O'zbek tili va adabiyoti @quizlar_dunyosi Channel on Telegram

O'zbek tili va adabiyoti

@quizlar_dunyosi


✯ Oʻzbek tili va adabiyotiga
ixtisoslashgan kanal!

Murojaat uchun: @UzFiPi_0418


Ona tili va Adabiyot Rasmiy Guruh:
➪ @ONA_TILI_ADABIYOT_QUIZ_GURUH

O'zbek tili va adabiyoti (Uzbek)

O'zbek tili va adabiyotiga ixtisoslashgan kanal! Bu kanalda O'zbek tilining eng zamonaviy ma'lumotlari, adabiyot dasturlari va ko'p ashyo'li quizlar topiladi.

Bu kanalda O'zbek tili va adabiyotiga qiziqishni anglab, o'z malakangizni sinab chiqishingiz mumkin. Kanalda o'zbek adabiyoti bo'yicha savollar, testlar va dasturlar mavjud. Sizga o'zbek tili va adabiyoti bilan yaqinroq tanishish imkoniyatini beruvchi bu kanalga a'zo bo'ling!

Ona tili va Adabiyot Rasmiy Guruh: @ONA_TILI_ADABIYOT_QUIZ_GURUH

O'zbek tili va adabiyoti

21 Nov, 17:24


🎲ONA TILI, ADABIYOTDAN aralash testlar. @QUIZLAR_DUNYOSI kanali uchun maxsus. Baxtiyorov Suxrob
Ingliz tili kanalimiz: t.me/grammar_quiz testi
🖊 25 ta savol · 45 soniya

O'zbek tili va adabiyoti

18 Nov, 08:55


#Juda_kerakli

💓Qòshimchalar jadvali
Qòshimchalar
Qòshimchaning vazifasi
Qòshimchaning turi

O'zbek tili va adabiyoti

14 Nov, 19:00


❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥

🔘 Test boshlandi.

🪐 Test muallifi:
Jumaboyeva Aziza

➡️ Test kodi: 5
➡️ Test nomi: Ona tili va Adabiyot
➡️ Savollar soni: 30 ta

🎧Javoblarni @OnlaynTest_RoBot ga quyidagi ko'rinishda yuborishlari mumkin:

abcdac...

yoki
1a2c3c4b5c...

Eslatma!
Javoblar aynan @OnlaynTest_RoBot ga yuborilishi shart, boshqasiga emas.

Sertifikatlarni test yakunlanganidan soʻng @OnlaynTest_RoBot dan yuklab olishingiz mumkin😊😊😊


@QUIZLAR_DUNYOSI

O'zbek tili va adabiyoti

13 Nov, 07:12


😜😌❤️ :Tovush oʻzgarish hodisalari


➡️TOVUSH TUSHISH HODISALARI: soʻz asosiga qoʻshimcha qoʻshilishi natijasida soʻz asosida yuz beradigan tovush oʻzgarish hodisasi hisoblanadi.
#Masalan:
shahar+i =Shahri (a tovushi tushib qoldi)
Oʻgʻil+i =oʻgʻli (i tovushi tushib qoldi)
Men+ning= Mening (n tovushi tushib qoldi)
Ayir+il = ayril (i tovushi tushib qoldi)
Oʻrin+la+t =oʻrinlat (i tovushi tushib qoldi
Ogʻiz+aki= ogʻzaki (i tovushi tushib qoldi)
Sen+niki =seniki ( n tovushi tushib qoldi)
Qizil+ar=qizar (i va l tovushi tushib qoldi)
Quvon+a=quvna( o tovushi tushib qoldi).

➡️TOVUSH ORTISHI HODISALARI:
Soʻzga qoʻshimcha qoʻshilishi natijasida asosda bir tovushning ortib ketish hodisasi.
#Masalan:

Achi+q=achchiq (ch tovushi ortdi)
Isi+q=issiq (s tovushi ortdi)
Shu+day=shunday (n tovushi ortdi)
U+im=unim (n tovushi ortdi)
Bu+im=bunim (n tovushi ortdi)
Obroʻ+im= obroʻyim (y tovushi ortdi)
Parvo+im=parvoyim (y tovushi ortdi)
Had+i=haddi( haddi sigʻmoq-d tovushi ortdi)
Rob+im=Robbim(b tovushi ortdi).

➡️TOVUSH ALMASHINISH HODISALARI - soʻzga qoʻshimcha qoʻshilishi ta'sirida soʻz oʻzagida yoki qoʻshimcha tarkibida tovushning oʻzgarish hodisasi hisoblanadi.Tovush almashinish hodisasi ikki holatda soʻz oʻzagida ham qoʻshimcha tarkibida ham boʻladi.
#Masalan:

Qayna+q=qaynoq (a tovushi o ga almashdi
Quvna+q=quvnoq( a tovushi o ga almashdi)
Oʻqi+v=oʻquv (i tovushi u ga almashdi)
Son+a=sana (o tovushi a ga almashdi
Suva+q=suvoq (a tovushi o almashdi
Yosh+a=yasha (o tovushi a ga almashdi).
Yurak+im=yuragim(k tovushi g ga almashdi).
🔎Ushbu misollar tarkibida tovush almashinish hodisasi oʻzakda yuz berdi.Endi quyidagi misollarni diqqat bilan kuzatsak,tovush almashinish hodisasi qoʻshimcha tarkibida yuz bergan:
Qishloq+ga=qishloqqa ( ga qoʻshimchasi qa ga almashdi)
Yurak+ga=yurakka (g tovushi k ga almashdi)
Chiq+guncha=chiqquncha(g tovushi q ga almashdi)
Chiq+gach=chiqqach(g tovushi q ga almashdi)
Chiq+gani=chiqqani(g tovushi q ga almashdi

📌Demak,tovush almashinish hodisalari ham oʻzak , ham qoʻshimcha tarkibida yuz berishi mumkin ekan.

📌Tovush oʻzgarish hodisalariga uchragan soʻzlar deyilganda har uch holat (tovush tushishi,ortishi,almashinishi) tushuniladi.
📌Tovush oʻzgarishiga uchragan soʻzlar fonetik tamoyil asosida yozilgan soʻzlar sifatida belgilanadi.

@Quizlar_Dunyosi

O'zbek tili va adabiyoti

12 Nov, 03:38


#Adabiyot_vaqti

💓KO'ZIDAN TANIB OLISH

"Shum bola" qissasida - Omonni tanib olish
"Ufq" romanida - Tursunboyni tanib qolish
"Qorako'z Majnun" hikoyasida - Bo'rixonni tanib olish

💓OVOZIDAN TANIB OLISH

"Chinor" romanida - Akbaralini tanib olish
"Alpomish" dostonida - Shohimardon pirini tanish
"Qissayi Rabg'uziy" asarida - Azroilni tanish

Kanalga obuna bo'lish📎
@Quizlar_Dunyosi

O'zbek tili va adabiyoti

11 Nov, 03:47


😊😄😂❤️

Qisqacha ma'lumot⬇️

Metonimiya bilan sinekdoxani ba’zida farqlash qiyin bo‘lib qoladi. Hoy shapka, buyoqqa qaravor! - metonimiya.
Sen o‘sha mo‘ylovning gaplariga ishonyapsanmi? - sinekdoxa.
Farqi shuki, birida inson kiyimi,ikkinchisida esa inson a’zosi orqali shaxs tushunilyapti. Insonning kiygan kiyimi yoki unga tegishli predmetlar orqali o‘sha shaxs tushunilsa, metonimiya bo‘ladi. Agar tana a’zolaridan biror qismi orqali butunlik tushunilsa, sinekdoxaga olinadi.
Eslatib o‘taman, ma’no ko‘chishi aynan shunday bo‘ladi degan fikrga kelmaylik. Metonimiyaning ham sinekdoxaning ham boshqacha ko‘chish yo‘llari ham bor.

@Quizlar_Dunyosi

O'zbek tili va adabiyoti

09 Nov, 03:25


😜😌❤️:SHE'RIY SAN'ATLAR

TAZOD - zidlanish

TALMEH-  baytda tarixiy shaxs,
      voqealarni keltirib o'tish

TAJNIS- baytda shakldosh   so'zlardan foydalanish
     

TASHXIS- shaxslantirish

TANOSUB - uyadosh (ma'nosi
      yaqin) so'zlarni qo'llash

TAJOHUL ORIF - bilib bilmaslikka
      olish

TASHBEH - o'xshatish

TARSE' - ikki misraning har bir so'zi qofiyadosh bo'lishi

TASDIR - baytni boshlagan so'z baytning oxirida takrorlanishi

TASBE- birinchi misrani tugatgan
so'z ikkinchi misraning boshida kelishi

TAKRIR - so'zni takrorlash

TARDI AKS - teskari qilib takrorlash

TAZMIN - san'atkor yaratgan
         asarni boshqa shoir o'zgartirish kiritib yozishi

TAMSIL - misol keltirib yozish

HUSNI TA'LIL - fikrni chioyli
          dalillash

INTOQ - jonsiz narsalarning
          gapirishi

IRSOLI MASAL - xalq
           maqollaridan foydalanish

ISHTIQOQ - asosdosh so'zlardan
           foydalanish

  ISTIORA - ikki narsa orasidagi
  o'xshashlikka asoslanadi. Tashbehdan farqi o'xshatish vositasi va sababi qo'llanmaydi.

IYHOM - bir so'zda ikki xil
           ma'noning berilishi

Mubolag'a - haddan ziyod
          bo'rttirish

  LITOTA - mubolag'aning
           teskarisi

ALLETERATSIYA - bir xil
          tovushlar vositasida ohangdorlikni kuchaytirish

ANAFORA - misralar boshida bir
          so'zning aynan takrorlanishi

SA'J - gapdagi ayrim
            bo'laklarning qofiyalanishi

ILTIZOM - bir so'zni ketma- ket
            kelgan misralarda takrorlash

Siz uchun foydali ma'lumot✔️
@Quizlar_Dunyosi

O'zbek tili va adabiyoti

08 Nov, 03:24


#chellenj_foydali

😜😌❤️:FE'LNING LUG‘AVIY SHAKLLARI

➡️ Bo'lishsizlik: -ma

➡️O'zlik nisbat: -(i)n, -(i)l

➡️Majhul nisbat: -(i)n, -(i)l

➡️Birgalik nisbat: -(i)sh

➡️Orttirma nisbat: -ar, -t, -tir, -dir, -sat, -giz (qiz, kiz, g'iz), -gaz (kaz, qaz, g'az), -ir, -iz.(qo'shimchalar faqat fe'lga qo'shilishi zarur).

➡️Harakat nomi: -(i)sh, -(u)v, -moq, -mak, -maslik.

➡️Sifatdosh: -gan(kan, qan), -(a)yotgan, -ydigan, -adigan, -ar, -gusi, -ajak, -vchi, -uvchi. (-vchi, -uvchi qo'shimchasini olgan so'z kim so'rog'iga javob bo'lsa, ot yasovchi sanaladi).

➡️Ravishdosh: -(i)b, -a, -y, -gacha, -guncha, -gancha, -gani, -masdan.

➡️Harakatning kuchliligi: -la, -a, -qa, -kila, - qila

➡️Harakatning kuchsizligi: -imsira, -inqira

Kanalga obuna bo'lish
📎📎📎📎📎📎📎
@Quizlar_Dunyosi

O'zbek tili va adabiyoti

07 Nov, 11:21


🔖DIQQAT E'LON📌

🏷 @QUIZLAR_DUNYOSI kanaliga admin va adminkalikka taklif etamiz!

Kanalimizga adminstrator boʻlishga istagi borlar ushbu profilga murojaat qilsin👇🏻

@UzFiPi_0418 ✔️

O'zbek tili va adabiyoti

21 Oct, 01:49


«21 Октабр - Ўзбек тилига давлат тили мақоми берилган кун»

«ҚАДРИНГ БАЛАНД БЎЛСИН, ОНА ТИЛИМ!»

@Quizlar_dunyosi

O'zbek tili va adabiyoti

14 Oct, 14:41


#hayotiy

Doxxim - Maftuningman🎧

Oʻqishdan ozgina chalgʻish uchun madaniy hordiq🙂

➡️ @Quizlar_dunyosi 🪐

O'zbek tili va adabiyoti

14 Oct, 14:39


Imloviy jihatdan to'g'ri yozilgan sòzlar qatorini belgilang😌👇

➡️ @Quizlar_dunyosi 🪐

O'zbek tili va adabiyoti

29 Aug, 15:16


2015-2016-yildan beri bir chin do'stim bor. Pulimiz bo'lmagan paytlarda birga yurardik maktab paytlardan beri.

Haqiqiy do'stim. Uni ta'riflab berolmayman qanaqa yaqin do'stligimizni.

Shu qo'shiq shu oshnamga atalgan!


Hozir musofirda yuribdi duo qilib qo'yinglar sog' omon yursin

➡️ @Quizlar_dunyosi 🪐

O'zbek tili va adabiyoti

17 Aug, 01:31


Kimdir oʻqiydi, kimdir erga tegadi bu hayot! 😂

O'zbek tili va adabiyoti

17 Aug, 01:15


Oʻqishga kirganlar nechtamiz😁?

💬Kirolmaganlar sizlarga Alloh bundan ham xayrlisini tayyorlab qoʻyibdi!

Maslahatim Oʻzbekiston universitetlariga kirishni maqsad qilmang. Shaxsiy tajribamdan kelib chiqib gapiryapman!

Forma, soqol, hijob va davomat ta'lim tizimimizning asosiy jihatlari. Suxrob Baxtiyorov ya'ni men yangi 1-kurslarni tabriklayman. Sizlar uddaladinglar mehnatlaringni rohatini koʻrish nasib etsin!😁

Kira olmaganlar sira xafa boʻlmang chet el universitetlarini, katta-katta joylarni maqsad qiling. Uzoqni koʻrib ish qiling.

Oʻqishga kira olganlar + qoʻyamiz!

@Quizlar_dunyosi

O'zbek tili va adabiyoti

17 Aug, 00:09


⚡️ Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi

2024–2025-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi.

📌 Tanlov natijalarini 4 xil usulda bilish mumkin.

1️⃣ my.uzbmb.uz sayti orqali:

my.uzbmb.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali:

mandat.uzbmb.uz saytiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ SMS-xabarnoma xizmati orqali:

5100
raqamiga abituriyentning ID raqami yuborilganda, mazkur telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS-xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).

4️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali:

Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.

💬@QUIZLAR_DUNYOSI

O'zbek tili va adabiyoti

11 Aug, 09:07


🔖DIQQAT E'LON📌

🏷 @QUIZLAR_DUNYOSI kanalini sifatini yaxshilab maqsadida volontyor (koʻngillilar) larni admin va adminkalikka taklif etamiz!

Boʻlajak adminstratorga qoʻyiladigan talablar:
— ona tili, adabiyot fanlarini yaxshi bilishi
— kuniga 1-2 soat vaqtini kanal uchun sarflashi
— quiz botda test tuza olishni bilishi
— oldin kanal yuritgan boʻlishi va yaxshi kreativ postlar yoza olishi

Jamoamizga qoʻshiling!


Kanalimizga adminstrator boʻlishga istagi borlar ushbu profilga murojaat qilsin👇🏻

@Hardinbek📞

O'zbek tili va adabiyoti

11 Aug, 05:12


🎲Ona tili va adabiyot DTM (BMBA) DARAJASIDAGI TEST📚. Uvol boʻlmasin ishlab koʻring😉 @QUIZLAR_DUNYOSI Suxrob Baxtiyorov @Hardinbek
@Suxrob_Language_Academy testi
🖊 30 ta savol · 2 daqiqa

O'zbek tili va adabiyoti

11 Aug, 04:32


Ona tili va adabiyot 30talik test

🔥Javoblarni kommentga yozamiz🔥

🧑‍💻Test muallifi: U. Shomurodov
Manba: Ona_tili_va_adabiyot_N1

🎧 @QUIZLAR_DUNYOSI

O'zbek tili va adabiyoti

07 Aug, 06:07


Javobni kommentga yozamiz😁!

🔥Kim birinchi to'g'ri topadi?🔥

@Quizlar_dunyosi

O'zbek tili va adabiyoti

06 Aug, 13:29


Javobni kommentga yozamiz😁!

🔥Kim birinchi to'g'ri topadi?🔥

@Quizlar_dunyosi

O'zbek tili va adabiyoti

06 Aug, 12:53


Ona tili adabiyot 30talik test!

Tayyorlovchi
: U.Shomurodov
💾Formati: Pdf
💻 Manba: Ona_tili_va_adabiyot_N1

@Quizlar_dunyosi

O'zbek tili va adabiyoti

03 Aug, 05:18


🎲FE'L MAVZUSIDAN TEST. @ONA_TILI_ADABIYOT_QUIZ_GURUH guruhi uchun maxsus tuzuvchi: Jumaboyeva Aziza
@Quizlar_Dunyosi testi
🖊 15 ta savol · 30 soniya

O'zbek tili va adabiyoti

27 Jul, 05:45


Oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash boshlandi

Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 2024-yil 27-iyuldan 10-avgustga qadar 15 kun davomida oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashlari lozim.

Buning uchun my.uzbmb.uz platformasining “Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limiga kirib, “Xizmatdan foydalanish” tugmasi bosiladi va “OTM tanlash” bo‘limiga o‘tiladi.

Dastlab abituriyent “Tanlov ustuvorligi” va “Maqsadli qabul” bo‘yicha o‘z tanlovini amalga oshiradi.

Shundan so‘ng abituriyent test topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos  bo‘lgan beshtagacha oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini ta’lim shakli bilan birga tanlaydi.

Bunda ta’lim yo‘nalishlarini bir oliy ta’lim muassasasi yoki turli oliy ta’lim muassasalari doirasida tanlash mumkin.

Ta’lim yo‘nalishlarini tanlab, “Saqlash” tugmasi bosilgandan so‘ng ma’lumotlarni tasdiqlash uchun abituriyentning telefon raqamiga SMS xabar yuboriladi. SMS xabardagi kodni dasturga kiritish orqali ma’lumotlar tasdiqlanadi.

Ma’lumotlar tasdiqlanganidan so‘ng, “Abituriyent qayd varaqasi” shakllanadi. Qayd varaqada abituriyent tanlagan tanlov ustuvorligi, ta’lim shakllari, oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlari aks etgan bo‘ladi. Yuklab olish tugmasi orqali abituriyent qayd varaqasini yuklab olishi mumkin.

Abituriyentlar ta’lim yo‘nalishlarini tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari va qayd varaqasini qayta yuklab olishlari mumkin.

Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari ta’lim yo‘nalishlarini tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.
@Quizlar_Dunyosi

O'zbek tili va adabiyoti

22 Jul, 16:31


Jirafalar matni.

Umumiy variantlar kitobidan.

@Quizlar_Dunyosi

1,101

subscribers

174

photos

22

videos