QDPI rasmiy sahifasi (@kspi_rector)の最新投稿

QDPI rasmiy sahifasi のテレグラム投稿

QDPI rasmiy sahifasi
Muqimiy nomidagi Qoʻqon davlat pedagogika institutining rasmiy kanali.

Matbuot kotibi bilan bog‘lanish:
Tel: +998900561283
Telegram: @liberalissimus1001
5,272 人の購読者
19,778 枚の写真
2,095 本の動画
最終更新日 11.03.2025 07:50

類似チャンネル

Qo‘qonliklar 24 | Расмий
619,018 人の購読者
Ta'lim nazorati
100,036 人の購読者
NDPI
9,440 人の購読者

QDPI rasmiy sahifasi によってTelegramで共有された最新のコンテンツ

QDPI rasmiy sahifasi

14 Feb, 14:30

1,796

#qadriyatlar #sumalak #lapar #oʻzlik

🎚️Qoʻqon davlat pedagogika institutida “Milliy qadriyatlar haftaligidoirasida oʻtkazilgan tadbirdan lavha

🌨🌨🌨🌨
👍👍👍👍👍kspi.uz | Telegram

Facebook | Instagram | YouTube
QDPI rasmiy sahifasi

14 Feb, 14:09

1,613

“QDPI” jamoasi dastlabki ochkolarni qo‘lga kiritdi

Xabar berganimizdek, hozirda "QDPI" jamoasi Namangan shahrida o‘tkazilayotgan voleybol bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatida faol ishtirok etmoqda.

Bugun jamoamiz navbatdagi muhim bellashuvini o‘tkazdi. "Qashqadaryo" jamoasiga qarshi bahsda "QDPI" ajoyib o‘yin ko‘rsatib, 3-0 hisobida g‘alabaga erishdi. Ushbu g‘alaba jamoamizga chempionatdagi dastlabki ochkolarni qo‘lga kiritishga yordam berdi.

Jamoaning yuksak ruhiy holati va mahorati raqiblarini mag‘lub etishga olib keldi. Bugungi gʻalaba “QDPI” jamoasining kelgusidagi gʻalabalari uchun motivatsiya boʻladi.

▶️ Bahslarni jonli efirda kuzatib borish

🌨🌨🌨🌨
👍👍👍👍👍kspi.uz | Telegram

Facebook | Instagram | YouTube
QDPI rasmiy sahifasi

07 Feb, 02:59

242

🔔🟦🟦🟦🟦

Komil narsa ortiqchalikni ham, kamchilikni ham qabul etmaydi.

✍️Abu Rayhon Beruniy 

🌨🌨🌨🌨
👍👍👍👍👍kspi.uz | Telegram

Facebook | Instagram | YouTube
QDPI rasmiy sahifasi

06 Feb, 14:11

910

📺📺 📺📺 📺📺

📰 “Новая Фергана” gazetasining bugungi sonida Oʻzbek va rus filologiyasi fakulteti dotsentlari Barno Abdurahmonova va Muqaddas Saidakbarovalarning “Великий поэт – уникальное явление в мировой литературе” sarlavhali maqolasi chop etildi.

🌨🌨🌨🌨
👍👍👍👍👍kspi.uz | Telegram

Facebook | Instagram | YouTube
QDPI rasmiy sahifasi

06 Feb, 12:48

1,137

Kambagʻallikni qisqartirish – dolzarb vazifa

Yurtimizda mahallalarda kambag‘allikni qisqartirish, kambag‘al oilalar bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha 2024-yil 11-sentyabr kuni Prezidentimiz raisligida o‘tkazgan videoselektorda muhim vazifalar belgilab berilgan edi.

Belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Qo‘qon davlat pedagogika instituti rektori Dilnoza Xodjayeva tomonidan “Aziz tepa” MFYda istiqomat qiluvchi 5 oilani kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha ishlar boshlab yuborilgan.

Bunda birinchi navbatda ushbu oilalarni kambag‘allik holatiga tushish sabablarini o‘rganish, ijtimoiy portretlarini shakllantirish va shu asosida ularga zarur bo‘lgan yordamlarni ko‘rsatish hamda imkoniyatlardan foydalangan holda kambag‘allikdan chiqarish choralari ko‘rilmoqda.

Dilnoza Xodjayeva tomonidan oilalar holati o‘rganilganda, oilalar farzandlarni imtiyoz asosida bog‘chaga joylashtirish, uy-joylarini ta’mirlash, sog‘ligini tiklash masalalari borligi aniqlandi.

