Kutubxonachi 📖 (@kutubxonachi_uzb) Kanalının Son Gönderileri

Kutubxonachi 📖 Telegram Gönderileri

Kutubxonachi 📖
Insonni shakllantiradigan eng yaxshi vosita bu kitobdir.
Hamid Sodiq
.
Yondosh kanallar: @Sarvar_Nazarboyev, @tohirbektojmuhammad
1,399 Abone
111 Fotoğraf
7 Video
Son Güncelleme 06.03.2025 22:56

Kutubxonachi 📖 tarafından Telegram'da paylaşılan en son içerikler

Kutubxonachi 📖

04 May, 10:08

2,389

Menimcha, barcha eski kitoblarni o'qib tugatmagan insonning, yangi kitoblarni ulardan afzal deyishlikka hech qanday haqqi yo'q.

©️ Sharl Lui Monteske
📚 (Fors nomalari)
Kutubxonachi 📖

04 May, 05:53

2,513

💡Qanday qilib farzandingizga uy vazifalarini mustaqil bajarishni oʻrgatasiz?

Farzandlarning darslarini qildirish ota-onalarning eng katta muammolaridan biridir. Bolalar ham, ota-onalarning oʻzlari ham “Darsingni qil” degan gap­dan charchashgan. Bu gapni aytish ota-onalarni qanchalik jonlariga tekkan boʻlsa, farzandlar ham bu buyruqdan shunchalik bezib ketishgan. Bu vaziyatni qanday hal qilish mumkin? Quyida bunga bir necha misollar keltirib oʻtamiz.

Dadam menga biror marta ham qattiq gapirib “Darsingni tayyorla” demaganlar. Lekin harakatlarimni kuzatib: “Sendan yaxshi shifokor chiqishi mumkin”, der edilar. Chunki men bolalik chogʻlarimdanoq qoʻgʻirchoqlarimga oʻzimcha dorilar berar, ukol qilar, dugonalarim bilan ham doim “doktor-doktor” oʻynar edim.

Hozir ham uyda kimning boshi ogʻrisa, koʻngli behuzur boʻlsa dori qutidan darrov dori olib tutqazaman. Ukalarimning isitmasi chiqsa termometr qoʻyib isitmasini oʻlchayman. “Tez yordam” chaqiraqolaylik, deya hammani shoshirib yuboraman. Oyim gohida “Oʻzimning doktor qizimdan aylanay”, deya erkalab qoʻyadilar. Dadam esa doktor boʻlish uchun, albatta, yaxshilab oʻqish kerakligini, ayniqsa, biologiya, ximiya fanlarini puxta oʻzlashtirishimni taʼkidlaydilar. Shu sababdan boʻlsa kerak, hech kim aytmasa-da, darslarimni vaqtida tayyorlayman.

Yuqori sinfga oʻtganimiz sayin fanlar murakkab­lashib borayotgani sabab qoʻshimcha darslarga qatnashni dadamdan iltimos qildim. Ular rozi boʻldilar. Kelasi haftadan qoʻshimcha darslarga boraman. Dadam va oyim mendan juda xursandlar.

📚 Doktor Abdulloh Muhammad Abdulmuʼtining
"Farzand tarbiyasida 700 saboq" kitobidan

@kutubxonachi_uzb
Kutubxonachi 📖

04 Apr, 20:12

5,687

Laylatul Qadr rejasi

5-apreldan 6-aprelga oʻtadigan kecha - Ramazonning 27-kechasi, yaʼni Laylatul Qadr boʻlishining eng katta ehtimoli boʻlgan tun. U kechani samarali va barakali oʻtkazish juda muhim

Chunki bu kechada qilingan har bir amal 83 yillik amal savobini beradi!


🌜Ayni shuning uchun bu tunda qilinishi mumkin boʻlgan eng ulugʻ savobli amallarni tunning vaqti boʻyicha taqsimlab chiqdik

Marhamat! Undan foydalanib, siz ham tuningizni barokatli oʻtkazish rejasini tuzing!👇
https://telegra.ph/Laylatul-Qadr-rejasini-tuzish-2-qism-05-08
Kutubxonachi 📖

20 Mar, 04:30

3,134

Ronaldo Real Madriddan ketganida yig'lab, G'azodagi birodarlari, dindoshlari uchun bir tomchi ko'z yosh to'kmaganlarning holiga faqat achinasan, xolos!

@kutubxonachi_uzb
Kutubxonachi 📖

18 Mar, 00:17

2,927

Bir xitoylik talaba yigit aytadi:

"Bu yerdagi insonlarni kuzatdim. Itni ham, chuvalchanglarni ham, biz jirkanch deb bilgan barcha narsani yeyishar ekan.

Lekin bular bitta narsani yemas ekan. U ham bo'lsa –birovning haqqi"

Bizchi, ular kabi jirkanch narsalarni yemasakda, birovni haqqini yeb qo'ymayapmizmi?

@kutubxonachi_uzb
Kutubxonachi 📖

16 Mar, 05:58

2,994

Qur’onni qayta-qayta o‘qidim, 90 joyida Alloh rizqqa kafil ekanini, faqat bir joyida shayton insonni faqirlik bilan qo‘rqitishi haqida kelganini ko'rdim.

Nadomatlar bo‘lsinki, odamlar Robbisining 90 va’dasini unutib, shaytonning bir yolg‘oniga aldanadi...

©️ Hasan Basriy rohmatullohi a'layh

@kutubxonachi_uzb
Kutubxonachi 📖

14 Mar, 01:00

2,799

Ramazonda ayollarning ajru savobi naqadar bisyor:

Ular ro‘zaning savobini, uy yumushlarining savobini hamda ro‘zadorga iftor qilib berish savobini oladilar.

Allohim, ayollarimizni barcha gunohlardan pokla, jannating bilan siyla!

©️ Ikrom Sharif

@kutubxonachi_uzb
Kutubxonachi 📖

13 Mar, 14:28

2,137

Erkakning jim bo‘lib qolishi eng baland ovozda baqirishidir.

Erkak xush kayfiyatli vaqtida gapiradi, kayfiyati buzilsa, jahli chiqsa, sassiz bo‘ladi.

Shuning uchun ham uni sevishdan ko‘ra tushunish ko‘proq talab qilinadi.

@kutubxonachi_uzb
Kutubxonachi 📖

13 Mar, 07:31

2,475

Muloqotdagi eng katta xatoyimiz shuki, tushunish uchun quloq solmaymiz, javob berish uchun tinglaymiz.

@kutubxonachi_uzb
Kutubxonachi 📖

12 Mar, 08:37

2,635

Kitobga navbatda turmagan avlod, metanga navbatda turadi.

@kutubxonachi_uzb