Yuridik adabiyotlar 📓📕📗 📘 (@qonunchilik_uz) के नवीनतम पोस्ट टेलीग्राम पर

Yuridik adabiyotlar 📓📕📗 📘 टेलीग्राम पोस्ट

Yuridik adabiyotlar 📓📕📗 📘
🇺🇿 Assalomu aleykum hurmatli yurtdoshlar!!!

✅ Ushbu kanalda quyidagi materiallarni topishingiz mumkin:

📚 Yuridik adabiyotlar;
📑 Normativ-huquqiy hujjatlar;
📄 Boshqa turdagi hujjatlar.

👉 Murojaat uchun: @qonunchilikuzbot

Creation date: 22.04.2022
5,466 सदस्य
25 तस्वीरें
1 वीडियो
अंतिम अपडेट 09.03.2025 06:40

Yuridik adabiyotlar 📓📕📗 📘 द्वारा टेलीग्राम पर साझा की गई नवीनतम सामग्री

Yuridik adabiyotlar 📓📕📗 📘

05 Nov, 14:38

2,731

⚖️Yuridik atamalar izohi


1. Raddiya Biror xabar, maʼlumotni rad etuvchi, ularning notoʻgʻriligini yoki asos-sizligini isbotlovchi rasmiy bayonot.

2. Simpatiya (yun. sympatheia - rahmdil-lik, hamdardlik; xayrixohlik)-Biror shaxs yoki narsa-hodisaga nisbatan boʻlgan ijobiy munosabat,yaxshi ko'rish.

3. Antipatiya (antipatheia) – biron-bir kimsani yoxud narsani xush koʻrmaslik, yoqtirmaslik, yomon koʻrish, unga nisbatan sovuq munosabatda boʻlish.

4. Senzura (lot. censere — „hukm qilish“, „baholash“) deb hukumat, tahririyat yoki boshqa boshqaruvchi tomonidan shu boshqaruvchilar fikricha zararli, xavfli yoki noqulay boʻlgan nutq yoki boshqa ommaviy muloqotni bekitishga aytiladi.


➡️ @qonunchilik_uz
Yuridik adabiyotlar 📓📕📗 📘

05 Nov, 03:05

2,482

#bilasizmi

1. Oz miqdordagi zarar - bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan o‘ttiz baravarigacha bo‘lgan miqdordagi zarar.
2. Ko‘p bo‘lmagan zarar
—bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravaridan yuz baravarigacha bo‘lgan miqdordagi zarar.
3. Ancha miqdordagi zarar
—bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha bo‘lgan miqdordagi zarar.
4. Ko‘p miqdordagi zarar
—bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha bo‘lgan miqdordagi zarar.
5. Juda ko‘p zarar
—bazaviy hisoblash miqdorining besh yuz baravari va undan ortiq bo‘lgan miqdordagi zarar.

➡️ @qonunchilik_uz
Yuridik adabiyotlar 📓📕📗 📘

04 Nov, 14:30

2,487

Davlat - davlat xalqaro huquqning qatnashchisi sifatida quyidagi belgilarga ega bo'lishi kerak.
- doimiy aholiga;
- ma'lum hududga;
- suveren hokimiyatga;
- boshqa davlatlar bilan munosabatlarga kirishish layoqati.
Yuridik adabiyotlar 📓📕📗 📘

04 Nov, 14:29

2,568

#bilasizmi

Yaqin qarindoshlar – qarindosh yoki quda tomondan qarindosh bo‘lgan shaxslar, ya’ni ota-ona, tug‘ishgan va o‘gay aka-uka va opa-singillar, er-xotin, farzand, shu jumladan farzandlikka olinganlar, bobo, buvi, nevaralar, shuningdek er-xotinning ota-onasi, tug‘ishgan va o‘gay aka-uka va opasingillari;

Urug‘-aymoqchilik – xodimning umumiy ajdodga ega bo‘lgan muayyan qarindoshga mansubligi asosida uchinchi shaxslarga sub’ektiv, iltifotli va noxolis munosabatda bo‘lish tarzidagi shaxsiy manfaati.
Yuridik adabiyotlar 📓📕📗 📘

04 Nov, 01:27

3,075

📑 Normativ-huquqiy hujjatlarning turlari quyidagilardan iborat:

1⃣ O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi;
2⃣ O‘zbekiston Respublikasining qonunlari;
3⃣ O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari;
4⃣ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari;
5⃣ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari;
6⃣ vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari;
7⃣ mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari.

