KOMMUNAL @kommunaluzb Channel on Telegram

KOMMUNAL

@kommunaluzb


☎️ (71) 234-11-03
🌐 https://kommunal.uz/uz
📲https://www.facebook.com/kommunal.uz
📲https://www.instagram.com/kommunal.uz/
https://www.youtube.com/c/Vazirlikningrasmiykanali

KOMMUNAL (Uzbek)

Kommunal telegram kanalini xush kelibsiz! Bu kanal sizga kommunal xizmatlar, yangiliklar, vaqtinchalik tariflar haqida eng so'nggi ma'lumotlarni o'z ichiga olgan. Kommunal kanali orqali siz so'nggi yangiliklarni o'rganishingiz, savollaringizga javob topishingiz va xizmatlardan foydalanishingiz mumkin. Kommunal kanali orqali yetkazib berish xizmatlariga mos keluvchi raqamlar bilan ham tanishishingiz mumkin: ☎️ (71) 234-11-03. Kommunal kanaliga ulanish uchun quyidagi manzillarni ham foydalanishingiz mumkin: 🌐 https://kommunal.uz/uz, 📲 https://www.facebook.com/kommunal.uz, 📲 https://www.instagram.com/kommunal.uz/, va https://www.youtube.com/c/Vazirlikningrasmiykanali. Kommunal kanali sizni yangiliklar bilan xabarlashishga, yangi xizmatlardan foydalanishga va kommunal xizmatlar haqida batafsil ma'lumot olishga imkon beradi. Obuna bo'ling va Kommunal dunyosida birinchi bo'lgan siz bo'lishingizni ta'minlang!

KOMMUNAL

27 Jan, 14:37


#XALQARO_HAMKORLIK

Sohada tejamkorlik - birlamchi vazifamiz!

🏘 Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri Sherzod Hidoyatov Jahon banki Energetika sohasining global amaliyoti rahbari Stefani Gil va ushbu yoʻnalishdagi xorijlik mutaxassislar bilan uchrashdi.

Samimiy kechgan muloqotda vazirlik va tashkilot oʻrtasidagi hamkorlik yuqori darajadagi bitim va kelishuvlar asosida rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Xususan, Jahon banki bilan “Andijon, Chirchiq, Buxoro va Samarqand shaharlarida markazlashtirilgan isitish tizimini rekonstruksiya qilish va energiya samaradorligini oshirish” loyihasining amalga oshirish bosqichlari muhokamalar markazida boʻldi. Taʼkidlandiki, mamlakatimizda olib borilayotgan ushbu loyiha energiya samaradorlikni oshirish va isitish tizimida xizmat koʻrsatish sifatini yaxshilashda muhim qadam boʻlib xizmat qilmoqda.

🫥 Shuningdek, tomonlar koʻp qavatli uylarda energosamaradorlikni taʼminlash, bunda zamonaviy innovatsion texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlariga asoslanadigan istiqbolli loyihalarga ham eʼtibor qaratdilar.

- Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ekologik muvozanatni ushlab turish, qurilish va kommunal sohalardagi asosiy strategik vazifalardan biridir. Energetika infratuzilmasini zamonaviy yondashuvlar asosida tizimlashtirish, energotejamkorlikni taʼminlash yoʻnalishida hamkorlikka doim tayyormiz. Mamlakatimizda yashil texnologiyalar va ilgʻor yechimlarni joriy etishda sizlar bilan oʻzaro loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishimizga ishonaman, - dedi Sherzod Hidoyatov.

Muzokaralarda issiqlik taʼminoti tizimini modernizatsiya qilish, mutaxassislarning malakasini oshirish yuzasidan yangi loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

KOMMUNAL

27 Jan, 13:15


#Tanlov

“Eng yaxshi boshqaruv organi” respublika ko‘rik tanlovi barcha ko’p xonadonli uylarga xizmat ko’rsatuvchi boshqaruv organlarini faollikka chorlaydi
.

[email protected] manzilga o'z hujjatlaringizni yuboring va sohada kutilgan tadbir ishtirokchisiga aylaning!

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|

KOMMUNAL

27 Jan, 06:09


#Hududlardan_xabarlar

🏢 Ko'p qavatli uyning tayanch devorini buzish javobgarlikka olib keladi


Namangan viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan turar joylardan foydalanish va ularni saqlash qoidalariga rioya etilishini oʻrganish maqsadida nazorat tadbiri oʻtkazildi. Natijada Pop tumani Anhor mahallasida joylashgan koʻp qavatli uyda yashovchi fuqaro tegishli tashkilotlardan ruxsat olmasdan, oʻzboshimchalik bilan xonadondagi asosiy yuk koʻtaruvchi tayanch devorni buzib, oʻzgartirishlar kiritayotgani aniqlandi.

🔵Mazkur holat yuzasidan fuqaroga darhol oʻzgartirilgan qismlarni asl holatiga keltirish boʻyicha majburiy koʻrsatma berilib, bayonnoma rasmiylashtirildi.

Bundan tashqari fuqaroga oʻzgartirishlarni belgilangan muddatda asl holatiga keltirmagan taqdirda tumanlararo fuqarolik sudiga da'vo arizasi kiritilishi haqida ogohlantirildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✈️Telegram| 📹Youtube|

KOMMUNAL

27 Jan, 05:08


#Bilasizmi

⁉️ Кo'p qavatli uylarda tungi vaqtda shovqin qilish javobgarlikka sabab bo'lishi mumkinligini bilarmidingiz?

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✈️Telegram| 📹Youtube|

KOMMUNAL

25 Jan, 09:31


#Bu_muhim

🏠 Siz yashaydigan ko’p xonadonli uylarni saqlash qanchalik ahamiyatli. Bu jarayonda boshqaruv organlarining roli qanday?

Batafsil videorolikda tanishing!


Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

KOMMUNAL

24 Jan, 16:24


#Xalqaro_hamkorlik

🔝 Lift uskunalaridan foydalanishda Turkiya tajribasini o'rganish hamda Yevropa standartlarini O'zbekistonda joriy etish maqsadida tuzilgan ishchi guruh Turkiya davlatining Anqara shahrida bo'lib turibdi.

“Liftlarning xavfsizligi to‘g‘risidagi texnik reglamentni
tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasini jahon talablari asosida takomillashtirish maqsadida tashkil etilgan hamkorlik loyihasida vazirlikning ayni yo’nalishdagi mutaxassislari ham faol ishtirok etmoqdalar.

Jarayonda liftlarga texnik xizmat ko’rsatish sohasini raqamlashtirish, dispetcherlik xizmati va tizimda professional mutaxassislarni tayyorlash yuzasidan Turkiya tajribasi o’rganilmoqda.

Shuningdek, mamlakatimiz delegatsiyasi Anqara shahridagi Turk standartlari institutida bo’lib, liftlar ekspluatatsiyasiga qo’yilgan majburiy talablar bilan yaqindan tanishmoqdalar.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

KOMMUNAL

24 Jan, 05:44


#Hududlardan_xabarlar

Qoraqalpoqning "Go‘zal hayot" qo‘shig‘i


📍 Nukus shahrida "Go‘zal hayotga qadam, o‘zimizning oilamizdan boshlanadi" shiori asosida seminar bo‘lib o‘tdi. "Atrof-muhitni asrash va "yashil" iqtisodiyot" yilida aholi orasida do‘stona muhitni shakllantirish, birlik va hamjihatlik, tabiatga muhabbat, baxtiyor turmush insonlarnig o‘z qo‘lidaligini targ'ib qilishga mo'ljallangan tadbir yorqin taassurotlarga boy bo'ldi.

