Últimas Postagens de Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal (@pmtests) no Telegram

Postagens do Canal Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal

Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal
📚 Prezident maktablariga tayyorlovchi maxsus kanal!
- Matematika
- Tanqidiy fikrlash
- Muammoli masalalar
- Yutuqli testlar

Videodars / Repetitsion testlar kanaliga obuna bo’lish uchun: @pmtests_admin @pmtests_admin1 yozing
Testlar bazasi: pmtests.uz
62,170 Inscritos
1,829 Fotos
847 Vídeos
Última Atualização 12.03.2025 07:09

O conteúdo mais recente compartilhado por Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal no Telegram

Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal

11 Mar, 18:11

5,669

27-tanqidiy fikrlash va muammoli masalalar testi natijalari.

💡 Test yakunlandi!
🔰 Test kodi: 134753
👨 Test qatnashchilari: 939 ta
📝 Kalitlar: 1-C 2-B 3-B 4-C 5-B 6-B 7-D 8-E 9-C 10-C
Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal

11 Mar, 15:01

10,063

Test kodi: 134753

Javob yuborish uchun
- @best_olimpiad_robot botining Javobni tekshirish tugmasini bosing.
- keyin test kodiga 134753 ni yuboring.
- keyin kalitlarni yuboring (kodsiz) va natijangizni bilib oling.
Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal

11 Mar, 15:01

6,823

27-tanqidiy fikrlash va muammoli masalalar testi 👇👇
Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal

11 Mar, 14:40

7,349

#kun_savoli_javobi

Yuk mashinasi egasi yetarli benzin olganiga ishonch hosil qilish uchun u eng ko'p benzin sarflanadigan holatlarni inobatga oladi. Misol uchun, u bir haftada besh kun ishlasa, ikki haftada 10 kun ishlashi kerak bo'ladi. Agar u kuniga uzoqroq masofalarga yursa, ikki haftada 10×400=4000 km masofa yurishi kerak.
Bizga ma'lumki, u odatiy 300 km masofa yurish uchun 170-20=150 litr benzin sarflaydi. Demak, har bir litr benzin 2 km masofa uchun yetarli. U holda 4000 km masofaga borish uchun 2000 litr yoqilg'i kerak. Unda 170+100=270 litr yoqilg'i bor. Demak, u 2000-270=1730 litr yoqilg'iga buyurtma berishi kerak.

Javob: 1730 litr

👉👉 t.me/pmtests

Kun savolimizga dastlab uchta to'g'ri javob yuborgan bilimdon o'quvchilar quyidagilar bo'ldi:
🥇Xolbekov Xushnudbek
🥈Abdusalomov Shohro'z
🥉Muxtarov  Nurbek

Barcha javob yuborgan ishtirokchiga minnatdorlik bildiramiz.

Barcha to‘g‘ri javob yuborgan o'quvchilarga rahmat.

‼️Birinchi to'g'ri javob yuborgan o'quvchiga KYO-2025 savol-javoblarida qatnashish imkoniyati beriladi.‼️
Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal

11 Mar, 13:02

7,062

#kun_savoli_11_03_2025

Azizning yuk mashinasida zahira uchun yonilg'i saqlash baki mavjud. U hozirgina yuk mashinasining yonilg'i bakini bo'sh holatdan 170 litrga to'ldirdi. Bu mashina bakiga sig'ishi mumkin bo'lgan maksimal miqdor. Shuningdek, zahira baki ichida 100 litr yoqilg'i qolgan. Yoqilg'i narxi tez orada tushishi kutilmoqda, u faqat keyingi ikki haftada yetarli miqdorda yonilg’i sotib olishni xohlaydi. Odatda, uning odatiy kunlik sayohatlari jami 300 km ni tashkil qiladi va kunlik sayohatdan keyin mashina bakida atigi 20 litr yonilg`i qoladi. U har hafta 300 kmlik sayohatlardan kamida uchtani amalga oshiradi, ammo bu beshtagacha bo'lishi ham mumkin. Ba'zan kunlik bosib o'tiladigan masofa uzoqroq bo'ladi, lekin hech qachon kuniga 400 km dan ortiq bo’lmaydi. U hech qachon haftada besh kundan ortiq ishlamaydi. Uning zahira saqlash idishi bor bo’lib, uning sig'imi 4000 litrni tashkil qiladi.

Kelgusi ikki hafta davomida yetarli ekanligiga ishonch hosil qilish uchun u necha litr yonilg'i buyurtma qilishi kerak?

Javobda yechish usuli ko'rsatilishi va bajarilgan ishlar asoslanishi kerak. Javobingizni yechilish yo'li bilan video tarzida @pmtests_admin ga yuboring. Faqat bitta javob qabul qilinadi.

Savolga eng avval javob yuborgan 3 ta o'quvchi kanalimizda e'lon qilinadi. 1-yuborgan 3-4-sinf o'quvchisiga KATTA YUTUQLI OLIMPIADA saralash savol-javoblarida qatnashish imkoniyati beriladi.‼️

👉👉 t.me/pmtests
Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal

11 Mar, 04:51

8,230

⚡️⚡️⚡️Bugun kanalimizda 27-tanqidiy fikrlash va muammoli masalalar testi bo'lib o'tadi‼️

BUGUN soat 20:00 da kanalimizda Prezident maktablariga tayyorgarlik ko'rayotgan o'quvchilar uchun 27-tanqidiy fikrlash va muammoli masalalar testi bo'lib o'tadi.

Testlarimizda faol ishtirok etib bilimingizni oshirib boring!

👉👉 T.me/pmtests
Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal

10 Mar, 15:49

8,228

#kun_savoli_javobi

Bu yerda AB.CA×2=CA.AB-0.05 ko'rinishidagi tenglama hosil bo'ladi. Bu yerda B toq raqam va agar sentlarda ifodalasak, tenglamadan ABCA×2=CAAB-5 ekanini topamiz. A raqamiga bir necha variantlarni qo'yib, AB.CA=31,63 to'g'ri ekanligni topamiz.

Demak, kassada 63 dollar 31 sent berib yuborilgan

Kun savolimizga dastlab uchta to'g'ri javob yuborgan bilimdon o'quvchilar quyidagilar bo'ldi:
🥇Nurmuhammad G'ofurov
🥈Hamidova Bahora
🥉HASANOV SHERMUROD

Barcha javob yuborgan ishtirokchiga minnatdorlik bildiramiz.

Barcha to‘g‘ri javob yuborgan o'quvchilarga rahmat.

‼️Birinchi to'g'ri javob yuborgan o'quvchiga KYO-2025 savol-javoblarida qatnashish imkoniyati beriladi.‼️
Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal

10 Mar, 13:01

9,244

#kun_savoli_10_03_2025

Siz Plastik kartangizdan naqd pul yechib olmoqchisiz. Bankda AB.CA $ miqdorida pul kartangizdan yechib olindi. Bunda dollar va sentlar qiymatlari ham ikki xonali sonlar (AB dollar va CA sent). Shuningdek, bu ikki xonali sonlarning bittadan raqamlari bir xil.

Sizga AB.CA $ berilishi kerak edi. Ammo, Bank xodimasi Sizga adashib dollar miqdorida sent va sent miqdorida dollar (CA.AB $) berib yubordi.

Siz 5 sent pul sarflab pulingizni sanaganizda u chekdagi berilishi kerak puldan ikki marta ko'p bo'ldi. Sizga kassada qancha pul berib yuborilgan?

Javobda yechish usuli ko'rsatilishi va bajarilgan ishlar asoslanishi kerak. Javobingizni yechilish yo'li bilan video tarzida @pmtests_admin ga yuboring. Faqat bitta javob qabul qilinadi.

Savolga eng avval javob yuborgan 3 ta o'quvchi kanalimizda e'lon qilinadi. 1-yuborgan 3-4-sinf o'quvchisiga KATTA YUTUQLI OLIMPIADA saralash savol-javoblarida qatnashish imkoniyati beriladi.‼️

👉👉 t.me/pmtests
Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal

04 Mar, 12:01

2,176

Ramazon oyi munosabati bilan Prezident va al-Xorazmiy maktablari imtihoniga mukammal tayyorlanish uchun PMTESTS o’zining maxsus kanallariga MEGA CHEGIRMALAR e’lon qiladi:
(kanallar haqida ma’lumot olish uchun ko’k yozuvni bosing)

“Tanqidiy fikrlash -COMPLEX”
250ming so’m 190ming so’m

“Maxfiy testlar - TURBO TAYYORLOV”
250ming so’m 190ming so’m

“Repetitsion testlar 2024-2025”
400ming so’m 280ming so’m

“Prezident va al-Xorazmiy maktabiga tayyorlov videodarslari 2024-2025”
700ming so’m 490ming so’m

"Repetitsion testlar ingliz tili 2024-2025"
200ming so'm 140ming so'm

Chegirma narxlar 16-martgacha amal qiladi.

Chegirma narxlarda a’zo bo’lish uchun:
@pmtests_admin
@pmtests_admin1
983383434
Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal

04 Mar, 07:43

4,655

Fevral oyida #kun_savollarida faol ishtirok etgan quyidagi o’quvchilar 09-mart soat 16:30-18:00 oralig’ida Katta yutuqli olimpiadaga yo’llanma uchun savol-javob qilinadi.

Ro’yxatda kun_savoliga 1-javob yuborgan yoki bir necha marta 2-yoki 3-bo’lib javob yuborganlar olindi. Agar faqat bir marta (2-3-o’rinda) javob yuborgan o’quvchilar bo’lsa, keyingi oyda ularga yana bir marta javob yuborishi bilan imkoniyat beriladi.

1 Sattarov M
2 Mamadiyorova Dilnura
3 Usmonaliyev Diyorbek
4 Xolbekov Xushnudbek
5 Muxtorov Hasanxon*
6 Xolmamatov Shohruh
7 Shavkatov Mashhurbek
8 Muqimova Rozaxon*
9 Mirzaliyev Zohirshoh
10 Muxtarov Nurbek
11 Ahmadaliyev Jasurbek
12 Yuldashev Bobur
13 Turg‘unaliyev Fazliddin*
14 Islomova Mohinabonu
15 Ochilov Bobur
16 Ma'rufjonov Joʻrabek*
17 Muhammadaziz Abdujalilov
18 Abdusalomov Shohro'z
19 To‘rayev Faridun
20 G'ulomjonov Akbarjon
21 Siddiqjonov Ixlosbek
22 Solijonov Iqboljon
23 Adiljonova Gulhayo*
24 Mamutxonov Afzalbek
25 Rajabov Abdulloh
26 Ulug'bekova Azimaxon*

* Yo'llanma olgan o'quvchilar savol-javobda ishtirok etmaydi.

Ushbu ro'yxatdagi o'quvchilar quyidagi ma'lumotlarni:

*Ismi, familiya va otasining ismi
*Ro'yxatdagi o'rni
*Sinfini


@pmtests_admin ga yuboradi. Ularga Zoomdagi savol-javobda ishtirok etish uchun yopiq guruhga LINK beriladi.

So'ralgan ma'lumotlar to'liq holda 9-mart soat 15:00 gacha qabul qilinadi.

👉👉
@pmtests