Trombin Vaqti (TT) — fibrinogenning trombin ta’sirida fibringa aylanishini o‘lchaydigan ko‘rsatkich. U qon ivish jarayonidagi oxirgi bosqichni baholash uchun ishlatiladi va turli patologiyalarni aniqlashga yordam beradi.
- Qon ketish yoki to‘xtamaslik muammolari.
- Antikoagulyant (Geparin) terapiyasi kuzatuvi.
- DIC-sindrom monitoringi.
- Jigar kasalliklari.
Qon ko‘k rangli (natriy sitratli) probirkaga yig‘iladi va sentrifugadan o‘tkazilib, plazma ajratiladi.
TT normasi odatda 12-18 soniya atrofida bo‘ladi. (Yo‘riqnomaga qarab farq qilishi mumkin.)
1. Fibrinogen yetishmovchiligi.
2. Antikoagulyant dorilar qabul qilinishi.
3. Jigar kasalliklari.
4. DIC-sindrom (ikkinchi bosqich).
5. Fibrinogen parchalanishi.
1. Fibrinogen miqdorining ko‘payishi.
2. Antifibrinolitik dorilar ta’siri.
3. DIC-sindrom (birinchi bosqich).
TT testi, PT (Protrombin vaqti) va APTT (Faollashtirilgan qisman tromboplastin vaqti) bilan birgalikda amalga oshiriladi. Ushbu testlar umumiy koagulogramma yordamida qon ivish tizimining barcha bosqichlarini tekshirishga imkon beradi.