Tuxum ichkaridan sinsagina hayot paydo bo'ladi!
Agar siz tuxumni tashqaridan chaqib ko'rsangiz, siz uni ichida rivojlanayotgan mavjudotni halok qilasiz. Agar u tuxumni o'zi yorib chiqsa, hayot paydo bo'ladi, jo'jaga aylanadi.
Men ham shu yoshimgacha sehrli tayoqchani qo'limga tushishini kutib yashabman, o'ylasam. Bu homhayol kurs davomida ham sezildi. Mubina opamdan oshiqcha e'tibor kutdim, maqtasagina vafiza qildim, bo'lmasa vazifalarim qolib ketdi. Asosiy rahmatim Mubina opamga meni xarakterimdan kelib chiqib imkon boricha qo'llab-quvvatladilar.
Madina Kabulovnani kanalidagi otzivlarni o'qib, shu kursni sotib olsam, bo'ldi, ishli bo'laman, qo'lim pul ko'radi deganman boshida. Chunki bepul darslaridan ham anchagina narsa o'rganib olgandimda. Lekin bunday bo'lmadi, Madina opam meni qo'limga sehrli tayoqcha tutkazmadi. Harakat qildim, energiya berdi. O'zimga bo'lgan ishonchim oshdi, meni ham qo'limdan kelarkan degan umid paydo bo'ldi.
Kurs davomidayoq ikkita ish topdim va ikkalasini ham yo'qotdim. Sababi esa o'zimi mehnatimni qadrlamasligim bo'ldi. 1 oy sinov muddati bilan ishga olgan inson sinov muddati tugagach men bilan shunchaki xayrlashdi.
Ikkinchisiga esa ko'nglingizdan chiqarib beraverasiz degandim oylik kelishayotganda. Men bilmasvoy deb o'yladi shekili. Bu voqealardan albatta tushkunlikka tushdim, berilgan vazifalarimni bajarmay qo'ydim, bu soha men uchun emas deya hafsalam pir bo'ldi. Shu payt Mubina opam: "Bu komfort zonadan chiqish, hali hammasi yaxshi bo'ladi" – deb yupatdilar.
Uzoq o'ylanishlardan so'ng kadr ortida emas, o'zim ishlashni ma'qul ko'rdim. Bor mehrimni o'z kanalimga berdim, 150 tadan 300 taga chiqdi obunachilarim. Balki katta kanal egalari uchun arzimas raqamlardir. Lekin o'qituvchi sifatida ko'z oldimga 10 sinfxonani to'ldirib o'tirgan obunachilar keladi. Ong ostim uchun eng yaxshi yangilik, o'zimga ishonchim ortib boryapti. Tavakkal qilgan bayram qiladi. Hozir kursda o'qiganlarimni shop kanal ochib o'shanda sinayapman. InshaAlloh uddalayman.
Kursdan olgan energiyam, bilimlarim uchun Madina Kabulovna, Mubina opamga katta rahmat! ALLOH hamisha yuzlarini yorug' qilsin!