Respublikamiz boʻylab har yili 15-fevraldan 15-martga qadar kontrafakt mahsulotlar realizatsiyasiga qarshi samarali kurashish “Kontrafaktsiz oy” oyligini oʻtkazish belgilangan.
Shu munosabat bilan Aniq va tabiiy fanlar fakultetida Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi mutaxassislari ishtirokida talabalarning bu sohadagi bilim va savodxonligini oshirishga qaratilgan uchrashuv oʻtkazildi.
Tadbirda mutaxassislar tomonidan kontrafakt, kontrafakt tovar, kontrafakt tovarlarning turlari, soxta mahsulotlarning isteʼmolchi uchun xavfliligi borasida oʻz fikr va mulohazalarini bildirib oʻtishdi.
Tadbirda talabalarni qiziqtirgan savollarga soha mutaxassislari tomonidan javob berildi.
Facebook | Instagram | YouTube