"HUDUDGAZ NAMANGAN" gaz ta'minoti filiali @hududgaz_namangan Channel on Telegram

"HUDUDGAZ NAMANGAN" gaz ta'minoti filiali

@hududgaz_namangan


"HUDUDGAZ NAMANGAN" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati

HUDUDGAZ NAMANGAN (Uzbek)

HUDUDGAZ NAMANGAN is a Telegram channel dedicated to providing information about the gas supply services in the Namangan region. This channel is the official branch of HUDUDGAZ NAMANGAN, the gas supply company that serves the residents of Namangan. The channel offers updates on gas supply schedules, maintenance work, safety tips, and any other relevant information related to gas services in the region. HUDUDGAZ NAMANGAN aims to keep the residents of Namangan informed and ensure a smooth and reliable gas supply service. Whether you are a homeowner, business owner, or simply interested in staying up-to-date with gas supply news in Namangan, this channel is the go-to source for all your information needs. Join HUDUDGAZ NAMANGAN today to stay connected and informed about gas supply services in the Namangan region!

"HUDUDGAZ NAMANGAN" gaz ta'minoti filiali

15 Feb, 13:59


Президент Шавкат Мирзиёевнинг ёшлар билан очиқ мулоқотида белгиланган асосий вазифалар.

Батафсил — юқоридаги #инфографикада

Facebook|Instagram|X

"HUDUDGAZ NAMANGAN" gaz ta'minoti filiali

15 Feb, 05:11


Milliy libos - millat qiyofasi!

"Hududgaz Namangan" gaz ta’minoti filiali xodimlari "Milliy liboslar" kunini nishonladi.

Milliy liboslar – bu nafaqat kiyim, balki bizning o'zligimiz, tariximiz va madaniyatimizni ifodalaydigan timsoldir.

“Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati

@hududgaz_namangan

"HUDUDGAZ NAMANGAN" gaz ta'minoti filiali

15 Feb, 04:27


Andijon tumanida qariyb 200 mln soʻmlik tabiiy gazdan oʻgʻrincha foydalanish holati fosh etildi

Respublikamizning barcha hududlarida tabiiy gaz taʼminotidagi noqonuniy holatlarni aniqlash va ularni oldini olishga qaratilgan tadbirlar davom ettirilmoqda.

Shunday tadbirlardan biri “Hududgaz Andijon” gaz taʼminoti filiali komplayens nazorat tuzilmalari, tuman gaz taʼminoti boʻlimi va Oʻzenergoinspeksiya xodimlari ishtirokida Andijon viloyatining Andijon tumanida oʻtkazildi.

Tumanning “Noʻxatak” MFYda joylashgan “V. Sh. B.” MJCH tomonidan qurilayotgan koʻp qavatli turar joyda taʼminot korxonasi bilan shartnoma tuzmasdan va tabiiy gaz hisobini yuritmasdan “zangori yoqilgʻi”dan noqonuniy foydalanib kelinayotgani aniqlandi.

Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, tabiiy gaz sarfi qayta hisob-kitob qilindi va 199 million 221 ming soʻmlik zarar hisoblandi.

Noqonuniy holat boʻyicha barcha hujjatlar huquq-tartibot organlariga yuborildi.

Batafsil:
https://hududgaz.uz/ads?id=13317

💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz

"HUDUDGAZ NAMANGAN" gaz ta'minoti filiali

14 Feb, 17:55


😊😊😊😊😊

Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga 542 yil to‘ldi

O‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, buyuk shoir, tarixchi, olim, davlat arbobi, iste’dodli sarkarda, boburiylar sulolasi asoschisi, temuriy shahzoda Zahiriddin Muhammad Bobur bag‘ishlab "Hududgaz Namangan" gaz ta’minoti xodimlari tomonidan videorolik.

“Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati

@hududgaz_namangan

"HUDUDGAZ NAMANGAN" gaz ta'minoti filiali

14 Feb, 17:13


Aholi bilan ochiq muloqotlar davom etmoqda

Uychi, Norin va Yangiqo‘rg‘on tumanlarida Respublika ishchi guruhi tomonidan sayyor qabul tashkil etildi. Unda vazirlik va idoralar vakillari, Prezident Xalq qabulxonasining viloyat bo‘limi rahbari hamda viloyat, shahar va tuman sektor rahbarlari ishtirok etdi.

"Hududgaz Namangan" gaz ta’minoti ham ushbu sayyor qabulda ishtirok etib, aholi murojaatlarini eshitdi va ularning yechimi bo‘yicha ishlar olib bordi.

Fuqarolarning salomatlik, ishga joylashish, moddiy yordam, yer va uy-joy, biznes yuritish, kredit olish kabi masalalardagi murojaatlari tegishli idoralar vakillariga yo‘naltirilib, ko‘plab muammolar joyida hal etildi. Qolgan masalalar bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

Aholi bilan ochiq muloqot davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, bu kabi uchrashuvlar fuqarolarning davlatga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday sayyor qabullar kelgusida ham davom ettirilib, aholi farovonligini oshirishga xizmat qiladi.

“Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati

@hududgaz_namangan

"HUDUDGAZ NAMANGAN" gaz ta'minoti filiali

14 Feb, 13:33


Aholi bilan ochiq muloqotlar davom etmoqda

Uychi, Norin va Yangiqo‘rg‘on tumanlarida Respublika ishchi guruhi tomonidan sayyor qabul tashkil etildi. Unda vazirlik va idoralar vakillari, Prezident Xalq qabulxonasining viloyat bo‘limi rahbari hamda viloyat, shahar va tuman sektor rahbarlari ishtirok etdi.

"Hududgaz Namangan" gaz ta’minoti ham ushbu sayyor qabulda ishtirok etib, aholi murojaatlarini eshitdi va ularning yechimi bo‘yicha ishlar olib bordi.

Fuqarolarning salomatlik, ishga joylashish, moddiy yordam, yer va uy-joy, biznes yuritish, kredit olish kabi masalalardagi murojaatlari tegishli idoralar vakillariga yo‘naltirilib, ko‘plab muammolar joyida hal etildi. Qolgan masalalar bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

Aholi bilan ochiq muloqot davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, bu kabi uchrashuvlar fuqarolarning davlatga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday sayyor qabullar kelgusida ham davom ettirilib, aholi farovonligini oshirishga xizmat qiladi.

“Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati

@hududgaz_namangan

"HUDUDGAZ NAMANGAN" gaz ta'minoti filiali

14 Feb, 09:51


"Hududgaz Namangan" gaz ta'minoti filialida “Siyosiy ma’rifat soati” bo'lib o'tdi

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan tashkil etilayotgan navbatdagi oʻquvda "Hududgaz Namangan" gaz ta'minoti filialida xodimlari qatnashdilar.

Siyosiy-ma’rifiy soatda spikerlar ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy va davlat boshqaruvi sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar va qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati hamda ahamiyatiga to‘xtalib o‘tdi.

Mazkur oʻquv soati agentlikning ilm.argos.uz platformasi hamda YouTubedagi(https://youtu.be/9TWXeppH-e4?si=RhsYkowuEKCmu4tQ ) rasmiy sahifasi orqali berilmoqda.

"Hududgaz Namangan" gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati

@hududgaz_namangan

"HUDUDGAZ NAMANGAN" gaz ta'minoti filiali

14 Feb, 07:51


#is_gaz_xavfli

🔺 Hurmatli fuqarolar, unutmang! Aslida hammasi o'z qo'lingizda.


🔺 O'zingiz va yaqinlaringizni asrang, xavfsizlikni ta'minlang!

✍️ "Hududgaz Buxoro" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati

💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz

"HUDUDGAZ NAMANGAN" gaz ta'minoti filiali

14 Feb, 05:12


😊😊😊😊😊

OAV biz haqimizda

“Namangan haqiqati" gazetasining 2025-yil 12-fevraldagi 12-sonida "Buyuk siymo yodi” sarlavhasi ostida A.Sobirovning maqolasi chop etildi.


