Latest Posts from Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal (@pmtests) on Telegram

Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal Telegram Posts

Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal
📚 Prezident maktablariga tayyorlovchi maxsus kanal!
- Matematika
- Tanqidiy fikrlash
- Muammoli masalalar
- Yutuqli testlar

Videodars / Repetitsion testlar kanaliga obuna bo’lish uchun: @pmtests_admin @pmtests_admin1 yozing
Testlar bazasi: pmtests.uz
62,170 Subscribers
1,829 Photos
847 Videos
Last Updated 12.03.2025 07:09

The latest content shared by Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal on Telegram

Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal

01 Mar, 07:13

4,685

Katta yutuqli olimpiada-2025 ga yo'llanma berish rejasi.

150 mln so'm yutuq fondiga ega iyun oyida Toshkent shahrida bo'lib o'tadigan Katta yutuqli olimpiada uchun yana 100 ta o'quvchiga (3-4-sinf) quyidagi yo'nalishlar bo'yicha yo'llanmalar taqdim etiladi:

O'quv markazlarida o'tkazilayotgan offline Repetitsion testlarda eng faol qatnashgan o'quvchilarga - 44 ta
(Martda 8 ta, Aprelda 12 ta, mayda 24 ta)

@PMTESTS kanalidagi 30 talik va 10 talik testlarni muntazam yechib borayotgan o'quvchilarga - 17 ta
(Martda 6 ta, aprelda 6 ta, may oyida 5 ta yopiq test bo'yicha)

Hududlarda o'tkazilayotgan offline yutuqli olimpiadalarda faol ishtirok etgan o'quvchilarga - 14 ta
(Martda 6 ta, Aprelda 8 ta)

Prezident va Al-Xorazmiy maktabiga tayyorlash videodarslar va boshqa pullik kanallar a'zosi bo'lgan o'quvchilarga - 19 ta
(Aprelda 7 ta, mayda 12 ta)

Kun_savollarida faol ishtirok etgan o'quvchilarga - 6 ta.

(Jami 100 ta, rejalarda biroz o'zgarishlar ham bo'lishi mumkin)

Eslatib o'tamiz, o'quvchilar bir vaqtda barcha yo'nalishlarda o'z imkoniyatlarini sinab ko'rishlari mumkin.

👉👉 @PMTESTS
Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal

01 Mar, 06:55

4,437

Katta yutuqli olimpiada-2025 ga yo'llanma olgan o'quvchilar soni haqida ma'lumot.

Hozirga qadar 50 ta o'quvchi KYO-2025 ga yo'llanmani qo'lga kiritdi. Ularga quyidagi yo'nalishlar bo'yicha faol bo'lgani uchun yo'llanmalar taqdim etildi:

O'quv markazlarida o'tkazilayotgan offline Repetitsion testlarda eng faol qatnashgan o'quvchilarga - 16 ta

@PMTESTS kanalidagi 30 talik va 10 talik testlarni muntazam yechib borayotgan o'quvchilarga - 13 ta

Hududlarda o'tkazilayotgan offline yutuqli olimpiadalarda faol ishtirok etgan o'quvchilarga - 12 ta

Prezident va Al-Xorazmiy maktabiga tayyorlash videodarslar kanali a'zosi bo'lgan o'quvchilarga - 6 ta

Kun_savollarida faol ishtirok etgan o'quvchilarga - 3 ta.
(Jami 50 ta)

Eslatib o'tamiz KYO-2025 ga yo'llanma olish uchun ba'zi o'quvchilar barcha yo'nalishlarda faol harakat qilishmoqda. Imkoniyatlar bir nechta yo'nalishda va har bir yo'nalishda ham bir necha marta harakat qilib ko'rish mumkin.

👉👉 @PMTESTS
Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal

01 Mar, 00:32

11,515

Ramazon keldi, ramazon!!
(Yulduzlar ijrosida)


Shu qo'shiqni qancha eshitsam, yana eshitgim kelaveradi.

