KOREA (Rasmiy kanal) @korea_rasmiy_kanal Channel on Telegram

KOREA (Rasmiy kanal)

@korea_rasmiy_kanal


Korea Tezkor Yangiliklari.

Biz Bilan Qoling Biz Sizga Eng Yaxshisini Ravo Koramiz.😊

Reklama Uchun: @N_Gayratov

KOREA (Rasmiy kanal) (Uzbek)

KOREA (Rasmiy kanal) Telegram kanali - bu Koreyadan tezkor yangiliklar va ma'lumotlar bilan to'ldirilgan resmiy kanal. Kanalda Koreya haqida eng so'nggi va muhim yangiliklarni topish mumkin. Bu kanal orqali siz Korea haqida eng yangi va ma'lumotlarni olishingiz mumkin. nnKanalda yangiliklar va ma'lumotlar bilan birga, foydali maslahatlar va ko'ngil ochar matnlar ham mavjud. Korea haqida ko'proq narsani bilmekchi bo'lsangiz, bu kanal siz uchun mos manzil. nnAynan shu orqali Koreya mamlakatining hayotida, siyosatida va madaniyati bo'yicha yaxshi bilim olishingiz mumkin. KOREA (Rasmiy kanal) sizga Koreya haqida eng qiziqarli va ma'lumotlar bilan ta'minlaydi. nnAgar siz ham Koreya haqida yangiliklardan xabardor bo'lishni xohlasangiz, ushbu kanalga obuna bo'ling va Koreya mamlakati haqida eng so'nggi va eng muhim yangiliklardan xabardor bo'ling! nnKoreya haqida eng so'nggi yangiliklarni olish uchun KOREA (Rasmiy kanal) Telegram kanaliga obuna bo'ling! nn#KOREA #Koreya #Telegram #Yangiliklar #Ma'lumotlar

KOREA (Rasmiy kanal)

17 Nov, 15:20


Javobini kamentaryaga yozib qoldiramiz!😊

KOREA (Rasmiy kanal)

17 Nov, 15:10


Javobini kamentaryaga yozib qoldiramiz!😊

KOREA (Rasmiy kanal)

17 Nov, 15:01


Javobini kamentaryaga yozib qoldiramiz!😊

KOREA (Rasmiy kanal)

17 Nov, 06:04


97 Topik imtihoning 51 쓰기 savoli.

Javobingizni yozib qoldiring.👍😊

#Siz_uchun_hizmatdamiz

👉 @Korea_Rasmiy_Kanal ‌‌

KOREA (Rasmiy kanal)

15 Nov, 14:30


Ma'lumot o‘rnida

Koreyadagi har 10 ta kompaniyadan 7 tasi chet ellik ishchilarni yollashga tayyor ekanliklarini 14 noyabr kungi so‘rovnomada bildirishdi.

Ishchilar orasida Vyetnamliklar va Markaziy Osiyo (Qozog'iston, O'zbekiston va boshqalar) aholisi afzal ko'rildi.

Saramin va KoMate kompaniyasi 557 mahalliy kompaniyani o'rganib chiqdi va ularning 73,4 foizi chet el fuqarolarini "yollashga tayyor"ligini aniqladi. Eng katta ulushni 50 dan 100 kishigacha bo'lgan xodimlar - 74,5%, 50 kishidan kam bo'lgan korxonalar - 73,9%, 100 dan 300 kishigacha bo'lgan korxonalar - 71% va korxonalar tashkil etadi. Ishchilar yetishmasligiga duch kelgan 386 ta kompaniyaning 84,2 foizi chet ellik ishchilarni yollashini bildirgan.
Xorijiy fuqarolarni yollashga eng katta qiziqish ishlab chiqarish sohasi (42,5%), xizmat ko‘rsatish sohasi (16,1%), savdo va xalqaro marketing (12%), qurilish (11,7%), IT va axborot texnologiyalari (8,6%) bo‘ldi.

Respondentlarning qariyb 50 foizi Koreya ko‘proq chet ellik ishchilarni jalb qilish uchun ish vizasi qoidalarini yaxshilashi kerakligini aytdi. Shuningdek, ular koreys tili va madaniyati bo‘yicha o‘quv dasturlarini kuchaytirish, xorijlik abituriyentlar uchun ma’lumotni tekshirishni kuchaytirish va xorijlik iqtidorlarni jalb qilish uchun kompaniyalarga kirishni osonlashtirish zarurligini aytib o‘tganlar.
🫤 Chet ellik ishchilarni yollashda kompaniyalar duch keladigan eng katta muammo koreys tilida muloqot qilishdir, 56,2% bu muammoni tilga olgan.

