilan
Davlat kadastrlari palatasi raisi
M.K.Valiyev

#DavKadastrPalata #tabrik #muhim_sana


Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter

Samarqand Kadastr

29 Dec, 03:59


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

⚡️ Kadastr xalq xizmatida

⚡️ Davlatimiz rahbari ilgari surgan “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi kerak” — degan tamoyili asosida Kadastr idoralarida ham bir qancha ishlar amalga oshirildi.

📃 Jumladan, Davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan yo‘lga qo‘yilgan “Kadastr xalq xizmatida” rubrikasi asosida aholimizni qiynab kelayotgan kadastr bilan bog‘liq muammolari “Mahallabay” va “Xonadonbay” tizimi orqali o‘rganilib o‘z yechimini topmoqda.

◼️Quyida joriy yil boshidan amalga oshirilgan ishlar soni:

▪️ Toyloq tumani
▪️ Ishtixon tumani
▪️ Pastdarg‘om tumani
▪️ Jomboy tumani 1, 2, 3
▪️ Paxtachi tumani
▪️ Samarqand shahar
▪️ Samarqand tumani
▪️ Kattaqo‘rg‘on shahar
▪️ Urgut tumani
▪️ Qo‘shrabot tumani
▪️ Payariq tumani

Samarqand Kadastr

28 Dec, 10:30


Президент Шавкат Мирзиёев Янги Тошкент ҳудудидаги қурилиш ва ободонлаштириш лойиҳалари билан танишмоқда

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Samarqand Kadastr

28 Dec, 09:55


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

2024 yilning so'nggi haftasida DKPga kelib tushgan haftalik murojaatlar

🌟 Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalariga aholidan 2024 yil, 23-27-dekabrda  jami  1 390 ta murojaatlar kelib tushgan. Ularni hududlar kesimida videoinfografika orqali tomosha qilishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #info #murojaatlar #haftalik_natijalar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter

Samarqand Kadastr

27 Dec, 12:54


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

2024-YIL YAKUNLARI SARHISOBI

Yil yakunida amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qilib, ijobiy natijalarni e’tirof etish kelgusi muvaffaqiyatlarning muhim omilidir.

📹 Ushbu videolavhada Davlat kadastrlari palatasining Samarqand viloyat boshqarmasi va uning tuman (shahar) filiallari tomonidan 2024-yil davomida viloyatda Kadastr sohasida olib borilgan ishlar, aholiga kadastr xizmatlarini ko‘rsatish yo‘lidagi sa’y-harakatlarga to‘xtalib o‘tmoqchimiz.

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook

Samarqand Kadastr

26 Dec, 12:30


#vakansiya #Samarqand
#Kadastr_agentligi

⚡️ SHOSHILING AYNAN SIZ BIZNING JAMOADA BO‘LISHINGIZ MUMKIN !

⭐️ Kadastr agentligi Samarqand viloyat boshqarmasi bilan Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamkorlikda quyidagi vakant lavozimga ochiq mustaqil tanlov eʼlon qiladi:

⭐️ Kadastr agentligi Kattaqo'rg'on shahar bo‘limi: yetakchi inspektori;

Hujjatlar 2024-yil 29-dekabrgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

📱 Hujjatlarni elektron yuborish tartibi bo‘yicha video qo‘llanma.

📱 Yagona identifikatsiya tizimi — id.egov.uz‘dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha video qo'llanma.

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook

Samarqand Kadastr

26 Dec, 10:01


Samarqand viloyatidan E-auksion.uz platformasi orqali tadbirkorlik va shaharsozlikga mo'ljanlangan yer uchastkalarini sotib oling!

🟢 Oqdaryo tumanidan 394 ta (ko'rish)
🟢 Bulung'ur tumanidan 274 ta (ko'rish)
🟢 Jomboy tumanidan 213 ta (ko'rish)
🟢 Ishtixon tumanidan 1014 ta (ko'rish)
🟢 Kattaqo'rg'on tumanidan 354 ta (ko'rish)
🟢 Qo'shrabot tumanidan 1151 ta (ko'rish)
🟢 Narpay tumanidan 117 ta (ko'rish)
🟢 Payariq tumanidan 383 ta (ko'rish)
🟢 Pastdarg'om tumanidan 72 ta (ko'rish)
🟢 Paxtachi tumanidan 69 ta (ko'rish)
🟢 Samarqand tumanidan 41 ta (ko'rish)
🟢 Nurobod tumanidan 700 ta (ko'rish)
🟢 Urgut tumanidan 221 ta (ko'rish)
🟢 Toyloq tumanidan 14 ta (ko'rish)
🟢 Samarqand shahridan 3 ta (ko'rish)
🟢 Kattaqo'rg'on shahridan 245 ta (ko'rish)

🎞 Video-qo'llanma 👈

🤵🏻 "E-AUKSION" vakili: 99 207-36-07 ☎️
🤵🏻 "E-AUKSION" vakili: 99 207-26-07 ☎️

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook

Samarqand Kadastr

26 Dec, 07:20


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

⭐️ Kadastr agentligida oliy ta’lim muassasalarining bitiruv kursi talabalari stajirovkasini tashkil etish bo‘yicha E’LON

Faoliyat yo‘nalishi:
yosh mutaxassislarni Agentlik tizimi xizmatiga tayyorlash, kasbiy faoliyat mas’uliyatini his etish va tajribali mutaxassislarning ish faoliyatini o‘rganish orqali oliy ta’lim muassasalarida olgan nazariy bilimlarini amaliy mustahkamlash;

Rasmiy talablar:
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;
oliy ta’lim muassasalarining kadastr va iqtisodiyot yo‘nalishlari bo‘yicha kunduzgi shaklining bakalavriat bosqichi bitiruv kurs talabalari;

Shuningdek:
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan;
belgilangan tartibda huquqiy layoqatsiz yoki huquqiy layoqati cheklangan deb e’tirof etilgan fuqarolar Kadastr agentligi tizimiga ishga qabul qilinmaydi.

Mehnat sharoiti:
Barcha mehnat sharoitlari yaratilgan zamonaviy idora;
ish rejimi: besh kunlik ish haftasi, ikki kun dam olish kunlari bilan (shanba, yakshanba);
bazaviy hisoblash miqdorining uch barobarigacha miqdorda haq to‘lanadi;

Murojaat muddati va manzil:
nomzodlar o‘qish joyidan ma’lumotnoma, ma’lumotnoma-ob’yektivka, pasport nusxasi va telefon raqamini Kadastr agentligining “[email protected]” elektron pochtasiga 2025-yil 10-yanvar kuniga qadar yuborish lozim (ma’lumot uchun telefon: 71-202-55-65 (1)).

🗣Stajirovkaga qabul qilish tartibi va savollar ro‘yxati bilan 🌟 Kadastr agentligining rasmiy 🌐 Telegram kanali orqali tanishishingiz mumkin.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt

Samarqand Kadastr

25 Dec, 07:00


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

💠 OAV BIZ HAQIMIZDA

🌏 “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlangan reja-jadval asosida hududlarda xatlov jarayonlari o‘tkazilmoqda.

📹 "Sevimli" telekanalining "Zamon" informatsion dasturida Samarqand viloyatida bu borada amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z boradi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt

Samarqand Kadastr

25 Dec, 06:20


#Kadastr_manzillari #Bilasizmi

▶️Diqqat! Diqqat!
Hurmatli tadbirkorlar va fuqarolar!

🗺Sizlarga qulaylik yaratish maqsadida Samarqand viloyatida joylashgan kadastr idoralarining manzillarini taqdim qilamiz.

📍Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasining viloyat boshqarmalari


↖️ Samarqand shahar
↖️Kattaqoʻrgʻon shahar

📍Bulungʻur tumani
📍Ishtixon tumani
📍 Jomboy tumani
📍 Kattaqoʻrgʻon tumani
📍 Narpay tumani
📍 Nurobod tumani
📍 Oqdaryo tumani
📍 Pastdargʻom tumani
📍 Paxtachi tumani
📍 Payariq tumani
📍 Qoʻshrabot tumani
📍 Samarqand tumani
📍 Toyloq tumani
📍 Urgut tumani

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook

Samarqand Kadastr

24 Dec, 15:30


Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Янги йил байрамини нишонлаш даврида қўшимча ишланмайдиган кунни белгилаш ва дам олиш кунини кўчириш тўғрисида”ги қарори

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Samarqand Kadastr

24 Dec, 12:01


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🔴 SAMARQANDDA XATLOV JARAYONLARI

🗓 Xabaringiz bor 8-noyabrdan “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonun kuchga kirdi.

⭐️ Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlangan reja-jadval asosida Samarqand viloyatining tuman, shaharlarida ham xatlov ishlari olib borilmoqda.

▶️ Foto: 📍 Oqdaryo tumani "Paxtaobod" mahallasida xatlov jarayonlari.

#Kadastr #xatlov #Qonun_937

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook

Samarqand Kadastr

24 Dec, 10:01


Urgut tumanida o‘tkaziladigan xatlov ishlari bo’yicha reja-jadval

📆 O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarni bosqichma-bosqich xatlovdan o‘tkazishning Urgut tumani hududi uchun reja-jadval.

❗️ Eslatma, mazkur reja-jadval 2024-2025 yillar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, sizning mahallangiz nomi chiqmasa, xavotirga tushmang. Demak, sizning mahallangiz 2025-yildan keyingi bosqichda xatlovdan o’tkaziladi.

Rasmiy sahifalarimiz 👇

Telegram 📹 YouTube 💬 Facebook

Samarqand Kadastr

24 Dec, 09:00


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DIQQAT E’LON!

🇺🇿 Sizning O‘zbekiston Respublikasining 937-sonli Qonuni bo‘yicha savol va murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi mutasaddilari ishtirokida onlayn audio muloqot o‘tkaziladi.

👔Mavzu: "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e‘tirof etishning huquqiy asoslari va ahamiyati"

▶️ Jonli efir TELEGRAM platformasi orqali o‘tkaziladi.

🗓 Vaqti: 2024-yil 24-dekabr, soat 15:00 da

#DavKadastrPalata #ochiq_muloqot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter