Latest Posts from Ma'naviy-Vatanparvarlik_@MMTV.UZ (@mmib_chqbt) on Telegram

Ma'[email protected] Telegram Posts

Ma'naviy-Vatanparvarlik_@MMTV.UZ
✅Маънавий-маърифий ишлар;
✅Ватанпарварлик руҳида ёшларни тайёрлаш;
✅Таълимга оид янгиликлар;
✅Методик тавсиялар;
✅Таълимга оид Қонун, Фармон, Қарор, Буйруқ, Чора-тадбир ва хатлар;
https://t.me/joinchat/nkvPuqgJmKJjNDgy
2,203 Subscribers
4,784 Photos
572 Videos
Last Updated 28.02.2025 18:49

The latest content shared by Ma'[email protected] on Telegram


⚡️Shu kunlarda ko'rgan kontentlarim ichida eng ta'sirlisi shu bo'ldi!

Haqiqatan ham, Otabek aka boshchiligidagi jamoa juda dolzarb mavzuni ko'tarib chiqishgan. Dunyodagi vaziyatdan to'g'ri xulosa qilishga yetarli asos bo'ladi.

Albatta, ko‘ring: https://youtu.be/Fbb9ORcLHpI

⚡️ Давлатимиз раҳбарига мактабгача ва мактаб таълими тизимида 2025 йилда амалга ошириладиган устувор вазифалар бўйича ахборот берилди.

Ватанпарварлик йўналишида:

Ўзбекистон Президентининг шу йил 15 ноябрдаги қарорига мувофиқ, ўқувчиларни чақирувга қадар бошланғич тайёрлаш тизимига эътибор кучайди.

Юқори синфларда ҳарбий ватанпарварлик дарслари бир соатга кўпайтирилди. Ушбу йўналиш ўқитувчилари нуфузини ошириш учун уларга ҳарбий унвон бериш тартиби белгиланди.

Келгуси ўқув йилигача бу фан бўйича янги дарсликлар ишлаб чиқилади, касбий салоҳияти юқори ўқитувчилар ишга жалб этилади. Мудофаа вазирлиги билан бирга 208 та таълим масканида “Жасорат мактаблари” ташкил этилади.
Бу мактабларга тарбияси оғир ўқувчилар ҳам қамраб олинади.

https://president.uz/uz/lists/view/7782

Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash yo'lida "Ochiq eshiklar" kuni tashkil etildi

Yangiyer shahrida Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida shahar hokimligi, shahar yoshlar ishlari bo`limi, shahar maktabgacha va maktab ta`limi bo`limi, Milliy gvardiya hamda DXX chegara qo’shinlari 9252 harbiy qism bilan hamkorligida yoshlar uchun "Ochiq eshiklar kuni" bo`lib o`tdi.

Harbiy qismda tashkil etilgan ochiq eshiklar kunida harbiy qurol aslahalar ko`rgazmasi va jangavor harbiy mashg`ulotlar namoyishi boldi.

🌐Telegram | 🌐Facebook | 🌐Instagram | 🌐Web-sayt

Chet davlatlariga ketgan oʻquvchi yoshlar va ularning ota-onalari bilan on-layn konferens aloqa shaklidagi uchrashuv bo’lib o’tdi
- - -
Чет давлатларига кетган ўқувчи ёшлар ва уларнинг ота-оналари билан он-лайн конференц алоқа шаклидаги учрашув бўлиб ўтди

🌐 Website | 📲 Telegram | 💻 Facebook | 🖥 Instagram | 📹 Youtube | 🎥 Mover |🎼TikTok |📲 OAV

📣 Har bir tuman(shahar)dagi bitta maktab negizida “Jasorat maktabi” tashkil etiladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻquvchi yoshlarni chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Unga koʻra:

2025-2026-oʻquv yilidan boshlab:


umumiy oʻrta (Prezident, ijod, ixtisoslashgan taʼlim muassasalari) taʼlim tashkilotlarida chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani nufuzini oshirish va CHQBT rahbarlari faoliyatini muvofiqlashtirish yuzasidan yangi tizim joriy etiladi;

2025-yil 1-iyundan:

umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlaridagi “Vatanparvarlik ruhida yoshlarni tayyorlash boʻyicha direktor oʻrinbosari – harbiy chaqiriqqacha tayyorgarlik rahbari” lavozimi tugatilib, ushbu shtat birliklari Mudofaa vazirligiga oʻtkaziladi. Mazkur shtat birliklari hisobidan CHQBT rahbari lavozimi joriy etiladi;

CHQBT rahbarlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi PF-6108-son Farmonida belgilangan tartibda bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida bir martalik boshlangʻich yordam puli va uy-joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida har oylik pul kompensatsiya toʻlanadi;

2025-2026-oʻquv yilidan boshlab:

har bir yangi tashkil etiladigan taʼlim tashkilotlari uchun 1 (bir) shtat birligi CHQBT rahbari lavozimi qoʻshib boriladi;

2026-2027-oʻquv yilidan boshlab:

Toshkent davlat pedagogika universiteti, Fargʻona davlat universiteti va Buxoro davlat pedagogika institutlarining “Chaqiriqqacha harbiy taʼlim” yoʻnalishlariga qoʻshimcha qabul kvotalari ajratiladi.

Shuningdek, ushbu qarorga muvofiq:

respublikadagi har bir tuman (shahar)dagi bitta umumiy oʻrta taʼlim maktabi negizida “Jasorat maktabi” faoliyati yoʻlga qoʻyiladi va ushbu maktablarda matematika, CHQBT, tarix, jismoniy tarbiya, chet-tili, fizika kabi ixtisoslik fanlari chuqurlashtirilgan holda oʻqitiladi. Oʻquvchilarni saralash beshinchi sinfdan boshlab amalga oshiriladi;

“Jasorat maktab”lariga biriktiriladigan CHQBT rahbariga umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti oʻqituvchisining bazaviy tarif stavkasi belgilanadi, shuningdek tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimlari fuqaro xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash, ustama haq, qoʻshimcha toʻlov, ragʻbatlantirish va moddiy yordam koʻrsatish shartlari ham tatbiq etiladi;

Harbiy poligonlarda oʻquvchilar oʻquv yili davomida ikki marta, harbiy qismlarda har chorakda bir marta amaliy mashgʻulotlar olib boriladi;

👉 Qarorning toʻliq matni

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐
Youtube 🌐 Instagram
🔎
Veb-sayt 😄 Linkedin

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
#Bayrogʻim
#Yangihayot tumanidagi 331-maktabning 2-a-sinif o'quvchilari o'rtasida Davlatimiz bayrogʻini qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan "Bayrog'imiz_faxrimizʼʼ mavzusida rasimlar tanlovi tashkil etildi.
🎉Tanlovda g'olib bo'lgan jamoalar munosib rag'batlantirildi.
📌Obuna bòlish👇👇👇
https://t.me/elmurodaxmadaliyev90

“Jaholatga qarshi – ma’rifat” g‘oyasi ostida targ‘ibot-tashviqot tadbiri o‘tkazildi

Bugun Maktabgacha va maktabgacha ta’limi vazirligi tomonidan Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bilan hamkorlikda xodimlarning diniy-ma’rifiy tafakkurini yuksaltirish maqsadida “Jaholatga qarshi – ma’rifat” g‘oyasi ostida targ‘ibot-tashviqot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda vazirlik markaziy apparati mas’ul xodimlari hamda tizim tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi.

Dastlab, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Farhod Boqiyev yurtimizda hukm surayotgan tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va barqarorlikni yanada mustahkamlashda ma’rifiy Islomning o‘rni beqiyosligi borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.


🔰So‘ngra Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining mas’ul xodimi Ilhom Ma’rupov Islom dini ta’limotining bag‘rikeng va moʻtadil, mehr-oqibat, odob-axloqqa yo‘g‘rilgan tinchlikparvar g‘oyalari borasida so‘z yuritdi.

Tadbir so‘ngida insonlarni ezgulik yo‘lida birlashib, hamkor va hamnafas bo‘lib, taraqqiyotga g‘ov bo‘ladigan turli shakldagi to‘siqlarga qarshi ma’rifat bilan kurashish mavzusida fikr almashildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐
Youtube 🌐 Instagram
🔎
Veb-sayt 😄 Linkedin

❗️ Энди чақириққача бошланғич тайёргарлик ўқитувчиси штати Мудофаа вазирлигига ўтади. Энди бу вазифага Қуролли Кучлар захирасидаги ҳарбийлар ишга қабул қилинади.

Ҳар бир туман ва шаҳарда биттадан мактаб негизида “Жасорат мактаби” фаолияти йўлга қўйилади.

Президент Шавкат Мирзиёев мактабларда мусиқа, жисмоний тарбия ва ҳарбий ватанпарварлик фанлари сифатини ошириш бўйича тақдимот билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией о повышении качества преподавания музыки, физической культуры и военно-патриотического воспитания в школах.

#Mirziyoyev #taqdimot #talim #maktab

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Мактаб ўқувчилари учун “Сирдарё” чегара божхона постида “Очиқ эшиклар” куни ташкил этилди

Сирдарё вилояти божхона бошқармасининг “Сирдарё” чегара божхона постига Гулистон шаҳридаги 9-сон умумтаълим мактаби ўқувчиларининг ташрифи ташкил этилиб, улар иштирокида “Очиқ эшиклар” куни ўтказилди.

Тадбирда дастлаб ўқувчиларга “Сирдарё” чегара божхона пости фаолияти ҳақида маълумотлар берилди.

Уларга юк автотранпорт воситаларининг самарали божхона назоратидан ўтказишда фойдаланиладиган энг замонавий сканер қилувчи қурилмалар “Rapiscan Eagle M60” русумли инспекцион-кўрик мажмуаси, қўл юкларини сканер қилувчи рентген қурилмалари, СТ-40 жамланмалари, автотарозилар, портал мониторлар, автомобил рақамларини аниқлаш тизимлари билан мактаб ўқувчилари яқиндан таништирилиб, иш жараёнлари кўрсатилди.

Божхона органлари фаолиятида хизмат итларининг роли тўғрисида ахборот берилиб, улар ёрдамида божхона назоратидан ўтказиш жараёнлари ва хизмат ити иштирокида маҳорат дарси кўрсатиб берилди.