#Prezident_Maktabiga_Tayyorlov
#Islomjon_Ibragimov
#Matematik_tushunchalar
📊 Matematikada foydalaniladigan terminlar va belgilar,
ularning kelib chiqishi hamda ularning qisqacha ma’nosi haqida
✅ Matematika – yunoncha so’z bo’lib, fan, bilim ma’nosini bildiradi. Buni Pifagor kiritgan.
✅ Arifmetika – yunoncha “arithnios” so’zidan olingan bo’lib, son san’ati degan ma’noni bildiradi.
✅ Algebra – al-Xorazmiyning “Al – jabr va al – muqobala” asaridagi al – jabr so’zining talaffuzi bo’lib, o’zbek tilida tiklash, to’ldirish ma’nosini bildiradi.
✅ Geometriya – yunoncha “geometreo” so’zidan olingan bo’lib , yer o’lchash ma’nosini bildiradi.
✅ Trigonometriya – yunoncha so’z bo’lib, uchburchallarni o’lchash, yoki uchburchaklarni yechish degan ma’noni bildiradi.
✅ Aksioma – yunoncha so’z bo’lib, isbot talab qilinmaydi degan ma’noni bildiradi.
✅ Gipoteza – yunoncha so’z bo’lib, faraz qilish degan ma’noni bildiradi.
✅ Teorema – yunoncha so’z bo’lib, mulohaza yuritilgan degan ma’noni bildiradi.
✅ Formula – yunoncha so’z bo’lib, ma’lum qonun degan ma’noni bildiradi.
✅ Figura – yunoncha so’z bo’lib, rasm, shakl degan ma’noni bildiradi.
✅ Funksiya – yunoncha so’z bo’lib, bo’ladigan, bajariladigan degan ma’noni bildiradi.
✅ Algoritm – al – Xorazmiy nomining yevropalashtirilgan ko’rinishi bo’lib, qadam – baqadam degan ma’noni bildiradi.
✅ Piramida – yunoncha so’z bo’lib, olov shaklidagi jism degan ma’noni bildiradi.
✅ Parallelepiped – yunoncha so’z birikmasi bo’lib, yonma – yon boruvchi tekisliklar degan ma’noni bildiradi.
✅ Katet – yunoncha so’z bo’lib, shoqul degan ma’noni bildiradi.
✅ Gipotenuza – yunoncha so’z bo’lib, tarang tortilgan degan ma’noni bildiradi.
✅ Radius – yunoncha so’z bo’lib, nur degan ma’noni bildiradi.
✅ Diametr – yunoncha so’z bo’lib, ko’ndalang degan ma’noni bildiradi.
✅ Diagonal – yunoncha so’z birikmasi bo’lib, ikki burchak orqali o’tuvchi degan ma’noni bildiradi.
✅ Koeffisient – Dekart koeffisientlarni a , b , c , . . . harflar bilan , no’malumlarni esa x , y , z , . . . harflar bilan belgilagan .
✅ Qo’shish “ + ” va ayirish “ – ”
Ya Vidman 1489 yilda kiritdi.
✅ Ko’paytirish – “ ⋅ ”
Regiomontan 1461 yilda kiritdi.
“ x ” belgini U.Outred 1631 yili kiritgan.
✅ Bo’lish – “ : ” arab olimlari kiritgan .
Hozirgi ko’rinishni 1684 yilda Leybnis taklif etgan.
✅ Tenglik – “ = ” belgini R. Dekard 1557 yilda kiritgan .
✅ Qavslar – kvadrat qavslar [ ] ni R. Bombelli 1550 yilda, doiraviy qavslar ( ) ni Tartal’ya 1552 yilda, figurali qavslarni { } ni F. Viyet 1593 yilda kiritgan.
✅ Oraliqlar – (a ; b) va <a ; b> hamda <a ; b) va (a ; b> ko’rinishlarda Kovalevskiy 1909 yilda kiritgan. [ ] , ] [ belgilarni Burbaki 1956 yilda kiritgan.
✅ Gradus – yunoncha so’z bo’lib, daraja yoki bosqich degan ma’noni bildiradi. Ptolomey graduslarni – qismlar, minutlarni – shtrix, sekundlarni – ikkita shtrix bilan belgilagan.
✅ Parallel – yunoncha so’z bo’lib, yonma – yon boruvchi degan ma’noni bildiradi. ,, // “ belgini
U. Outred 1677 yili kirigan.
✅ Perpendikulyar – yunoncha so’z bo’lib, tikka turuvchi degan ma’noni bildiradi.
✅ Katta – kichik – “ > ” , “ < ” belgilarni G. Garriod 1631 yilda kiritgan . Qat’iy bo’lmagan tengsizliklarni P. Buge 1734 yilda kiritgan.
🔰Ustoz: ISLOMJON IBRAGIMOV
✍Telegram kanalimizga a'zo bo'ling:
✈️ @Online_Prmaktab
✈️ @Online_Prmaktab
✈️ @Online_Prmaktab