Manba:
https://t.me/NamanganHaqiqatiOnline/2621

12.02.202
5

"HUDUDGAZ NAMANGAN" gaz ta'minoti filiali

14 Feb, 04:09


Bugun 14 fevral – shoh va shoir, buyuk davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tug‘ilgan kun

Ko‘nglingni dinlarning muhokama maydoniga aylantirma.
Adolat o‘rnatishda insonlarning e’tiqodiga chuqur hurmatda bo‘l.

Zahiriddin Muhammad Bobur

Bobur turli fazilatlar bilan bezangan va maqtovli xislatlarga ega bo‘lgan bir podshoh edi. Ushbu barcha fazilatlaridan shijoat va muruvvati ustun turardi. Turkiy she’rni Navoiydan keyin hech kim Bobur yozgan darajada yozgan emas.

Mirzo Muhammad Haydar, “Tarixi Rashidiy”dan;

Bobur dilbar shaxs edi. Uyg‘onish davrining ajoyib sultoni, kuchli, tadbirkor kishisi bo‘lib, san’at, adabiyotni go‘zallikni sevardi.

Javoharla’l Neru, “Hindistonning kashf etilishi” kitobidan;

Bobur fe’li-sajiyasiga ko‘ra Syezarga qaraganda sevishga arzigulikdir. Uning manglayiga yuksak fazilatli inson deb bitib qo‘yilgan.

Eduard Xolden;

Saxovati va mardligi, iste’dodi, ilm-fan, san’atga muhabbati va ular bilan muvaffaqiyatli shug‘ullanishi jihatidan Osiyodagi podshohlar orasida Boburga teng keladigan birorta podshoh topilmaydi.

Uilyam Erskin.

"HUDUDGAZ NAMANGAN" gaz ta'minoti filiali

13 Feb, 17:19


Chortok tumani Sohibkor mahallaciga RDUK-50 markali gaz tartiblash punkti o‘rnatildi

Chortok tumani Sohibkor mahalla fuqarolar yig‘ini hududida aholi xonadonlarini tabiiy gaz bilan ta’minlashga xizmat qiluvchi RDUK-50 markali yangi gaz tartiblash punkti o‘rnatildi. Bu ishlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi natijasida 132 ta xonadon bir me’yorda, uzluksiz va xavfsiz tabiiy gaz bilan ta’minlanish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

“Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati

@hududgaz_namangan

"HUDUDGAZ NAMANGAN" gaz ta'minoti filiali

13 Feb, 16:27


Namangan viloyatida oilaviy korxona 579,7 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani fosh boʻldi

“Hududgaztaʼminot” AJ Boshqaruv raisining tegishli topshirigʻi bilan respublikaning barcha hududlarida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash boʻyicha nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

Mana shundan tadbirlardan biri “Hududgaz Namangan” GTF komplayens nazorat tuzilmalari, “Toʻraqoʻrgʻontumangaz” GTB va huquq-tartibot organlari xodimlari ishtirokida Namangan viloyatining Toʻraqoʻrgʻon tumanida oʻtkazildi.

Tumanning “Parasmon” MFYda joylashgan “A. A. S. B.” oilaviy korxonasiga qarashli umumiy ovqatlanish maskanida tabiiy gaz tarmogʻiga roʻyxatda boʻlmagan elektron gaz hisoblash uskunasi orqali oʻzboshimchalik bilan ulanib, tabiiy resursdan noqonuniy foydalanib kelingani aniqlandi.

Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, sarflangan tabiiy gaz hajmi qonunchilikda belgilangan tartibda qayta hisob-kitob qilindi. Isteʼmolchi tomonidan 579 million 739 ming soʻmlik zarar yetkazilgani maʼlum boʻldi. Barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshiriladi.

💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz

"HUDUDGAZ NAMANGAN" gaz ta'minoti filiali

10 Feb, 05:20


😊😊😊😊😊

Alisher Navoiyning tavalludining 584 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

Bugun, 10-fevral kuni “Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filiali tomonidan buyuk shoir, ulug‘ mutafakkir, davlat arbobi va insoniyat ma’naviyatining buyuk timsoli Alisher Navoiyning tavalludiga 584 yil to‘lgani munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Mazkur tadbir Navoiyning boy ijodiy merosini yod etish, uning asarlari orqali yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va adabiyotimiz tarixidagi o‘rnini yanada mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.

Tadbirda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi qoshidagi “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzosi A. Akbarov hamda filial xodimlari ishtirok etdilar. Ular buyuk shoirning hayoti va ijodi, uning turkiy adabiyotga qo‘shgan beqiyos hissasi, g‘azallarining insoniyatga bergan ma’naviy oziq haqida fikr yuritishdi. Ayniqsa, Navoiyning adolat, mehr-muruvvat, insonparvarlik va vatanparvarlik g‘oyalari tadbirning asosiy mavzusi bo‘ldi.

Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar shoirning “Xamsa” asari, uning falsafiy mushohadalari va o‘zbek tilining rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida so‘z yuritib, bugungi kunda ham uning asarlari yosh avlodga ibrat ekanligini ta’kidladilar. Shuningdek, tadbir doirasida Alisher Navoiy g‘azallaridan namunalar o‘qildi, uning hikmatli so‘zlari tahlil etildi.

Tadbir ishtirokchilari ushbu uchrashuvning ma’naviy saviyani oshirishdagi ahamiyatini alohida e’tirof etib, kelajakda ham bunday tadbirlar muntazam o‘tkazilishi lozimligini qayd etishdi. Alisher Navoiy asarlari xalqimiz uchun doimo bebaho meros bo‘lib qoladi va ularning qadri yillar o‘tishi bilan yanada ortib boraveradi.

“Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati

@hududgaz_namangan

"HUDUDGAZ NAMANGAN" gaz ta'minoti filiali

10 Feb, 04:09


Olis chegara hududlarga suyultirilgan gaz yetkazib berildi

Namangan viloyati Chortoq tumanining "Turuq" mahallasi tuman markazidan 45 km uzoqda, qo‘shni Qirg‘iziston bilan chegara hududda joylashgan.

"Hududgaz Namangan" Chortoq tumani bo‘limi tomonidan mahallada istiqomat qiluvchi aholini suyultirilgan gaz bilan ta’minlash maqsadida 11 500 tonna suyultirilgan gaz ID-kartalar orqali tarqatildi.

“Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati

@hududgaz_namangan

"HUDUDGAZ NAMANGAN" gaz ta'minoti filiali

09 Feb, 13:07


9-fevral — buyuk shoir, ulug‘ mutafakkir, davlat arbobi va insoniyat ma’naviyatining buyuk timsoli Alisher Navoiyning 584 yilligi

💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz

"HUDUDGAZ NAMANGAN" gaz ta'minoti filiali

08 Feb, 10:18


Chortoq tumani Sohibkor mahallasiga RDUK-50 markali gaz tartiblash punkti o‘rnatildi

Chortok tumani Sohibkor mahalla fuqarolar yig‘ini hududida aholi xonadonlarini tabiiy gaz bilan ta’minlashga xizmat qiluvchi RDUK-50 markali yangi gaz tartiblash punkti o‘rnatildi. Bu ishlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi natijasida 132 ta xonadon bir me’yorda, uzluksiz va xavfsiz tabiiy gaz bilan ta’minlanish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Ushbu loyiha mahalliy aholi turmush darajasini yaxshilash, qulaylik yaratish va energiya ta’minotida xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan. Ta’mirlangan gaz tartiblash punktining ishga tushirilishi bilan aholi qish faslida ham tabiiy gazdan uzluksiz foydalanishi ta’minlanadi.

Mazkur sa’y-harakatlar davlat va jamoat tashkilotlarining aholi farovonligi yo‘lidagi amaliy qadamlaridan biri bo‘lib, kelgusida bunday loyihalar davom ettirilishi rejalashtirilgan.

“Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati

@hududgaz_namangan

"HUDUDGAZ NAMANGAN" gaz ta'minoti filiali

04 Feb, 17:57


😊😊😊😊😊

"Hududgaz Namangan" GTF binosida hududgaz hamda HETK xodimlari uchun xavfsizlik qoidalariga rioya etish bo‘yicha seminar o‘tkazildi

Namangan viloyatida 2024-2025-yillar kuz-qish mavsumida xavfsizlik qoidalariga to‘g‘ri amal qilish maqsadida seminar tashkil etildi. Tadbirda viloyat prokurori hamda gaz ta’minoti va elektr energiyasi sohasi xodimlari ishtirok etib, mavsumiy energiya xavfsizligini ta’minlash va fuqarolarni energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Seminar davomida ishtirokchilar kuz-qish mavsumida energiya resurslaridan samarali foydalanish, energiyani tejash hamda yashil energiyani keng joriy etish bo‘yicha tadbirlarning ahamiyatini alohida ta’kidladilar. Shuningdek, aholini xavfsiz va uzluksiz energiya ta’minoti bilan ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi. Mas’ul tashkilotlarning mavsumga tayyorgarlik bo‘yicha amalga oshirayotgan ishlari yuzasidan hisobotlari tinglandi.

Tadbir yakunida aholiga energiya resurslaridan xavfsiz va oqilona foydalanish bo‘yicha tushunchalar berilib, kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni bartaraf etish uchun qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilandi.

“Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati

@hududgaz_namangan

"HUDUDGAZ NAMANGAN" gaz ta'minoti filiali

04 Feb, 15:29


Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев расмий ташриф билан Малайзияга келди. Куала-Лумпур халқаро аэропортида давлатимиз раҳбарини Малайзия парламенти Вакиллар палатаси спикери Жоҳари бин Абдул, таълим вазири Замбри Абдулқодир ва бошқа расмий шахслар кутиб олди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев прибыл с официальным визитом в Малайзию. В международном аэропорту города Куала-Лумпура главу нашего государства встретили спикер Палаты представителей Парламента Малайзии Джохари бин Абдул, министр образования Замбри Абдул Кадир и другие официальные лица.

#Mirziyoyev #tashrif #Malayziya

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

"HUDUDGAZ NAMANGAN" gaz ta'minoti filiali

04 Feb, 15:29


Президент Шавкат Мирзиёев Куала-Лумпурда тантанали кутиб олинди

Президента Шавката Мирзиёева торжественно встретили в Куала-Лумпуре

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

"HUDUDGAZ NAMANGAN" gaz ta'minoti filiali

03 Feb, 04:47


#1_kub_gaz_tejang

🔰 Sohib HASANOV,
“Qah-qaha” hajviy dasturi aktyori, Navoiy shahri


🎤 "Kuniga 1 kub gaz tejasak ham, tejamkorlikka hissa qo‘shgan bo‘lamiz"

✍️"Hududgaz Navoiy" gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati

💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz

"HUDUDGAZ NAMANGAN" gaz ta'minoti filiali

02 Feb, 10:53


😊😊😊😊😊

Uchqurg‘on tumani Guliston mahallasiga suyultirilgan gaz yetkazib berildi

2025 yil 1 fevral kuni Uchqurg‘on tumani Guliston mahallasiga ID karta orqali jami 11 000 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi. Bu mahallada 561 ta xonadon suyultirilgan gaz iste’molchisi hisoblanib, ularning ehtiyojini qondirish maqsadida muntazam ravishda gaz yetkazib berish ishlari olib borilmoqda.

Gaz ta’minotini yaxshilash va aholini uzluksiz yoqilg‘i bilan ta’minlash maqsadida tegishli tashkilotlar tomonidan hamkorlikda ish olib borilmoqda. Mahalla aholisi o‘z vaqtida va barqaror ravishda gaz bilan ta’minlanishi uchun ID karta orqali taqsimot tizimi samarali yo‘lga qo‘yildi.

Energetika sohasidagi bunday chora-tadbirlar aholining turmush darajasini yanada yaxshilashga xizmat qiladi. Har bir xonadonga qulaylik yaratish va suyultirilgan gazni o‘z vaqtida yetkazib berish ishlari kelgusida ham davom ettiriladi.

“Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati

@hududgaz_namangan

"HUDUDGAZ NAMANGAN" gaz ta'minoti filiali

02 Feb, 10:18


Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Малайзия Бош вазири Анвар Иброҳимнинг таклифига биноан 4-5 февраль кунлари расмий ташриф билан ушбу мамлакатда бўлади.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Премьер-министра Малайзии Анвара Ибрагима 4-5 февраля посетит эту страну с официальным визитом.

#Mirziyoyev #tashrif #Malayziya #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

"HUDUDGAZ NAMANGAN" gaz ta'minoti filiali

02 Feb, 09:36


🔥 "Hududgazta’minot" AJ ning haftalik dayjesti

(
📆 27 yanvar - 2 fevral kunlari)

🗓 27 - yanvar

⭕️ Aholi va ulgurji isteʼmolchilarni tabiiy gaz bilan taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar;

⭕️ “Hududgaz Namangan” xodimlari oʻrtasida sport musobaqalari oʻtkazildi;

⭕️ Andijonda soha xodimlari orasida korrupsiyani oldini olish bo‘yicha targ‘ibotlar olib borilmoqda.
_______

🗓 28 - yanvar

⭕️ Andijon viloyatida 122 mln so‘mlik tabiiy gazdan o‘g‘rincha foydalangan korxona aniqlandi;

⭕️ Axborot 24: Prezident Shavkat Mirziyoyev 27-yanvar kuni “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yili davlat dasturi loyihasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.

⭕️ Tayinlov: Maksudov Davron Sanjarxodjayevich “Hududgaztaʼminot” AJ Boshqaruv raisining transformatsiya masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi.
_______

🗓 29 - yanvar

⭕️ "Dang‘ara tajribasi" doirasida viloyat miqyosida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi;

⭕️ Qashqadaryo viloyatidagi issiqxona 1,1 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani fosh bo‘ldi;

⭕️ Surxondaryoda suyultirilgan gaz to‘ldirish shoxobchasi yana bittaga ko‘paydi;

⭕️ Inson qadri ulug‘.
_______

🗓 30 - yanvar

⭕️ Xorazmda amaliy seminar bo‘lib o‘tdi;

⭕️ Ma’rifat soati;

⭕️ Andijon viloyatida 5,3 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan ohak ishlab chiqarish sexi aniqlandi;
_______

🗓 31 - yanvar

⭕️ Buxoro viloyati Buxoro tumanida avtomatlashtirilgan mahalla isteʼmol nazorat-hisob balansi joriy etilishiga start berildi;

⭕️ Qo'shko'pir tumanining eng chekka mahallalariga ham suyultirilgan gaz o'z vaqtida yetkazilmoqda;

⭕️ Toshkent viloyatida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etilmoqda.
_______

🗓 1 - fevral

⭕️ Qashqadaryo viloyatida suyultirilgan gaz taʼminotidagi “bunker”lar faoliyatiga chek qoʻyildi.

"Hududgazta'minot" AJ matbuot xizmati

💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz

"HUDUDGAZ NAMANGAN" gaz ta'minoti filiali

01 Feb, 16:12


😊😊😊😊😊

Iste’molchilarga sifatli va xavfsiz suyultirilgan gaz yetkazib berish ishlari davom etmoqda

Namangan viloyatida 488 083 nafar suyultirilgan iste’molchi 530 483 dona maishiy gaz ballonlari bilan ta’minlangan. Ta’minot darajasi 108% ni tashkil etadi. 2025 yil 29 yanvar holatiga 7054,8 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi.

Pop gaz to‘ldirish inshooti orqali Pop va Chust tumanlaridagi 73 403 ta iste’molchiga xizmat ko‘rsatilmoqda.

2023-2024 yillarda gaz ballonlarini to‘ldirish quvvati oyiga 832 tonnadan 1664 tonnaga yetkazildi.

2024 yilda 16 455 ta gaz balloni sinovdan o‘tkazildi, 9 562 tasi ta’mirlanib, iste’molchilarga topshirildi.

2025 yil 29 yanvar kuni 1 285 ta gaz balloni sinovdan o‘tkazilib, 310 tasi ta’mirlandi.

Pop gaz to‘ldirish inshootida 5 kVt quyosh panellari, quyosh nuri bilan ishlaydigan yoritish lampalari va suv isitish qurilmalari o‘rnatildi.

Suyultirilgan gaz ta’minotida xavfsizlik, sifat va barqarorlikni ta’minlash uchun ishlar davom ettiriladi!

“Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati

@hududgaz_namangan

"HUDUDGAZ NAMANGAN" gaz ta'minoti filiali

01 Feb, 11:06


Tejamkorlikni o‘zimizdan boshlaylik

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | hududgaz.uz

"HUDUDGAZ NAMANGAN" gaz ta'minoti filiali

01 Feb, 07:07


Президент Шавкат Мирзиёев иштирокида 2025 йилнинг январь ойида ўтган асосий тадбир ва воқеалар

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

"HUDUDGAZ NAMANGAN" gaz ta'minoti filiali

25 Jan, 13:19


😊😊😊😊😊

"Hududgaz Namangan" xodimlari o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi

Bugun, 25-yanvar kuni Namangan shahrida joylashgan "Barkamol avlod" sport majmuasida "Hududgaz Namangan" gaz ta’minoti filiali xodimlari o‘rtasida qiziqarli va shukuhli sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi. Tadbir jamoa ruhini mustahkamlash, xodimlarning jismoniy tayyorgarligini oshirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida tashkil etildi.

Musobaqalar bir necha sport yo‘nalishlarida o‘tkazildi. Ishtirokchilar tosh ko‘tarish, basketbol shitiga to‘p tashlash va adjimaniya qilish bo‘yicha o‘z mahoratlarini sinab ko‘rdilar. Har bir bellashuv qizg‘in bahslar va sportga xos ruhiyat bilan o‘tdi.

Tosh ko‘tarish bellashuvida ishtirokchilar kuch va chidamlilik sinovidan o‘tdilar. Bu yo‘nalishdagi g‘olib o‘z kuchini va irodasini namoyon etib, barcha ishtirokchilarga namuna bo‘ldi. Basketbol shitiga to‘p tashlash musobaqasida esa aniqlik va diqqat muhim rol o‘ynadi. Ushbu yo‘nalishda ko‘pchilik ishonchli natijalar qayd etdi. Adjimaniya bellashuvi esa ishtirokchilarning tezkorligi va chidamliligini sinab ko‘rish uchun ajoyib imkoniyat yaratdi.

Tadbir yakunida g‘olib va sovrindorlar tashkilot tomonidan diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar. Tashkilotchilarga ko‘ra, bunday musobaqalar kelgusida ham davom ettirilib, ishchi-xodimlar o‘rtasida sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qiladi.

"Hududgaz Namangan" rahbariyati xodimlarning sog‘lom turmush tarziga katta e’tibor qaratayotganini va kelgusida sport bilan bog‘liq yanada keng qamrovli tadbirlar o‘tkazish rejalashtirilayotganini ma’lum qildi. Bunday tashabbuslar nafaqat jismoniy holatni mustahkamlashga, balki jamoa birdamligini oshirishga ham xizmat qiladi.

Tadbir barcha ishtirokchilar va mehmonlar uchun iliq taassurot qoldirdi va xodimlar o‘rtasida do‘stona muhit yaratishga katta hissa qo‘shdi.

"Hududgaz Namangan" gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati

@hududgaz_namangan

"HUDUDGAZ NAMANGAN" gaz ta'minoti filiali

25 Jan, 12:20


Korrupsiyaga qarshi kurash tadbirlari davom etmoqda

"Hududgaz Namangan" gaz ta’minoti filiali tizimda shaffoflikni oshirish va korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi profilaktik tadbirlarini izchil davom ettirmoqda.

"Yangiqo‘rg‘on tumangaz" bo‘limida ushbu yo‘nalishda muhim muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Filial boshlang‘ich kasaba uyushmasi raisi A. Sobirov hamda MROF va KQSAO bo‘limi boshlig‘i A. Qobulov ishtirok etdi.

Muhokama davomida A. Qobulov korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri haqida fikr bildirar ekan, unga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar xususida batafsil ma’lumot berdi.

Shuningdek, A. Sobirov xodimlarning mehnat majburiyatlarini buzishi oqibatlari, ayniqsa, ushbu holatlar mehnat shartnomalarining bekor qilinishiga olib kelishi mumkinligi borasida tushuntirishlar berdi.

Bunday profilaktik tadbirlar tizimda qonuniylikni mustahkamlash, xodimlarning huquqiy bilimini oshirish va korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish maqsadida muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda.

"Hududgaz Namangan" gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati

@hududgaz_namangan

"HUDUDGAZ NAMANGAN" gaz ta'minoti filiali

25 Jan, 07:12


Shishaki mahallasiga suyultirilgan gaz yetkazib berildi

2025 yil 24 yanvar kuni Davlatobod tumanidagi Shishaki mahallasi aholisi uchun navbatdagi suyultirilgan gaz yetkazib berish ishlari amalga oshirildi.

Maxsus ID karta orqali 19400 tonna suyultirilgan gaz tarqatildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Shishaki mahalla fuqarolar yig‘inida 968 ta gaz iste’molchisi mavjud bo‘lib, ularning har biriga sifatli va uzluksiz gaz yetkazib berish maqsadida muntazam ravishda ish olib borilmoqda.

Bu ishlar mahalladagi aholining qulayligi va farovonligini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib,  reja-grafik asosida doyimiy yetkao‘ib berilmoqda.

"Hududgaz Namangan" gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati

@hududgaz_namangan

"HUDUDGAZ NAMANGAN" gaz ta'minoti filiali

25 Jan, 05:01


😊😊😊😊😊

Korrupsiyaga qarshi kurash tadbirlari davom etmoqda

"Hududgaz Namangan" gaz ta’minoti filiali tizimda shaffoflikni oshirish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha profilaktik tadbirlarni izchil davom ettirmoqda.

Xususan, "Davlatobod tumangaz" uchastkasida navbatdagi muhokama yig‘ilishi tashkil etildi. Unda Filial boshlang‘ich kasaba uyushmasi raisi A. Sobirov hamda MROF va KQSAO bo‘limi boshlig‘i A. Qobulov ishtirok etdi.

Tadbir davomida korrupsiya jamiyat taraqqiyotiga jiddiy to‘siq ekani ta’kidlanib, unga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, xodimlarning mehnat shartnomalari bekor qilinishiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan holatlar, ayniqsa, mehnat majburiyatlarining qo‘pol buzilishi bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi.

Bunday profilaktik tadbirlar tizimda qonuniylikni mustahkamlash, xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish va korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish maqsadida muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda.

"Hududgaz Namangan" gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati

@hududgaz_namangan

"HUDUDGAZ NAMANGAN" gaz ta'minoti filiali

24 Jan, 07:09


Tabiiy gazdan behuda foydalanmang!

Xonani gaz plitasi orqali isitish samarasiz va shu bilan birga juda xavfli!

💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz

"HUDUDGAZ NAMANGAN" gaz ta'minoti filiali

23 Jan, 12:18


😊😊😊😊😊

Gaz Tizimida Shaffoflik va Korrupsiyaga Qarshi Kurash Bo‘yicha Navbatdagi Tadbir O‘tkazildi

"Hududgaz Namangan" gaz ta’minoti filiali tizimda shaffoflikni oshirish va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha profilaktik tadbirlarni davom ettirmoqda.
2024-yil 21-yanvar kuni "Mingbuloq tumangaz" bo‘limida ushbu yo‘nalishda navbatdagi muhokama bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Filial boshlang‘ich kasaba uyushmasi raisi A. Sobirov hamda MROF va KQSAO bo‘limi boshlig‘i A. Qobulov ishtirok etdi.

Muhokama davomida A. Qobulov korrupsiya jamiyat taraqqiyotiga jiddiy to‘siq ekanini ta’kidlab, unga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot berdi. A. Sobirov esa xodimlarning mehnat shartnomalari bekor qilinishiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan holatlar, ayniqsa, mehnat majburiyatlarini qo‘pol buzish oqibatlari haqida tushuntirishlar berdi.

Bunday profilaktik tadbirlar tizimda qonuniylikni mustahkamlash, xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish va korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish maqsadida muntazam ravishda o‘tkazilib kelinmoqda.

"Hududgaz Namangan" gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati

@hududgaz_namangan

"HUDUDGAZ NAMANGAN" gaz ta'minoti filiali

23 Jan, 09:24


Бироздан сўнг Президент Шавкат Мирзиёев раислигида ипотека дастури доирасида 2024 йилда амалга оширилган ишлар ва 2025 йил учун режалар муҳокамаси юзасидан видеоселектор йиғилиши бошланади.

Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёева начнется видеоселекторное совещание по обсуждению проделанной в 2024 году работы в рамках ипотечной программы и планов на 2025 год.

Facebook|Instagram|X

"HUDUDGAZ NAMANGAN" gaz ta'minoti filiali

23 Jan, 07:23


😊😊😊😊😊

OAV biz haqimizda

“Namangan viloyati teleradio kompaniyasini” telekanalining “Namangan axboroti” dasturida "ISHCHI XODIMLAR VA OILA A'ZOLARINING MADANIY DAM OLISHLARI TA'MINLANMOQDA” sarlavhasi ostida lavha efirga uzatildi.

Batafsil lavhada ko'rishingiz mumkin.

Manba:
https://t.me/NamTRK/16362

20.01.2025

"HUDUDGAZ NAMANGAN" gaz ta'minoti filiali

23 Jan, 04:09


😊😊😊😊😊

"Yangi Asr" mahallasi “Aqlli mahalla”ga aylanadi

Namangan shahridagi "Yangi Asr" mahallasi “Aqlli mahalla” loyihasi doirasida zamonaviylashtirilmoqda. Ushbu tashabbus "Hududgaz ta’minot" AJ tomonidan amalga oshirilmoqda. Loyiha doirasida mahallaning gaz ta’minoti tizimi tubdan yangilanib, zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etiladi.

Har bir xonadonga:
Zamonaviy gaz regulyatorlari
Energiya tejamkor gaz jihozlari o‘rnatiladi.

Mahallaning kirish qismida umumiy gaz hisoblagichlar joylashtiriladi, barcha ko‘chalarda esa zamonaviy nazorat tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Ushbu chora-tadbirlar gaz ta’minotining xavfsizligini oshirish va aholi uchun sarf-xarajatlarni kamaytirishga xizmat qiladi.

Loyiha doirasida "Yangi Asr" mahallasidagi 1 032 xonadon ikki bosqichli gaz ta’minoti tizimiga o‘tkaziladi. Hozirda xonadonlarga regulyatorlar o‘rnatish ishlari olib borilmoqda. Bu yangi tizim gaz ta’minotidagi uzilishlarni kamaytiradi, xavfsizlik darajasini oshiradi va gazni tejash imkonini yaratadi.

Shuningdek, ushbu “Aqlli mahalla” loyihasi Namangan viloyatining barcha shahar va tumanlarida bosqichma-bosqich joriy etilishi rejalashtirilgan. Har bir tuman va shaharda bittadan namunaviy mahalla tanlanib, shunga o‘xshash ishlar amalga oshiriladi.

Bu ishlar nafaqat infratuzilmani yaxshilash, balki aholi hayotini yanada qulay va xavfsiz qilishga qaratilgan.

"Hududgaz Namangan" gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati

@hududgaz_namangan

"HUDUDGAZ NAMANGAN" gaz ta'minoti filiali

21 Jan, 06:12


Gaz Tizimida Shaffoflik va Korrupsiyaga Qarshi Kurash: Navbatdagi Tadbir O‘tkazildi

"Hududgaz Namangan" gaz ta’minoti filiali tizimda shaffoflikni oshirish va korrupsiyaga qarshi kurashish borasida profilaktik tadbirlarni davom ettirmoqda.

2024-yil 20-yanvar kuni "To‘raqo‘rg‘on tumangaz" bo‘limida navbatdagi muhokama tashkil etildi. Unda Filial boshlang‘ich kasaba uyushmasi raisi A. Sobirov hamda MROF va KQSAO bo‘limi boshlig‘i A. Qobulov ishtirok etdi.

Tadbir davomida A. Qobulov korrupsiya jamiyat taraqqiyotiga jiddiy to‘siq ekanini ta’kidlab, unga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berdi. Shuningdek, A. Sobirov xodimlar mehnat shartnomalarining bekor qilinishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan holatlar, ayniqsa, mehnat majburiyatlarini qo‘pol buzish holatlari bo‘yicha tushuntirishlar berdi.

Bunday profilaktik tadbirlar tizimda qonuniylikni mustahkamlash, xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish va korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish maqsadida muntazam o‘tkazib kelinmoqda.

"Hududgaz Namangan" gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati

@hududgaz_namangan

"HUDUDGAZ NAMANGAN" gaz ta'minoti filiali

14 Jan, 20:16


😊😊😊😊😊

“Motamsaro ona” haykali poyiga gulchambarlar qo‘yildi

14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Namangan shahridagi “Xotira maydoni”da tantanali gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda mudofaa va huquqni muhofaza etuvchi organlar, davlat va boshqaruv idoralari, jamoatchilik vakillari hamda ommaviy axborot vositalari ishtirok etdi.

Maydonda Namangan harbiy garnizoni askarlari saf tortdi. Viloyat hokimi, harbiy-ma’muriy sektor rahbari Shavkatjon Abdurazzoqov boshchiligida sektorlar rahbarlari ham tadbirda qatnashib, "Motamsaro ona" haykali poyiga gulchambarlar qo‘ydilar.

Tadbirda Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni, general-mayor Aybek Saidov Vatan himoyachilari kuni va Qurolli Kuchlar tashkil etilganligining 33 yilligi munosabati bilan barcha harbiy xizmatchilarni samimiy tabrikladi. Davlatimiz madhiyasi ijro etilgandan so‘ng, harbiy orkestr sadolari ostida haykal poyiga turli idoralar, yirik korxona va muassasalar nomidan gulchambarlar qo‘yildi.

“Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filiali mas’ullari ham mazkur tadbirda faol ishtirok etib, “Motamsaro ona” haykali poyiga gulchambarlar qo‘ydilar.

Bu yuksak ma’naviy ahamiyatga ega tadbir nafaqat Vatan himoyachilariga bo‘lgan hurmat va minnatdorlik ifodasi, balki tinchlik va barqarorlikni qadrlash ruhini ham mustahkamladi.

“Hududgaz Namangan” jamoasi yurtimizning barcha himoyachilariga tinchlik, sog‘liq va xizmatlarida muvaffaqiyatlar tilaydi. Har doim yurtimiz osmoni musaffo, xalqimiz turmushi farovon bo‘lsin!

“Hududgaz Namangan” gaz taʻminoti filiali matbuot xizmati

@hududgaz_namangan

"HUDUDGAZ NAMANGAN" gaz ta'minoti filiali

14 Jan, 12:31


DIQQAT! AHOLI E’TIBORIGA!