Kirib kelgan Ramazon oyi MUBORAK BO'LSIN!!

👉👉 @pmtests
Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal

28 Feb, 18:26

9,086

Muborak ramazon oyi kirib kelishi kelishi munosabati bilan O'zbekiston xalqiga tabrik.

Aziz vatandoshlar!
Ramazoni sharifni oila va yaqinlar davrasida katta xursandchilik bilan kutib olayotgan siz muhtaram yurtdoshlarimni yana bir bor tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, baxt-u saodat, xonadonlaringizga fayz-u baraka tilayman.
Ushbu muqaddas oyda qilinadigan ibodat va duolar, ehson va amallarni Parvardigori olam o‘z dargohida qabul etsin!
Xalqimizning ezgu orzu-intilishlari ro‘yobga chiqsin!
Ramazon oyi barchamizga muborak bo‘lsin!
Shavkat Mirziyoyev,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti


👉👉 t.me/pmtests
Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal

28 Feb, 14:30

7,118

#kun_savoli_javobi

Keling rasmlarni chap tomondan boshlab 1 dan 5 gacha nomerlab olamiz. O'rtadagi 3-rasm Cleo. Bundan 2- va 3-o'rindagi rasmlarda Juno bo'la olmasligini bilamiz. Shuningdek, Keiko bilan Dido va Juno yonma-yon kelmasligini kerak. Bundan Dido va Juno Cleoning yoki chap yoki o'ng tomonida bo'lishi kelib chiqadi.

Junoga ikki variant bor. Agar u 1-o'rindagi rasmda bo'lsa, u holda Dido 2-o'rindagi rasmda bo'lishi kerak. Bu mumkin emas.

Demak, Juno 5-o'rindagi rasmda bo'ladi. Dido esa 4-rasmda bo'ladi. 1-rasmda Keiko va 2-rasmda Margo bo'ladi. Ularning tartibi: Keiko, Margo, Cleo, Dido, Juno


Javob: Juno

Kun savolimizga dastlab uchta to'g'ri javob yuborgan bilimdon o'quvchilar quyidagilar bo'ldi:
🥇Solijonov Iqboljon
🥈Ma'rufjonov Jo'rabek
🥉Sharifjonov Muhammadsolih

Barcha javob yuborgan ishtirokchiga minnatdorlik bildiramiz.

Barcha to‘g‘ri javob yuborgan o'quvchilarga rahmat.

‼️Birinchi to'g'ri javob yuborgan o'quvchiga KYO-2025 savol-javoblarida qatnashish imkoniyati beriladi.‼️
Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal

28 Feb, 13:05

7,643

#kun_savoli_28_01_2025

Ozone qizlar guruhining suratlari gazetada e'lon qilindi.

Rasm ostidagi matnda guruh a’zolari chapdan o‘ngga Margo, Dido, Keiko, Juno va Cleo ekanligi aytiladi.
Do‘stim menga aytadiki, ismlarning hech biri to‘g‘ri joyda emas va matndagi ismga ko‘ra bir-birining yonida bo‘lgan ikkita odam rasmga ko‘ra bir-birining yonida emas.
Men Cleoni taniyman, shuning uchun u rasmdagi o‘rtada turgan odam ekanligini bilaman.

Rasmning o‘ng tomonidagi qizning asl ismi nima?

Javobda yechish usuli ko'rsatilishi va bajarilgan ishlar asoslanishi kerak. Javobingizni yechilish yo'li bilan video tarzida @pmtests_admin ga yuboring. Faqat bitta javob qabul qilinadi.

Savolga eng avval javob yuborgan 3 ta o'quvchi kanalimizda e'lon qilinadi. 1-yuborgan 3-4-sinf o'quvchisiga KATTA YUTUQLI OLIMPIADA saralash savol-javoblarida qatnashish imkoniyati beriladi.‼️

👉👉 t.me/pmtests
Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal

28 Feb, 11:10

7,791

KATTA YUTUQLI OLIMPIADA-2025 ga o'quvchilarni jadal sur'atlarda saralab olishni davom ettiramiz...