P. S. Imkon qadar til o‘rganing, butun boshli koreys tilini o‘rganmasangiz ham kundalik so‘zlar, iboralar, ishxona va ko‘p muloqot qilinadigan (magazin, immigratsiya, kasalxona) joylardagi so‘zlarni o'rganib oling.👍😊

#Siz_uchun_hizmatdamiz

👉 @Korea_Rasmiy_Kanal ‌‌

KOREA (Rasmiy kanal)

15 Nov, 13:00


🌐 DUNYO bo'ylab sayohat, Yaxshigina Daromad va Aeorport sohalarida ishlashni xohlaysizmi?

✈️ Koreya yoki O'zbekistonda Aeroport sohasida ishlash

✈️ Ish davomida 🇰🇷Koreya 🇺🇸 Amerika 🇪🇺Yevropa davlatlariga sayohat qilish imkoniyati.

🛫 Aviatsiya, Turizm yoki Aeroport services sohasiga qiziquvchilar diqqatiga !

✔️ Koreyaning TOP 1 aviatsiya universiteti rasmiy vakillari o'quvchilarmiz bilan suhbat qilish uchun tashrif buyurishmoqda)

🎙Suhbatda qatnashib 100% gacha Grant yutishingiz mumkin.

⚠️ Agarda, sizga ham shu yoki boshqa sohalar qiziq bo'lsa bizga murojaat qiling

👨‍🎓 Bakalavr & Magistratura

🇰🇷 Koreya: IELTS 5.5 yoki TOPIK 3

📞 Murojaat uchun:
(95)020-97-99 | 📩 Yozish  
      (95)020-98-99 | 📩 Yozish

💬Telegram|📹 Instagram|📹Youtube

KOREA (Rasmiy kanal)

15 Nov, 12:34


Javobini kamentaryaga yozib qoldiramiz!😊

KOREA (Rasmiy kanal)

15 Nov, 02:20


Javobini kamentaryaga yozib qoldiramiz!😊

KOREA (Rasmiy kanal)

15 Nov, 02:10


Javobini kamentaryaga yozib qoldiramiz!😊

KOREA (Rasmiy kanal)

15 Nov, 02:01


Javobini kamentaryaga yozib qoldiramiz!😊

KOREA (Rasmiy kanal)

14 Nov, 13:41


Javobini kamentaryaga yozib qoldiramiz!😊

KOREA (Rasmiy kanal)

14 Nov, 13:39


Javobini kamentaryaga yozib qoldiramiz!😊

KOREA (Rasmiy kanal)

14 Nov, 09:02


~ 작은 발걸음을 두려워하지 마세요. 작은 발걸음 없이 큰 목표에 도달할 수 없습니다.

~ Kichik qadamlardan qo‘rqma, chunki ularsiz katta maqsadlarga yetib bo‘lmaydi. Har bir qadam seni orzularingga yaqinlashtiradi.


#Siz_uchun_hizmatdamiz

👉 @Korea_Rasmiy_Kanal ‌‌

KOREA (Rasmiy kanal)

14 Nov, 05:00


ТОШКЕНТДА ЛУХ МЕХМОНХОНА АРЗОН НАРХДА
WILLA HOSTEL 24/7
Юнусобод Бодомзор М

Студентлар стиртки талим учун келадигонлар алохида шароитлар

Оила учун алохида Лух хоналар
Хуллас барча вариантдар жамланган АЖОИБ Хотел хизматингизда

Жойларни банд клишни унутманг.
Obshiy xonamiz 80 mindan
Alohida lux xonalar 250 ming ikki kishi uchun
Kevurasilar kelishtrip chiroyli qlib beriladi..!

Тел :773010777
         902221110
Telgram👉@willahostel2024

KOREA (Rasmiy kanal)

13 Nov, 11:01


🇰🇷 Tanlovlarda ishchi shartnomalari imzolangan fuqarolar Agentlikka quyidagi hujjatlarni topshirishlari so'raladi.

✔️Talab etilgan hujjatlar ro'yhati

📍Agentlik manzili: Toshkent shahar, Qamarinso ko'chasi 1-uy


📱 Googleda manzil

📱 Yandexda manzil

#Siz_uchun_hizmatdamiz

👉 @Korea_Rasmiy_Kanal ‌‌

KOREA (Rasmiy kanal)

12 Nov, 02:27


👍👍👍👍👍👍

📣 🇰🇷98-TOPIK imtixoniga Ro'yxatdan o'tish sanalari

Registratsiya muddati: 10-dekabrdan (화) 16-dekabrgacha (월)

Imtihon kuni: 19-yanvar (일)
Natijalar kuni: 27-fevral (목)

📲Hududlarga ko'ra ro'yxatdan o'tish muddati:

♦️ 12월 10일: 서울, 강원, 경남, 경북, 전남, 전북, 제주, 충남, 충북

♦️ 12월 11일: 경기, 인천, 광주, 대구, 대전, 부산, 울산

To'lov muddati: o'sha kuni o'zi 24:00 gacha💬

🔍Imtihonga ariza topshirish sayti: www.topik.go.kr

Imtihon to'lovi:
💰TOPIK I ga 40,000 won
💰TOPIK II ga 55,000 won

#Siz_uchun_hizmatdamiz

👉 @Korea_Rasmiy_Kanal ‌‌

KOREA (Rasmiy kanal)

11 Nov, 10:12


Kecha bo'lib o'tgan imtihon javobi

97회 한국어 능력 시험

54-쓰기

#Siz_uchun_hizmatdamiz

👉 @Korea_Rasmiy_Kanal ‌‌

KOREA (Rasmiy kanal)

07 Nov, 10:06


2025 йил март ойига
«Мавсумий ишлар учун Е-8» виза тури орқали Ўзбекистон Республикаси фуқароларини Кореяга юбориш бўйича меморандум имзолаш.

1. "Ўзбекистон Республикаси Ҳукумати билан Корея Республикаси Ҳукумати ўртасида Ўзбекистон фуқароларини вақтинча меҳнат фаолиятини амалга ошириш учун жалб қилиш тўғрисида келишувга эришиш" вазифаси юклатилган.

2025 йил май
"Корея Республикаси Ўзбекистон Республикаси маҳаллий ижроия ҳокимияти органлари ўртасида учрашувлар ташкил этиш ва Корея Республикасининг «Мавсумий ишлар учун Е-8» виза тури орқали Ўзбекистон Республикаси фуқароларини Кореяга юбориш тўғрисида меморандум лойиҳасини ишлаб чиқиш"

#Siz_uchun_hizmatdamiz

👉 @Korea_Rasmiy_Kanal ‌‌

KOREA (Rasmiy kanal)

07 Nov, 06:25


🌆Toshkent KUNLIK ijara мехмонхона
Хостел хотел

Юнусобод тумани

Ⓜ️Бодомзорда М

ТАТУ ОРКАСИДА

ПОЛЬША ПОСОЛСТВА

🈯️КОРЕЯ ИМТИХОН МАРКАЗИ

Кунлик мехмонхона
2 кишилик лух хоналар 250 минг икки киши учун

Обши 5 , 7 кишилик хоналар 1 кишиш учун 80 минг сум
Холоделник

🛁Душ
Вай фай
🚖Парковка
🎂Летний кухня
Нархл узб фукоралари учн

☎️Тел +998773010777
902221110
Telegram @willahostel2024

KOREA (Rasmiy kanal)

06 Nov, 11:50


⚠️Eslatma!!!⚠️⚠️⚠️

  Bu yil qishki ta'tilda ko'pchilik talabalar O'zbekistonga borib-kelish rejasini qilishgani aniq. O'zbekistonga borib-kelishni rejalashtirayotganlar orasida bu yil bakalavr, magistratura yoki PhD bitiruvchilari ham bo'lishi mumkin. Aynan shu bitiruvchilar O'zbekistonga hech qanday muammosiz borib kelishlari uchun nimalarga e'tibor berishlari kerak?

  1) Universitetda bitirish kuni va diplom olish kuni qachonligini aniq qilib olish! Bilasiz, bitirgan kundan boshlab 14 kun ichida boshqa vizaga ariza qilishingiz yoki Koreyani tark etishingiz kerak bo'ladi.

  2) Universitetdagi Xalqaro bo'lim bitiruvchilar haqida qaysi kunda Immigratsiyaga ma'lumot berishini aniqlash! Sababi, bakalavr, magistratura va PhD bitiruvchilarining bitiruv va diplom olish kunlari har xil bo'lishi mumkin.

  3) Bu yil bitiruvchilar orasida O'zbekistonga borib-kelishni reja qilganlar bo'lsa, iloji boricha dekabr oxirida ketib, yanvar oxirigacha qaytib kelishni maslahat beraman. (Shaxsiy maslahat) Sababi, o'tgan yili bir akamiz bitiruv kunini aniq bilmay O'zbekistonga ketganlar. Ular O'zbekistonda bo'lgan vaqtda bitiruv kechasi o'tkazilib, diplomlar tarqatilgan. O'sha kuni Xalqaro bo'lim xodimi Immigratsiyaga ularning ma'lumotlarini bergan. Akamiz bundan bexabar Koreyaga qaytib kelganlarida, Incheon aeroportida to'xtatilib, ularning viza muddati tugaganligi sababli Koreyaga kiritilmay, aeroportdan qaytarib yuborilgan. Vizasi mart oxirigacha bo'lgan bo'lsa ham, bitirgan kunidan 14 kun o'tgani uchun ularni kiritishmagan.

  Ba'zan shunday ozgina e'tiborsizlik tufayli kutilmagan muammolar yuzaga kelishi mumkin. Shuning uchun yuqoridagi maslahatlarni yon-atrofingizdagi do'stlaringizga ham yetkazib qo'ying. Hozir Koreyaga 0 dan viza olish jarayoni juda murakkablashib ketgan.

#Siz_uchun_hizmatdamiz

👉 @Korea_Rasmiy_Kanal ‌‌

KOREA (Rasmiy kanal)

06 Nov, 05:49


#Saqlab_Qoying

Kuz va qish paytidagi go’zallik😍
Hiking va camping uchun ayni muddao.😊

🏷️선자령 (Manzil👇)
📍 강원특별자치도 평창군 대관령면 횡계리 산 1-134

Telegram . Instagram . TikTok

KOREA (Rasmiy kanal)

05 Nov, 14:29


🇰🇷Korea Respublikasiga E-9 vizasi orqali ishga ketish uchun tanlovda Shartnomasi chiqqanlar diqqatiga ⚠️

Pastagi hujjatlar Shartnomasi chiqqanlarning Migratsiyaga olib boradigon kereli hujjatlar ro'yhatini uzingizga saqlab qo'ying va yaqinlarizgaxam ulashib qo'ying 

🏢  Agentlik xizmati toʻlovi 15.000.000

📚  Oʻqish toʻlovi uchun 3.750.000

🏩 Med koʻrik uchun 750.000

🇰🇷 PASOL 70$

✈️ Chipta narxi OʻZGARIB TURADI

📑 Migratsiyaga kerakli hujjatlar

Rasm 3.5×4.5 8ta
Pasport nusxasi yashil 6ta
Pasport nusxasi qizil 6ta
Sudlanmaganlik malumotnoma
Oits sertifikat asl nusxa
Vaksina sertifikat asl nusxa
Shaxsiy hisob raqami Milliy bank
Kafil pasport nusxasi va ish joyidan ma'lumotnoma

😀 Vaksina agar sorasa soramasa shartmas

Pfizer
Sinovac
Moderna
Astra zeneca

🎓Oʻqish lokatsiya https://maps.google.com/?q=47+Lutfi+ko%27chasi%2C+%D0%A2%D0%BE%D1%88%D0%BзA%D0%B5%D0%BD%D1%82+100113&ftid=0x38ae8bd30a246faf:0x59b8c9c511c150d8&entry=gps

📍Migratsiya lokatsiyasi👇
https://maps.app.goo.gl/J1QRcjrBscd68azL9

🏥Med koʻrik adresini Migratsiyadan olasiz qatga borishizni

🌐Shaxsiy kabinet https://www.eps.go.kr/eo/langMain.eo?langCD=uz

📱Vizani koʻrish visa.go.kr

#Siz_uchun_hizmatdamiz

👉 @Korea_Rasmiy_Kanal ‌‌

KOREA (Rasmiy kanal)

05 Nov, 13:31


자동차 보험 고객센터
AVTO SUG‘URTA

Avariya holatida yoki avtomoshinangizga texnik yordam kerak bo'lgan payt o'zingiz a'zo bo'lgan sug'urta kompaniyasi bilan bog'lanishingiz uchun quyidagi raqamlarga murojaat qilishingiz mumkin.

✍️Samsung 삼성화재 Tel: 1588-5114
✍️H 현대해상: Tel: 1588-5656
✍️DB손해보험 Tel:1588-0100
✍️KB손해보험 : Tel:1544-0114
✍️meritz 메리츠화재 Tel: 1566-7711
✍️한화손해보험 Tel: 1566-800
✍️Heungkuk 흥국화재 Tel: 1688-1688
✍️Let 롯데손보 Tel: 1566-3344
✍️하나손해보험 Tel: 1566-3000
✍️AXA 다이렉트 Tel:1566-1566
✍️MG손보 Tel: 1588-5959

☄️Yo'qotib qo'ymaslik uchun saqlab qo'yishni unutmang

#Siz_uchun_hizmatdamiz

👉 @Korea_Rasmiy_Kanal ‌‌

KOREA (Rasmiy kanal)

22 Oct, 22:41


“Shumaxer 2 Student ukamiz o‘tgan hafta Juma kuni kechqurun mashinada Gangnamga aylangani kelib, kechqurun uyga qaytayotganda tezlik yuqori holatda boshqaruvni yo‘qotib, oldilaridagi mashinaga urib qo‘yishadi. Keyin yo‘l chetiga o‘tib, koreys to‘xtab ularga sug‘urtasini chaqirtirishni, o‘zi politsiyaga 신고 ariza qilganini, hozir politsiya kelishini aytgan. Bundan xavotirga tushgan qahramon ukalar, qaysidir tanishiga tel qilgan o‘sha payt, u ham maslahatni eng jirkanchini berganov: "Hozir sanlarda prava yo‘q, politsiya kelsa katta muammo qiladi, mashina ham o‘zingni nomingda emas, yaxshisi hoziroq qochib ket", degan. Yuragi tizzaga tushgan qahramon ukalarim, ship etib survorishgan. Eng qizig‘i, 2tasi ham student viza, noqonuniy emas, ularni hech kim ortiqcha qamab qo‘ymaydi, katta muammo ham bo‘lmaydi aslida. Lekin ular qochib, muammoni yanada kattalashtirishgan.

Politsiya hodimi kelib, mashina oldidagi nomerga qilgan, qo‘rqib nomerni ham o‘chirib qo‘yishgan. Bularni qilgan ishini telda eshitib, kulamande. Shanba kuni kunduzi tel qilishdi, "Jahongir aka, shunaqa bo‘ldi, endi borsak qamab qo‘yadimi, biz ham o‘sha payt sho‘kka tushib, nima qilayotganimizni ham bilmay qoldik to‘g‘risi, maslahat bering", deyishdi.

Vaziyatni to‘liq eshitib, politsiyadan kelgan nomerga o‘zim tel qilib, xodimga tushuntirdim. U menga ularni ishini olgan tergovchini nomerini berdi. Keyin o‘sha tergovchi bilan gaplashib, holatni to‘liq tushuntirdim, "mani yonimda hozir bu bolalar ozgina yoshlik qilib, shunday ish qilibdi, qachon tergovga borsak bo‘ladi?" desam, "ertaga kel", dedi. Ya'ni Yakshanba kuni.

Yakshanba kuni 2ta ukani qulog‘idan tortib, politsiyaga olib bordim, xodim ham bularga qarab, "o‘zlaring oyoqlaring bilan kelibsizlar, imkon beramiz. Biz o‘zimiz ushlab olib kelganimizda unda boshqacharoq ish ko‘rardik", dedi. Xullas tergov boshlandi, ozginadan keyin jabrlanuvchi koreys ham keldi. U koreys bu bolalar 음주운전 (ichib haydagan)ligi uchun qochib ketdi deb o‘ylabdi. Yaxshiyam ichmagan ekan, endi buni o‘sha kuni bular borgan oshxonalardagi CCTVni ko‘ramiz, dedi.

Koreyslar shu bizanikilar pravasi yo‘qligini bilib qolsa bo'ldi, 합의 kelishish pulini juda ko‘p talab qiladi. 10-15 mln atrofida 합의 qilishim mumkin, bo‘lmasa bu bolalarni qochgani, pravasiz, mashina haydagani uchun ham qonuniy chora ko‘rasizlar, deb politsiya xodimidan talab qildi. Pul miqdorini biroz tushurib, bu bolalar studentligini tushuntirib, 25 kun muhlat so‘radim. Koreys mayli dedi.

Lekin shu pravasiz haydash ukalarga judayam qimmatga tushdi, koreysga kelishuv puli 10 mln atrofida va politsiyadan haydovchilik guvohnomasiz haydagani uchun maximum 1 mln dan oshiqroq jarima chiqadi.

Bu million marta takrorlanayotgan holat, qancha ko‘p gapirsak shuncha oz: haydovchilik guvohnomasiz mashina haydamang. O'ziz bilib shu pravasiz mashina haydadizmi, avariya bo‘lgandan keyin qochib ketmang. Bu bolalarga maslahat bergan odam ozgina noto‘g‘ri maslahat berib qo‘ygan. Shuni orqasidan u bollarga hozir katta muammolar chiqishini o‘ylamaganlar.

Koreyada haydovchilik guvohnomasiz haydab qochganda qonunda qanday choralar ko‘riladi?

Koreya qonunchiligida haydovchilik guvohnomasiz avtomobil boshqarish va qochib ketish jiddiy jinoyat hisoblanadi. Agar haydovchi avariya joyidan qochib ketgan bo‘lsa, haydovchiga qo‘shimcha jarima va hibsga olish kabi chora ko‘rilishi mumkin. Bundan tashqari, jabrlanuvchi bilan kelishuv miqdori qochish tufayli oshib ketishi ehtimoli ham yuqori. Shu sababli, bunday vaziyatda qonuniy yo‘llar bilan muammoni hal qilish eng to‘g‘ri qaror bo‘ladi.

Ehtiyot bo‘linglar, musofirlar!”

#Siz_uchun_hizmatdamiz

👉 @Korea_Rasmiy_Kanal ‌‌

KOREA (Rasmiy kanal)

20 Oct, 06:23


Koreys tilida - Sifatlar 1 qism

#Siz_uchun_hizmatdamiz

👉 @Korea_Rasmiy_Kanal ‌‌

KOREA (Rasmiy kanal)

19 Oct, 11:22


Koreya elchixonasi va immigratsiya axborot kanali

Noyabr oyidagi ishchi tanlovi yaqinlashmoqda. Quyidagi ma’lumotlar bilan tanishib chiqishingizni so‘raymiz:

Tasdiq muddatlari haqida
Agar sizning tasdiq muddatingiz hali amal qilib turgan bo‘lsa va tanlov sanasida ham faol bo‘lsa, hech qanday qo‘shimcha amallar talab etilmaydi. Siz tanlovda ishtirok etishingiz mumkin.

Tasdiq muddati tugashi holati
Agar birinchi yillik tasdiq muddatingiz tanlov boshlanguncha tugaydigan bo‘lsa, Migratsiya agentligiga o‘z vaqtida xabar bering. Agar shaxsiy kabinetingiz orqali anketa 2-chi tasdiq uchun jo‘natilmagan bo‘lsa, bu jarayon kechikishi mumkin.

Tasdiq jarayoni vaqt talab etadi va ba’zan xatoliklar sababli anketa qaytarilishi ham mumkin. Shu sababli, agar tasdiq tanlov sanasiga qadar yakunlanmasa, tanlovda qatnasha olmaysiz.

Muhim ma’lumot
1-yillik tasdiq muddati tugagachgina 2-yil uchun anketa jo‘natiladi. Agar sizning tasdiq muddatingiz tugash arafasida bo‘lsa, tezda jarayonlarni to‘liq bajarishga ulgurishingiz kerak.

Shaxsiy kabinetingizni tekshiring

• Ishlab chiqarish, kemasozlik, tog‘-konchilik sohalari bo‘yicha: 5-8 noyabr kunlari.
• Qolgan sohalar bo‘yicha: 11-15 noyabr kunlari tasdiq muddati faol bo‘lsa, sizda muammo bo‘lmaydi.

Rasmiy ma’lumotlar uchun Koreya elchixonasi va immigratsiya xizmatining axborot kanallarini kuzatib boring.

#Siz_uchun_hizmatdamiz

👉 @Korea_Rasmiy_Kanal ‌‌

KOREA (Rasmiy kanal)

17 Oct, 08:33


🚨 KOREYADAN DEPORT TURLARI – BILISHINGIZ ZARUR! 🚨

Agar noqonuniy ravishda Koreyada qolib ketgan bo’lsangiz yoki qonunbuzarlik holatiga tushib qolsangiz, bu sizga deportatsiya xavfini tug’dirishi mumkin Deport turlari va ularga qanday oqibatlar borligini bilish Koreyaga qaytib kirish imkoniyatlaringizni saqlab qolishga yordam beradi 🇰🇷

🔝 46-1 Deport – Qaytib Koreyaga kirish yo’q!
Agar siz 46-1 bo’yicha deportatsiya qilingansiz, bu eng og’ir holat.
Nima uchun?

• Siz Koreyaga umuman qaytib kirish huquqidan mahrum bo’lasiz.
• Qonunbuzarlik yoki jiddiy qoidabuzarlik holatlari tufayli 46-1 bilan deport qilingansiz.
👉 Nima qilish kerak? Koreya qonunlarini qattiq nazoratda tuting va muddatli viza qoidalariga amal qiling!

🎯 68-1 va 67-1 Deport – Imkoniyat mavjud!
Bu deportatsiya turlarida qaytib Koreyaga kirish imkoniyatingiz hali bor!

• Lekin 입국 규제 (kirish taqiqi) bo’lmasa.
📌 입국 규제 – Bu Koreya tomonidan sizga belgilangan muddat davomida Koreyaga kirish taqiqi qo’yilganligini anglatadi
👉 Qanday tekshirish mumkin? Kirish taqiqi mavjud yoki yo’qligini rasmiy immigratsiya idoralaridan yoki bizning mutaxassislarimizdan so’rashingiz mumkin

🛂 Nolegallar uchun muhim maslahatlar:
1️⃣ Vizangiz muddati tugashidan oldin hujjatlaringizni yangilang.
2️⃣ Koreyada qonunbuzarliklar qilmaslikka harakat qiling – har qanday jiddiy qoidabuzarlik sizni deportatsiya qilish xavfini tug’diradi.
3️⃣ Qonuniy hujjat topshirish yo’llarini bilib oling va hujjatlaringizni har doim tartibda saqlang.