📍 Uychi tumani, Boyag‘on mahallasi va Mingbuloq tumani aholisiga

Ma’lum qilamizki:
Uychi tumani Boyag‘on mahallasida gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi. Sababi – gaz tarmog‘ini 1 bosqichlik quvurga o‘tkazish ishlari olib borilmoqda. Ta’mirlash ishlari yakunlangach, gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

Shuningdek, Mingbuloq tumanida “O‘ztransgaz” AJga qarashli yuqori bosimli yer osti magistral gaz quvuriga noma’lum ekskavator tomonidan shikast yetkazilgan avariya holati bartaraf etildi. Natijada, tumanda tabiiy gaz yetkazib berish qayta boshlandi.

Yuzaga kelgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

“Hududgaz Namangan” gaz taʻminoti filiali matbuot xizmati

@hududgaz_namangan

"HUDUDGAZ NAMANGAN" gaz ta'minoti filiali

14 Jan, 06:56


“Oʻztransgaz” AJga qarashli yuqori bosimli yer osti magistral gaz quvuriga noma’lum ekskavatorning shikast yetkazishi natijasida yuzaga kelgan avariya holatini bartaraf etish maqsadida 14-yanvar kuni soat 11:00 dan 18:00 gacha Namangan viloyati Mingbuloq tumanidagi iste’molchilarda gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi.

Aholi isteʼmolchilari soni: 10803 ta
Ulgurji isteʼmolchilar soni: 133 ta

Taʼmirlash ishlari yakunlangandan soʻng gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

"HUDUDGAZ NAMANGAN" gaz ta'minoti filiali

14 Jan, 05:42


DIQQAT! AHOLI E’TIBORIGA!

Uychi tumani Boyag‘on mahallasida 10:30 dan 17:00 gacha tabiy gaz vaqtinchalik o‘chiriladi.

Ma’lumot uchun xabar beramizki, hududingizda gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi. Bu uzilish gaz tarmog‘ini 1 bosqichlik quvurga o‘tkazish va ta’mirlash ishlari olib borilayotgani sababli amalga oshiriladi.

Ta’mirlash ishlari yakunlangandan so‘ng gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. Sabr-toqat uchun tashakkur!

“Hududgaz Namangan” gaz taʻminoti filiali matbuot xizmati

@hududgaz_namangan

"HUDUDGAZ NAMANGAN" gaz ta'minoti filiali

14 Jan, 03:04


14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni

“Hududgaztaʼminot” AJ jamoasi Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33-yilligi va Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy muborakbod etadi.

Yurtimiz posbonlariga mustahkam sogʻlik, oilaviy baxt-saodat, tinchlik va farovonlik tilaymiz. Sharafli xizmatingizda yangi yutuq va zafarlar yor boʻlsin!

💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz

"HUDUDGAZ NAMANGAN" gaz ta'minoti filiali

13 Jan, 14:03


Toshkent viloyatida 486,14 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi

“Hududgaztaʼminot” AJ Boshqaruv raisi topshirigʻi bilan tezkor ishchi guruhlar shakllantirilib, joylarda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash boʻyicha nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

Mana shunday tadbirlardan biri “Hududgaz Toshkent” GTF komplayens nazorat tuzilmalari, “Oʻrtachirchiqtumangaz” GTB va huquq-tartibot organlari xodimlari ishtirokida Toshkent viloyatining Oʻrtachirchiq tumanida oʻtkazildi.

Tumanning “Xalqobod” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro N.U. oʻz xonadonida tashkil qilgan issiqxonada hisoblash uskunasini chetlab oʻtib, ijro-texnik hujjatlarisiz tabiiy gaz tarmogʻiga ulangan va “zangori yoqilgʻi”dan noqonuniy foydalangan.

Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, qonunchilikda belgilangan tartibda qayta hisob-kitob ishlari amalga oshirilib, 486,14 million soʻmlik zarar aniqlandi. Voqea boʻyicha barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Batafsil: https://hududgaz.uz/ads?id=13039

💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz

"HUDUDGAZ NAMANGAN" gaz ta'minoti filiali

13 Jan, 07:13


🔰 SO‘RAGAN EDINGIZ...

🔷 Hovli-uy joylari hamda yangi qurilgan ko‘p qavatli uylarga tabiiy gaz o‘tkazish tartibi qanday?

🔷 Uylarni gazlashtirishda kadastr hujjati talab qilinadimi?


🎤 Mazkur savolga "Hududgaz Navoiy" gaz taʼminoti filiali bosh mutaxassisi Obidjon Abdurafiqov batafsil javob berdi.

✍️"Hududgaz Navoiy" gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati

💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz

"HUDUDGAZ NAMANGAN" gaz ta'minoti filiali

13 Jan, 05:21


#Инфографика

Energotejamkor vositalar bilan pulingizni va energiyani tejang!

"HUDUDGAZ NAMANGAN" gaz ta'minoti filiali

11 Jan, 07:38


Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Бирлашган Араб Амирликлари Президенти Шайх Муҳаммад бин Зоид Ол Наҳаённинг таклифига биноан 13-16 январь кунлари расмий ташриф билан ушбу мамлакатда бўлади.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Президента Объединенных Арабских Эмиратов Шейха Мухаммада бин Заида Аль Нахаяна 13-16 января посетит эту страну с официальным визитом.

#Mirziyoyev #tashrif #BAA #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

"HUDUDGAZ NAMANGAN" gaz ta'minoti filiali

10 Jan, 14:53


Namangan shahrida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

Respublikamizning barcha hududlarida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotgan jismoniy va yuridik shaxslarni aniqlash boʻyicha nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

Joriy yilning 10-yanvar kuni Namangan viloyati Namangan shahrida “Hududgaz Namangan” gaz taʼminoti filiali komplayens nazorat tuzilmalari va shahar gaz taʼminoti boʻlimi xodimlari ishtirokida oʻtkazilgan reyd tadbirida qoidabuzilish holati qayd etildi.

Namangan shahrining Namuna koʻchasida istiqomat qiluvchi fuqaro R. Z. ga qarashli novvoyxonada gaz taʼminoti tashkiloti bilan shartnoma tuzmasdan tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelingan aniqlandi.

Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, gaz sarfi qayta hisob-kitob qilindi va 362,5 million soʻmlik zarar hisoblandi. Toʻplangan barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Batafsil:
https://hududgaz.uz/ads?id=13021

💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz

"HUDUDGAZ NAMANGAN" gaz ta'minoti filiali

10 Jan, 06:58


“Hududgazta’minot” AJ xodimlariga imo-ishora tili o‘rgatilmoqda

“Hududgazta’minot” AJ va uning hududiy filiallari murojaatlar bilan ishlash bo‘limi xodimlari imo-ishora tilini o‘rganish bo‘yicha maxsus ta’lim olishmoqda. Respublika kasbiy ko‘nikmalar markazi tomonidan tashkil etilgan kurslarda jamiyatning 15 nafar xodimi jalb etilgan.

Ushbu tashabbus imkoniyati cheklangan murojaatchilarga o‘z murojaatlarini erkin va qulay tarzda ifoda etish imkoniyatini taqdim etishga qaratilgan. O‘quv kurslari orqali xodimlarning ko‘nikmalari oshirilib, xizmat sifatining yanada yaxshilanishi ko‘zda tutilgan. Ushbu sa’y-harakatlar fuqarolar bilan muloqotda ijobiy o‘zgarishlarga zamin yaratadi.

Batafsil: https://hududgaz.uz/news?id=13006

💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz

"HUDUDGAZ NAMANGAN" gaz ta'minoti filiali

09 Jan, 21:03


😊😊😊😊😊

“Hududgaz Namangan”da yillik hisobot va yangi yil rejalari muhokama qilindi

“Hududgaz ta’minot” AJ boshqaruv raisi o‘rinbosari, bosh muhandis T.Turdiyevning Namangan viloyatiga tashrifi doirasida 2024 yilda amalga oshirilgan ishlar hisoboti va 2025 yil rejalari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish "Hududgaz Namangan" gaz ta’minoti filiali majlislar zalida o‘tkazilib, unda filial xodimlari hamda shahar va tuman gaz ta’minoti bo‘limlari rahbarlari ishtirok etishdi.

Yig‘ilish davomida 2024 yilda erishilgan yutuqlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tahlil qilindi. Shuningdek, 2025 yilda viloyat aholisiga sifatli gaz ta’minotini ta’minlash, xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish va ta’mirlash ishlarini samarali amalga oshirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Bosh muhandis T.Turdiyev yig‘ilish ishtirokchilariga yuqori mas’uliyatli vazifalarni bajarishda tashabbuskorlik va intizomni oshirish zarurligini ta’kidlab o‘tdi. Ularga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, yangi texnologiyalarni joriy etish va iste’molchilarning muammolarini tezkor hal qilish borasida aniq ko‘rsatmalar berildi.

Yig‘ilish yakunida 2025 yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar bo‘yicha aniq reja va vazifalar tasdiqlandi. Shuningdek, kelgusi yilda gaz ta’minoti xizmatlarini yanada yaxshilash maqsadida har bir xodimning mas’uliyati va hissasi muhim ekanligi qayd etildi.

Tadbir oxirida filial rahbarlari va xodimlari tomonidan aniq vazifalar belgilab olindi va kelgusi faoliyatda sifatli va samarali ishlashga qat’iy qaror qilindi.

“Hududgaz Namangan” gaz taʻminoti filiali matbuot xizmati

@hududgaz_namangan

"HUDUDGAZ NAMANGAN" gaz ta'minoti filiali

09 Jan, 15:19


😊😊😊😊😊

Namangan shahar Boburshoh koʻchasidagi 20 ta koʻp qavatli uylarda gaz taʼminotini yaxshilash maqsadida ushbu koʻchaning 2,0 kilometr qismida diametri 159 millimetr boʻlgan yangi gaz quvurlarini rekonstruksiya qilish ishlari olib borildi.

“Hududgaz Namangan” gaz taʻminoti filiali matbuot xizmati

@hududgaz_namangan

"HUDUDGAZ NAMANGAN" gaz ta'minoti filiali

09 Jan, 10:52


😊😊😊😊😊

Namanganda "Mahalla balansi"ni yuritish maqsadida “Aqlli mahalla” tashkil etilmoqda

Davlatobod tumanidagi Yelixon mahallasi Namangandagi birinchi “Aqlli mahalla”ga aylanmoqda.

“Hududgaz ta’minot” AJ tashabbusi bilan bu yerda gaz ta’minoti tizimi tubdan yangilanadi. Har bir xonadonga zamonaviy regulatorlar va energiya tejovchi gaz jihozlari o‘rnatiladi. Mahallaning kirish qismida umumiy gaz hisoblagichlar o‘rnatilib, barcha ko‘chalarda nazorat tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Loyiha doirasida Yelixon mahallasidagi 468 xonadon to‘liq ikki bosqichli tizimga o‘tkaziladi, bu esa gaz ta’minoti xavfsizligini oshirib, aholi xarajatlarini kamaytirishga xizmat qiladi.

Mazkur ishlar yuzasidan “Hududgaz ta’minot” boshqaruv raisi o‘rinbosari – bosh muhandis T.Turdiev Namanganda bo‘lib, amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishib, kerakli topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.

Yelixon mahallasi misolida Namangan viloyatining barcha shahar va tumanlarida ham bittadan mahalla tanlanib, ishlar boshlandi.

Aqlli mahalla – kelajak texnologiyasi!

“Hududgaz Namangan” gaz taʻminoti filiali matbuot xizmati

@hududgaz_namangan

"HUDUDGAZ NAMANGAN" gaz ta'minoti filiali

06 Jan, 05:30


https://uza.uz/uz/posts/oilaviy-korxonada-133-milliard-somlik-gazdan-noqonuniy-foydalanish-holati-aniqlandi_674741

"HUDUDGAZ NAMANGAN" gaz ta'minoti filiali

06 Jan, 04:00


Ҳафтанинг энг муҳим воқеалари шарҳи: Банк хизматлари маҳаллага янада яқин бўлади. Давлат бюджетининг ижросини таъминлаш чора-тадбирлари Президент ҳузурида муҳокама қилинди.

Ҳәптениң ең әҳмийетли ўакыяларына шолыў: Банк хызметлери маҳаллеге және де жақын болады. Мәмлекет бюджетиниң орынланыўын тәмийинлеў ис-иләжлары Президент кабыллаўында додаланды.

Обзор важнейших событий за неделю: Банковские услуги станут еще ближе к жителям махалли. Меры по исполнению Государственного бюджета обсуждены при Президенте.

Weekly review of the most important events: Banking services will become even closer to the mahalla residents. Measures on implementing the State Budget were discussed under the President.

Facebook|Instagram|X

"HUDUDGAZ NAMANGAN" gaz ta'minoti filiali

05 Jan, 06:45


Qashqadaryo va Fargʻona viloyatida suyultirilgan gaz taʼminotidagi noqonuniy “bunker”lar faoliyatiga chek qoʻyildi

Respublikamizning barcha hududlarida tabiiy va suyultirilgan gaz taʼminotidagi noqonuniy holatlarni aniqlash boʻyicha tadbirlar davom ettirilmoqda. Mazkur yoʻnalishda nafaqat isteʼmolchilar ishtirokidagi qonunbuzarliklar, balki tizim xodimlari tomonidan amalga oshirilayotgan qingʻirliklar ham fosh etilmoqda.

“Hududgaz Qashqadaryo” gaz taʼminoti komlayens nazorat tuzilmalari ishtirokida Qashqadaryo viloyati Koʻkdala tumanida suyultirilgan gaz taʼminotidagi qonunbuzilish holatini aniqlash boʻyicha nazorat tadbiri oʻtkazildi.

“Koʻkdalatumangaz” GTB chilangar taʼminotchisi I. N. va haydovchi B. X. tumanning “Chorvador” MFY hududidagi isteʼmolchilarga tarqatilishi koʻzda tutilgan 110 dona maishiy gaz ballonlarni belgilangan tartibda tarqatmasdan, mazkur mahallada yashovchi B. A. xonadoniga 34 dona gaz ballonini tushirayotgani aniqlangan. Shuningdek, ushbu xonadonda 8 dona boʻsh gaz ballonlari borligi maʼlum boʻlgan.

Shunga oʻxshash holat Fargʻona viloyatining Qoʻqon shahrida ham kuzatildi. Qoʻqon shahar Bodomzor koʻchasida istiqomat qiluvchi S. U. xonadonida maishiy gaz ballonlari qoidalarga zid ravishda saqlanayotgan “bunker” aniqlangan. Xonadon koʻzdan kechirilganda suyultirilgan gaz bilan toʻldirilgan 35 dona va boʻsh holdagi 48 dona maishiy gaz ballonlari borligi maʼlum boʻldi.

Mazkur ikki holat davomida 1380 kg suyultirilgan gaz mahsuloti talon-taroj qilinishining oldi olindi.

Holatlar yuzasidan dalolatnomalar tuzilib, barcha hujjatlar FVB va huquq-tartibot organlariga taqdim etildi.

Batafsil:
https://hududgaz.uz/ads?id=12886

💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz

"HUDUDGAZ NAMANGAN" gaz ta'minoti filiali

04 Jan, 15:36


Samarqand viloyatida qariyb 1,33 mlrd soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

“Hududgaztaʼminot” AJ Boshqaruv raisining tegishli topshirigʻi bilan respublikaning barcha hududlarida tuzilgan ishchi guruhlar tomonidan gaz taʼminotidagi noqonuniy holatlarni aniqlashga qaratilgan tezkor nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

“Hududgaz Samarqand” GTF komplayens nazorat tuzilmalari, “Toyloqtumangaz” GTB, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Oʻzenergoinspeksiya va huquqni muhofaza qiluvchi organlar ishtirokida oʻtkazilgan reyd jarayonida Samarqand viloyati Toyloq tumani “Qoʻrgʻoncha” MFYda joylashgan “S. Sh.” oilaviy korxonasida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi.