📘 “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g'risida”gi Qonunning 6-moddasi.

➡️ @qonunchilik_uz
Yuridik adabiyotlar 📓📕📗 📘

03 Nov, 17:52

2,570

Jinoyat tarkibi tuzilishi bo‘yicha to‘rt elementdan iborat:

I) obyekt,
Il) obyektiv tomon,
Ill) subyekt,
IV) subyektiv tomon.
Yuridik adabiyotlar 📓📕📗 📘

03 Nov, 17:50

2,774

#yodda_tuting

Tavsifnoma va tavsiyanoma: farqi nimada?

🤝Tavsifnoma – ma’lum bir shaxsning mehnat va ijtimoiy faoliyati, shuningdek, uning o‘ziga xos xislat va fazilatlarini aks ettiruvchi rasmiy hujjat.

📈Tavsiyanoma – biror shaxsni ma’lum lavozimga yoki turli tashkilotlarga a’zo bo‘lishi, biror mukofotga sazovor bo‘lishi, ko‘rik-tanlovda qatnashishi uchun tavsiya etish maqsadida tuziladigan rasmiy hujjat.
Yuridik adabiyotlar 📓📕📗 📘

03 Nov, 15:31

2,872

📘 Atamalarning lug‘aviy ma‘nosi:

🖇 Jamiyat - arabcha jamoa, jamlangan, birlashgan
🖇Monarxiya - yunoncha yakka hokimlik
🖇Respublika - yunoncha umumiy ish
🖇Unitar - lotincha oddiy, yagona
🖇 Konfederatsiya - lotincha ittifoq, uyushma
🖇 Demokratiya - yunoncha xalq hokimyati
🖇 Prezident - lotincha oldinda o‘tiruvchi
🖇 Konstitutsiya - lotincha belgilash, tuzilish
🖇 Norma - lotincha namuna, qoida
🖇 Gipoteza - yunoncha faraz qilish, fikr yuritish
🖇 Dispozitsiya - lotincha bayon qilish
🖇 Sanksiya - lotincha majburiy chora
🖇 Prokuror - lotincha g‘amxo‘rlik qiluvchi, fransuzcha qoralovchi
🖇 Adliya - arabcha adolat, to‘g‘rilik, haqqoniylik
🖇 Advokat - lotincha oqlovchi, himoya qiluvchi
🖇 Emansipatsiya - lotincha huquqlarda tenglashtirish
🖇 Vatan - arabcha ona yurt

➡️ @qonunchilik_uz
Yuridik adabiyotlar 📓📕📗 📘

01 Nov, 17:59

3,333

#Биласизми

1️⃣ Davlat Xavfsizlik Xizmati Raisi - Azizov Abdusalom Abdumavlonovich

2️⃣ Milliy Gvardiya Qo'mondoni - Jo'rayev Rustam Mirzayevich

3️⃣ Ichki Ishlar Vaziri - Bobojonov Po'lat Razzaqovich

4️⃣ Mudofa Vaziri - Bahodir Nizamovich Qurbonov

5️⃣ Favqulodda Vaziyatlar Vaziri - Qo'ldoshev Abdulla Hamidullayevich

6️⃣ O'zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori - Qudratxo‘jayev Botir Bahromovich

7️⃣ O'zbekiston Respublikasi Harbiy sud raisi - Eshonqulov Sadriddin Bavabekovich

➡️ @qonunchilik_uz
Yuridik adabiyotlar 📓📕📗 📘

01 Nov, 16:28

3,009

📨 Murojaat turlari:

1⃣ Ariza.
2⃣ Taklif.
2⃣ Shikoyat.

1⃣ Ariza — huquqlarni, erkinliklarni va qonuniy manfaatlarni amalga oshirishda yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi iltimos bayon etilgan murojaat.

2⃣ Taklif- davlat va jamiyat faoliyatini takomillashtirishga doir tavsiyalarni o‘z ichiga olgan murojaat.

3⃣ Shikoyat- fuqarolarning buzilgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini tiklash to'g'risidagi talabi bayon etilgan murojaati.

➡️ @qonunchilik_uz