LIME BOOK @limebook Channel on Telegram

LIME BOOK

@limebook


Kitoblar ichidagi eng qiziq joylarini sizlar uchun yozib boramiz. Iqtibos olib ularni yanada jozibador qilamiz!

LIME BOOK (Uzbek)

Salom kitoblar do'stlari! Bugun sizlarga eng yangi telegram kanalimiz haqida xabar beramiz - "LIME BOOK". Bu kanalda biz sizlar uchun kitoblar ichidagi eng qiziq joylarini yozib boramiz. Har bir kitobda yashayotgan dunyo, uzoq safarlar va eng muhim o'rgangan darslar sizlarni kutmoqda. Iqtibos olib, ularni yanada jozibador qilamiz!"LIME BOOK" kanalimizga obuna boling va dunyo adabiyotining unchalik keng aylanma qanchalik zamonaviy yorliqlar, ularni ko'zdan kechirmang!"LIME BOOK" - bu sizning barcha kitob xo'shliklariga yo'l o'tkazuvchi telegram kanal! Sizga barcha yangiliklarimizdan xabardor bo'lish uchun kanalga obuna bo'ling va erta uxlash boshlang! Yana bir bor, salom kitoblar do'stlari va xush kelibsiz "LIME BOOK"ga!

LIME BOOK

10 Dec, 20:02


Ba’zan ezilamiz shunchakii…

LIME BOOK

12 Nov, 16:31


БАС ҚИЛИНГ! ЭЙ, ОТА-ОНАЛАР!

Ассалому алайкум, хурматли ўқирманлар!
Бугун бир қиз, "Ака, кварплатага пулим етмай қолди. Ёрдам қилиб тура олмайсизми?"деб ёзиб қолди. У қиз Японияга келганида 20 ёш эди. Ҳозир 30 га яқинлашиб қолди. Ўқиди, ишлаябди. Квартирасига пули йўқ. Нимага? Нафси ўпқон, харобадан чиққан миллионер онаси сабабли. Ўша аёлни ейишга нони ҳам йўқ эди. Шу қиз бечора ҳам ўқиб ҳам ишлаб, уйларини ремонт қилдирди. Оиласидагиларга машина олиб берди. Ўзидан олдин сингиллари эрга тегиб кетди. Ўзи ҳалиям турмушга чиқмаган. Сингилларига энг зўр сарполарни мажбурлаб қилдирибди. Энг ёмони, ҳозирги оддий машина уйдагиларига ёқмай қолибди. Малибу олармиш мана шу ергача чидади бечора қиз. Ўкириб йиғлаб юборди. "Менчи, мен қачон турмуш қураман? Нимага уларни ялло қилиб юришига мен хор бўлишим керак" деди! Роса, юрагим эзилди.

Шахсан ўзим бунга ўхшаган тақдирларни 100 дан ошиғи билан гаплашиб кўрганман. "Акангга машина олишимиз керак, уканга данғиллама тўй қилишимиз керак, опангни эрига фалон қилишимиз керак" каби гаплар билан қурбон бўлаётган ёшларни ўз кўзим билан кўрганман.

Эй, барака топгурлар, Японияда юрган қизингиз, тўйиб овқатланмаябди. Тўйиб уҳламаябди, шунчаки сизларни нафсингиз йўлида қурбон бўлаябди. У-бу чиройли жойда расм тушган бўлса, ишга кетаётиб, йўлда тушиб олади бечоралар. Кечаси билан ишлаб, кундузи яна ишлаябди. 24 соат ишлаябди. Тасаввур қилаябсизми? Сиз дугоналарингиз билан гап-гаштакда, тўй-ҳашамда юрганингизда бу бечора уйқусизликдан боши айланиб, бурни қонаб кетиб, хор бўлиб ишлаб юрибди. Бечораларда шунчалик босим каттаки, оила ҳам қуролмайди. Уёқдагиларни ўйлаб. Гаплашиб кўрсангиз, "Менга уй-пуй керакмас, ҳеч нарса керакмас, қайтмайман" деб зада бўлиб қолганлари ҳам кўп!

Кунига 100$ топар экан деб, нафсингиз баттар ўпқон бўлмасин. Кунига 100$ топса, одамга ўхшаб яшаш учун 80$ ини ҳаражат қилиши керак. Ҳам ўқиш, ҳам контракт тўлаш, ҳам сизларни бой қилиб кўрсатишга ҳаракат қилиш жуда қийин!

Келадиган ёшларимизнинг деярли ҳаммасини бўйнида юк. Емаса, емайди уёқдагиларни ўйлайди. "Энди, Тошкентдан уй олишимиз керак қизим" деб қолишади. У Тошкентдан уймас, тўйиб овқатланиши керак, ўқиши керак, эй барака топгурлар. Намунча босим қиласизлар?
Шу Ўзбекни боласи сиз босим қилавермасангиз ҳам ака-укаси, ота-онасини ўйлайди. Фақат вақт беринг оёққа туриб олсин, ўзини эплаб олсин, кейин ўзи ёрдам беради ҳаммасига.

Бизни миллатдан бошқа миллатда кўрмадим шунақа нафси ҳаталак отганларни. Непал, Ҳиндистон, Ветнамдагилар биздан қашшоқ яшашади. Аммо, фарзандларини "Яхши ўқи" деб жўнатишади. Натижада, келажакда катта-катта натижаларга эришишаябди. Бизникилар бўлса, бечоралар шунчаки ўзини қурбон қилишади. Бошқа фарзандларингиз учун, тўй-ҳашамингиз учун, маҳаллада тилингиз бир қарич бўлиши учун битта фарзандингизни шунчаки қурбон қилиб қўяверасизми?

Ишонинг, Японияда ҳам, бошқа давлатда ҳам осон пул топиб бўлмайди. Бўлди қилинг, данғиллама тўй, данғиллама уй, "Яна-яна" деб, ўз васвасангизни болага ҳам юқтирманг. Сизга онам хафа бўлмасин деб айтолмайди. Қийналаётганини сизга кўрсатгиси келмайди. Бирдан, нозик жойига зарба берасиз. "Мен сизларни қийналиб туққанман, фалон қилганман, фустон қилганман" деб! Қаердадир, қайсидир авлод "Уй, Тўй, машина" деган васвасадан қутулишимиз керак-ку. Бутун дунё ҳашамат эмас, комфортга қараб кетаябди.

Хулосайи калом, эҳтиёжга бўлса сўранг. Камолотга сўраманг. Қудангизни апти қурсин, одамларни кўзи учун қиладиган тўй-у, бошқа маросимларингизни ранги руфтори қурсин. Эркаклар, кераксиз ҳаражатларни ҳаддидан ошираётган аёлингизга "Бўлди қил" деёлмасангиз, тамом бўлибсиз. ХУДО инсоф берсин, ҳаммамизга.

©️Bahodir Iskandarov

Library @centerasia_library

LIME BOOK

11 Nov, 22:04


Bir marotaba eshitgan latifamga ikkinchi , uchinchi marta eshitgan paytim kulaolmayman lekin meni tushkinlikka solgan vaziyatlarni qayta-qayta eslab xafa bo’laolaman nega?

LIME BOOK

11 Nov, 15:11


Meni senga yomonlaganlar
Sendan ham shum xabar keltirgan
Oramizni uzmoqlik uchun
Mingta o’lib, mingta tirilgan
Achinaman bundaylarga ho’p
Yaxshimi ayt qurisa boglar
Yarim hovuch umrini ular
Ishq rishtasin uzmoqqa chog’lar
To’g’ri muhabbatning ko’r ko’zi
Xatolardan holimas banda.
Sevgi yashar doim abadiy
Ishqni aql tasdiqlaganda

@limebook🍂

LIME BOOK

08 Nov, 12:19


Ba’zan faqat ehtiyojlarim uchun harakat qilayotgandek tuyuladi o’zimga lekin boshqa tarafdan qarasam bu harakatim samarasida bir dunyo tajriba , bilim va albatta yaxshi tanishlar orttirgan bo’laman

LIME BOOK

08 Nov, 12:19


Mabodo dizayn va ITga qiziquvchi insonlar bo’lsa o’zim tajribalarim bilgan bilmaganlarim haqida yozib bormoqchiman 👇

LIME BOOK

08 Nov, 12:01


Deydilarki:”qalb pok bo’lmaguncha bari bekormish… “


@limebook

LIME BOOK

04 Nov, 10:28


Bugun nimadr kitobdan parcha yoki nimadir aytib bermoqchimasman e’lon qoldirmoqchiman agar mumkin bo’lsa😁

Ismim Lobar Ui/Ux dizaynerman ammo filologiya tillarini o’qitish bo’yicha universitetda ta’lim olaman undan tashqari mana shu kanal yurituvchisiman( juda bir sust yuritaman lekin kanalni) oldin Asaxiy.uz da Dizayner bo’lib ishladim undan keyin “O’zbekiston temir yo’llari”AJ da bir yildan ortiq faoliyat yuritdim. Hozirda ish izlamoqdaman oramizda IT sohasida ishlovchilar bo’lsa va kompaniya yoki ishxonangizda dizayner vakansiyasi bo’lsa men bilan bo’lishaolasizmi deya sizga aloqaga chiqyapman.
Imkoni bo’lsa mana shu post tagida yozib qoldiraolasizmi agarda vakasiya bo’ladigan bo’lsa .

