Neueste Beiträge von Namangan IIB | Rasmiy kanal (@namanganiibuz) auf Telegram

Namangan IIB | Rasmiy kanal Telegram-Beiträge

Namangan IIB | Rasmiy kanal
Биз ижтимоий тармоқларда.
Facebook: https://www.fb.com/namanganiibuz
Youtube: https://www.youtube.com/@namanganiibuz
8,282 Abonnenten
35,677 Fotos
5,948 Videos
Zuletzt aktualisiert 08.03.2025 20:43

Der neueste Inhalt, der von Namangan IIB | Rasmiy kanal auf Telegram geteilt wurde.

Namangan IIB | Rasmiy kanal

18 Feb, 16:02

1,372

Chust tuman IIBda xizmat intizomi va qonunchilik masalalari muhokama qilindi

Namangan viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘ining o‘rinbosari, boshqarma boshlig‘ining maslahatchisi hamda Faxriylar kengashi raisi ishtirokida Chust tumani IIBda xizmat va ijrochilik intizomi, qonunchilikni mustahkamlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda tuman IIB shaxiy tarkibi ishtirok etdi.

Datslab, xodimlarning faoliyati muhokama qilindi, shuningdek, xizmatni o‘tash davomida buyruq hamda qonunlarga qatʼiy amal qilishlari ta'kidlandi.

Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi 1-son Qarori qabul qilinganligi va unda belgilab berilgan vazifalar ijrosini tuman hududida bajarilishida faxriylar ko‘magi muhim ekanligi e'tirof etilib, ustoz-shogird an'analarini davom ettirish taklifi bildirildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube
Namangan IIB | Rasmiy kanal

18 Feb, 15:42

1,376

Kiber jinoyatlarni oldini olish mavzusida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi

Namangan shahridagi 24-sonli Bolalar musiqa maktabida Namangan shahar hokimi va viloyat IIB TQX Kiberxavfsizlik bo‘limi xodimlari ishtirokida o‘zini-o‘zi boshqarish organlari xodimlari orasida targ‘ibot yig‘ilishi o‘tkazildi.

Unda keyingi yillarda anʼanaviy jinoyatlarning kiberjinoyatlarga transformatsiyasi kengayib, raqamli texnologiyalar orqali sodir etilgan jinoyatlarning soni ortib borayotganligi ushbu yo‘nalishdagi ishlar samaradorligini oshirish zaruriyatini yuzaga kelayotgani hamda aholini "raqamli immunitet"ni shakllantirish, kiberjinoyatchilarning xatti-harakatlaridan xabardor qilish, shuningdek, bank plastik karta mablag‘larini talon-taroj qilish, shaxsiy maʼlumotlarni egallash bilan bog‘liq har bir holatlar bo‘yicha tayyorlanayotgan targ‘ibot materiallarini ijtimoiy tarmoqlarda tarqatishda hamkorlikni taʼminlash masalalariga eʼtibor qaratildi.

Muloqot davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube
Namangan IIB | Rasmiy kanal

18 Feb, 15:03

1,407

Huquq-tartibot maskaniga jalb etilgan xodimlar tomonidan Davlatobod tumani hududida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish hamda aholi osoyishtaligini taʼminlash maqsadida targ‘ibot va reyd tadbirlari olib borildi

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube
Namangan IIB | Rasmiy kanal

18 Feb, 14:01

1,506

Qizil toifadagi hududlar o‘rganilmoqda

Yangiqo‘rg‘on tumani IIB boshlig‘i tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-1-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida "Qorapolvon" mahallasida manzilli o‘rganish ishlari olib borildi.

Mahallabay o‘rganish davomida jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, aholi bandligini taʼminlash, probatsiya guruhi hisobida turgan nazorat ostidagi shaxslarni kasb-hunarga o‘qitish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Mahalla yettiligiga hududning ijtimoiy vaziyatdan kelib chiqib kuzatuv kameralari bilan jihozlash, "xavfsiz yo‘lak" va "xavfsiz ko‘cha" tizimini joriy qilish hamda mahallani jinoyatdan xoli hududga aylantirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube
Namangan IIB | Rasmiy kanal

18 Feb, 13:03

1,578

Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillar institutida targ'ibot uchrashuvi o'tkazildi
Namangan viloyati IIB YHXB Axborot xizmati


Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube
Namangan IIB | Rasmiy kanal

14 Feb, 16:20

1,135

Prezidentning 03.01.2025-yildagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yana-da oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1-son qarori ijrosi yuzasidan Namangan viloyati prokurorining o‘rinbosari rahbarligida viloyat idoralararo muvofiqlashtirish shtabining doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi guruhi tomonidan To‘raqo‘rg‘on tumani idoralararo shtabi o‘rganildi.

O‘rganish natijalari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda Namangan shahar va barcha tuman hamda mahallalarda huquqbuzarlikni erta oldini olish, kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan “Yo‘l xaritasi” ijrosi, shahar va tumanlar shtabi aʼzolarining o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni bajarishi, hududlarda ayrim toifadagi shaxslar bilan profilaktik tadbirlar olib borilishi va boshqa masalalar tanqidiy muhokama qilindi.

Shundan so‘ng, Qaror ijrosini taʼminlashda kamchilikka yo‘l qo‘ygan masʼullarga nisbatan intizomiy javobgarlik choralari qo‘llanilishi to‘g‘risida qatʼiy ogohlantirildi.

Shuningdek, shahar va tumanlar shtabi aʼzolariga ish faoliyatini tashkil qilish bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube
Namangan IIB | Rasmiy kanal

14 Feb, 15:59

1,234

Namangan viloyati IIB patrul-post xizmati xodimlari tomonidan jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish hamda aholi osoyishtaligini taʼminlash maqsadida shahar hududining jamoat joylarida profilaktik targ‘ibot va reyd tadbirlari o‘tkazildi

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube
Namangan IIB | Rasmiy kanal

14 Feb, 15:33

1,282

Davlatobod hamda Yangi Namangan tumani IIBlarida xizmat intizomi va qonunchilik masalalari muhokama qilindi

Namangan viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘ining o‘rinbosari, boshqarma boshlig‘ining maslahatchisi hamda Faxriylar kengashi raisi ishtirokida Davlatobod va Yangi Namangan tumani IIB larida xizmat va ijrochilik intizomi, qonunchilikni mustahkamlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda shaxiy tarkib ishtirok etdi.

Datslab, xodimlarning faoliyati muhokama qilindi, shuningdek, xizmatni o‘tash davomida buyruq hamda qonunlarga qatʼiy amal qilishlari ta'kidlandi.

Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi 1-son Qarori qabul qilinganligi va unda belgilab berilgan vazifalar ijrosini tuman hududida bajarilishida faxriylar ko‘magi muhim ekanligi e'tirof etilib, ustoz-shogird an'analarini davom ettirish taklifi bildirildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube
Namangan IIB | Rasmiy kanal

14 Feb, 15:03

1,446

Joriy yilning 13-15 fevral kunlari Namangan viloyatida o‘tkaziladigan Ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida sportning “Stol tennisi” turi bo‘yicha “Ichki ishlar vaziri kubogi” musobaqasiga start berildi

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube
Namangan IIB | Rasmiy kanal

14 Feb, 14:31

1,488

Uychi tumanida Respublika ishchi guruhi tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi

Uychi, Chortoq, Yangiqo'rg'on, Uchqo'rg'on va Norin tumanlari aholisining yashash hamda turmush sharoitlarini o‘rganish, mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida Respublika ishchi guruhi tomonidan sayyor qabul tashkil etilib, unda fuqarolarning murojaatlari, shikoyatlari va takliflari tinglandi.

Jumladan, ichki ishlar organlari faoliyati bilan bog‘liq masalalar yuzasidan murojaat qilgan fuqarolar IIV Jamoat xavfsizligi departamentining masʼul xodimi podpolkovnik Aʼzamjon Raximov va viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Jahongir Ibodov tomonidan qabul qilindi.

Qabul davomida fuqarolarning 32 ta turli masalalardagi murojaatlari ko‘rib chiqildi va 25 tasi joyida ijobiy hal etilib, muddat talab etganlari esa masʼullarga biriktirildi hamda ijrosi alohida nazoratga olindi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube