Sardor Radjabov (MMTV) @radjabovs Channel on Telegram

Sardor Radjabov (MMTV)

@radjabovs


Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o’rinbosari

Instagram: sardor_r
Twitter: sardor8808

Radjabovs Telegram Channel (Uzbek)

Salom do'stlar! Sizni Radjabovs Telegram kanalida xush kelibsiz! Bu kanal Sardor Radjabov (MMTV) tomonidan boshlangan va uning maktabgacha va maktab ta'limi mavzusidagi fikrlarini, yangiliklarini va tajribalarini o'z ichiga olgan bir joydir. Sardor Radjabov, O'zbekiston maktablarining o'rinbosari sifatida tajribasini do'stlar bilan ulashishni istaydi. Kanalda o'quvchi o'rtasida ta'lim tizimining yangiliklari, tarbiyaviy masalalar, o'quv va mehnat ko'nikmalarini o'rganish uchun yo'llar, maqolalar va boshqa foydali kontentlar mavjud. Sardor Radjabovning Instagram va Twitter sahifalariga havolasiz: Instagram: sardor_r va Twitter: sardor8808. Radjabovs Telegram kanaliga obuna bo'ling va o'z o'quv jarayonlaringizni yangilab qolish uchun eng so'nggi ma'lumotlarga ega bo'ling! O'zizni o'quvchi va o'quv muassasi sifatida o'zlashtirishning eng yaxshi usullarini o'rganing!

Sardor Radjabov (MMTV)

05 Nov, 06:54


Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali ayni kunlarda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan o‘tkazilayotgan malaka sinovlarida pedagoglarning test jarayonlari boshlanishini kutib qolayotganligiga doir xabarlar tarqalmoqda. Mazkur holat bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Mazkur sinov o‘tkazilish vaqti (kuni, soati) va joyi haqida har bir pedagoglarning shaxsiy kabinetlariga tegishli xabarlar yuborilgan.

Ammo ba’zi ishtirokchilarning belgilangan vaqtda emas, balki jarayonlar boshlanishidan bir necha soat avval test o‘tkaziladigan joyga kelishayotganligi kuzatilmoqda. Bu esa pedagoglarning ma’lum vaqt kutib qolishiga yoki kutish xonalaridagi joylarning yetishmovchiligiga sabab bo‘lmoqda.

Hurmatli ustozlar!

Mazkur holatlarning oldini olish maqsadida, sizlardan sinov jarayonlari o‘tkaziladigan binoga o‘zingiz uchun belgilangan aniq vaqt (kun, soat)da kelishingizni so‘raymiz. Bu orqali turli tushunmovchilik va ovvoragarchiliklar oldi olinishiga ishonamiz.

Sardor Radjabov (MMTV)

24 Oct, 05:53


Davlatimiz rahbari 1-oktabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan oʻqituvchi va murabbiylar bilan muloqot qilgan edi.

Muloqotda Prezidentimiz “Yil oʻqituvchisi” tanlovi oʻtkazilib, 208 ta tuman va shahardan gʻolib boʻlgan oʻqituvchilarga sovgʻa sifatida uy-joy berilishini eʼlon qilgan va bu xabarni soha xodimlari katta xursandchilik bilan kutib olgan edi. Oldimizda ushbu tanlovni shaffof, adolatli oʻtkazish vazifasi turibdi. Shu sabab bizga jamoatchilik, ayniqsa hurmatli pedagoglarimiz fikr, takliflarini eshitish muhim.

Tanlov qanday boʻlishi kerak, adolatli boʻlishi uchun qanday jihatlarga eʼtibor berish kerak, ishtirokchilar qaysi mezonlar asosida baholanishi lozim? Takliflaringizni @uzedu_vazirbot manziliga yuboring.

Biz uchun har bir fikr, taklif qadrli.

@hilola_umarova

Sardor Radjabov (MMTV)

31 Aug, 16:36


#bizning_jamoa

Istiqlolning 33 yilligi muborak! Mustaqilligimiz abadiy bo’lsin 🇺🇿♾️

Sardor Radjabov (MMTV)

30 Jul, 08:16


Maktab bitiruvchilarining oliy oʻquv yurtlariga kirish oʻrtacha ball koʻrsatkichi besh yilda 69,8 balldan 78 ballga oshdi

Bilim va malakalarni baholash agentligi maʼlumotlariga koʻra, maktab bitiruvchilarining oliy oʻquv yurtlariga kirish oʻrtacha ballari soʻnggi besh yilda 69,8 baldan 78 ballga oshganligini koʻrishimiz mumkin (2020-yilda 69,8 ball, 2021-yilda 74,9 ball,2022-yilda 75,8 ball, 2023-yilda 76,1 ball, 2024 yilda 78 ball).

Ahamiyatli jihati, 2024-yilgi abituriyentlarga tegishli oʻrtacha ball 70,8 ni tashkil etgani holda, joriy yil maktab bitiruvchilarining oʻrtacha bali umumiy koʻrsatkichdan 7,2 ball yuqori.

Maksimal ballning 75 foizidan yuqorisini (141,75 + ball) egallagan 41 009 nafar abituriyentning 32 949 nafari yoki 80 foizi aynan joriy yildagi maktab bitiruvchilaridir.

Albatta, bizga bundan ham yuqori ko‘rsatkichlar kerak. Muhimi, raqamlarda ijobiy siljish bor. Hurmatli ustozlar va ota-onalar, kelgusi yillarda natijalar bundan-da yaxshi bo‘lishi uchun farzandlarimiz ta’limiga e’tiborni yanada kuchaytirishimiz zarur.

Sardor Radjabov (MMTV)

30 May, 11:43


#қонунчиликдаги_ўзгаришларга_шарҳ

✔️ Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining “Xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga sharh berildi.

Maʼlumot uchun: Umumiy oʻrta taʼlim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarga ustama belgilashda qoʻllaniladigan xorijiy tillar boʻyicha milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati ushbu qoʻshma qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran ikki oydan keyin kuchga kiradi.

❗️ Qaror kuchga kirgunga qadar amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq olingan sertifikatlarga ularning olingan kunidan boshlab amal qilish muddati tugagunga (muddati cheklanmagan (belgilanmagan) sertifikatlar uchun sertifikat olingan kundan boshlab uch yildan koʻp boʻlmagan vaqt mobaynida) qadar imtiyoz va ustamalar qoʻllaniladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Sardor Radjabov (MMTV)

25 May, 04:20


Barcha bitiruvchilarni “So’ngi qo’ng’iroq” bilan tabriklayman!

Hurmatli bitiruvchilar, Sizlarga oldingizga qo’ygan barcha ezgu maqsadlaringizga erishib yurishingizni tilab qolaman.

Yangi O’zbekistonning tayanchi Sizlarsiz. O’z ustingizda ishlashdan hech qachon to’xtamang.

P.S.: Men maktabni bitirganimga 20 yil bo’libdi bugun)

Sardor Radjabov (MMTV)

24 Apr, 13:25


Qadrli ustozlar!

Ayni kunlarda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish jarayonlari qizgʻin davom etmoqda. Har kuni yuzlab ustozlarimiz oʻzi dars berayotgan fanlardan test topshirib, yanada yuqori malaka toifalarini egallashmoqda.

Bu yilgi malaka sinov jarayonlari toʻliq avtomatlashtirilgan tizim asosida tashkil etilgan boʻlib, bu oʻz-oʻzidan jarayonlarning shaffof va adolatli oʻtkazish, inson omilini kamaytirishga xizmat qiladi.

Hurmatli pedagoglar!

Attestatsiya sinovlarida malaka toifasini olib berish boʻyicha turli takliflar bildirayotgan, buning uchun pul talab qilayotgan shaxslarning aldoviga uchmang va kasbiy obroʻyingizga xavf tugʻdirmang. Faqat oʻz bilimingizga tayaning, aziz ustozlar!

Shu oʻrinda yana bir maʼlumot!

Agar test jarayonlariga doir eʼtirozlaringiz boʻlsa, yoki korrupsion holatlarga duch kelsangiz attestatsiyaga doir murojaatlar uchun maxsus tashkil etilgan vazirlik Ishonch telefoni +998 88-827-09-09 yoki quyidagi bot manzili (https://t.me/uzedu_vazirbot)ga yuborishingizni soʻraymiz.

Sizning shaxsingiz sir saqlanishi kafolatlanadi.

Mazkur telefon raqami orqali sizning murojaatingiz yozib olinadi. Savollaringizga tegishli mutaxassislar tomonidan oʻrnatilgan tartibda javob beriladi.

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri

Sardor Radjabov (MMTV)

10 Apr, 04:25


Айём муборак бўлсин барчага!

Sardor Radjabov (MMTV)

08 Apr, 06:24


#Видеоинструкция

Видеоинструкция по проведению тестовых испытаний на квалификационную категорию педагогических кадров

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Sardor Radjabov (MMTV)

08 Apr, 06:24


#Йўриқнома

Pedagog kadrlarning malaka toifasi test sinovlari bo‘yicha videoyo‘riqnoma tayyorlandi.

❗️Unda attestatsiya kuni amal qilish lozim bo‘lgan qoidalar, belgilangan vaqt va imtihon tartibi haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishingiz mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Sardor Radjabov (MMTV)

06 Apr, 09:13


📣 Malaka toifa sinovlari o‘tkaziladigan sanalar belgilandi

Avval xabar qilinganidek, maktabgacha, umumta’lim va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari pedagoglari 2024-yil 15-apreldan boshlab attestatsiyadan o‘tkaziladi.

❗️ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan mazkur malaka toifa sinovlari o‘tkazilish vaqti belgilandi. Unga ko‘ra:

Informatika va axborot texnologiyalari fanidan — 15-16 aprel kunlari (2 kun);
Boshlang‘ich ta’lim fanidan — 17-22 aprel kunlari (5 kun);
O‘zbek tili (Davlat tili), Ona tili va adabiyot fanlaridan — 23-25-aprel kunlari (3 kun);
Matematika fanidan — 26-29-aprel kunlari (3 kun);
Fizika, Kimyo fanlaridan — 30-aprel — 1-may kunlari (2 kun);
Biologiya, Geografiya, Iqtisodiy bilim asoslari fanlaridan — 2-3 may kunlari (2 kun);
Musiqa madaniyati, Tasviriy san’at va chizmachilik, Texnologiya (servis xizmati yo’nalishi-qiz bolalar uchun), Texnologiya (texnologiya va dizayn yo’nalishi - o’g’il bolalar uchun) fanlaridan — 4-6 may kunlari (2 kun);
Rus tili (milliy maktablarda), Rus tili va adabiyoti (rus), Qoraqalpoq tili (Davlat tili) fanlaridan — 7-8 may kunlari (2 kun);
Fransuz tili, Hind tili, Ingliz tili, Koreys tili, Nemis tili, Qirg‘iz tili va adabiyoti, Qozoq tili va adabiyoti, Tojik tili va adabiyoti, Turkman tili va adabiyoti, Xitoy tili, Yapon tili fanlaridan — 10-13 may kunlari (3 kun);
Davlat va huquq asoslari, Tarbiya, Tarix fanlaridan — 14-15-may kunlari (2 kun);
Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik, Jismoniy tarbiya fanlaridan — 16-17-may kunlari (2 kun);
Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachisi, Maktabgacha ta’lim tashkiloti psixologi, Tarbiyachi-metodist, O‘qituvchi-defektolog, O‘qituvchi-logoped, Musiqa xodimi (Musiqa rahbari), Psixologlarga — 18 may kunlari (1 kun);
Qoraqalpoq tili va adabiyoti fanidan — 20-21 may kunlari (2 kun) malaka toifa sinovlari o‘tkaziladi.

👉 Ma’lumot uchun: malaka toifa sinovlari o‘tkaziladigan joy manzillari quyida keltirib o‘tilgan.

Sardor Radjabov (MMTV)

20 Mar, 12:02


#Диққат_эълон!

Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri jamgʻarmasi hisobidan har oylik ustama olishga nomzodlarni saralashning 1-bosqich test sinovlari natijasi eʼlon qilinganligidan xabaringiz bor.

☝️ Mazkur test natijalaridan norozi boʻlgan pedagoglar Bilim va malakalarni baholash agentligiga ushbu havola orqali oʻz shikoyatlarini yuborishlari mumkin.
https://my.uzbmb.uz/xtv/result

🖥 Buning uchun pedagoglar mazkur manzilga kirib "Roʻyxatdan oʻtish" tugmasini bosadi va quyidagi so’ralgan maʼlumotlarni kiritish orqali "Shaxsiy kabinet" yaratadi:

nomzodning pasport (ID karta) maʻlumotlari (seriya va raqami);
jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (14 ta raqamdan iborat);
nomzodning shaxsiy telefon raqami;
soʻralayotgan matematik amaliyot javobi (masalan: 9+8=17).


🔹Shundan soʻng shaxsiy kabinetga kirib “Vazir jamgʻarmasi uchun test sinovlari (MMTV) 2024” boʻlimi orqali “Apellyatsiya” tugmasini bosadi va ochilgan maydonda oʻz shikoyatini qoldiradi.

❗️Eslatma: Pedagoglar tomonidan yuborilgan mazkur shikoyatlar 3 (uch) kun davomida (2024-yil 23-mart kuni soat 17:00 ga qadar) qabul qilinadi.

🖥 Yuborilgan shikoyatlar Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqiladi hamda natijasi nomzodning o‘z shaxsiy kabinetiga yuboriladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Sardor Radjabov (MMTV)

16 Mar, 12:35


#Эълон
#Вазир_жамғармаси

Diqqat, e’lon!


⚡️ Vazir jamg‘armasiga da’vogarlarni saralashning 1-bosqich test sinovlari natijasi e’lon qilindi!

Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri jamg‘armasi hisobidan har oylik ustama olishga nomzodlarni saralashning 1-bosqich test sinovlari o‘tkazilgan edi.

🔴 Bugun Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan mazkur test sinovlari natijalari e’lon qilindi.


👉Test natijalarini mazkur havola orqali bilib olishingiz mumkin: https://my.uzbmb.uz/result

❗️Eslatma: Natijalarni bilish uchun nomzodning pasport yoki ID karta hamda ko‘rsatilgan boshqa ma’lumotlarni kiritish lozim.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Sardor Radjabov (MMTV)

12 Mar, 07:35


Munosabat

Bugun Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan eʼlon qilingan hamda Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligi huzuridagi “Oʻquv taʻlim-taʻminot” davlat muassasasining “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida shartnomada belgilangan talablar toʻliq bajarilmaganligi xususidagi maʼlumotlar 2021-yilga doir holat ekanligini maʼlum qilamiz.

Yurtdoshlarimizdan ushbu holatni notoʻgʻri talqin qilmasliklarini soʻrab qolamiz.

Eslatib o‘tamiz:
2021-yilda faoliyat yuritgan Xalq ta’limi vazirligi o‘rnida hozirda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tashkil etilgan. “O‘quv ta’lim-ta’minot” davlat muassasasi tugatilib, “Ta’minot va logistika xizmati” DUK tashkil etilgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt

Sardor Radjabov (MMTV)

08 Mar, 08:42


Барча аёлларимизни чин қалбимдан табриклайман!

Sardor Radjabov (MMTV)

06 Mar, 12:11


#Диққат_эълон

📣 Attestatsiyada ishtirok etish uchun murojaat yuborgan pedagoglar diqqatiga!

❗️
Attestatsiya jarayonlari uchun to'lovlarni 2024-yilning 10-martiga qadar amalga oshirishingiz mumkin.

Xabaringiz bor, 2024-yilning birinchi yarmida o‘tkaziladigan pedagog kadrlar attestatsiyasi uchun murojaat yuborish muddati 15-yanvardan 1-martga qadar davom etdi.

Navbatdan tashqari (o‘z ixtiyori bilan) attestatsiyada ishtirok etish uchun ariza yuborgan pedagoglar tomonidan to‘lov qilishga ulgurmay qolish holatlari bo'lgan va bu bo‘yicha Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligiga murojaat qilishgan.

O‘qituvchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ularga qulaylik yaratish maqsadida pedagoglar attestatsiyasida ishtirok etish uchun to‘lovni amalga oshirish muddati joriy yilning 10-martiga qadar uzaytirilganligini ma’lum qilamiz.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt

Sardor Radjabov (MMTV)

01 Mar, 07:56


Хабарингиз бор ўқитувчиларга тоифа беришнинг янги тизими жорий этилди

Ушбу тизимда мен тоифа олиб бераман деган "шоввозлар" пайдо бўлгани ҳақида хабарлар келмоқда. Сизларни ишонтириб айтамизки ундай ҳолатларга йўл қўйилмайди.

Барча жараёнлар шаффоф ва адолатли бўлади. Асосий мақсадимиз ҳам шу.

Азиз устозлар шундай ҳолатлар борми ва қандай механизм таклиф этишяпти.

Ёрдамингизга муҳтожмиз. Қандайдир ҳолатлар эътибордан четда қолаётган бўлса маълумот беринглар. Албатта бартараф этамиз.

Фикрларингизни изоҳда кутиб қоламан.

Sardor Radjabov (MMTV)

13 Feb, 11:36


#Эълон
#Вазир_жамғармаси

VAZIR JAMG‘ARMASIGA DA'VOGAR PEDAGOGLARNI SARALASH IMTIHONLARIGA START BERILMOQDA

Joriy yilning 19-fevral kuni Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri jamg‘armasi hisobidan 2024-yilda har oylik ustamaga daʼvogar pedagoglarning saralash imtihonlari bo‘lib o‘tadi.

⚡️ Bu yil Vazir jamg‘armasidan oylik ustama oladigan pedagoglarning soni 1250 ta deb belgilandi.

Shundan 1150 ta kvota umumta'lim muassasalari pedagoglari uchun, 100 ta kvota Ixtisoslashgan ta'lim muassasalari pedagoglari uchun ajratilgan.

📝 Ma'lumot o‘rnida: Vazir jamg‘armasidan oylik ustama oluvchi g‘oliblarni aniqlash nomzodlar orasida ikki bosqichda amalga oshiriladi:

➡️ Birinchi bosqichda Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan 2024-yil 19-fevral kuni barcha hududlarda nomzodlarning dars beradigan umumtaʼlim fani bo‘yicha bilim darajasini baholash uchun test sinovlari bo‘lib o‘tadi.

➡️ Ikkinchi bosqichda esa umumtaʼlim fanini bilish darajasini baholash bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovlarida maksimal ballning 80 foizi yoki undan yuqori natija ko‘rsatgan nomzodlarning kasbiy mahoratini baholash uchun suhbat o‘tkaziladi.

❗️ Mazkur suhbat natijalariga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan malakali pedagog kadrlarga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdorida har oylik ustama to‘lanadi.

➡️ 1-bosqich test sinovlari har bir hudud markazida 2 smenada bo‘lib o‘tadi.

👉 Vazir jamg‘armasi uchun 1-bosqich test sinovlari bo‘lib o‘tadigan manzillar ro‘yxati va grafik bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

📝 Eslatib o'tamiz, Vazir jamg'armasi uchun o'tkazilayotgan saralash imtihonlaridagi tegishli fanlardan test topshiriqlari spetsifikatsiyalari Bilim va malakalarni baholash agentligi rasmiy saytida e'lon qilingan bo'lib, ular bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin: https://uzbmb.uz/page/xalq_spets

Sardor Radjabov (MMTV)

18 Jan, 04:59


Vazir Jamg’armasi uchun kvotalar tasdiqlandi

Hurmatli ustozlar tayyorgarlik ko’rib turinglar tez orada birinchi bosqich test sinovlari
bo’lib o’tadi.
Bu to’g’risida albatta ma’lumot beriladi.

Sardor Radjabov (MMTV)

17 Jan, 09:56


#BSB_va_ChSB_nima

📆 Shu yilning 28-avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida boʻlib oʻtgan videoselektor yig‘ilishida davlatimiz rahbari respublika boʻyicha 500 ta maktabda Prezident va ixtisoslashgan maktablar oʻquv dasturi, baholash tizimi joriy etilishini alohida taʼkidlab oʻtgan edi.

⚡️Topshiriq ijrosini taʼminlash maqsadida, respublikamiz boʻyicha tanlab olingan 500 ta umumtaʼlim maktablarida 2023-2024-oʻquv yilidan boshlab mezonlarga asoslangan yangi baholash tizimi tajriba-sinov tariqasida umumta'lim maktablarida bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.

Bu qanday baholash? Oldingi baholash tizimidan qanday farq qiladi?

🗣Oʻylaymizki, ushbu videorolik orqali barcha savollaringizga javob olasiz.

BSB – Bob boʻyicha summativ baholash.
ChSB – Chorak boʻyicha summativ baholash.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Sardor Radjabov (MMTV)

15 Jan, 04:43


Attestatsiyada ishtirok etuvchi pedagoglar uchun qulaylik!

Xabar berganimizdek, yanvar-iyun oylari attestatsiyasida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish bugun, 15-yanvardan boshlanadi.

❗️Bu muhim! pedkadr.uzedu.uz platformasidan foydalanish bo‘yicha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan quyidagi videoyo‘riqnoma ko‘rsatmalari bilan tanishib chiqishingiz tavsiya etiladi.

Eslatma!
Murojaatlarni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 👉 https://pedkadr.uzedu.uz/ - platformasidan tashqari

📍Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali 👉 my.gov.uz/uz

📍Davlat xizmatlari markazlari orqali ham yuborish mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

1,551

subscribers

109

photos

27

videos