Hammaga rahmat oldindan !

LIME BOOK

29 Oct, 13:39


Moziyga qaytish xayrlidir

LIME BOOK

24 Oct, 11:25


Shunchaki yashama,hayotga kelib,
Umr daftaringni savobga to'ldir.
Imkoning bo'lmasa hech bo'lmaganda,
Bir g'amgin insonni yurakdan kuldir.

Shunchaki otmasin,tonglaring unsiz
Quyoshing zikrdan charaqlab ketsin.
Nolima hayotning past ,balandiga,
Amaling shukrdan jannatga eltsin.

Shunchaki yashama,yuraksiz,hissiz,
Muhabbat bog'iga gullaringni ek.
Sevgin-u,sevilgin umr yo'lingga
Barcha quvonchlar- u ,shodliklarni tik.

@limebook 🍂

LIME BOOK

20 Oct, 17:35


Bugun meni senmas shamol uyg’otdi…

@limebook 🍂

LIME BOOK

20 Oct, 17:33


Haqiqiy ozodlik senga hech kim osilmasligi va sen tinch o’z hayotingda o’z holingcha yashashingdir!

@limebook

LIME BOOK

08 Oct, 10:38


Onamni ko'rgani vaqt topmayman hech...Ishga ko'milganmiz erta-kech

@limebook

LIME BOOK

08 Oct, 09:54


Baxtsiz boʻlish uchun kuz ideal fasl. Kuzda baxtli boʻlish – gunoh!

LIME BOOK

09 Aug, 09:53


Ayni paytda hayotga butkul boshqa nazar bilan qarardim. Hali qilinishi kerak boʻlgan ishlarim borligini oʻyladim. Men beqiymat hisoblagan haqiqatlarimga ajal kelishidan avval qiymat berishim, hayotimni ma'noli shaklda qaytadan qurishim mumkin edi. Nima boʻlgan taqdirda ham bu hayot juda goʻzal, axir. Bir narsaga iqror boʻldim: bu ma'noli va garmonik hayotda faqat maʼnosiz hayot kechirganlar ortiqchadir. Hayotga, umri va qiymatli narsalarga ega boʻlgan inson bu hayotga ortiqcha emas, u hayotning oʻzidir. Shuni angladimki, hayotda hamisha menga yordam beradigan bir quvvat bor. Men uni koʻrmagan, eʼtibor bermagan boʻlsam-da, butun borligʻim bilan his qilardim. Hayotim hayotga boʻlgan ishonchimni yoʻqotgandan keyin tugaganini angladim. Hozir men oʻlikman... Tirik tanada yashayotgan oʻlik ruh. Ruhim oʻlgani uchun vujudim ham yashashni istamasdi. Ruh oʻlganidan keyin tana ham koʻp yasholmaydi.

"Relslar uzra yotgan odam"
Ravshan Abdullaoʻgʻli


@salimov_blogi

LIME BOOK

29 Jul, 06:16


"It ends with us "
bu kitobni o'qiganlar bormi oramizda ?

LIME BOOK

24 May, 07:34


Mumtoz adabiyot, Jahon adabiyoti yoki o’zingiz o’qiganda haqiqatda sizga yoqqan asarlarni yozib qoldirsangiz fikr almashamiz

LIME BOOK

24 May, 07:32


“Qora musiqa”ni o’qiganlar bormi?

LIME BOOK

23 Oct, 13:53


Inson to’rt unsurdan yaralgan
Tuproq , suv, olov va yel .
Albatta , organlardan ham 😄

Eslatib o’tdik .

LIME BOOK

07 Oct, 09:55


Bu kitobdan emas Lamborghini degan kino bor o’shandan olingan fikrlar do’stlar kinoni ko’rishingizni tavsiya qilamiz😊

LIME BOOK

07 Oct, 09:49


Ferrarini ortda qoldirgan Lamborghini

Bilasiz, Ferrari va Lamborghini judayam kuchli mashinalar aslida Ferruccio Lamborghini janoblari Ferrarini ishqibozi bo'lganlar har yili yangi Ferrari sotib olar ammo Ferrarini nuqsoni borligi uchun balki bu safar shu tuzatilar deb kutadi lekin Ferrarini dizayni o'zgaradi ichki qismlari esa deyarli bir xil bo'ladi. Bir kuni Lamborghini Ferrarini oldiga boradi va mashinalarini hammasida bitta bir xil xato borligi ya'niy uzatgichi yomonligini uni yaxshilash kerakligini aytadi va Ferrari uni gaplarini bir tiyingayam olmaydi bundan tabiiyki Lamborghinini jahli chiqadi. O'sha paytlari Lamborghini do'sti bilan traktor ishlab chiqarayotgan edi va bir yil ichida Ferrariga raqib bo'laoladigan ilk Lamborghini 350 ni ommaga taqdim etadi birinchi namoyishdayoq Ferrarini ortda qoldiradi va tarixga muhrlanadi .

Aslidayam raqobat bo'lmagan maydonda rivojlanish yo'qligi tayin va albatta yangilik omillarini ham albatta raqobatdoshlaringizda yo'q narsaga e'tibor qilsangiz albatta sizni savdoyingiz ularga qaraganda oshish ehtimolligi katta.


Obuna bo’ling 👉 @limebook

LIME BOOK

07 Oct, 09:35


Retro carlarga qiziqadiganlar bormi?

LIME BOOK

21 Sep, 12:31


Muhabbatda muduvvat cho’qqisi mavjud bilasizmi?

Bu sevgi Rumiy va Shams Tabriziyda , Navoiy va Jomiyda kuzatilgan.

Bu muhabbatda ixlos qo’ygan insonini ulug’laydi. Alisher Navoiy har bir asarida deyarli Abdurahmon Jomiyga to’xtaladi va ustozidan olgan bilimlariga alohida urg’u berib o’tiladi bejiz ustoz maqomi haligacha ulug’ emas .




Obuna bo’ling 👉 @limebook

LIME BOOK

18 Sep, 21:35


O’zingizni O’zgalarga Solishtirmang!

Garvard universitetining qabul komissiyasi qanday qaror qabul qilishi haqida o'qigandim: To'q oiladan chiqqan a'lochi o'quvchini, qiynalgan oila farzandi bilan bir xil solishtirishmaydi. Ularning yutuqlarini birdek baholashmaydi.

Hammaga bir xil imkoniyat berilmagan. O'zingizni qayerda edingiz, hozir qayerdasiz va qayoqqa ketayotganingiz haqida ko'proq qayg'uring. Boshqalar yutuqlari sizni qiynamasin.

Ko'p yoshlarga namuna bo'lgandirman, lekin ba'zilar "raqobatchi" sifatida ko'rishi g'alatimasmi?

Bir notanish yigit qo'ng'roq qilavergandi, javob bermadim. Keyin buni kibrga yo'yib, "namozlarimda sizdan o'tib ketishimni so'rayman" deb yozibdi 🤷‍♂️

Men o'zimni ortdaligimni bilaman va bu bilan baxtliman, o'ziga solishtiradiganlar uchun:
- Toshkent propiska, diplom, prava, moshina yoki hattoki velosipedingiz bo'lsa mendan ancha oldindasiz!

Qanchalik muvafaqqiyatli bo'lmang, baribir kimdir sizdan ortiqroq bo'ladi va bu sizni muvafaqqiyatsiz qilib qo'ymaydi.

Bori bilan baxtli bo'ling.

LIME BOOK

10 Sep, 18:59


Nimadir qiyin bo’lyapti , eplayolmayapsiz, bo’ldi boshqa urinmayman deysiz ammo yana harakat qilasiz natijada esa uddalagan ishingizdan zavq olasiz shunaqamasmi?

Obuna bo’ling 👉 @limebook

LIME BOOK

07 Sep, 16:28


Agar siz o’g’il bola bo’lsangiz va otangizda ko’rgan hayotdan qanchadir ko’proq va yuqoriroq yutuqlarga erishmas ekansiz ahli ayolingizga g’amxo’rlik qilmas ekansiz siz o’zingizni emas otangizni taqdirini takrorlayotgan bo’lmaysizmi?
Ilmda, ahloqda , ixlosda, boylikda yuqoriroq bo’lishga va jamiki insonlar , ayollarga ehtirom ko’rsatadigan erkaklar hamisha qadr hurmatda yuksak bo’ladi .

Boyligingiz albatta moddiyat bo’lishi zarur emas aqlingiz va ilmingizni o’zi sizni barcha narsaga erishtiraoladi.


@limebook🧊

LIME BOOK

30 Aug, 15:43


Tong menga yoqadi unda yolg’on g’ubor yo’q ammo qanchalar tongni kutmay, qarshilamay baribir tong ketadi shunda tunga ko’nikishga qabullanishim joiz bo’ladi.

(Noma’lum kitobdan)

Obuna bo’ling👉@limebook