Respublika bo'ylab 150 nafar qatnashuvchining 50 nafari O'zlari uchun yo'llanmalarni naqd qilishga ulgurishdi. Yana 100 ta o'quvchiga yo'llanmalar beriladi.

Yo'llanma berish rejasi kanalda e'lon qilinadi. Kanalni kuzatib boring.

KATTA YUTUQLI OLIMPIADA-2025 o'tgan mavsumga qaraganda yorqin lahzalarga boy bo'ladi.

https://t.me/pmtests
Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal

28 Feb, 04:33

8,895

49-online test natijalari.

💡 Test yakunlandi!
🔰 Test kodi: 132193
👨 Test qatnashchilari: 1179 ta
📝 Kalitlar: 1-A 2-B 3-A 4-C 5-D 6-B 7-A 8-A 9-C 10-B 11-B 12-B 13-D 14-B 15-A 16-A 17-C 18-A 19-A 20-A 21-C 22-D 23-C 24-D 25-B 26-A 27-D 28-A 29-A 30-B
Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal

27 Feb, 17:39

9,477

#kun_savoli_javobi

1-, 2- va 4-ma’lumotlar bir vaqtda to’g’ri bo’la olmaydi. Chunki, 1-ma’lumot: a+b+c+2d=50 va 2-ma’lumot: b+ d=12 ekanini bildiradi. Agar bu ikki ma’lumot to’g’ri bo’lsa 4-ma’lumot a+c+d=35 xato bo’ladi. Chunki, 50-12=38. Biz 3- va 5-ma’lumotlar aniq to’g’ri ekanligini bilamiz. Shuning uchun 1-, 2- va 4-ma’lumotlardan har birini tekshirib chiqamiz.

- Agar 4-ma’lumot xato bo’lsa, Dilshodning yoshi 50-41=9 da va Botirning yoshi 12-9=3 da bo’ladi. Ammo, bu 5-ma’lumotga ko’ra xato. Chunki, Botir va uning tengdoshining birgalikdagi yoshi Dilshoddan katta bo’lishi kerak. Ammo, 9>3+3.

- Agar 1-ma’lumot xato bo’lsa, a+b+c+2d=47 bo’ladi. Chunki, 35+12=47. U holda Dilshodning yoshi 47-41=6 yoshda bo’ladi. Ukasi Botir esa 12-6=6 bo’lib qoladi. Dilshod ukasidan kattaroq bo’lishi kerak.

- Demak, 2-ma’lumot xato. U holda, Dilshodning yoshi 50-41=9 da, b+d=50-35=15 ekanidan Botirning yoshi 15-9=6 da, Alining yoshi 9+3=12 da va Solihning yoshi 41-(9+6+12)=14 da bo’ladi.

Javob: 14 yoshda.

Kun savolimizga dastlab uchta to'g'ri javob yuborgan bilimdon o'quvchilar quyidagilar bo'ldi:
🥇Siddiqjonov Ixlosbek.
🥈Yusuf Umirov
🥉Ulug'bekova Azimaxon

Barcha javob yuborgan ishtirokchiga minnatdorlik bildiramiz.

Barcha to‘g‘ri javob yuborgan o'quvchilarga rahmat.

‼️Birinchi to'g'ri javob yuborgan o'quvchiga KYO-2025 savol-javoblarida qatnashish imkoniyati beriladi.‼️
Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal

27 Feb, 14:00

13,590

Test kodi: 132193

Javob yuborish uchun
- @best_olimpiad_robot botining Javobni tekshirish tugmasini bosing.
- keyin test kodiga 132193 ni yuboring.
- keyin kalitlarni yuboring (kodsiz) va natijangizni bilib oling.