𝑺𝑨𝑴𝑩𝑯𝑹𝑨𝑴 𝑼𝑵𝑰𝑽𝑬𝑹𝑺𝑰𝑻𝒀 / Rasmiy kanal @sambhramuniversityjizzakh Channel on Telegram

𝑺𝑨𝑴𝑩𝑯𝑹𝑨𝑴 𝑼𝑵𝑰𝑽𝑬𝑹𝑺𝑰𝑻𝒀 / Rasmiy kanal

@sambhramuniversityjizzakh


𝑱𝒊𝒛𝒛𝒂𝒙 𝒔𝒉𝒂𝒉𝒂𝒓 𝑺𝒂𝒎𝒃𝒉𝒓𝒂𝒎 𝑼𝒏𝒊𝒗𝒆𝒓𝒔𝒊𝒕𝒆𝒕𝒊🏛

▫️t.me/SambhramUniversityJizzakh

▫️http://surl.li/uvwmts

Murojat uchun: @shuxrat_broo

📍 3, Hamraqul Nosirov street , Jizzax “SAMBHRAM”

𝑺𝑨𝑴𝑩𝑯𝑹𝑨𝑴 𝑼𝑵𝑰𝑽𝑬𝑹𝑺𝑰𝑻𝒀 (English)

Welcome to Sambhram University Jizzakh Channel! 🏛 Are you interested in staying updated with the latest news and events at Sambhram University in Jizzakh, Uzbekistan? Look no further than our Telegram channel! Stay connected with us by joining our channel at t.me/SambhramUniversityJizzakh or visit our website at http://surl.li/uvwmts. For any inquiries, feel free to contact @shuxrat_broo. 📍 Visit us at 3, Hamraqul Nosirov street, Jizzax to explore all that 'SAMBHRAM' has to offer. Join us today and be a part of the vibrant Sambhram University community in Jizzakh!

𝑺𝑨𝑴𝑩𝑯𝑹𝑨𝑴 𝑼𝑵𝑰𝑽𝑬𝑹𝑺𝑰𝑻𝒀 / Rasmiy kanal

07 Feb, 09:58


Jizzax Sambhram universiteti bilan yaqindan tanishish maqsadida 1-maktab bitiruvchilari tashrif buyurishdi.

Bizni kuzatib boring:                                   
Telegram | Facebook | Instagram

𝑺𝑨𝑴𝑩𝑯𝑹𝑨𝑴 𝑼𝑵𝑰𝑽𝑬𝑹𝑺𝑰𝑻𝒀 / Rasmiy kanal

06 Feb, 15:22


Sambhram universiteti faollar zalida viloyat hokimining oʼrinbosari А.Savurbaev rahbarligida joriy yilning 1-28-fevral kunlari olib boriladigan “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish” kompleks tezkor-profilaktik chora-tadbirlari yuzasidan yigʼilish oʼtkazildi.

Bizni kuzatib boring:                                   
Telegram | Facebook | Instagram

𝑺𝑨𝑴𝑩𝑯𝑹𝑨𝑴 𝑼𝑵𝑰𝑽𝑬𝑹𝑺𝑰𝑻𝒀 / Rasmiy kanal

06 Feb, 07:18


Jizzax Sambhram universitetida INGLIZ tili📕 bo'yicha qo'shimcha kurslar tashkil etildi.

Kurslar soha mutaxassislari va tajribali xorij o'qituvchilar👩🏻‍🏫 tomonidan olib boriladi, talabalarga yordam berish uchun qo'shimcha materiallar📝 va ta'lim resurslari taqdim etiladi📖📘

Murojat uchun: @HilolaNadirova
Tel: +99872-221-58-68

Bizni kuzatib boring:                                   
Telegram | Facebook | Instagram

𝑺𝑨𝑴𝑩𝑯𝑹𝑨𝑴 𝑼𝑵𝑰𝑽𝑬𝑹𝑺𝑰𝑻𝒀 / Rasmiy kanal

05 Feb, 11:50


Sambhram universitetida 10-fevraldan boshlab kunduzgi ta'lim talabalari uchun o'quv darslari boshlanadi, shu boisdan TTJda istiqomat qiluvchi talabalar uchun yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor Dilshod Kamilov TTJ ning sharoitlarini ko'zdan kechirib, kamchiliklarni to'g'rilashini aytib o'tdilar.

Bizni kuzatib boring:                                   
Telegram | Facebook | Instagram

𝑺𝑨𝑴𝑩𝑯𝑹𝑨𝑴 𝑼𝑵𝑰𝑽𝑬𝑹𝑺𝑰𝑻𝒀 / Rasmiy kanal

05 Feb, 04:56


#QVZ
#Zoʻr_Zoʻr

Siz kutgan kun keldi.
14-15-Fevral kunlari Shahrimizning istidodli yoshlaridan tashkil topgan Oliy liga Yarim final ishtirikchisi Zo'r Zo'r jamoasini 10 yillik SHOU dasturiga barchani taklif qiladi. . .

Murojatlar uchun telefonlar:
📞 +998 90 516 63 32
📞 +998 93 266 86 76

𝑺𝑨𝑴𝑩𝑯𝑹𝑨𝑴 𝑼𝑵𝑰𝑽𝑬𝑹𝑺𝑰𝑻𝒀 / Rasmiy kanal

05 Feb, 02:57


Operator-transkriber (tarjimon)

🏢 Tashkilot: SBL company
📚 Talab: Rus tili yoki ingliz tilida erkin so’zlashish va yoza bilish (C1 daraja)
🌐 Hudud: Jizzax shahri
🕰 Ish vaqti: kelishiladi
💰 Maosh: suhbat asosida
📞 Bog'lanish: +998 (90) 311 0097

Quyidagi havola orqali ma’lumotlaringizni to’ldiring!

@https://t.me/ItPark_Jizzax

𝑺𝑨𝑴𝑩𝑯𝑹𝑨𝑴 𝑼𝑵𝑰𝑽𝑬𝑹𝑺𝑰𝑻𝒀 / Rasmiy kanal

31 Jan, 11:57


Sambhram universiteti 2024-2025 o'quv yilining qishgi simestor yakuniy (so'ngi) imtixon jarayonlaridan lavhalar.

Bizni kuzatib boring:                                   
Telegram | Facebook | Instagram

𝑺𝑨𝑴𝑩𝑯𝑹𝑨𝑴 𝑼𝑵𝑰𝑽𝑬𝑹𝑺𝑰𝑻𝒀 / Rasmiy kanal

28 Jan, 12:40


PROFESSOR-OʻQITUVCHILARNING TAJRIBA ALMASHINUVI, XALQARO O’QUV SEMINARLAR TASHKIL ETISH, YOSHLARNI TADBIRKORLIKGA QIZIQTIRISH VA ZAMONAVIY KASBLARNI O'RGANISHNI YANADA KUCHAYTIRISH MAQSADIDA O‘ZBEKISTON RESPUBILKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI BIZNES VA TADBIRKORLIK OLIY MAKTABI JIZZAX VILOYATI HUDUDIY FILYALI HAMDA SAMBHRAM UNIVERSITETI O’RTASIDA O’ZARO ANGLASHUV VA HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI.

Bizni kuzatib boring:                                   
Telegram | Facebook | Instagram

𝑺𝑨𝑴𝑩𝑯𝑹𝑨𝑴 𝑼𝑵𝑰𝑽𝑬𝑹𝑺𝑰𝑻𝒀 / Rasmiy kanal

28 Jan, 11:28


JDPUda «Ma’rifatli ayol-farovon jamiyat tayanchi» mavzusida konferensiya o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi huzuridagi “Ayol ma’rifati” nomli ilmiy-ijodiy soha vakillaridan iborat Jamoatchilik kengashi tomonidan tashkillashtirilgan “Ma’rifatli ayol-farovon jamiyat tayanchi” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiyada viloyatimizdagi barcha OTMlardan hamda Sambhram universitetidan olima, ijodkor xotin-qizlar ishtirok etishdi.

Bizni kuzatib boring:                                   
Telegram | Facebook | Instagram

𝑺𝑨𝑴𝑩𝑯𝑹𝑨𝑴 𝑼𝑵𝑰𝑽𝑬𝑹𝑺𝑰𝑻𝒀 / Rasmiy kanal

27 Jan, 04:08


Jizzax Sambhram universiteti jamoasi shaxmat bo'yicha Respublika birinchiligi musobaqasiga kelgan Namangan delegatsiyasini kutib olishdi.

Bizni kuzatib boring:                                   
Telegram | Facebook | Instagram

𝑺𝑨𝑴𝑩𝑯𝑹𝑨𝑴 𝑼𝑵𝑰𝑽𝑬𝑹𝑺𝑰𝑻𝒀 / Rasmiy kanal

25 Jan, 17:36


📣 Jizzaxda kitob taqdimoti!

28-yanvar, soat 11:00 da Jizzax shahar SAMBHRAM universitetida Komil Sindarovning «QABOHAT GIRDOBI» kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tadi.

🔥 Taqdimot kuni yozuvchiga o‘zingizni qiziqtirgan savollarni berish, muallifdan dastxat olish va «omadli ishtirokchi» sifatida yozuvchi tomonidan taqdim etilgan yangi kitoblarga ega bo‘lish imkoniyati bor.


📆 28-yanvar
Soat 11:00 da

📍 Jizzax shahar SAMBHRAM universiteti

Bizni kuzatib boring:                                   
Telegram | Facebook | Instagram

𝑺𝑨𝑴𝑩𝑯𝑹𝑨𝑴 𝑼𝑵𝑰𝑽𝑬𝑹𝑺𝑰𝑻𝒀 / Rasmiy kanal

21 Jan, 13:25


Sambhram universitetida Kengash yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Kengash kun tartibida quydagi masalalar ko’rildi:

1 Talabalar turar joyidagi shart-sharoitlarni muntazam ravishda o‘rganib borish. Ularga darsdan so‘ng o‘z ustilarida ishlashlari uchun barcha kerakli sharoit va jihozlar bilan ta’minlashi.

2. Universitetning Hindiston Bangalor shtatida joylashgan IT Instituti bilan tuzilgan “qo‘shma ta‘lim” dasturi bo‘yicha reja ishlab chiqish, universitet talabalarini tanlov asosida Hindistonga o‘qishga yuborish.

3. Universitet IT laboratoriyasida axborot texnologiyalari fanlari o‘tilishi, talabalarni bo‘sh vaqtlarida o‘z ustilarida ishlashlari uchun qo‘shimcha darslarni joriy qilish

4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-apreldagi “Ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotgan iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 222-son qarori ijrosi.

Bizni kuzatib boring:                                   
Telegram | Facebook | Instagram

𝑺𝑨𝑴𝑩𝑯𝑹𝑨𝑴 𝑼𝑵𝑰𝑽𝑬𝑹𝑺𝑰𝑻𝒀 / Rasmiy kanal

21 Jan, 09:55


Tarbiya biz uchun yo hayot yo mamot masalasidir.

Joriy yilning 20-yanvar sanasida Sambhram universiteti talabalar turar joyida B.Tech fakulteti dekan oʻrinbosari M.Sidikov talablar bilan ochiq muloqot oʻtkazdi. Ochiq muloqotdan asosiy maqsad talabalarni qiynab kelayotgan ayrim muomalaga birgalikda yechim topish ularni vaqtida bartaraf etishdir.

Bizni kuzatib boring:                                   
Telegram | Facebook | Instagram

𝑺𝑨𝑴𝑩𝑯𝑹𝑨𝑴 𝑼𝑵𝑰𝑽𝑬𝑹𝑺𝑰𝑻𝒀 / Rasmiy kanal

17 Jan, 05:28


2025 yil davomida haftaning har juma kuni respublikamizning barcha hududlarida “Milliy qadriyatlar kuni” o‘tkazilishi munosabati bilan, Jizzax Sambhram universitetida haftaning har juma kunlari "O‘zbek milliy liboslari kuni" bo‘lib o‘tadi. Shu munosabati bilan barcha ayol professor-o‘qituvchilar hamda talaba-qizlar har juma kunlari davomida universitetga milliylik va zamonaviylikni o‘zida mujassam etgan, qulay va behasham liboslarda kelishlari, milliy liboslar chellenj, videoroliklar tanlovida ishtirok etishlari mumkin.

G‘oliblar ma’muriyat tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Bizni kuzatib boring:                                   
Telegram | Facebook | Instagram

𝑺𝑨𝑴𝑩𝑯𝑹𝑨𝑴 𝑼𝑵𝑰𝑽𝑬𝑹𝑺𝑰𝑻𝒀 / Rasmiy kanal

15 Jan, 13:46


Sambhram universiteti rektori D. Xusanov BBA 202-guruh talabasi Karimov Umidjonni Jizzax viloyatida sportning Dzyu-do🤼‍♂️ turi bo‘yicha Erkaklar va ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqada faxrli 1-o‘rinni🥇 egallagani bilan tabrikladi hamda Qozog‘iston Respublikasida o‘tkaziladigan Xalqaro musobaqada ham yurtimiz bayrog‘ini🇺🇿 yuqori ko‘tarishini aytib omad tiladi.

Bizni kuzatib boring:                                   
Telegram | Facebook | Instagram

𝑺𝑨𝑴𝑩𝑯𝑹𝑨𝑴 𝑼𝑵𝑰𝑽𝑬𝑹𝑺𝑰𝑻𝒀

14 Jan, 04:25


Hurmatli Vatan himoyachilari! Yurtimizning mard va jasur oʻgʻlonlari!

Jizzax Sambhram universiteti Siz azizlarni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 33 yilligi hamda 14-yanvar "Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan samimiy qutlaydi!

Siz borki, hayot yoʻlimiz charogʻon, tinch osmon ostida baxtli bolalar kulgusi jarang sochadi.

Yurtboshimiz ta’biri bilan aytganda, biz sizlar kabi botir va dovyurak ona yurt farzandlari – Vatanimizning haqiqiy posbonlari bilan haqli ravishda faxrlanamiz.

Barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt va saodat, sharafli va mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan zafarlar yor boʻlsin. Yurtimiz taraqqiyoti va tinchligi yo‘lida amalga oshirayotgan zaxmatli mehnatingiz yo‘lida hamisha sobit qadam bo‘ling!


Bizni kuzatib boring:                                   
Telegram | Facebook | Instagram

𝑺𝑨𝑴𝑩𝑯𝑹𝑨𝑴 𝑼𝑵𝑰𝑽𝑬𝑹𝑺𝑰𝑻𝒀

12 Jan, 11:09


Jizzax Sambhram universiteti kiber sport bo'yicha talaba qizlardan tashkil topgan jamoasi Subhidam ko'rsatuvi mehmoni bo'lishdi.

Bizni kuzatib boring:                                   
Telegram | Facebook | Instagram

𝑺𝑨𝑴𝑩𝑯𝑹𝑨𝑴 𝑼𝑵𝑰𝑽𝑬𝑹𝑺𝑰𝑻𝒀

11 Jan, 07:12


Jizzax shahridagi Sambhram universitetida talaba yoshlarni giyohvandlikka qarshi immunitetni shakllantirishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda universitetning talabalari, professor-o‘qituvchilar hamda yoshlar tashkilotlari vakillari ishtirok etdilar.

Seminarda, giyohvandlikning salbiy ta'sirlari, uning inson organizmiga va jamiyatga zararli oqibatlari haqida ma'ruzalar tinglandi. Mutaxassislar giyohvandlikka qarshi kurashish, yoshlar orasida ongli qarorlar qabul qilish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish zarurligi haqida fikr almashdilar.

Shuningdek, seminar davomida giyohvandlikning oldini olish va unga qarshi immunitetni shakllantirish uchun samarali usullar, psixologik qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy yordam tizimlarini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

Bizni kuzatib boring:                                   
Telegram | Facebook | Instagram

𝑺𝑨𝑴𝑩𝑯𝑹𝑨𝑴 𝑼𝑵𝑰𝑽𝑬𝑹𝑺𝑰𝑻𝒀

10 Jan, 11:39


Sambhram universitetining professor o'qituvchilar va talabalar o'rtasida shaxmat bo'yicha musobaqa bo'lib o'tdi.

Bizni kuzatib boring:                                   

Telegram | Facebook | Instagram

𝑺𝑨𝑴𝑩𝑯𝑹𝑨𝑴 𝑼𝑵𝑰𝑽𝑬𝑹𝑺𝑰𝑻𝒀

10 Jan, 04:53


#Milliy_qadriyatlar_kuni
#Chellenge_Tanlov
#Milliy_libos_millat_faxri

Hurmatli go‘zal ayol va qizlarimiz!

2025 yil davomida haftaning har juma kuni respublikamizning barcha hududlarida “Milliy qadriyatlar kuni” o‘tkazilishi munosabati bilan, Jizzax Sambhram universitetida haftaning har juma kunlari "O‘zbek milliy liboslari kuni" bo‘lib o‘tadi. Shu munosabati bilan barcha ayol professor-o‘qituvchilar hamda talaba-qizlar har juma kunlari davomida universitetga milliylik va zamonaviylikni o‘zida mujassam etgan, qulay va behasham liboslarda kelishlari, milliy liboslar chellenj, videoroliklar tanlovida ishtirok etishlari mumkin.

G‘oliblar ma’muriyat tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Bizni kuzatib boring:                                   
Telegram | Facebook | Instagram

𝑺𝑨𝑴𝑩𝑯𝑹𝑨𝑴 𝑼𝑵𝑰𝑽𝑬𝑹𝑺𝑰𝑻𝒀

09 Jan, 18:44


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni yuqori saviyada oʻtkazish toʻgʻrisida”gi 2024-yil 12-dekabrdagi F-62-sonli farmoyishi bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi
Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni
bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish DASTURIning 33-bandida Fransiyada oʻtkazilgan “Parij-2024” yozgi olimpiada va paralimpiya oʻyinlarida mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilgan sportchilar, shuningdek, xalqaro armiya oʻyinlarida gʻolib boʻlgan harbiy xizmatchilar ishtirokida harbiy qism va muassasalarda, taʼlim
muassasalari va mehnat jamoalarida harbiy-vatanparvarlik mavzusida uchrashuv va davra suhbatlarini oʻtkazish vazifalari belgilangan.  Shu munosabat bilan Sambhram universitetida xalqaro armiya o'yinlari g'oliblari,qo'l jangi bo'yicha jaxon chempioni hamda talabalar bilan uchrshuv bo'lib o'tdi

𝑺𝑨𝑴𝑩𝑯𝑹𝑨𝑴 𝑼𝑵𝑰𝑽𝑬𝑹𝑺𝑰𝑻𝒀

30 Dec, 02:46


🟢🟢🟢🟢🟢🟢🟢🟢🟢🟢
📌26-dekabr kuni Qozon federal universitetining imperatorlar zalida ilmiy kengashning yakuniy yiĝilishi bòlib òtdi an'anaga kòra yangi yil arafasida KFU rektori Lenar Safin universitetning eng yaxshi xodimlarini Rossiya Federatsiyasi va Tatariston respublikasining idoraviy va hukumat mukofotlari bilan taqdirlash marosimini tantanali òtkazdi.
📌Shuningdek uchrashuv davomida Qozon federal universiteti rektori Lenar Safin Jizzax Sambhram universiteti Kuzatuv Kengashi raisi E.A.Saliyevga Qozon universiteti "Faxriy doktori" unvonini topshirdi.
📌Darvoqe Ergash Saliyev Rossiya va Òzbekiston òrtasidagi xalqaro gumanitar hamkorlikni rivojlantirishga munosib hissa qòshdi, jumladan Òzbekiston va Tatariston òrtasida fan va ta'lim sohasidagi sheriklikning rivojlanishi natijasida Òzbekiston respublikasida KFU filiali ochildi.
Universitet jamoasi kengash raisi E.A.Saliyevni yuksak yutuqlari bilan muborakbod etadi.

𝑺𝑨𝑴𝑩𝑯𝑹𝑨𝑴 𝑼𝑵𝑰𝑽𝑬𝑹𝑺𝑰𝑻𝒀

28 Dec, 08:04


🎄Bugun “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan ayollar internatida Yangi yil munosabati bilan nogironligi bo‘lgan ayollar o'zlarining qo'l mehnati bilan tayorlashgan mahsulotlarini ko'rgazmasi bolib o'tdi.

🎅🏻Ma’sullar bilan birgalikda “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan ayollar internat uyi dastlab yig'ilgan mehmonlar uchun sahna ko'rinishlari, quvnoq raqslar namoyish etildi.

🔆 Tadbirning ikkinchi qismida shifo maskanidagi vasiylikka olingan ayollar tomonidan qo'l mehnati yordamida tayyorlangan zebu-ziynatlar, taqinchoqlar va yangi yil sovg'alari ko'rgazmasi bo'lib o'tdi.


Bizni kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Instagram

𝑺𝑨𝑴𝑩𝑯𝑹𝑨𝑴 𝑼𝑵𝑰𝑽𝑬𝑹𝑺𝑰𝑻𝒀

27 Dec, 14:40


Yangi yil munosabati bilan Jizzax Sambhram universiteti rektori tomonidan yangi yil bayrami nishonlandi.🎄

𝑺𝑨𝑴𝑩𝑯𝑹𝑨𝑴 𝑼𝑵𝑰𝑽𝑬𝑹𝑺𝑰𝑻𝒀

26 Dec, 09:59


Sambhram universiteti yoshlar massalar va maʼnaviy-maʼrifiy masalalar bo‘yicha birinchi prorektor "Muruvvat" nogironligi bo‘lgan ayollar internat uyi mehmoni bo‘ldi.

Jizzax Sambhram universiteti rahbariyati va bir qator tashkilot rahbarlari. vakillar dastlab “Muruvvat” internat uyida yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishdi. Tashrif so'ngida bayram munosabati bilan tashkil etilgan sovg‘alar vasiylikka olinib istiqomat qilayotgan ayollarga topshirildi.


Bizni kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Instagram

𝑺𝑨𝑴𝑩𝑯𝑹𝑨𝑴 𝑼𝑵𝑰𝑽𝑬𝑹𝑺𝑰𝑻𝒀

24 Dec, 16:15


⚡️“Yoshlar Forumi 2024” doirasida “Jizzax shahar yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida gala konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.

🇺🇿 Jizzax yoshlari | Yoshlar ittifoqi

Bizning sahifalarimiz:

💬Telegram 📷Instagram 💬Facebook

𝑺𝑨𝑴𝑩𝑯𝑹𝑨𝑴 𝑼𝑵𝑰𝑽𝑬𝑹𝑺𝑰𝑻𝒀

24 Dec, 14:52


Jizzax shahar yoshlari uchun o‘zgacha konsert dasturi tashkil etildi.

⚡️“Yoshlar Forumi 2024” doirasida “Jizzax shahar yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida gala konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.

🔷Dastur davomida joriy yil mobaynida samarali faoliyat olib borgan oliy ta’lim muassasasidagi boshlang‘ich tashkilot yetakchilari munosib taqdirlandi.

#Yoshlarforumi2024

Bizni kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Instagram

𝑺𝑨𝑴𝑩𝑯𝑹𝑨𝑴 𝑼𝑵𝑰𝑽𝑬𝑹𝑺𝑰𝑻𝒀

24 Dec, 12:49


Sambhram universitetiga yozuvchi, shoir hamda tarjimon Nurali Qobil va Pedagogika, falsafa, filalogiya fanlari doktori, professor Mo'min Hoshimxonov tashrif buyurib universitet rektori D. Xusanov boshchiligida talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar hamda taʼlim sifati bilan yaqindan tanishdi.

Bizni kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Instagram

𝑺𝑨𝑴𝑩𝑯𝑹𝑨𝑴 𝑼𝑵𝑰𝑽𝑬𝑹𝑺𝑰𝑻𝒀

08 Dec, 12:39


🔹Bugun O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 32 yilligi munosabati bilan Jizzax viloyati hokimligi katta majlislar zalida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

🔹Mazkur bayram tadbirida Sambhram universiteti jamoasi ham munosib ishtirok etdi.

Bizni kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Instagramv

𝑺𝑨𝑴𝑩𝑯𝑹𝑨𝑴 𝑼𝑵𝑰𝑽𝑬𝑹𝑺𝑰𝑻𝒀

08 Dec, 09:30


8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni!

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bilan barchani samimiy muborakbod etamiz!

Bosh qomusimiz – mustaqillik, adolat va qonun ustuvorligining muqaddas ramzi. U bizga erkin va farovon hayot, yorqin kelajak sari ishonch bag‘ishlaydi. Bayram barchamizga baxt, tinchlik va farovonlik olib kelsin!

Bizni kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Instagramv

𝑺𝑨𝑴𝑩𝑯𝑹𝑨𝑴 𝑼𝑵𝑰𝑽𝑬𝑹𝑺𝑰𝑻𝒀

07 Dec, 15:53


🔹O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 32 yilligi munosabati bilan Jizzax shahridagi Sambhram universitetining majlislar zalida bayram tadbiri tashkil etildi.

🔹Tadbirni Sambhram universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori N.Saliyeva ochib berdi.

🔹Mazkur bayram tadbirida Jizzax viloyati sudyasi L. Halitova, Jizzax viloyati hokimligi bosh yuristi G. Kamalovnalar ishtir etishdi.

🔹Tadbirda insholar tanlovi g‘oliblari va tadbir ishtirokchilari esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.

Bizni kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Instagramv

𝑺𝑨𝑴𝑩𝑯𝑹𝑨𝑴 𝑼𝑵𝑰𝑽𝑬𝑹𝑺𝑰𝑻𝒀

07 Dec, 07:44


#BiznesMarafonFinal #Jizzax

🙋 Jizzaxlik yoshlar, Finalga tayyormisiz?

🗺 Yurtimizning barcha hududlarida oʻtkazilgan “BIZNES MARAFON 5.0” loyihasining final bosqichiga ham yetib keldik.

👋 Biznes olamiga kirishni niyat qilganlarni, 12-dekabr kuni soat 14:00 da Jizzax shahridagi kibersport arenasiga taklif etamiz!

🔎 Tadbirda ishtirok etish mutlaqo bepul!

👤 Biznes marafonda ishtirok etish uchun telegramdagi t.me/biznesmarafon_bot orqali ro‘yxatdan o‘ting!

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube

𝑺𝑨𝑴𝑩𝑯𝑹𝑨𝑴 𝑼𝑵𝑰𝑽𝑬𝑹𝑺𝑰𝑻𝒀

07 Dec, 02:46


Sambhram universiteti jamosi butun xalqimizni
8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bilan tabriklaydi.

Bizni kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Instagramv

𝑺𝑨𝑴𝑩𝑯𝑹𝑨𝑴 𝑼𝑵𝑰𝑽𝑬𝑹𝑺𝑰𝑻𝒀

06 Dec, 08:16


Ассалому алайкум ҳурматли вилоятимиз аҳли! Бошланган кунингиз хайрли бўлсин!

Каналда Жиззах вилоятидаги энг яхши олий ўқув юрти қайси сўровномаси ўтказилди.

Овоз бериш 2024 йилнинг 5 декабрь соат 23-59 гача давом этди.

Jizzax.uz боти орқали ўтказилган сўровномада энг кўп 9737 овозни Sambraham университети тўплади.

Сўровномада ғолиб бўлган Олий ўқув юрти вилоят ҳокими томонидан эътироф этилади!

🇺🇿Kanalga ulanish:
@ergashsaliyev

𝑺𝑨𝑴𝑩𝑯𝑹𝑨𝑴 𝑼𝑵𝑰𝑽𝑬𝑹𝑺𝑰𝑻𝒀

04 Dec, 12:42


O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligiga bag‘ishlab universitet talabalari o‘rtasida “Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi” mavzusida talabalar o'rtasida insholar tanlovi bo'lib o'tdi.

Natijalar 6 dekabr kuni e'lon qilinadi
.

Bizni kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Instagramv

𝑺𝑨𝑴𝑩𝑯𝑹𝑨𝑴 𝑼𝑵𝑰𝑽𝑬𝑹𝑺𝑰𝑻𝒀

04 Dec, 11:46


Bugun "Sambhram" universitetida "Zo'ravonlikka qarshi kurash va gender  tengligi" mavzusida trening o'tkazildi.

Bu dolzarb mavzuni yoritib berish uchun Jizzax violyati teleradiokompaniyasidan katta muharir Latofat Murodova ,  Jizzax viloyati  "Qalb nuri - ayollar va ularning   oilalarini himoya qilish markazi" raxbari  Nodira Alimova, Gender masalalari bo'yicha expert, psiholog  Mavluda Xolmirzayevalar universitetimizga tashrif buyurdilar.

Bizni kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Instagramv

𝑺𝑨𝑴𝑩𝑯𝑹𝑨𝑴 𝑼𝑵𝑰𝑽𝑬𝑹𝑺𝑰𝑻𝒀

03 Dec, 04:58


🚀 “Yosh ixtirochi” Ko‘rik-Tanlovi! 🧠💡

👩‍🔬 Sizda innovatsion g‘oya bormi?
🌱 Yangi texnologiyalar yaratishga tayyormisiz?

📅 Sanasi: 12.12.2024
Vaqti: 10:00 - 16:00

Tanlov uchun ro`yxatdan o`tish muddati:
🗓10.12.2024 🕒 00:00

Kimlar ishtirok etishi mumkin?
18-30 yoshdagi yoshlar
Yakka yoki 3 kishilik jamoalar
Innovatsion loyihalar bilan

Tanlovning maqsadi:
🎯 Ilmiy va texnik ijodkorlikni rivojlantirish
💡 Innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash
🌍 Yangi texnologiyalarni jamiyatga joriy etish

Baholash mezonlari:
🔧 Ilmiy ijodkorlik
💡 Innovatsion yondashuv
🌍 Amaliy ahamiyat
📲 Ro‘yxatdan o‘tish

Tanlov ishtirokchilari uchun Telagram kanalga qo`shilish :
https://t.me/+MknNG_yy0K04NjUy

𝑺𝑨𝑴𝑩𝑯𝑹𝑨𝑴 𝑼𝑵𝑰𝑽𝑬𝑹𝑺𝑰𝑻𝒀

02 Dec, 03:30


🎉 Tug'ilgan kuningiz muborak bo'lsin!

Bugun Sambhram universitetida o'z tug'ilgan kunlarini nishonlamoqdalar:

• Normatov Shuxrat —Jizzax Sambhram universiteti matbuot kotibi.

Universitet rivoji uchun qo‘shayotgan hissangizni qadrlaymiz. Yaqinlaringiz baxtiga doimo salomat bo‘ling!

Bizni kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Instagramv

𝑺𝑨𝑴𝑩𝑯𝑹𝑨𝑴 𝑼𝑵𝑰𝑽𝑬𝑹𝑺𝑰𝑻𝒀

01 Dec, 12:01


Университетимиз ректори физика-математика фанлари доктори, профессор Д.Хусановнинг навбатдаги «Математик атамаларнинг минимал изохли лугати» номли китоби нашрдан чикканлиги муносабати билан Тошкент Давлат техника университети «Олий математика» кафедраси доценти Алишер Нарзиевич ташриф буюриб университет моддий техник базаси ва укув жараёнлари билан танишиб чикди.

Bizni kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Instagramv

𝑺𝑨𝑴𝑩𝑯𝑹𝑨𝑴 𝑼𝑵𝑰𝑽𝑬𝑹𝑺𝑰𝑻𝒀

21 Nov, 06:25


Sirtqi ta'lim.

Sambhram universiteti rektori D.Xusanov Sirtqi taʼlim yo‘nalishida tahsil oluvchi talabalar bilan suhbatlashdi va darslar jarayonini o‘rgandi.

Bizni kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Instagramv

𝑺𝑨𝑴𝑩𝑯𝑹𝑨𝑴 𝑼𝑵𝑰𝑽𝑬𝑹𝑺𝑰𝑻𝒀

21 Nov, 06:13


Jizzax Sambhram universitetida 1-kurs talabalar o`rtasida nizolarga sabab bo`ladigan va shaxs ruhiyatiga salbiy tasir qiladigan vaziyatlar bo`yicha seminar trening tashkil etildi.

Universitet Psixologi S.Nomozov

Bizni kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Instagramv

𝑺𝑨𝑴𝑩𝑯𝑹𝑨𝑴 𝑼𝑵𝑰𝑽𝑬𝑹𝑺𝑰𝑻𝒀

19 Nov, 11:04


Sambhram universitetiga Raqamlashtirish markazidan xodimlar tashrif buyurib talabalarga "Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali" haqida seminar tashkil qilishdi.

Bizni kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Instagramv

𝑺𝑨𝑴𝑩𝑯𝑹𝑨𝑴 𝑼𝑵𝑰𝑽𝑬𝑹𝑺𝑰𝑻𝒀

18 Nov, 12:11


Jizzaxda “Talaba - yugur” sport musobaqasi o‘tkazildi.

Ushbu musobaqada Sambhram universiteti professor-o‘qituvchilari, xodimlari hamda talaba-yoshlari faol ishtirok etdi.

Bizni kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Instagramv

𝑺𝑨𝑴𝑩𝑯𝑹𝑨𝑴 𝑼𝑵𝑰𝑽𝑬𝑹𝑺𝑰𝑻𝒀

18 Nov, 12:09


#jizzax #parad #bayroq

🇺🇿 Davlat ramzlari hamisha muqaddas va ulug‘ sanaladi. Ular xalqning o‘tmishi, buguni va kelajagini o‘zida mujassam etgan Vatanning yorqin timsolidir. Davlat bayrog‘i – mamlakat davlat suverenitetining ramzi hisoblanib, u yer yuzida mustaqil O‘zbekiston davlati borligini anglatadi va o‘zida milliy-madaniy an’analarimizni mujassamlashtiradi.

Bizni kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Instagramv

𝑺𝑨𝑴𝑩𝑯𝑹𝑨𝑴 𝑼𝑵𝑰𝑽𝑬𝑹𝑺𝑰𝑻𝒀

18 Nov, 04:25


#mening_bayrogim_mening_faxrim

Bu yil mustaqil O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganligiga 33 yil to‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil 18-noyabrdagi navbatdan tashqari VII sessiyasida tasdiqlangan Davlat bayrog‘i – mamlakat davlat suverenitetining ramzi hisoblanib, u yer yuzining shu sarhadlarida mustaqil O‘zbekiston davlati borligini anglatadi va o‘zida milliy-madaniy an’analarimizni mujassamlashtiradi.

Bizni kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Instagramv

𝑺𝑨𝑴𝑩𝑯𝑹𝑨𝑴 𝑼𝑵𝑰𝑽𝑬𝑹𝑺𝑰𝑻𝒀

17 Nov, 13:45


#mening_bayrogim_mening_faxrim
#chellenj_ #bayroq

🇺🇿🇺🇿🇺🇿
Sambhram universiteti jamoasi O’zbekiston Respublikasi bayrog’ining qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan qutlaydi.

Bizni kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Instagramv

𝑺𝑨𝑴𝑩𝑯𝑹𝑨𝑴 𝑼𝑵𝑰𝑽𝑬𝑹𝑺𝑰𝑻𝒀

17 Nov, 08:23


🎓17-noyabr – ''Xalqaro talabalar kuni" munosabati bilan Sambhram universiteti prorektori bayram tabrigi.

Bizni kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Instagramv

𝑺𝑨𝑴𝑩𝑯𝑹𝑨𝑴 𝑼𝑵𝑰𝑽𝑬𝑹𝑺𝑰𝑻𝒀

16 Nov, 15:48


Joriy yilning 14-16 noyabr kunlari Toshkent viloyati Chirchiq shahrida sportning karate-do ITKF turi boʻyicha Toshkent open 2024 xalqaro musobaqasida Sambhram universiteti talabasi Xayitboyev Shaxzod faxrli 1 va 2-oʻrinlarni qoʻlga kiritdi.

G’alaba muborak👏🏻


Bizni kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Instagramv

𝑺𝑨𝑴𝑩𝑯𝑹𝑨𝑴 𝑼𝑵𝑰𝑽𝑬𝑹𝑺𝑰𝑻𝒀

15 Nov, 11:57


🎓17-noyabr Xalqaro talabalar kuniga bag'ishlanib Sambhram universitetida tadbir bo'lib o'tdi.

Tadbirni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Dilshod Kamilov ochib berdi, o'qish davomida barcha yo'nalishlar bo'yicha g'oliblikni qo'lga kiritgan hamda faol talabalar taqdirlandi.

Bizni kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Instagramv

𝑺𝑨𝑴𝑩𝑯𝑹𝑨𝑴 𝑼𝑵𝑰𝑽𝑬𝑹𝑺𝑰𝑻𝒀

14 Nov, 13:42


#17_noyabr_talabalar_kuni

Bugun Sambhram universiteti talaba qizlari o'rtasida Jizzax shahrida joylashgan Bowling kongil ochar markazida 17-noyabr Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan sportni BOWLING turi boʻyicha musobaqa boʻlib oʻtdi.

1-o'rin🥇 B.TECH
2-o'rin🥈 BBADL (Sirtqi taʼlim)
3-o'rin🥉 BSC IT

Bizni kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Instagramv

𝑺𝑨𝑴𝑩𝑯𝑹𝑨𝑴 𝑼𝑵𝑰𝑽𝑬𝑹𝑺𝑰𝑻𝒀

14 Nov, 13:13


#Besh_tashabbus_olimpiadasi

Bugun Sambhram universiteti futbol jamoasi sportning "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida "Mini-futbol"⚽️ turi bo'yicha Oliy ta'lim muassasalari o'rtasida Jizzax viloyati hududiy bosqichida faxrli 2-o'rinni🥈 egallashdi.

Bizni kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Instagram

𝑺𝑨𝑴𝑩𝑯𝑹𝑨𝑴 𝑼𝑵𝑰𝑽𝑬𝑹𝑺𝑰𝑻𝒀

14 Nov, 05:05


Sambhram universitetiga Jizzax viloyati hokimi Saliyev Ergash Alibekovich tashrif buyurdi.

Sambhram universitetida talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar hamda taʼlim sifati bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida viloyat hokimi universitet rektori Jumanazar Xusanovichga kelgusidagi loyihalar bo‘yicha o‘z maslahatlarini berib, universitetning ilmiy faoliyatiga zafarlar tiladi.

Bizni kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Instagram

𝑺𝑨𝑴𝑩𝑯𝑹𝑨𝑴 𝑼𝑵𝑰𝑽𝑬𝑹𝑺𝑰𝑻𝒀

06 Nov, 13:05


Bugun Jizzax shaxrida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida Oliy ta'lim talabalari, Professional ta'lim, Maktabgacha va maktab ta'limi o'quvchilari o'rtasida sportning stol tennisi turi bo'yicha viloyat bosqichi musobaqalari o'tkazildi.
Musobaqada Sambhram talabalari ishtirok etib, faxrli o'rinlarni egalladi.

Bizni kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Instagram

𝑺𝑨𝑴𝑩𝑯𝑹𝑨𝑴 𝑼𝑵𝑰𝑽𝑬𝑹𝑺𝑰𝑻𝒀

06 Nov, 11:12


Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Jizzax viloyat Kengashi, Yoshlar ishlari agentligi Jizzax viloyat boshqarmasi, Jizzax viloyatidagi Oliy ta’lim muassasalari, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Milliy gvardiya Qo‘riqlash boshqarmasi bilan hamkorlikda Jizzax viloyatidagi oliy ta’lim muassasalarida tashkil etilgan “Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zolari ishtirokida “Xavfsizliging Qalqoniman Ona-Vatan” shiori ostida “Temurbeklar” harbiy sport musobaqa tashkil etildi.

Ushbu musobaqada viloyatimizning barcha oliy ta'lim muassasalari ishtirok etishdi. Musobaqa yakuniy natijasiga ko'ra universitetimiz jamoasi 3 o'rinni qo'lga kiritishdi.

Bizni kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Instagram

𝑺𝑨𝑴𝑩𝑯𝑹𝑨𝑴 𝑼𝑵𝑰𝑽𝑬𝑹𝑺𝑰𝑻𝒀

22 Oct, 06:08


Telegramga hujum

Firibgarlar odamlarning pullarini o'zlashtirish uchun yangidan yangi nayranglarni o'ylab topishga harakat qilmoqda. Bu safar ular Telegram foydalanuvchilariga fotosurat niqobi ostida virus yuborishni boshladi.

Bizni kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Instagram

𝑺𝑨𝑴𝑩𝑯𝑹𝑨𝑴 𝑼𝑵𝑰𝑽𝑬𝑹𝑺𝑰𝑻𝒀

22 Oct, 05:54


#ogohboling #qarshimiz
🚫 Biz giyohvandlikka qarshimiz
Bizni kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Instagram

𝑺𝑨𝑴𝑩𝑯𝑹𝑨𝑴 𝑼𝑵𝑰𝑽𝑬𝑹𝑺𝑰𝑻𝒀

22 Oct, 05:41


Sambhram yangiliklari

Rahbar va yoshlar uchrashuvi

Bizni kuzatib boring:
Telegram | Facebook | Instagram

𝑺𝑨𝑴𝑩𝑯𝑹𝑨𝑴 𝑼𝑵𝑰𝑽𝑬𝑹𝑺𝑰𝑻𝒀

21 Oct, 15:22


#Sambhram
#Tilga_eʼtibor_elga_eʼtibor

Sambhram universiteti talabalari va oʻqituvchilari 18- oktyabr sanasida Toshkent shahridagi "Adiblar xiyoboni"da Oʻzbek tilining 35 yilligi munosabati bilan buyuk yozuvchilar,shoirlar va jadidchilik yoʻlidan jon fido qilgan bobolarimiz xotirasini eʼzozlash maqsadida Adiblar xiyobonida joylashgan monumentallarni ziyorat qildilar. Talabalar oʻzbek tiligi qoʻshgan buyuk xizmatlari uchun barcha adiblarning hayoti va ijodi bilan yaqindan tanishib oldilar.

Telegram | Facebook | Instagram

𝑺𝑨𝑴𝑩𝑯𝑹𝑨𝑴 𝑼𝑵𝑰𝑽𝑬𝑹𝑺𝑰𝑻𝒀

21 Oct, 15:07


#Foydali #TalabalarUchun

🎓 Talabalarga uyni ijaraga berishda soliq imtiyozi mavjud

📌 Soliq kodeksiga muvofiq, soliq to‘lovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olingan daromadlariga soliq solinmaydi.

📍 Shuningdek, belgilangan shaklda tuzilgan ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini davlat soliq xizmati organlari portali orqali (ijara.soliq.uz) hisobga qo‘yishda to‘lov undirilmaydi.

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube

𝑺𝑨𝑴𝑩𝑯𝑹𝑨𝑴 𝑼𝑵𝑰𝑽𝑬𝑹𝑺𝑰𝑻𝒀

21 Oct, 12:40


Sambhram universiteti talabari muddatdan oldin ovoz berishdi. #saylov_2024 #yoshlar
Ma'lumot uchun: Saylov kodeksiga ko‘ra, muddatidan oldin ovoz berish saylovga o‘n kun qolganida boshlanadi va saylovga uch kun qolganda tugaydi. Parlament saylovida muddatidan oldin ovoz berish 16-23 oktabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston Saylov kodeksiga muvofiq, saylov kuni o‘z yashash joyida bo‘la olmagan saylovchi muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega
.

Telegram | Facebook | Instagram

𝑺𝑨𝑴𝑩𝑯𝑹𝑨𝑴 𝑼𝑵𝑰𝑽𝑬𝑹𝑺𝑰𝑻𝒀

21 Oct, 10:37


Joriy yilning 18-oktiyabr sanasida Sambhram Universiteti talabalari Toshkent shahridagi Singapur Menejmentni Rivojlantirish Institutiga tashrif buyurib, universitetning ta’lim darajasi va talabalarga yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishishdi. Telegram | Facebook | Instagram

𝑺𝑨𝑴𝑩𝑯𝑹𝑨𝑴 𝑼𝑵𝑰𝑽𝑬𝑹𝑺𝑰𝑻𝒀

20 Oct, 05:42


Sambhram universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Dilshod Kamilov Tuychiyevichning tavallud kunlari bilan samimiy qutlaymiz!

Qadrli Kamilov Dilshod Tuychiyevich!
Sizni mehribon ustoz, fidoiy va jonkuyar rahbar, oliyjanob inson sifatida barchamiz e’zozlaymiz!

Sizga mustahkam sog’liq, uzoq va xayrli umr, ilmiy-ijodiy yutuqlar tilaymiz!

Hurmat bilan, Sambhram universiteti jamoasi!
Telegram | Facebook | Instagram

𝑺𝑨𝑴𝑩𝑯𝑹𝑨𝑴 𝑼𝑵𝑰𝑽𝑬𝑹𝑺𝑰𝑻𝒀

19 Oct, 11:31


▫️Bugun jizzax shahrida joylashgan Hamid Olimjon va Zulfiyaxonim bog'ida 21-Oktabr "O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun" munosabati bilan tadbir bo'lib o'tdi.

▫️Unda Sambhram universitetining professor - o'qituvchilari hamda talaba yoshlari ishtirok etishdi.

▫️Bizni kuzatib boring !! Telegram | Facebook | Instagram

𝑺𝑨𝑴𝑩𝑯𝑹𝑨𝑴 𝑼𝑵𝑰𝑽𝑬𝑹𝑺𝑰𝑻𝒀

19 Oct, 11:24


Sambhram Universiteti o‘qituvchilari ingliz tilini mukammal o'rganishi uchun o'tkazilayotgan qo'shimcha darslarimiz davom etmoqda. Bu galgi shanba Rizayeva Xurshida, Suyunova Gulchehra dars o‘tishmoqda. Telegram | Facebook | Instagram