😭Yigʻlaganim...
Onam bilmasin!🤫
Yuragimni ezib qoʻysa gʻam,
Hujum qilsa: armon-u alam,
Koʻzlarimdan toʻlib toshsa nam,
Yigʻlaganim onam bilmasin!
Sezdirmayin yurayin mayli,
Onam uchun kulayin mayli,
Kulib turib oʻlayin mayli,
Yigʻlaganim onam bilmasin!
Dardlar chekib, meni tuqqan u,
Oʻzi yemay, meni boqqan u,
Bu holimga chidolmaydi-ku,
Yigʻlaganim, onam bilmasin!
Soʻzlariga kirmagan menman,
Pok koʻnglini qiynagan menman,
Toqatini sinagan menman,
Yigʻlaganim, onam bilmasin!
Uning dardi yetar oʻziga,
Yigʻlasam yosh kelar koʻziga,
Qarolmayman unda yuziga,
Yigʻlaganim, onam bilmasin!
Toʻydim doʻstning yoʻlgʻonlaridan,
Bevafoning boʻhtonlaridan,
Mayli kechay, bari-baridan,
Yigʻlaganim, onam bilmasin!
Meni yolgʻiz tushunguvchi u,
Bu holimga achinguchi u,
Ahir usiz yasholmayman- ku,
Yigʻlaganim onam bilmasin!
Bildirmayman aslo oʻzim ham,
Sotib qoʻymas, ma'yus koʻzim ham,
Sezdirmasdan, kulsin yuzim ham,
Yigʻlaganim, onam bilmasin!
Mayli qilay dunyoga doston,
Ohlarimdan yevrilsin osmon,
Bu ham menga goʻzal imtihon,
Yigʻlaganim, onam bilmasin!
Barchasini Alloh bilsin-u,
Yigʻlaganim, onam bilmasin !
KANALGA OBUNA BO'LING✅
Бизлардан узоқлашманг каналимиз СИЗЛАР билан файзли
🌹🌱꧁꧂♥️♥️꧁꧂🌹🌱
Дўстларингизга улашинг!
💞💞💞💞💞💞💞💞💞
𝕂𝕒𝕟𝕒𝕝𝕚𝕞𝕚𝕫𝕘𝕒 𝕆𝕓𝕦𝕟𝕒 𝔹𝕠'𝕝𝕚𝕟𝕘
http://t.me/Onamning_Duosi_Meni_Asraydi_007