Seminar Nukus shahrining "Gulzor" mahallasida joylashgan ko‘p qavatli uy-joylarning kirish yo'laklarini obodonlashtirish ishlari bilan boshlandi. Uylarga xizmat ko'rsatuvchi boshqaruv servis kompaniyalari bilan hamkorlikda, fuqoralarni jamoaviy jalb etib, yashash o‘rinlarini obod manzil va "ko‘rgazma saroy"ga aylantirishga o‘z hissasini qo‘shishga undadilar. Natija kutilgandan ham a'lo bo'ldi.

Bunday tadbirlarni barcha mahallalarda tashkil etishga kelishib olindi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

KOMMUNAL

22 Jan, 10:07


#JARAYON

🏘 Ma'lum qilinganidek, Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vaziri o'rinbosari Ozoda Jo'rayeva respublikaning barcha hududlarida ko'p kvartirali uylarga xizmat ko'rsatish, issiqlik ta'minoti tizimi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni o'rganmoqda.

Navbatdagi manzil Andijon viloyati "Yangi Andijon" shahri bo'ldi. Shahar qurilishi bundan 4 yil avval qir-adirlarni o‘zlashtirish va tuproq ishlarini bajarishdan boshlangan edi. Hozirga qadar 100 ga yaqin uy-joylar foydalanishga topshirilib, mazkur uylarda 2 000 nafardan ortiq aholi istiqomat qilmoqda.

Ozoda Jo'rayeva shaharda tashkil etilgan "Yangi Andijon obod servis" BSK faoliyati bilan yaqindan tanishdi. So'nggi talablar va sharoitlar bilan ish boshlagan kompaniyaning boshqaruv binosi, moddiy-texnika bazasi, aholi uchun yaratilgan qo'shimcha imkoniyatlarni ko'zdan kechirdi. Yangi uylarga individual issiqlik punktlari (IIP) o'rnatilgan bo'lib, kompaniya issiqlik ta'minoti korxonalari bilan hamkorlikda mazkur yo'nalishda ham mulkdorlarga xizmat ko'rsatib kelmoqda.

- Bu yangi joylar, obod makonlar hurmatli yurtboshimizning xalqchil o'y-fikrlari asnosida qad rostlamoqda. Haqiqatan mamlakatimizda inson qadri, uning yaxshi sharoitlarini ta'minlash bugun asosiy mezonga aylanib ulgurdi. Bizning vazifamiz ana shu imkoniyatlarni yanada takomillashtirish, yurtdoshlarimizga sifatli xizmat ko'rsatishdan iborat, - dedi vazir o'rinbosari.

Jarayonda boshqaruv organi mas'ullariga ish samaradorligini oshirish yuzasidan tavsiyalar berildi. Bunda tadbirkorlikni rivojlantirish, qo'shimcha servis xizmatlari turlarini ko'paytirish lozimligiga alohida urg'u berildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✈️Telegram| 📹Youtube|

KOMMUNAL

17 Jan, 13:56


#JARAYON

📌 Tuproqqal’a tumanida ham o’rganish ishlari olib borildi

Ozoda Jo’rayeva Xorazmning eng qadimiy hududlaridan biri bo’lgan Tuproqqal’a tumanida ham bo’ldi. Mazkur tumanda 97 ta ko’p qavatli uy mavjud bo’lib, 2 ta boshqaruv organlari tomonidan xizmat ko’rsatiladi.

Vazir o’rinbosari tumandagi ko‘p kvartirali uy-joylarning texnik holatini ko’zdan kechirdi. Shuningdek, “Drujba foton” va “Obod city” boshqaruv servis kompaniyalarining faoliyati o’rganildi. Mas’ullarga sohani takomillashtirish, yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan aniq vazifalar belgilandi. Ozoda Jo’rayeva jarayonda aholi bilan suhbatlashib, ularning sohaga doir muammolari bilan ham qiziqdi. Aniqlangan kamchiliklar va mulkdorlar murojaatini o’z vaqtida bartaraf etish bo’yicha topshiriqlar berildi.

Ma’lumot uchun, 2024-yilda tumandagi 49 ta qizil toifadagi va 461 ta sariq toifadagi elektro-shitlar mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan ta’mirlash ishlari bajarilgan.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

KOMMUNAL

17 Jan, 09:26


#BU_MUHIM

🏠 Ko'p qavatli uylarga xizmat ko'rsatuvchi boshqaruv organidan nimalarni talab qilishingiz kerakligini bilasizmi?

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

KOMMUNAL

17 Jan, 06:59


#Xalqaro_hamkorlik

📍 Xabar berganimizdek, mamlakatimizning bir qator vakolatli davlat tashkilotlari vakillaridan iborat guruhlar Xitoy Xalq Respublikasida bo'lib, aholining bandligini ta'minlash orqali kambag'allikni qisqartirish bo'yicha amalga oshirilgan manzilli ishlar bilan tanishmoqdalar.

Xususan, Liangshan Yi avtonom prefekturasi bo'lib o'tgan yig'ilish ham ayni maqsadda tashkil etildi. Erkin muloqot va o’zaro fikr almashish asnosida o'tkazilgan tadbirda tomonlar aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini muntazam bandligini ta'minlash, ularni qo'llab-quvvatlash, uy-joylar uchun imtiyozli kreditlar ajratish masalalarini muhokama qildilar. Shuningdek, Xitoyning kichik tadbirkorlikni rivojlantirishdagi tajribasi xususida qiziqarli ma'lumotlar berildi.

Tadbir yakunida tomonlar kelgusidagi hamkorlik loyihalarini amalga oshirishga kelishib oldilar.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

KOMMUNAL

16 Jan, 13:40


#JARAYON

📌 Vazir o'rinbosari Xivada

Ozoda Jo'rayeva ko'p qavatli uylarga xizmat ko'rsatish sohasidagi ishlar bilan tanishish maqsadida Xiva shahri “Xiva brend servis” boshqaruv servis kompaniyasida bo'ldi.

Boshqaruv organi bugungi kunda 300 ta xonadondan iborat 11 ta ko‘p kvartirali uyga xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Ozoda Jo'rayeva kompaniya binosi, unda tashkil etilgan dispetcherlik xizmati, boshqaruv tashkilotining moddiy-texnika bazasi bilan tanishdi. 1 ta avtotransport, 2 ta mototransport, 20 dan ortiq har xil turdagi asbob-uskunalarga ega bo'lgan kompaniyaga qo'shimcha tadbirkorlikni kuchaytirish bo'yicha zarur tavsiyalar berildi.

Shuningdek, “Xiva brend servis” aholining debitor qarzdorligini undirish yo'lida ham qator ishlarni amalga oshirgan. Birgina 2024-yil mobaynida 42,2 mln so‘m aholi qarzdorligi undirilgan bo'lib, bu bo'yicha tizimli ishlar davom ettirilmoqda.

- Xiva shahridagi o'zgarishlar meni juda quvontirdi. Bir yil avval mazkur hududlarda muammolar yetarli edi. Demak, harakat va mas'uliyat bilan har qanday muammoga yechim topish mumkin,- dedi Ozoda Jo'rayeva.

Ozoda Jo'rayeva kompaniya xizmat ko'rsatuvchi ko'p qavatli uylarning texnik holatini ham o'rgandi. Ish samaradorligini oshirish yuzasidan mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

KOMMUNAL

16 Jan, 11:40


#Jarayon

Olmazor tumanida faoliyat yurituvchi “Olmazor holding grand” boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan ko’p xonadonli uylarning elektr shitlari ta’mirlanmoqda.

Hozirga qadar 300 tadan ziyod elektr taqsimlovchi shit tartibga keltirildi.


https://t.me/kommunaluzb

KOMMUNAL

14 Jan, 13:13


#JARAYON

💧 Aholining ichimlik suv ta’minoti yaxshilanadi

O‘zbekiston Respublikasining “Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish to‘g‘risida”gi Qonunida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi aholi punktlarini ichimlik suv ta’minoti bilan ta’minlash uchun davlat ijtimoiy buyurtmalarini berishi nazarda tutilgan.

Ijtimoiy buyurtmalarni amalga oshirishda aholi ishtiroki ta’minlanib, amalga oshirilayotgan qurilish ishlarining har bir bosqichidan xabardor etib boriladi.

📌 Yurtdoshlarimiz o‘zi uchun qurilgan obyektlarning barcha bosqichlarini o‘zi boshqarib, samarali foydalanadi va xizmatlar uchun to‘lovlar ham o‘z vaqtida undiriladi.

Xususan, 2024-yilda bu borada keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.

Batafsil

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

KOMMUNAL

14 Jan, 10:05


#BSKda_bir_kun

🏠 Aholiga xizmat ko'rsatish sohasida qanday yangiliklar bor. Mazkur jarayonda boshqaruv organlarining roli qay darajada?

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

KOMMUNAL

13 Jan, 05:33


#BU_MUHIM

🏠 Ko’p xonadonli uylarga xizmat ko’rsatuvchi boshqaruv organlari bir yilda 3 marta boshqarish qoidalarini buzgan holatda elektron reyestrdan chiqariladi!

🎥 Batafsil video orqali tanishing!

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

KOMMUNAL

11 Jan, 16:08


#JARAYON

📍Toshkent viloyatining barcha shahar va tumanlaridan kelgan boshqaruv organlari rahbarlari uchun bo’lib o’tgan amaliy seminar sohada samaradorlikni oshirish, sog’lom raqobat muhitini shakllantirish va o’zaro tajriba almashishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Tadbir yakunida bunday seminarlarni muntazam o’tkazib borishga kelishib olindi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

KOMMUNAL

11 Jan, 15:27


#JARAYON

🔗 Seminar ishi poytaxtimizda faoliyat yuritayotgan ko’p qavatli uylarga xizmat ko’rsatuvchi boshqaruv organlari faoliyatini o’rganishga bag’ishlangan amaliy qism bilan davom etdi.

Unda boshqaruv organlari rahbarlar o’z faoliyatini tizimli yo’lga qo’ygan va bugungi kunda aholiga zarur talablar asosida xizmat ko’rsatayotgan “Olmazor holding grand” hamda “Eco home” BSKlari ish jarayoni bilan tanishdilar. Mazkur kompaniyalar tomonidan keng yo’lga qo’yilgan tadbirkorlik hamda qo’shimcha servis xizmatlar ko’zdan kechirildi.

🏠 Ta’kidlash lozimki, Toshkent viloyatida jami 5 033 ta ko‘p kvartirali uy mavjud bo’lib, mazkur uylar 165 080 ta xonadondan iborat. Bugungi kunda ushbu uylarga 95 ta BSK hamda 12 ta uy-joy mulkdorlari shirkati xizmat ko‘rsatib keladi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

KOMMUNAL

11 Jan, 15:26


📹#Onlayn

Toshkent viloyatida faoliyat yurituvchi boshqaruv organlari uchun amaliy seminar tashkil etildi

🏘 Ayni damda mazkur seminar doirasida Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirining o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva ishtirokida yig’ilish bo’lib o’tmoqda.

Tanqidiy ruhda o’tkazilayotgan yig’ilishda boshqaruv organlarining aholi oldidagi mas’uliyatiga alohida urg’u berildi. Bu borada so’nggi paytlarda Toshkent viloyatining ba’zi hududlarida sustkashliklar kuzatilayotgani, bu esa bevosita sohada olib borilayotgan islohotlarga zid ekanligi ta’kidlandi.

- Davlatimiz rahbari tomonidan yurtdoshlarimizning turmush tarzini yaxshilashga juda katta e’tibor qaratilmoqda. Shu asnoda sizlarga qator imkoniyatlar, imtiyozlar berilmoqda. Sohani takomillashtirish, bor resurslarimizdan oqilona foydalanish orqali biz ko’zlagan maqsadimizga erishamiz, - dedi Ozoda Jo’rayeva.

Ta’kidlash lozimki, seminar bugun Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi boshqaruv organlarida davom etadi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

KOMMUNAL

10 Jan, 14:45


#Qabul

📌 Aholi muammolari bartaraf etildi

Bugungi qabulda yuridik va jismoniy shaxslardan 30 ga yaqin murojaatlar kelib tushdi. Ular orasida asosan boshqaruv organlarining ishiga asossiz aralashuv yoxud ularning faoliyatidan norozilik holatlari qayd etildi. Barcha murojaatlar tegishli tartibda, qonun doirasida hal qilinishi lozimligi ta’kidlanib, bu jarayonni nazorat qilish yuzasidan mas’ullar belgilandi.

Shuningdek, ko’p qavatli uyning elektr shit, tom qismidagi nosozliklarni bartaraf etish yuzasidan tadbirning o’zidayoq mas’ullarga qat’iy topshiriqlar berildi.

Qabuldagi 80 foiz murojaat joyida yechim topgan bo’lsa, qolgan holatlar vaqt va o’rganish talab etgani bois muddat belgilandi hamda nazorat kuchaytirilishi ta’kidlandi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

KOMMUNAL

07 Jan, 09:51


#JARAYON

⚠️ Boshqaruv organlari faoliyati o’rganilmoqda

Vazir o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva hududlarda bo’lib, ko’p qavatli uylarga xizmat ko’rsatuvchi boshqaruv organlari ish samaradorligini o’rganmoqda.

Dastlabki manzil Yashnobod tumani “Jo’rabek” mahallasi bo’ldi. Mahallada joylashgan 5 ta ko’p qavatli uyga xizmat ko’rsatuvchi “Sohil house” BSK tashkil etilganiga ikki yil bo’lgan. Kompaniyada dispetcherlik xizmati, qo’shimcha servis ishlar tashkil etilgan.

Ozoda Jo’rayeva ishda tartibni kuchaytirish lozimligiga urg’u berdi. Xususan, ko’p qavatli uylar atrofi doimo toza saqlanishi, yerto’la qismlariga yonuvchi vositalarni joylamaslik kerakligi qayd etildi. Shuningdek, uylarning xavfsizligi va tashqi qiyofasiga salbiy ta’sir ko’rsatayotgan noqonuniy qurilmalarni oldini olish yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.

- Tartib, intizom ostonadan boshlanadi. Ayniqsa, aholiga kommunal ximat ko’rsatish sohasida bu jihatlarga alohida e’tibor berishimiz shart, - dedi Ozoda Jo’rayeva.


O’rganish ishlari davom etmoqda.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

KOMMUNAL

06 Jan, 12:14


#REYD

🚨 Koʼp qavatli uyning ustuniga zarar yetkazib, qurilish olib borayotgan mulkdorning noqonuniy harakatlariga chek qoʼyildi

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

KOMMUNAL

04 Jan, 15:54


#Bu_muhim

📌So’ragan edingiz

Ko’p qavatli uylarning kirish yo’laklarini qor va muz qoplamalaridan tozalashga kim mas’ul? Batafsil videoda tanishing!

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

KOMMUNAL

04 Jan, 15:54


#BU_MUHIM

🏠 Endilikda ko’p qavatli uylarga xizmat ko’rsatuvchi boshqaruv tashkilotlari sudga murojaat qilganda davlat boji to‘lamaydi!

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

KOMMUNAL

26 Dec, 15:31


#JARAYON

❗️Ko‘p qavatli uylarning energosamaradorligi ta’minlanadi

Kommunal soha yillar davomida murakkab munosabatlar tizimi sifatida shakllangan, ammo aholining eng zarur sharoitlarini ta’minlashga qaratilgan sohadir. Shu bois davlatimiz rahbari mazkur tarmoqni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratib kelmoqdalar. So‘nggi yillarda sohada olib borilayotgan tub o‘zgarishlar bugun aholi hayotida ijobiy aks etib, ularni qiynab kelayotgan muammolarini ijobiy hal etilishiga zamin yaratmoqda.

Tizimda amalga oshirish lozim bo‘lgan galdagi muhim vazifa – kommunal xizmat ko‘rsatish tarmoqlarida energosamaradorlikni ta’minlashdan iborat. Zero, energiya resurslari yildan-yilga cheklanib borayotgan bir sharoitda mamlakatimiz iqtisodiyotning eng muhim yo‘nalishi hisoblangan kommunal sohada ham yangi yondashuvlar talab etilmoqda.

🏘 Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan bu borada kompleks tadbir, rejalar ishlab chiqilgan bo‘lib, hozirda amaliy ishlar boshlab yuborilgan. Vazir o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva bugun poytaxtimizning Shayxontohur tumani “Katta Oqtepa” mahallasida bo‘ldi. Mazkur hududda “Demetra kapital development” BSK tomonidan Gulxaniy ko‘chasida joylashgan 11, 12, 37 va 37 uylarni energosamaradorligini oshirish borasida qator ishlarga qo‘l urilmoqda.

Xususan, mazkur uylarning tom qismi kapital ta’mirlanib, profnastil qoplamasi bilan qoplangan, shuningdek, uyning muhandislik tarmoqlari tegishli talablar asosida to‘liq izolyatsiya qilingan. Hozirda uyning fasad qismini bazalt qoplamasi bilan qoplash, deraza-romlar, framuga oynalarini plastik romlariga almashtirish hamda kirish yo‘laklarida ta’mirlash-tiklash ishlari ketmoqda.

-Hurmatli yurtboshimiz 2025-yilga “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili”, deb nom berishni tavsiya qildilar. Mazkur ezgu tashabbus bizning oldimizga ham qator vazifalarni qo‘yadi. Shu asnoda kirib kelayotgan yilning eng muhim maqsadlarini belgilab olmoqdamiz. Ulardan biri sohada energiya iqtisodiga erishish, ortiqcha resurs yo‘qotishlarni oldini olishdir. Biz ushbu jarayonga kompleks yondoshishimiz, ya’ni ko‘p qavatli uyning tomidan tortib yerto‘lasigacha bo'lgan har bir jihatni inobatga olishimiz darkor. Chunki bu bir-biriga bog‘liq, murakkab jarayon hisoblanadi, - dedi Ozoda Jo‘rayeva.

Ta’kidlanganidek, mazkur ishlar natijasida bir uyning energosamaradorlik ko‘rsatkichi 50 foizga ortadi. Natijada aholi qulayligi ta’minlanishi bilan bir qatorda, ularning ortiqcha sarf-xarajatlari oldi olinadi.

Ozoda Jo‘rayeva kompaniya tomonidan olib borilgan ishlarni kuzatar ekan, ta’mirlash ishlarini amalga oshirishda birlamchi e’tibor sifatga qaratilishi, bunda pudrat tashkilotlari mas’uliyatni oshirish lozimligini ta’kidladi. Shuningdek, aholi orasida tejamkorlikni oshirish yuzasidan targ‘ibot ishlarini kuchaytirish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇

|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

KOMMUNAL

25 Dec, 16:16


📣 #Diqqat

🏘 Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi “Eng yaxshi boshqaruv organi” respublika ko‘rik tanlovini e’lon qiladi.

Mazkur tanlov bilan boshqaruv tashkilotlari faoliyatini ommalashtirish, o‘zaro tajriba almashishini ta’minlash, sohada raqobat muhitini kuchaytirish, eng saralarini rag‘batlantirish va faoliyatdagi ilg‘or yechim hamda ish usullarini respublika miqyosida namuna sifatida tatbiq etish maqsad qilingan.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇

|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

KOMMUNAL

23 Dec, 08:19


📹#ONLAYN
#MATBUOT_ANJUMANI

🔗 AOKAda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi hamda Texnik jihatdan tartibga solish agentligi bilan hamkorlikda matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

Bahs-munozaraga boy tarzda o’tgan anjumanda OAV vakillari ham oʻzlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan masʼullarga murojaat qilishdi.

Matbuot anjumanini onlayn tarzda ko‘rish uchun havola
👇

https://www.facebook.com/aoka.uz/videos/1152350192914525/

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

KOMMUNAL

23 Dec, 08:18


📹#ONLAYN
#MATBUOT_ANJUMANI

📌 Xususan, 2024-yilda Toshkent shahrida 452 ta, Andijonda 3 ta, Buxoroda 2 ta, Navoiyda 29 ta, Samarqand viloyatida 42 ta, jami 528 ta lift uskunalarini mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan yangilash ishlari yakunlanmoqda.

🏠 Ko’p kvartirali uylardagi lift uskunalaridan samarali foydalanish, ularni saqlash va liftlardan xavfsiz foydalanish bilan bogʻliq muammolarni bartaraf etishning yangi mexanizmlarini joriy qilish, shuningdek, aholining lift uskunalariga nisbatan daxldorlik hissini oshirish maqsadida “Xavfsiz lift” yagona idoralararo platformasi ishlab chiqildi. Platforma ishga tushgandan soʻng respublikadagi barcha liftlarni real vaqt rejimida monitoring qilib borish hamda zamonaviy dispetcherlik xizmati koʻrsatilishi yoʻlga qoʻyiladi.

Kelgusi yillar davomida respublikadagi 2 001 ta liftni yangilash hamda 382 tasini taʼmirlash ishlari olib boriladi.

Matbuot anjumanini onlayn tarzda ko‘rish uchun havola
👇

https://www.facebook.com/aoka.uz/videos/1152350192914525/

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

KOMMUNAL

23 Dec, 08:18


📹#ONLAYN
#MATBUOT_ANJUMANI

🏘 Matbuot anjumanida ta’kidlanganidek, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining “Koʻp kvartirali uylarni boshqarish” toʻgʻrisidagi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining “2021-2027-yillarda respublikadagi koʻp kvartirali uylarning lift uskunalarini taʼmirlash va yangilashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 602-sonli qarori va normativ hujjatlarga asosan koʻp kvartirali uy-joylardagi lift uskunalarida davlat dasturlarini amalga oshirish, liftlarni ekspluatatsiya qilishda monitoring jarayonlarini olib boradi.

Jumladan, Respublikada 4 427 ta koʻp kvartirali uyda 11 428 ta lift uskunalari mavjud boʻlib, shulardan 11 070 tasi odam tashishga, 358 tasi yuk tashishga moʻljallangan.

🏠Ushbu uy-joylardagi ekspluatatsiya muddatini oʻtab boʻlgan va maʼnan eskirgan lift uskunalarini Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan yangilash va taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.

Tasdiqlangan dasturlarga asosan 2021-2023-yillarda 1 686 ta liftlar yangilanib, 84 ta lift uskunalari mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan taʼmirlandi.

Matbuot anjumanini onlayn tarzda ko‘rish uchun havola
👇

https://www.facebook.com/aoka.uz/videos/1152350192914525/

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

KOMMUNAL

23 Dec, 08:18


📹#ONLAYN
#MATBUOT_ANJUMANI

Ayni daqiqalarda AOKAda "Koʻp kvartirali uylar va aholi gavjum boʻladigan boshqa obyektlarda liftlardan foydalanish holati, amalga oshirilgan ishlar" mavzusida  matbuot anjumani boshlandi. Unda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi mas'ullari ishtirok etmoqda.

Matbuot anjumanini onlayn tarzda ko‘rish uchun havola
👇

https://www.facebook.com/aoka.uz/videos/1152350192914525/

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

KOMMUNAL

18 Dec, 09:40


📣 #DIQQAT

😎 Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining rasmiy telegram kanaliga obuna bo'ling!!

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇

|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

KOMMUNAL

18 Dec, 06:51


📣 #DIQQAT

📌 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoniga muvofiq 2024-yil 1-yanvardan boshlab Nukus shahrida ko‘p qavatli uylar o‘rtasida ichimlik suvidan oqilona foydalanish, aholining suvni tejash va uning ifloslanishini kamaytirishga qaratilgan “Tejamkor uy” va “Tejamkor xonadon” reyting tizimi ishga tushirilgani haqida xabar bergan edik. Mazkur reytingda ishtirok etish uchun bugungi kunga qadar 38 ta ko‘p qavatli uyda 1 112 ta xonadon tanlab olindi.

Joriy yil yakuni bilan reyting tizimi natijalariga ko‘ra g‘olib deb topilgan 20 ta xonadon hamda xonadonlarшning 50 foizidan ortig‘i belgilangan me’yorlardan kam suv ishlatgan 20 ta ko‘p qavatli uylarga quyosh paneli va uy atrofini yoritish moslamalarini bepul o‘rnatib berish rejalashtirilgan.

😇Shu bilan birga mazkur tajriba 2025-yil 1-yanvardan boshlab Toshkent shahri va barcha viloyat markazlarida ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Ushbu hududlarda reyting tizimida ishtirok etish uchun 438 ta ko‘p qavatli uydagi 14 120 ta xonadon qamrab olindi.

Tanlab olingan uylar to‘g‘risidagi
ma’lumotlar bilan vazirlikning veb-saytida doimiy tanishib borishingiz mumkin.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

KOMMUNAL

07 Dec, 15:23


#BU_MUHIM

☎️ 🏘 Joriy kuz-qish mavsumini betalofat oʻtkazish maqsadida Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining 1298 ishonch telefon raqami 24/7 rejimida, tun-u kun sohaga doir barcha murojaatlarni qabul qiladi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

KOMMUNAL

07 Dec, 11:59


09:00  07.12.2024

ISSIQLIK TA’MINOTI BO’YICHA PRESS-TUR TASHKIL ETILDI

#Toshkent

muxbir: NIGORA ELMURODOVA

https://t.me/zamon_lavhalar

KOMMUNAL

05 Dec, 13:52


#Press_tur

📌Soha raqamlarda:

Respublikada 1,4 mln dan ortiq xonadondan iborat 42 072 ta ko‘p kvartirali uylar mavjud.

Joriy yilda ko‘p kvartirali uy-joy fondini kuz-qish mavsumiga tayyorlash yuzasidan Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq joriy yilda 5 409 ta ko‘p kvartirali uylar ta’mirlandi. Buning uchun boshqaruv tashkilotlarining 132 mlrd so‘m mablag‘lari jalb qilindi.

Tasdiqlangan Dasturdan tashqari qo‘shimcha ravishda 59,8 mlrd so‘m mablag‘lari hisobidan 4 440 ta ko‘p kvartirali uylarda joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

⚠️ Issiqlik ta’minoti sohasini yaxshilash maqsadida Davlat dasturi doirasida 2024-yilda 15 ta loyiha doirasida 10 ta qozonxona qurilib, 14 ta qozon o‘rnatildi. Shu bilan birga 64,7 km uzunlikdagi issiqlik tarmoqlarinii qurish va montaj qilish ishlari yakunlandi.

Vazirlar Mahkamasining “Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy va energetika soha obyektlari hamda ko‘p kvartirali uy-joy fondini 2024-2025-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan 2 ta mahalliy qozonxona, 57 ta qozon va 99,4 km uzunlikdagi issiqlik tarmoqlarida mukammal hamda 1 ta mahalliy qozonxona, 679 ta qozon va 485,8 km uzunlikdagi issiqlik tarmoqlarida joriy ta’mirlash va izolyatsiya qilish ishlari yakunlandi.

Shu bilan bir qatorda respublika hududidagi ko‘p kvartirali uy-joylarning elektr tarmog‘i xo‘jaliklarini toifaga ajratgan holda ta’mirlash maqsadida hududiy hokimliklar,

“Hududiy elektr tarmoqlari” korxonalari bilan hamkorlikda respublikadagi 39 334 ta uyning 374 mingdan ortiq elektr xo‘jalik obektlarini xatlovdan o‘tkazib, “qizil” “sariq” “yashil” toifalarga ajratildi va 95 mingdan ortiq kirish yo‘laklaridagi “qizil” toifadagi 108 mingdan ortiq shitlar mukammal ta’mirlandi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|

KOMMUNAL

05 Dec, 13:23


#Aholi_fikri

⚠️ Issiqlik tizimini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgn ishlar odamlar hayotida qanchalik oʻz aksini topmoqda? Bugun Chirchiq shahrida boʻlib oʻtgan OAV vakillari ishtirokidagi press turda ana shu savollarga xolis va haqqoniy javob izlandi?

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|

KOMMUNAL

05 Dec, 12:30


📹 #Onlayn
#Press_tur

🗺Chirchiq shahrida jami 943 ta koʻp kvartirali uylar mavjud boʻlib,  ularga 16 ta BSK hamda 2 ta uy-joy mulkdorlari shirkati tomonidan xizmat koʻrsatib kelinadi. Bugungi kunda 787 ta uy issiqlik energiyasi bilan toʻliq taʼminlangan.

Bugungi kunda mavjud koʻp qavatli uylarning 92 foiz 1991-yilgacha qurilgan uylar hisoblanadi. Joriy yilda boshqaruv servis kompaniyalari  tomonidan jami 6 mlrd soʻm mablagʻlar evaziga 497 ta uy-joylarda joriy va mukammal taʼmirlash ishlari amalga oshirildi. Bunda 166 ta uylarning tom qismi, 449 ta kirish yoʻlaklari, 1000 kv.m dan ortiq framuga oynalari, 20 ta uyning fasadi, 122 ta uylarning yertoʻla qismi, 159 ta elektr taqsimlovchi shitlar, 102 ta uyning ichki muhandislik tarmoqlari, 59 ta temir eshik va 65 ta kodli qulflar, 4 ta lift uskunalari taʼmirlandi va 562 ta energotejamkor lampalar oʻrnatildi. Bundan tashqari hududiy elektr tarmoqlari bilan hamkorlikda 374 ta uyning 3 440 ta elektr taqsimlovchi shitlari joriy va mukammal taʼmirlandi.

🟡 Chirchiq “Issiqlik energiyasi” ICHKda jami 9 ta markaziy, 5 ta mahalliy qozonxonalar, ushbu qozonxonalarda 42 ta qozonlar va 90,8 km uzunlikdagi issiqlik tarmoqlari mavjud.

Bugungi kunda Chirchiq shahridagi 14 ta markaziy va mahalliy qozonxona, 29 ta qozon hamda 70 km dan ortiq uzunlikdagi issiqlik tarmoqlari soz holatda.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|

KOMMUNAL

19 Nov, 07:31


#BU_MUHIM

🫥 Energiya resurslaridan oqilona foydalaning!

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

KOMMUNAL

19 Nov, 07:30


⛺️«O‘zbekiston bunyodkori» газетасининг 2️⃣0️⃣2️⃣4️⃣ йил 1️⃣9️⃣-ноябр кунги 9️⃣2️⃣-сони мутолаа учун ҳавола қилинди.

ВАТАН БАЙРОҒИ – ҒУРУР, УМИД ВА ИШОНЧ ТИМСОЛИ
Кўп қаватли уйларнинг техник ҳолати кўздан кечирилди
Халқаро мастер-класс ўтказилди
Талабалар учун замонавий турар жой
Топширилиши кечикаётган хонадонлар
“Бахтли бўлиш учун
беғубор бўлиш керак”

каби мақолалар ва янгиликлар билан танишасиз.

Газетада берилаётган материаллар билан
TELEGRAM  канали ва RASMIY SAYT орқали танишиб боришингиз мумкин.

Обуна бўлинг – ютқазмайсиз!

🍂TELEGRAM🍂INSTAGRAM🍂RASMIY SAYT🍂YOUTUBE🍂FACEBOOK🍂

KOMMUNAL

19 Nov, 04:45


#Huquqiy_minbar

❗️O‘zbekiston Respublikasi "Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish to‘g‘risida"gi qonunining 16-moddasi

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

KOMMUNAL

18 Nov, 06:14


#Hududlardan_xabarlar

🗺 Dehqonchilik qilish uchun tomorqa yoʻq deb qoʻl qovushtirib oʻtirganlarga fargʻonalik ishbilarmondan yaxshigina layfxak!

Gidroponika usulida koʻp qavatli uyning yertoʻlasida koʻkatlar yetishtirayotgan tadbirkorni yillik yuqori daromadi bor.

Bundan tashqari Tohir Abdusamadov 40 nafardan ortiq mahalladoshlarining bandligini ta’minlagan.


Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

KOMMUNAL

17 Nov, 04:40


#BU_MUHIM

🏠 “Dom” da yashaysizmi?  Xoʻsh, boshqaruv servis kompaniyasi nima uchun kerak? Batafsil videoda...

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

KOMMUNAL

15 Nov, 06:03


📹 #ONLAYN

🏘 Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligida haftaning har juma kuni vazir o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva aholining kommunal sohaga oid murojaatlarini qabul qiladi.

Bugungi muloqotda poytaxtimiz tumanlaridan kelgan yuridik va jismoniy shaxslarning ko’p qavatli uylarga xizmat ko’rsatuvchi boshqaruv tashkilotlari faoliyatiga oid muammo va takliflari tinglandi. Xususan, BSKlar faoliyatidan norozilik, asossiz hisoblangan debitor qarzdorlik, billing tizimi, uylarning noturar qismidan foydalanishdagi tashkiliy masalalarga oid murojaatlar qabul qilinmoqda.

🔵Hozirga qadar 4 ta murojaat qabul qilingan bo’lsa, shundan 3 tasi joyida ijobiy hal etildi. 1 ta murojaat ko’p qavatli uylardagi umumiy yig’ilish o’tkazish yo’li bilan hal etilishi, bunda vazirlik mas’ullari ham ishtirok etishi ta’kidlandi.

Rahbariyat qabuli davom etmoqda.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✈️Telegram| 📹Youtube|

KOMMUNAL

14 Nov, 13:55


#JARAYON

🏘 Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vaziri o’rinbosari joylarda ko’p kvartirali uylarning kuz-qish mavsumiga tayyorligi yuzasidan o’rganish ishlarini olib bormoqda.

Bugun vazir o’rinbosari Yangihayot tumanidagi “Trust kommunal” BSKning “Xushnud” mahallasidagi aksariyati yangi bo’lgan 17 ta uylarga xizmat ko’rsatuvchi filiali faoliyati bilan tanishdi.

Zamonaviy talablar asosida ish boshlagan kompaniya filialining 24/7 dispetcherlik xizmati, lift qurilmalari uchun masofaviy boshqaruv tizimi, qo’shimcha servis xizmatlari ko’zdan kechirildi.

Shuningdek, Ozoda Jo’rayeva Ichki ishlar vaziri o’rinbosari Bekmurod Abdullayev, Toshkent shahar hokimi o’rinbosari Baxtiyor Rahmonov va boshqa mutasaddilar bilan ko’p qavatli uylarning texnik holati, kuz-qish mavsumiga tayyorligi, uylarda energosamaradorlikni ta’minlash yuzasidan olib borilgan ishlarni o’rgandilar.

Mahallada aholi uchun yaratilgan sharoit, maishiy xizmat ko’rsatish hamda ijtimoiy soha obyektlar bilan tanishildi.

- Bundan bir necha yil oldin bu hududlar qarovsiz yotar edi. Yurtimizda olib borilayotgan keng islohotlar tufayli mana minglab aholimiz yashaydigan shinam maskanga aylandi. E’tiborlisi, berilayotgan shuncha imkoniyat, qulaylik, sharoitni saqlab qolish uchun mulkdorlarimizning daxldorligini oshirishimiz, oddiygina yashash madaniyatiga amal qilishimiz kerak,- dedi Ozoda Jo’rayeva.

O’rganishlar so’nggida murojaatlar bilan ishlash tizimi hamda aholiga xizmat ko’rsatish sifatini oshirish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✈️Telegram| 📹Youtube|

KOMMUNAL

09 Nov, 09:13


#Murojaat_va_yechim

🏘 Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vaziri o’rinbosari Ozoda Jo’rayevaga poytaxtimizning Chilonzor tumani “Naqqoshlik” mahallasi 16-ko’p qavatli uy 10-xonadon a’zosidan murojaat kelib tushdi. Unda 80 yoshni qarshilagan Tatyana Semyonovna bir necha yillardan buyon tomdan suv o’tish muammosidan qiynalib kelganligini ta’kidlagan.

Vazir o’rinbosari tegishli mas’ullar bilan holatni o’rganish maqsadida mazkur manzilda bo’ldi. Haqiqatan ham “Konfor universal” BSK tomonidan xizmat ko’rsatiladigan uyning tom qismi ta’mirga muhtoj.

Ozoda Jo’rayeva tom qismini o’rganish davomida boshqaruv tashkiloti ishchi-xodimlarining o’z ishiga nisbatan mas’uliyatsizligini qat’iy tanqid ostiga oldi.

- Mutaxassis bo’lmagan odam o’z ishiga ana shunday sovuqqonlik bilan qaraydi. Bilimsizligi oqibatida o’ziga ham boshqalarga ham zarar yetkazadi. Agar muammoning tub mohiyatini anglamay, ko’zbo’yamachilik asosida ish davom etsa, katta talofatlar kelib chiqarishi mumkin. Bunday holatga biz jim qarab turmaymiz,- dedi Ozoda Jo’rayeva.

Kompaniyaga tez fursatda mazkur muammoni sifatli hamda talab darajasida bartaraf etish topshirig’i berildi.

Ozoda Jo’rayeva, shuningdek, murojaatchi bilan uchrashdi va yetkazilgan noqulaylik hozirgi islohotlar, vazirlik siyosatiga zid ekanligini ta’kidladi. Qisqa muddat ichida xonadonda yuzaga kelgan holatlar bartaraf etilishi aytib o’tildi.

Mazkur jarayon shaxsan vazir o’rinbosari nazoratida ekanligi qayd etildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✈️Telegram| 📹Youtube|

KOMMUNAL

08 Nov, 12:15


🌧❄️ #Kuz_qish

Xabar berganimizdek, mamlakatimizda kuz-qish mavsumini betalofat o’tkazish bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Prokuratura organlari, hokimlik va daxldor vazirlik mutasaddilaridan iborat ishchi guruhi tuzilib, zarur chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

Bugun vazir o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva ishchi guruh a’zolarini ko’p qavatli uylar sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirish maqsadida poytaxtimizning Mirobod tumani “Afrosiyob” mahallasida faoliyat yurituvchi “Proservis corp” BSK bilan tanishtirdi.

🏢 Bugungi kunda 67 ta ko’p qavatli uyga xizmat ko’rsatuvchi kompaniya zarur talablar asosida faoliyat olib borishga bor kuchini safarbar etgan.

Jumladan, kompaniya tomonidan 3 350 kv mewtr tom qismi, 18 ta kirish yo'lagi, 15 dona issiqlik uzellari ta'mirlandi. Shuningdek, 366 p/m issiqlik quvurlari, 120 p/m ichimlik suv quvurlari, 110 p/m oqova suv quvurlari almashtirildi. Kirish yo'laklariga 9 ta zamonaviy eshiklar, 200 ta energotejamkor lampalar o'rnatildi. Xavfsizlik nuqtai nazaridan 9 ta videokuzatuv kameralar o'rnatilib, 150 ta elektr taqsimlovchi shitlar soz holatga keltirildi.

Mutasaddilar kompaniya binosi, 24/7 dispetcherlik xizmati, mopddiy-texnika bazasi va ishchi-xodimlarning shayligini o'rgandilar. Shuningdek BSK boshqaruvidagi uylarning texnik holati ko'zdan kechirildi.

Boshqaruv tashkilotiga faoliyat samaradorligini oshirish hamda aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yanada kuchaytirish yuzasidan aniq topshiriqlar belgilandi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✈️Telegram| 📹Youtube|

KOMMUNAL

25 Oct, 04:26


#JARAYON

🏘 Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligida vazir oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva boshchiligida tuman (shahar) hokimlari hamda boshqa mutasaddilar ishtirokida onlayn muloqot oʻtkazildi.

Unda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish, qurilish-bunyodkorlik ishlari sifatini yanada yaxshilash, joriy kuz-qish mavsumini betalofat oʻtkazish kabi ustuvor masalalarga eʼtibor qaratildi. Murojaatlar turlicha. Biroq har bir masala individual yondoshuvni talab etadi. Shundan kelib chiqqan holda vazir oʻrinbosari O.Joʻrayeva masʼullarga kechiktirib boʻlmaydigan dolzarb masalalarni joyida hal etish yuzasidan koʻrsatmalar berdi.

Taʼkidlash lozimki, mazkur uchrashuvlarda koʻtarilayotgan masalalar ijrosi yuzasidan yoʻl xaritasi ishlab chiqiladi.

Bugungi muloqot ham joylarda aholi va tadbirkorlik subyektlarini qiynab kelayotgan dolzarb muammolarga hamkorlikda yechim topish maqsadida tashkil etildi.

🔴 Jumladan, Qarshi shahar hokimi koʻp qavatli turar joylarning yertoʻlasidagi devor yoriqlarini bartaraf etish va aholi noroziligiga sabab boʻlayotgan BSKlarni almashtirish boʻyicha murojaat qilgan boʻlsa, Urgut tumani hokimi uylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash, Xorazm viloyati hokimligi masʼullari esa aholini yetarli darajada issiqlik bilan taʼminlash masalalariga eʼtibor qaratdilar.

Shuningdek, Toyloq tumanidagi “Yangi Oʻzbekiston” massivining kommunikatsiya masalalari, Ohangaron tumanidan noturar joyni turar joyga oʻtkazish, Oqqoʻrgʻon tumanida koʻp qavatli uylarning tom qismini taʼmirlash va lokal isitish tizimidagi muammolarni hal etish, Andijon shahar hokimi esa SHNQga amal qilishdagi ayrim nomutanosibliklar haqida oʻz fikrlarini bildirdilar.

Tadbir davomida yana bir qator boshqa masalalar ham oʻrtaga tashlandi. Takliflar oʻzaro muhokamalarda koʻrib chiqildi va bular boʻyicha mutasaddilarga topshiriqlar belgilandi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|

KOMMUNAL

25 Oct, 04:25


#OAV_NIGOHIDA

😄 Farg‘ona viloyatida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|

KOMMUNAL

24 Oct, 05:28


#BU_MUHIM

🏢 Ko'p qavatli uyning yerto'lasini ijaraga berishda to'lovlar qay tartibda belgilanadi?

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|

KOMMUNAL

23 Oct, 15:16


#BSKda_bir_kun

🏢 Ko’p kvartirali uylarga xizmat ko’rsatish sohasiga zamonaviy yechimlarni qo’llash qanchalik ahamiyatli? Boshqaruv servis kompaniyalari sohani raqamlashtirishda qanday ishlarni amalga oshirmoqda?

🔗 Bugungi “Exclusive house” BSK haqidagi ko’rsatuvda mazkur savollarga javob topamiz!

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|

KOMMUNAL

21 Oct, 08:05


Сойчага сув келди, бу фақат бошланиши

Ўтган ҳафтанинг росмана қувончли воқеаларидан бири Фарғона водийсининг олис ҳудудларида яшовчи аҳолини ичимлик суви билан таъминлаш ва санитария лойиҳасининг амалга ошира бошлагани билан боғлиқ бўлди.

Ушбу лойиҳа доирасида 2026 йилгача Фарғона, Андижон ва Наманган вилоятларидаги 6 та маҳаллада 20 мингдан ортиқ аҳоли илк бор ичимлик суви билан таъминланади.

Яна шуниси аҳамиятлики, лойиҳа давлат-хусусий шериклик асосида Япониянинг “JTI Global WASH Initiative SA” жамғармасининг ҳомийлик маблағлари ҳисобидан амалга оширилмоқда. Япон компанияси лойиҳани молиялаштириш учун 2 млн доллар ажратган.

Тақдимот якунида йиғилганлар Наманган вилояти Косонсой туманидаги “Сойча” маҳалласига сув етказиб беришни рамзий равишда бошлаб беришди. Ушбу маҳаллада ҳам 5000 дан ортиқ аҳоли илк бор ичимлик сувига эга бўлди.

Таъкидланганидек, агар аҳолини марказлашган ичимлик суви билан таъминлаш даражаси 2030 йилга бориб ҳозирги 77,3 фоиздан 90 фоизга етказилса, бу жуда катта улкан натижа бўларди.

Боиси, сув – аҳолининг бирламчи ҳаётий эҳтиёжи. Ҳар қандай катта ва оламшумул лойиҳалар ҳақида режа қилишдан аввал ана шу бирламчи эҳтиёжларни қондириш ҳақида ўйлаш керак.

KOMMUNAL

21 Oct, 08:04


Қурилиш ва уй-жой коммунал хўжалиги вазирлиги ва республика “Тараққиёт” ННТ ҳамкорлигида, Япониянинг “JTI Global WASH Initiative SA" жамғармасининг ҳомийлик маблағлари билан Наманган вилояти Косонсой туманидаги “Сойча” маҳалласидан ичимлик суви чиқарилди.

Ушбу маҳаллада яшовчи 5000 дан ортиқ аҳоли илк бор ичимлик суви билан таъминланди. JTI бунинг учун 2 млн долларга яқин маблағ ажратди. Лойиҳа доирасида 2026 йилга қадар водийнинг уч вилоятидаги олис ҳудудларнинг 20 мингдан ортиқ аҳолисини ичимлик суви билан таъминлаш режалаштирилган.

KOMMUNAL

21 Oct, 05:05


#Ona_tilim_faxrim

🫥 Ona tilimiz rivojiga barchamiz birdek mas’ulmiz!

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✈️Telegram| 📹Youtube|

KOMMUNAL

21 Oct, 04:20


💐#TABRIK

O’zbek tili - millatimizning ma’naviy boyligi hisoblanadi. Ota-bobolarimizning tanti va samimiy gurunglari, onalarimizning mehr to’la allalari bilan bunyod bo’lgan, qon-qonimizda singgan ona tilining qadri va qimmati har narsadan baland. Zero, til bor - millat bor!

Shubhasiz, o‘zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o‘rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog‘liqlik til orqali namoyon bo‘ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga avvalo, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Xalqimiz tafakkurining ko‘zgusi bo‘lgan ushbu bebaho ne’matni asrab-avaylash va rivojlantirish bugungi kundagi eng katta vazifalarimizdan biridir. Boisi til faqatgina jamiyat bilan birgalikda rivojlanadi.

Aziz yurtdoshlar, sizlarni o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi hamda 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni bilan samimiy tabriklab, barchangizga mustahkam salomatlik, oilangizga qut-baraka, tinchlik va xotirjamlik tilayman!

🏘 Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vaziri v.b
Sherzod Hidoyatov

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✈️Telegram| 📹Youtube|

KOMMUNAL

19 Oct, 16:38


‼️Tayyorga ayyorlik, yoxud uy boshilarning xalqqa murojaati…

Ijodiy jamoamizga kelib tushgan murojaatga ko’ra Yunusobod 6-dahada joylashgan ko’p kvartirali uylarga xizmat ko’rsatish tizimidagi noqonuniy xatti-harakatlar aholi orasidagi ko’plab tushunmovchiliklarga sabab bo’lmoqda. Bundan xavotir bo’lgan faollar hamda uy boshilari holatga oydinlik kiritish, shu yo’l bilan ijtimoiy tarmoqlarda turli yolg’onlar bilan e’lon qilingan xabarlarga javob berish niyatida ekanliklarini ta’kidladilar.

⚠️ Biz ijodiy jamoamiz bilan holatni o’rgandik, aholi vakillari va uy boshilarining fikrlariga quloq tutdik. Anglaganingizdek, ko’p kvartirali uylarni boshqaruvga olishda noqonuniy yo’llar orqali harakat qilish, aholining fikriga ta’sir o’tkazish, jamiyatda o’z o’rniga ega shaxslarni obro’sizlantirish orqali ularga bosim o’tkazish haqiqatan tizimning samaradorligiga salbiy ta’sir o’tkazadi va bunday holatlarga albatta chora ko’rilishi shart!

📌 Shu o’rinda aholimizga muhim eslatma!

Turli aldov yo’llari bilan, go’yoki sizga alohida imtiyoz qilib berish orqali imzoingizni so’rab kelgan insonlardan ehtiyot bo’ling. Shaxsiy mulkingizni noqonuniy faoliyat bilan shug’ullanuvchilarga ishonmang. Zero, tekin pishloq faqat tuzoqda bo’ladi!

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✈️Telegram| 📹Youtube|

KOMMUNAL

18 Oct, 06:53


Кўп қаватли уйлар совиб қолди – иситиш мавсуми қачон бошланади?

13 октябрдан Ўзбекистоннинг шимолий ҳудудларига Урал ҳудудидан совуқ ва нам ҳаво массалари кириб келди. Марказлашган иссиқлик тармоғига уланган кўп қаватли уйлар эса совиб қолди. Қонунчиликка мувофиқ, суткалик ҳарорат 5 кун давомида кетма-кет 8 градусдан паст бўлгандан кейин иситиш мавсуми бошланиши керак. Хўш, бу йил куз-қиш мавсумида иссиқлик таъминоти қачон бошланади?

👉 https://kun.uz/kr/35446426

Kun.uz расмий канали

KOMMUNAL

17 Oct, 08:24


#BU_MUHIM

Isitish mavsumi qachon boshlanadi?

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube

KOMMUNAL

16 Oct, 16:24


#JARAYON

🔠 Xabaringiz bor, vazirlik tomonidan poytaxtimizning barcha tumanlarida onlayn qabullar tashkil etilib, aholining kommunal sohaga oid murojaatlari qabul qilinmoqda.

Navbatdagi onlayn qabul Yashnobod tumani hokimligida Yashnobod va Bektemir tumanlari uchun bo’lib o’tdi.

Jonli muloqotda vazir o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva boshchiligidagi mutasaddilar, xususan, kommunal sohaga daxldor barcha mutasaddi tashkilotlar vakillari, sohada nazorat olib boruvchi inspektorlar hamda ko’p qavatli uylarga xizmat ko’rsatuvchi boshqaruv tashkilotlari ishtirok etdi.

Jarayonda Yashnobod tumani aholisining 60 ga yaqin murojaati o’qib eshittirilib, ularni bartaraf etish choralari belgilab olindi. Bektemir tumanidan esa deyarli murojaat qabul qilinmadi, aksincha aholining boshqaruv tashkilotlaridan minnatdorlik fikrlari kelib tushdi.

Muhokamalar so‘nggida boshqaruv tashkilotlariga ish samaradorligini oshirish yuzasidan bir qator vazifalar belgilandi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✈️Telegram| 📹Youtube|

KOMMUNAL

16 Oct, 15:57


#No_comment

💦 Suv resurslar, ichimlik suv ta’minoti va sanitariya bo‘yicha sohaviy ishchi guruhining yig‘ilishi bo’lib o‘tdi. Unda sohaga doir vazirlik va idoralar, xalqaro hamkorlik tashkilotlari va jamoatchilik faollari ishtirok etdilar.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✈️Telegram| 📹Youtube|

KOMMUNAL

16 Oct, 08:58


📹#Onlayn

💧Namangan viloyati Konsonsoy tumanidagi “Soycha” mahallasidagi
5 000 nafardan ortiq aholimiz ilk bor ichimlik suv bilan ta’minlanmoqda.


Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✈️Telegram| 📹Youtube|