📅 2025-yil 7-fevral kuni universitetimizga Janubiy Koreyaning U1 universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi.
Uchrashuv davomida ta’lim sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi va o‘zaro tajriba almashish, qo‘shma dasturlarni yo‘lga qo‘yish masalalari bo‘yicha muzokaralar olib borildi.
Muzokaralar yakunida har ikki tomon uchun manfaatli bo‘lgan kelishuvga erishildi. Ushbu hamkorlik talabalarga yangi imkoniyatlar yaratish, ilmiy va akademik almashinuvlarni kengaytirishga xizmat qiladi.