Latest Posts from IHMA_Toshkent shahri (@ihma_toshkentshahri) on Telegram | DiscoverTelegram.com

IHMA_Toshkent shahri Telegram Posts

IHMA_Toshkent shahri
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent shahar boshqarmasining rasmiy sahifasi

🏢 Amir Temur shoh koʻchasi, 17-uy.
☎️ (99895)-507-47-07
📥 [email protected]
1,234 Subscribers
1,441 Photos
242 Videos
Last Updated 25.02.2025 00:09

The latest content shared by IHMA_Toshkent shahri on Telegram


Президент Шавкат Мирзиёев ижтимоий ёрдамларнинг манзиллилигини ошириш, ногиронлиги бўлганларни парваришлашнинг янги тизимига оид тақдимот билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией по повышению адресности социальной помощи и внедрению новой системы ухода за лицами с инвалидностью.

#Mirziyoyev #taqdimot #ijtimoiyhimoya #parvarish

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

🧠 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent shahar boshqarmasi hamda “International Inclusive Hub” xalqaro tayanch inklyuziv professional ta'lim markazi bilan hamkorlikda inklyuziv imkoniyatlar, ijtimoiylashtirish, alohida ta'lim ehtiyojlari bo‘lgan bitiruvchilarni birlashtirish va kelgusida ishga joylashtirish bo‘yicha tajriba-sinov ishlarini olib bormoqda.

👩‍👩‍👧‍👦 Hozirda Toshkent shahridagi 52-ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf oʻquvchilari “International Inclusive Hub” da dizayn yo'nalishi boʻyicha qisqa muddatli kasb-hunar kurslarida bepul o'rgatilmoqda.

🤝 Shuningdek, mashhur dizayner Madina Qosimbayeva oʻquvchilarining sa'y-harakatlari va yutuqlarini e'tirof etgan holda, “Xalqaro Inclusive Hub” da tahsil olayotgan oʻquvchilarni o'z jamoasiga qabul qilishga va ish bilan ta'minlashga tayyor ekanligini bildirdi.

🏃 Bundan tashqari, alohida ta'lim ehtiyojlariga ega bolalarning ota-onalariga qarata umidlarini yo'qotmaslikni mamlakatimizda inklyuziya uchun barcha zarur sharoitlar yaratilayotganligini ma'lum qildi.

#natija
#insonmarkazlari
#psixologikxizmat

Shayxontohur tumani Inson markazi psixologi yordamida yana bir fuqaro hayotga qaytarildi

2 oy avval “1146” ishonch raqamiga voyaga yetmagan qizga nisbatan maktabda tazyiq va zo’ravonlik o’tkazilganligi va buning natijasida voyaga yetmaganning ruhiy holati og’ir darajada ekanligi haqida habar berildi.

Boladagi ruhiy va fiziologik o‘zgarishlar tazyiq natijasida kelib chiqqan travmalar bilan bog‘liq edi. Shuningdek, unda qo’rquv, stress va xavotir natijasida vahima huruji belgilarining kuchayganligi kuzatildi.

"Inson" markazi psixologi bu holatni diqqat bilan o‘rganib, maxsus psixoterapiya usullari orqali bolani tiklash jarayonini boshladi. Psixologik yordam dasturi individual yondashuvga asoslanib, bolaning ruhiy va hissiy holatiga mos tarzda tuzildi.

Psixologning sa'y-harakatlari tufayli bola o‘zining ruhiy barqarorligini tiklab, kelajakda o‘z maqsadlarini amalga oshirishga tayyor bo‘ldi. Unga ko‘rsatilgan psixologik yordam tazyiq va ruhiy travmalar oqibatlarini bartaraf etishga imkon berdi.

“Inson” markazi Yuristining bergan huquqiy maslahatlari natijasida zo’ravonlarga nisbatan qonuniy chora ko’rildi.

#natija
#Yunusobodtumani

Inson markazi psixologi yordamida yana bir fuqaro hayotga qaytarildi.

Turmush o‘rtog‘ining bevaqt vafoti sababli kuchli depressiya holatida fuqaro "Inson "markaziga murojati qildi. Shundan so'ng, ijtimoiy xodim orqali unga keys ochilib, psixologik xizmatga yo‘naltirildi.

Yunusobod tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi psixologining professional psixoterapiya metodlari va sa’y-harakatlari tufayli fuqaroning ruhiy barqarorligi tiklandi.

batafsil videoda....

#natija
#Shayxontohurtumani

Inson markazi psixologi yordamida yana bir fuqaro hayotga qaytarildi.

Oiladagi og’ir ijtimoiy vaziyat sababli kuchli depressiya belgilari bilan yashayotgan fuqaro ijtimoiy xodim tomonidan keys ochilib psixologik xizmatga yo’naltirildi.

O’z vaqtida ko’rsatilgan professional psixologik yordam natijasida bir oila ajrimdan saqlab qolindi, o’z joniga qasd qilinishining oldi olindi. Ijtimoiylashuvini ta’minlash maqsadida qiziqishlari bo’yicha kasb-hunar o’rganish uchun yo’naltirildi.

Shayxontohur tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi psixologining maxsus psixoterapiya usullari va sa’y-harakatlari tufayli fuqaroning ruhiy barqarorligi tiklandi.

IJTIMOIY KARTA: BARCHA SAVOLLARGA JAVOB BU YERDA! 💳

Hurmatli fuqarolar!

Ijtimoiy kartaga oid savollar va ma’lumotlar ko‘payib borayotganini inobatga olib, eng muhimlarini aniqlashtirib o‘tmoqchimiz:

🔔 Hozircha bu loyiha tajriba-sinov bosqichida.
Ijtimoiy karta faqat Toshkent shahri va Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida joriy etilgan.

Sizning e’tiboringiz uchun karta haqidagi eng dolzarb ma’lumotlar:
✔️ Ijtimoiy kartaning qanday imkoniyatlari bor?
✔️ Qaysi ijtimoiy to‘lovlar aynan shu karta orqali amalga oshiriladi?
✔️ Karta kimlarga bepul taqdim etiladi?
✔️ Kartani qanday va qayerdan olish mumkin?

Qiziqmi? Javoblar bizning saytimizda

👉 Batafsil o‘qing va yangiliklardan xabardor bo‘ling.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

СОЦИАЛЬНАЯ КАРТА: ОТВЕЧАЕМ НА ВСЕ ВАШИ ВОПРОСЫ! 💳

Уважаемые граждане!

С учетом растущего интереса к социальной карте мы хотим поделиться с вами самой важной информацией:

🔹 Проект находится на этапе тестирования и на данный момент реализуется только в городе Ташкент и Янгиюльском районе Ташкентской области.

Вашему вниманию ответы на самые актуальные вопросы:
✔️ Какие возможности предоставляет социальная карта?
✔️ Какие социальные выплаты можно получать с помощью карты?
✔️ Кто может получить карту бесплатно?
✔️ Как и где можно оформить карту?

Интересно? Все ответы на нашем сайте!
👉 Узнайте подробности и будьте в курсе новостей.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

#natija
#Shayxontohurtumani

Psixologlar ko’magi natija bermoqda

Bugungi videroligimizdagi fikrlarni diqqat bilan tinglang. Ushbu ayol kabi chorasiz holatda bo’lsangiz bilingki, Siz yolg’iz emassiz!

Hududingizdagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazidagi malakali mutaxassislar sizga har qachon yordam berishga shay. Taz’yiq va zo’ravonlikdan aziyat chekkaningizda dardingizni ichga yutmang. Sizni har tomonlama himoya qila oladigan davlat va jamiyat bor!