Hozirda bu masalalarning yechimi bo‘yicha ish boshlagan. Bular hozircha birlamchi o‘rganib chiqilgan jarayondan keyin kambag‘al oilalar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar bo‘lib, asosiy vazifa bu oilalarni o‘z daromad manbaiga ega bo‘lishiga ko‘maklashishdir.

🌨🌨🌨🌨
👍👍👍👍👍kspi.uz | Telegram

Facebook | Instagram | YouTube
QDPI rasmiy sahifasi

06 Feb, 11:18

1,670

#Milliy_qadriyatlar

Aniq va tabiiy fanlar fakultetida yosh avlod ongiga millat ruhiyatini singdirish, ular hayotiga o‘zbekona mentalitet me’yorlarini olib kirish hamda milliy liboslarga mehr uyg‘otish maqsadida "Milliy qadriyatlar – millat ruhi" tadbiri tashkil etildi.

Unda fakultetning faol talabalari tomonidan o‘zbek millatining urf-odatlari va an’analarini targ‘ib etuvchi milliy o‘yinlar, milliy liboslar hamda urf-odatlar namoyish etildi.

🌨🌨🌨🌨
👍👍👍👍👍kspi.uz | Telegram

Facebook | Instagram | YouTube
QDPI rasmiy sahifasi

06 Feb, 09:33

1,295

“Milliy qadriyatlar va ularning millat maʼnaviyatidagi oʻrni” mavzusida adabiy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi

Qoʻqon davlat pedagogika instituti Xorijiy filologiya fakultetida “Milliy qadriyatlar va ularning millat maʼnaviyatidagi oʻrni” mavzusida adabiy-maʼrifiy tadbiri oʻtkazildi.

Tadbirdan koʻzlangan maqsad yoshlarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, oʻzbek qadriyatlariga boʻlgan hurmatni yanada oshirish va targʻib qilishdir.

🌨🌨🌨🌨
👍👍👍👍👍kspi.uz | Telegram

Facebook | Instagram | YouTube
QDPI rasmiy sahifasi

28 Jan, 07:08

1,105

#kinotavsiya

Yozuvchi Xayriddin Sultonning “Yozning yolg‘iz yodgori” qissasi asosida suratga olingan “Yolg‘iz yodgorim”  filmi bosh obraz Adash buvaning xotiralaridan iborat syujetlar asosiga qurilgan.

Unda ma’naviy jihatdan barkamol inson dunyoqarashi va o‘sha davr siyosati o‘zaro qarama-qarshi qo’yiladi.

Yakshanba oqshomi uchun o‘ylantiradigan, mulohazaga chorlaydigan film “ Yolg‘iz yodgorim”ni ko‘rishni tavsiya qilamiz.

📱 Kinoni to’liq tomosha qilish: https://youtu.be/VOx4AKPi6rY?si=sbkmR21yxXmZCvZY

🌨🌨🌨🌨
👍👍👍👍👍kspi.uz | Telegram

Facebook | Instagram | YouTube
QDPI rasmiy sahifasi

28 Jan, 03:53

1,437

#talaba_minbari #stipendiat

Oʻzbek va rus filologiyasi fakulteti talabasi Feruzabonu Muhammadqodirova Oʻzbekiston Respublikasi bakalavrlari uchun taʼsis etilgan Navoiy nomli davlat stipendiyasi sovrindori hisoblanadi.

U talabalar oʻrtasida oʻtkazilgan musobaqalar, turli tanlovlarda muntazam ishtirok etib, faxrli oʻrinlarni qoʻlga kiritgan. Uning ilmiy maqola va tezislari respublika va xalqaro miqyosida chop etiladigan jurnallar hamda konferensiya materiallaridan oʻrin olgan.

Feruzabonu Muhammadqodirova oʻz ustida muntazam ishlaydi hamda jamoat ishlarida faol talabalardan biri hisoblanadi.

🌨🌨🌨🌨
👍👍👍👍👍kspi.uz | Telegram

Facebook | Instagram | YouTube
QDPI rasmiy sahifasi

27 Jan, 03:12

1,521

🔔🟦🟦🟦🟦

Shunchaki qarab turib dengizni kesib oʻtolmaysiz. Behuda istaklarga vaqtingizni sarflamang.

✍️  Robindranat Tagor

🌨🌨🌨🌨
👍👍👍👍👍kspi.uz | Telegram

Facebook | Instagram | YouTube