📢 Koreyaga qaytib kirish imkoniyatlarini boy bermaslik uchun vaqtida murojaat qiling! Sizga viza tartiblari va deportatsiyadan qaytib kirish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot beramiz

#Siz_uchun_hizmatdamiz

👉 @Korea_Rasmiy_Kanal ‌‌

KOREA (Rasmiy kanal)

15 Oct, 02:00


🇰🇷 Koreya Respublikasida ishlab chiqarish sohasida ishlash istagida bo'lgan fuqarolar diqqatiga.

📆Joriy yil 18-25-iyul kunlari Malaka imtihonidan (Skill test) muvaffaqiyatli o'tgan fuqarolar ma'lumotlari Koreya SPAS bazasiga kiritish ishlari tamomlanganini ma'lum qilamiz.

Yaqinlashib kelayotgan yilning 4-tanlovida fuqarolarga omad tilaymiz!

#Siz_uchun_hizmatdamiz

👉 @Korea_Rasmiy_Kanal ‌‌

KOREA (Rasmiy kanal)

13 Oct, 12:26


#Saqlab_Qoying

Janubiy Koreyada quyidagi holatlarda vizangiz bo‘yicha taqiq qo‘llaniladi:

1. E-2 viza - ta'lim vizasi (o'qituvchilar uchun), malakali ishchilar uchun beriladi, lekin tegishli shartlar bajarilmasa, olib qo'yilishi mumkin.

2. E-9 viza - mehnat vizasi (cheklangan muddatli mehnat uchun), agar ishchi mehnat shartlariga rioya qilmasa yoki ish beruvchi bilan muammolar yuzaga kelsa, bekor qilinishi mumkin. Buning bosqichlari bor. Agar mavjud ish almashtirish imkoniyati tugagan yoki qo‘shimcha 1 yil 10 oy muddatni ololmagan hollarda.

3. D-2 viza - talabalarga mo'ljallangan vizalar. Immigratsiya ruxsatisiz ishlab qo‘lga tushsa jarima va kelajakda vizasini cho‘zishda muammo bo‘ladi. Yoki o‘sha paytda Koreyadan chiqarib yuboriladi.

4. H-2 viza - migrant ishchilar uchun, agar mehnat shartlari yoki hujjatlar to'g'ri bo'lmasa, taqiq qilinishi mumkin.

5. B-2 viza - turistik vizalar, agar uzoq muddatli yashash niyati bo'lsa, bu viza bekor qilinishi mumkin.
6. E-7 vizasi. Chegaralangan ish. Mutaxassisligi bo‘yicha borgan joyida ishlashga majbur. Kompaniya otkaz bersa qayta ish topish uchun D-10 vizaga o‘tishiga to‘g‘ri keladi. Bu vizani olish ham qiyinchilik tug‘diradi.

Har bir viza turi o'z shartlariga ega va ularni buzish holatlarida taqiqlar qo'llanilishi mumkin.

#Siz_uchun_hizmatdamiz

👉 @Korea_Rasmiy_Kanal ‌‌

KOREA (Rasmiy kanal)

12 Oct, 11:07


인간은 자신이 원하는 모든 것을 위해 시간을 낸다.

Inson o'zi xohlagan hamma narsaga vaqt topadi...

Ps: Shuning uchun Vaqtim yo'q deb bahona qilish kerakmas, vaziyatim tog'ri kelmayapti yoki xohishim yo'q deb aytish kerak.

#Siz_uchun_hizmatdamiz

👉 @Korea_Rasmiy_Kanal ‌‌

KOREA (Rasmiy kanal)

10 Oct, 08:42


🗣Куп група, каналарда октябрь ойида Кореяга ишга кетиш учун Е-9 визасига имтихон болиб отади деган норасмий хабарлар таркалмокда ⚠️

⚠️Эслатиб утамиз расимда куришиз мумкун хали Корея расмий сайтида октябрьда имтихон болади деган расмий хабар чиккани йок

📌Бизнинг кузатиб боринг Е-9 га имтихон расмий хабар чикса батафсил
каналимизга хабар берамиз

🇰🇷 Кореяга ишга ва укишга кетиш учун ва Кореядагилар учун махсус фойдали каналга азо болинг 👇

#Siz_uchun_hizmatdamiz

👉 @Korea_Rasmiy_Kanal ‌‌

KOREA (Rasmiy kanal)

06 Oct, 11:35


E-9 vizasini olishni Istagan fuqarolar diqqatiga.
2024-yil so'ngi tanlov kvota soni quyidagicha

Kvota soni👇
30 ming kishi

🔹 Ishlab chiqarish sohasida 20134 ta
🔹 Qishloq xo'jaligi sohasida 3648 ta
🔹 Xizmat ko'rsatish-2 (mehmonxona va oshxona ishlari) sohasida 5058 ta (asosan ayollar uchun)
🔹 Qurilish sohasida 1414 ta
BALIQCHILIK 2249 ta
KEMASOZLIK 1300 ta

#Siz_uchun_hizmatdamiz

👉 @Korea_Rasmiy_Kanal ‌‌

KOREA (Rasmiy kanal)

30 Sep, 09:30


📚 Koreys tilida dona- Ta qo'shimchalari

🎓  Insonlar uchun – 명,사람,분 (두명 – ikki kishi)

🎓  YOshi aytilganda – 살 (스무 살입니다 – 20 yoshdaman)

🎓 Donali narsa(meva)lar oldidan – 개 (의자가 세개 있습니다 – 3 ta stul bor)

🎓  Jonivorlar oldidan – 마리 (개가 한머리 – 1 ta kuchuk)

🎓  Kitob, jurnallar oldidan – 권 (책이 네권 – 4 ta kitob)

🎓  Qog'ozlar uchun – 장

🎓  Gullar va meva donachalari(uzum) oldidan – 송이 (꽃 일곱송이 – 7ta gul)

🎓  Texnikalar(transport) oldidan – 대 (존화기 한대 – 1 ta telefon)

🎓  Banka va butilkalar oldidan – 병 (콜라가 두병 – 2 butilka kola)

🎓  Stakanlar(suyuqliklar) oldidan – 잔 (커피 한잔 – 1 stakan kofe)

🎓  Qurilish inshootlari oldidan – 채 (집이 두채 – 2 ta uy)

🎓  Oylar oldidan – 달 (여섯달 – 6 oy)

🎓  Vaqt oldidan – 시간

🎓  Pachkalar oldidan – 갑 (차가 두갑 – 2 pochka choy)

🎓  Uzunchoq buyumlar oldidan – 자루 (연필이 한자루 – 1 ta qalam)

🎓  Katta hajmli narsalar (tarvuz qovun) oldidan – 통

🎓  Taom, miqdori oldidan – 그릇

🎓  Juft kiyumlar oldidan (oyoq

kiyim,paypoq) – 켤레

🎓  Komplekt kiyimlar oldidan – 벌

🎓  Juft buyumlar oldidan – 쌍

🎓  Daraxtlar oldidan – 그루

#Siz_uchun_hizmatdamiz

👉 @Korea_Rasmiy_Kanal ‌‌

KOREA (Rasmiy kanal)

26 Sep, 12:51


🇰🇷Корея Республикасида ишлаб, Ўзбекистонга қайтган ва 8-12 август кунлари рўйхатдан ўтган фуқаролар учун 3-4 ва 7-8 октябрь кунлари EPS-Topik тести ўтказилиши режалаштирилмоқда.

📍Имтиҳон манзили: Тошкент шаҳри Миробод тумани Толимаржон кўчаси 3-уй.

👉 Локация

📝 Номзодлар рўйхати

⁉️Имтиҳонга киришда зарур ҳужжат ва маълумотлар:

1. хорижга чиқиш паспорти;
2. 3,5 х 4,5 ҳажмдаги оқ фонли, сифатли ва рангли сурат (2 дона).

Муҳим маълумотлар:

1. Белгиланган вақтдан 1 соат олдин кўрсатилган манзилга етиб келиш ва рўйхатдан ўтиш лозим.
2. Хорижга чиқиш паспортини олиб келмаган, белгиланган сана ва вақтдан кеч қолган фуқаролар имтиҳонга киритилмайди.
3. Такрор ёки қайта апелляция тести ўтказилмайди.
4. Электрон воситалардан (мобил телефон, электрон соат, шпаргалка ва ҳ.к.) фойдаланиш ман этилади.
5. Имтиҳон қоидаларини бузган номзоднинг натижалари бекор қилинади ва кейинги тестларда қатнашиши учун 4 йил муддатга чеклов қўйилади.

📞 71 202-33-55 ёки 1282 қисқа рақами

🇰🇷 Кореяга ишга ва укишга кетиш учун ва Кореядагилар учун махсус фойдали каналга азо болинг 👇

#Siz_uchun_hizmatdamiz

👉 @Korea_Rasmiy_Kanal ‌‌

6,665

subscribers

1,580

photos

386

videos