NAMANGAN KADASTR (@namkadastr)の最新投稿

NAMANGAN KADASTR のテレグラム投稿

NAMANGAN KADASTR
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: [email protected]
1,519 人の購読者
11,310 枚の写真
999 本の動画
最終更新日 12.03.2025 09:19

類似チャンネル

QARAQALPAQSTAN KADASTR
2,436 人の購読者
Yangi Navoiy
1,688 人の購読者

NAMANGAN KADASTR によってTelegramで共有された最新のコンテンツ

NAMANGAN KADASTR

05 Mar, 04:24

502

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🟦🟦

VAKANT O'RINLARI UCHUN QABUL E'LON QILINADI!

⭐️🌟 Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmasining Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻlimi bosh mutaxassisi - roʻyxatdan oʻtkazuvchisi vakant lavozimlariga ishga qabul qilish boʻyicha tanlov eʼlon qilinadi.

Talablar: oliy yuridik maʼlumotga hamda yuridik mutaxassislik boʻyicha kamida ikki yillik ish stajiga yohud geodeziya, kartografiya va kadastr, bino va inshootlar qurilishi, qurilish ekspertizasi, koʻchmas mulk ekspertizasi, arxitektura, yer tuzish va yer kadastri yoʻnalishlari boʻyicha oliy maʼlumotga va Davlat kadastrlari palatasi tizimida mutaxassislik boʻyicha kamida ikki yillik ish stajiga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlishi lozim.

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlar Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmasining Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish shoʻbasiga murojaat qilishlari mumkin.

Manzil: Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

📞 Murojaat uchun telefon raqamlari: Tel: 69-233-27-33 (ichki raqam 103)

❗️ Eslatma! Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar 2025 yilning 5-aprel kuniga qadar qabul qilinadi.

◼️ Tanlov yuzasidan eʼtirozlar boʻlgan taqdirda Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparatining yagona aloqa markaziga murojaat qilishingiz mumkin: +998 71 207 00 03

#DavKadastrPalata #vakansiya

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
NAMANGAN KADASTR

05 Mar, 03:45

521

#Seminar

Huquqiy normalar mazmun-mohiyatiga bag'ishlangan o'quv-seminar

🟢Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalari, Namangan shahar Adliya bo'limi bilan hamkorlikda qonunchiligimizdagi korrupsiyaviy va boshqa qonunbuzilish holatlarining mazmun-mohiyatini hamda ushbu xatti-harakatlarga nisbatan qo'llaniladigan choralarni xodimlarga tushuntirish maqsadida o'quv seminar tashkil etildi.

🟢Unda Boshqarmaning korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha bosh mutaxassisi A.Obidov, Namangan viloyati Adliya boshqarmasi Namangan shahar bo'limi xodimilari M.Mirsaidov va A.Abdusalomovlar, boshqarmalarning bo‘lim boshliqlari, mutaxassislari qatnashdilar.

🟢O‘quv-seminarni A.Obidov ochib, so'zni Adliya bo'limi xodimi M.Mirsaidovga berdi. U o'z so'zida Qonunnchiligimizda jinoyat deb topilgan xatti-harakatlar, jumladan firibgarlik, mansab vakolotini suistemol qilish, mansab sohtakorligi kabi huquq normalari haqida hayotiy misollar bilan batafsil ma'lumotlar berdi.

🟢O‘tkazilgan seminarda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga to‘laqonli javob oldilar. Seminar yakunida Adliya xodimlari tomonidan xodimlarga tarqatma materialllari taqdim etildi.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
NAMANGAN KADASTR

02 Mar, 07:26

337

🌎🌎🌎🌎

⚡️Nazorat tadbirlari davom etmoqda

🌟Kadastr agentligining Namangan viloyati boshqarmasi Yangi Namangan tuman bo‘limi yer va kadastr nazorati inspektorlari tomonidan o'tkazilgan yer nazorati tadbirlarida tumanning "Mingchinor" MFY, Kosonsoy ko‘chasida fuqaro M.E tomonidan 320 m² yer maydoni o'zboshimchalik bilan egallab olinib, noqonuniy qurilish ishlari amalga oshirilganligi aniqlandi.

🔹Kadastr agentligining tuman bo'limi yer nazorati inspektorlari tomonidan o'rnatilgan tartibda ko'rilgan choralar hamda olib borilgan tushuntirish, huquqiy targ‘ibot ishlari natijasida o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydoni fuqaro M.E tomonidan ixtiyoriy ravishda o‘z holiga keltirilmoqda.

❗️Nazorat tadbirlari davom etmoqda.

#Yer_nazorati

Matbuot xizmati.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
NAMANGAN KADASTR

01 Mar, 14:20

558

🌎🌎🌎🌎

3  kunda o‘zboshimchalik bilan egallangan 1,7 gektar yer zaxiraga qaytarildi

🔺Kadastr agentligining Namangan viloyati boshqarmasi Ishchi guruhi hamda Yangi Namangan tumani bo‘limi yer nazorati inspektorlari tomonidan tumanning “Mustaqillikning 5 yilligi” MFY hududida yer nazorati tadbirlari davom etmoqda.

🔺Hozirgacha 27 ta holatdagi yer qonun buzilishlari bo‘yicha hozirda 1,7 gektar o‘zboshimchalik bilan egallangan qishloq xo'jaligi yerida boshlangan qurilish ishlari to'xtatildi hamda  bartaraf etildi. Ushbu hududda yer maydonlarini o'zboshimchalik bilan egallab olish va talon-taroj qilinishiga qarshi tadbirlar davom etmoqda.

❗️Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar!
Yer maydonlarini qonunchiligimizda belgilangan tartiblarda olish va undan foydalanishingizni so‘rab qolamiz.

❗️Yer qonun buzilishlari, yerga, mulkka bo‘lgan huquqlarni buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun yer olib berishni, yer sotishni va’da qilib fuqarolarni aldab ketayotgan firibgarlarga aslo ishonmang!

❗️Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar! Sizlardan ruxsatsiz noqonuniy qurilish qilmaslikni, qishloq xo'jaligi yerlarini, avtomobil yo‘llari chetlarini, aholi punktlaridagi yer maydonlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olmasliklaringizni so‘rab qolamiz. O‘zbekiston Respublikasining 05.08.2024-yildagi O‘RQ-937-sonli Qonuniga asosan, 2018-yil 1-may kunigacha yakka tartibdagi uy-joy qurish orqali o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasi hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga nisbatan huquqlar e’tirof etiladi.

#yer_nazorati

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
NAMANGAN KADASTR

28 Feb, 16:03

444

Муборак Рамазон ойи кириб келиши муносабати билан Ўзбекистон халқига табрик

Поздравление народу Узбекистана с наступлением священного месяца Рамадан

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
NAMANGAN KADASTR

28 Feb, 12:07

509

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 ❗️❗️❗️

❗️O'RAB QO'YILGAN LEKIN QURILISH QILINMAGAN YERNI YANGI QONUN BILAN HUJJATLARINI QILIB OLSA BO'LADIMI?

🌟Kadastr agentligi direktorining matbuot kotibi N.Atamuratov bu haqda to'liq ma'lumot berdi.

📩 Telegram kanalga a'zo bo'ling
NAMANGAN KADASTR

25 Feb, 04:11

144

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DIQQAT E'LON!


🇺🇿 Ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr muhandisining malaka shahodatnomasini qo‘lga kiritish uchun navbatdagi malaka imtihoni o‘tkaziladi.

🗓 Imtihon kuni: 2025-yil, 27-28-fevral
🕔 soat 10:00, 11:00, 15:00, 16:00 da

📍Manzil: Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparati binosi.

📃Imtihon jarayonlarini Davlat kadastrlari palatasining You Tube platformasi orqali to'g'ridan-to'g'ri kuzatishingiz mumkin.

➡️ Malaka imtihonida 56 nafar talabgorlar ishtirok etadi.

#DavKadastrPalata #malaka_shahodatnomasi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
NAMANGAN KADASTR

24 Feb, 15:37

420

#seminar

Yer va kadastr nazorati inspektorlari uchun seminar

Bugun 🌟Kadastr agentligining Namangan viloyati boshqarmasida boshqarma xodimlari hamda tuman, shahar bo‘limi boshliqlari, yer va kadastr nazorati inspektorlari uchun navbatdagi o‘quv seminari o'tkazildi.

Seminarda boshqarma boshlig'ining o'rinbosari - Yer va kadastr nazorati sho'basi boshlig'i F.Mirzaboyev tomonidan viloyatimizda joriy yil boshidan yerlarni muhofaza qilish, ularni o'zboshimchalik bilan egallab olinishiga yo'l qo'ymaslik borasidagi olib borilgan yer nazorati tadbirlari natijasi tanqidiy tahlil qilindi.

Shuningdek, seminarga taklif qilingan Viloyat IIB Yo'l harakati xavfsizligi boshqarmasining video kuzatuv guruhi inspektori A.Rahimov tuman, shahar bo‘limi boshliqlari, yer va kadastr nazorati inspektorlariga yer nazorati tadbirlari davomida bodi-kameradan foydalanish bo'yicha tushuncha, tavsiya va ko'nikmalar berdi.

Seminarda so'zga chiqqan boshqarmaning korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha bosh mutaxassisi M.Nurmatov xodimlarga kundalik ish jarayonida xizmat madaniyatiga va davlat xizmatchisining axloq va odob qoidalariga rioya qilishlari hamda korrupsiyaviy holatlarni oldini olishlari, xizmat vakolatlarini suiisteʼmol qilmasliklarini uqtirdi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-184-sonli "Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi Farmoni haqida boshqarmaning Ma'muriy amaliyot bo'limi bosh mutaxassisi F.Abdurahmonov ma'lumot berib, Farmonda ko'zda tutilgan jihatlarga to'xtaldi.

O'quv-seminarida yer va kadastr nazorati inspektorlari amaliyotda uchrayotgan holatlar yuzasidan savollariga javob oldilar.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
NAMANGAN KADASTR

24 Feb, 10:05

432

Namangan viloyati bo'yicha 2 726 ta tadbirkorlik uchun yer uchastkalari mulk va ijara huquqi bilan savdoga chiqarildi:

🔹Mingbuloq tumanidan 147 ta (koʼrish)
🔹Kosonsoy tumanidan 137 ta (ko'rish)
🔹Namangan tumanidan 21 ta (koʼrish)
🔹Norin tumandan 39 ta (koʼrish)
🔹Pop tumandan 648 ta (koʼrish)
🔹To'raqo'rg'on tumanidan 467 ta (ko'rish)
🔹Uychi tumanidan 83 ta (ko'rish)
🔹Uchqo'rg'on tumanidan 58 ta (ko'rish)
🔹Chortoq tumanidan 192 ta (ko'rish)
🔹Chust tumanidan 459 ta (ko'rish)
🔹Yangiqo'rg'on tumanidan 303 ta (ko'rish)
🔹Namangan shahridan 172 ta (ko'rish)

Barcha hududlardan yer maydonlari savdoga chiqarildi, endilikda yerlar soni ko'payishda davom etadi.


☎️: 71-202-21-11,
📞: 99 207-36-12, 99 207-26-12
NAMANGAN KADASTR

24 Feb, 07:12

402

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yerni ko'p kvartirali uy-joy qurish uchun ijaraga olgan yuridik shaxslar yer solig'ini to'lashdan ozod qilinadi

📃 “Uy-joy va ipoteka bozorini yanada rivojlantirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF-26-son, 21.02.2025 y.) qabul qilindi.

◼️ Farmonga muvofiq, 2025-yil 1-maydan “Yangi O'zbekiston” massivlarini barpo etish doirasida quyidagilarni nazarda tutuvchi tartib o'rnatiladi:

yer uchastkalarini ko'p kvartirali uy-joylar qurish uchun ijaraga berish bo'yicha auksion savdolarida qatnashish, ko'p kvartirali uy-joylarni qurish va ularni realizatsiya qilishga faqat QQSni to'lovchi yuridik shaxslarga ruxsat etiladi;

yer uchastkalarini ko'p kvartirali uy-joylar qurish uchun ijaraga berish bo'yicha auksion savdolari ofertasida loyiha oldi hujjatlari tayyorlashga 15 kunlik, loyiha ishlarini bajarishga 2 oylik va qurilish ishlarini boshlashga 3 oylik muddat belgilanadi, shuningdek, unda qurilishni yakunlash va obyektni foydalanishga qabul qilish muddatlari ko'rsatiladi;

auksion savdolarida yer uchastkasini ko'p kvartirali uy-joy qurish uchun ijaraga olgan yuridik shaxslar ijaraga olgan paytdan boshlab 12 oy davomida ushbu yer uchastkasi bo'yicha yer solig'ini to'lashdan ozod qilinadi;

🗓 2025-yil 1-martdan “Yangi O'zbekiston” massivlarida ko'p kvartirali uy-joylar qurilishini amalga oshiruvchi qurilish tashkilotlariga aylanma mablag'larini to'ldirish uchun 12 oylik imtiyozli davr bilan 24 oy muddatga Markaziy bankning asosiy stavkasidan ko'pi bilan 2 foiz bandga yuqori stavkada kreditlar ajratiladi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter