Bugun Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Olmaliq shahrida boʻlib, “Oydin” dehqon bozori va unga yondosh hududlardagi holatni tanqidiy oʻrgandi.
Shaharning markaziy bozorida, oziq-ovqat mahsulotlari rastasida antisanitariya holati mavjudligi aholining haqli eʼtirozlariga sabab boʻlmoqda, dedi Zoyir Mirzayev.
Bundan tashqari, bozor yaqinida oʻnlab oʻzboshimchalik bilan qurilgan savdo nuqtalari, betartib va sunʼiy ravishda doimiy vujudga keltirilgan avtomashinalar tiqini ham aholiga noqulaylik keltirayotgani qayd etildi.
“Oydin” bozori va uning yon atroflarida qatʼiy tartib oʻrnatiladi, sanitar meʼyorlar doirasida ish olib borish tartibi yoʻlga qoʻyiladi.
Oʻrganish yakunlari boʻyicha qoʻshimcha axborot beriladi.