Maʼlum boʻlishicha, korxona (novvoyxona) egalari yashirin yoʻl bilan tabiiy gaz tarmogʻiga ulanib, “zangori yoqilgʻi”dan noqonuniy foydalanib kelgan. Holat boʻyicha dalolatnoma tuzilib, tabiiy gaz hajmi qayta hisob kitob qilindi va yetkazilgan zarar 1,329 milliard soʻm miqdorida hisoblandi.

Barcha daliliy ashyo va hujjatlar huquq-tartibot organlariga topshirildi.

Batafsil:
https://hududgaz.uz/ads?id=12883

💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz

"HUDUDGAZ NAMANGAN" gaz ta'minoti filiali

04 Jan, 07:22


😊😊😊😊😊

Yangiqo‘rg‘on tumanining Soy Bo‘yi mahallasida xonadonlarga suyultirilgan gaz yetkazib berilmoqda.

Har bir xonadonga qulaylik yaratish va aholi farovonligini oshirish maqsadida, Soy Bo‘yi mahalla fuqarolar yig‘inida suyultirilgan gaz yetkazib berish ishlari belgilangan reja-grafik asosida davom etmoqda.

Mahallabay, xonadonma-xonadon suyultirilgan gaz tarqatilishi aholiga qulay va xavfsiz energiya manbaini taqdim etib, kundalik turmush sharoitlarini yaxshilashga xizmat qilmoqda.

“Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati

@hududgaz_namangan

"HUDUDGAZ NAMANGAN" gaz ta'minoti filiali

04 Jan, 03:08


📣 "Hududgazta'minot" AJ dan gapiramiz:

Hurmatli iste'molchi!

Uydan ko‘chaga chiqayotganingizda gaz va elektr jihozlarini o‘chirishni unutmang!

✍️ "Hududgazta'minot" AJ matbuot xizmati

💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz

"HUDUDGAZ NAMANGAN" gaz ta'minoti filiali

02 Jan, 08:25


Табиий газ ҳисобини юритиш рақамлаштирилади

Президент қарорига биноан газ ҳисобини рақамлаштириш орқали юритиш ишлари олиб борилмоқда.

👉 Батафсил

Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

"HUDUDGAZ NAMANGAN" gaz ta'minoti filiali

02 Jan, 06:03


😊😊😊😊😊

OAV biz haqimizda

“Namangan viloyati teleradio kompaniyasini” telekanalining “Sarhisob” dasturida “Aholiga suyultirilgan va tabiiy gaz yetkazib berishda yangicha yondashuvlar” sarlavhasi ostida ko'rsatuv efirga uzatildi.

Batafsil lavhada ko'rishingiz mumkin.

Manba:
https://t.me/NamTRK/15872

18.12.2024

"HUDUDGAZ NAMANGAN" gaz ta'minoti filiali

01 Jan, 05:54


“Hududgazta’minot” AJ Telegram kanalining 2024-yildagi natijalari:

Hurmatli kanalimiz obunachilari, faol ishtirokingiz uchun minnatdormiz.

2025-yilda ham birgalikda olg‘a intilamiz!

💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz

"HUDUDGAZ NAMANGAN" gaz ta'minoti filiali

31 Dec, 19:15


#Диққат #Янги_йил_табриги

❗️Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон халқига Янги йил табриги

"HUDUDGAZ NAMANGAN" gaz ta'minoti filiali

31 Dec, 19:13


Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон халқига Янги йил табриги

Новогоднее поздравление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

"HUDUDGAZ NAMANGAN" gaz ta'minoti filiali

31 Dec, 12:17


Dekabr oyida aholiga 2 milliard 177 million metr kub tabiiy gaz yetkazib berildi

“Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyati tomonidan 2024 yilning dekabr oyida aholiga 2 milliard 177 million 335 ming metr kub, ulgurji iste’molchilarga 927 million 333 ming metr kub, issiqlik ta’minoti korxonalariga 175 million 704 ming metr kub, ijtimoiy soha ob’ektlariga 33 million 946 ming metr kub va avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalariga 301 million 558 ming metr kub tabiiy gaz yetkazib berilgan.

Batafsil: https://uza.uz/posts/673658

📱Mobil ilova 👉 iOS | Android

O`zbekcha | Ўзбекча | Русская | Илм-фан | Тезкор

"HUDUDGAZ NAMANGAN" gaz ta'minoti filiali

31 Dec, 11:08


Президент Шавкат Мирзиёевнинг 2024 йилдаги ташқи сиёсий тадбирларга, давлат ва жамият ҳаётига дахлдор воқеаларга бой бўлган серқирра фаолияти факт ва рақамларда

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

"HUDUDGAZ NAMANGAN" gaz ta'minoti filiali

31 Dec, 10:25


#Brifing

Aholini tabiiy gaz bilan taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar

“Hududgaztaʼminot” AJ matbuot kotibi Dilorom Jumaniyozova ishtirokida brifing boʻlib oʻtdi.

💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz

"HUDUDGAZ NAMANGAN" gaz ta'minoti filiali

31 Dec, 06:00


#bayram_muborak

"Hududgazta'minot" AJ dan bayram tavsiyalari

🎊 "Hududgazta'minot" AJ matbuot xizmati


💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz

"HUDUDGAZ NAMANGAN" gaz ta'minoti filiali

30 Dec, 05:01


💥 Мушакбозликнинг хавфли оқибатлари

"HUDUDGAZ NAMANGAN" gaz ta'minoti filiali

28 Dec, 12:17


Namangan Qo‘g‘irchoq Teatri jajji bolajonlarga Yangi yil bayramini tuhfa etdi

Namangan viloyatida yangi yil bayrami munosabati bilan o‘zgacha tadbir tashkil etildi. "Hududgaz Namangan" gaz ta'minoti filiali tashabbusi bilan soha xodimlarining farzandlari uchun Namangan viloyati qo‘g‘irchoq teatrida bayramona spektakl namoyish qilindi.

Tadbir doirasida teatr sahnasida "Yangi yil archasi" nomli qo‘g‘irchoq tomoshasining prem’erasi bo‘lib o‘tdi. Spektaklda bolalarning sevimli ertak qahramonlari va Yangi yil ramzi bo‘lgan Qorbobo hamda Qorqiz ishtirok etib, tomoshabinlarga quvonch ulashdi.

Bolajonlarga unutilmas kun tuhfa etildi
Mazkur tadbir bolajonlarning xotirasida yorqin iz qoldirdi. Qo‘g‘irchoq teatri xodimlari tomonidan tayyorlangan qiziqarli syujet, ajoyib qo‘shiqlar va jozibali sahna bezaklari bolalarga haqiqiy bayram kayfiyatini tuhfa etdi.

"Hududgaz Namangan" gaz ta’minoti filiali rahbariyati bolalar va ularning ota-onalari uchun shunday iliq muhitni yaratishdan mamnun ekanliklarini bildirishdi. Tadbir yakunida bolalarga yangi yil sovg‘alari ulashildi.

Ushbu tadbir viloyatda bolalar uchun mo‘ljallangan madaniy-tarbiyaviy dasturlarni amalga oshirishning yorqin namunasi bo‘ldi. Bunday tadbirlar nafaqat bolalarning quvonchini oshirishga, balki oilalar o‘rtasidagi mehr-muhabbatni mustahkamlashga ham xizmat qiladi.

Namangan viloyati Qo‘g‘irchoq Teatri har yili turli yoshdagi tomoshabinlar uchun qiziqarli dasturlar tayyorlab kelmoqda. Bu yilgi "Yangi yil archasi" spektakli esa bolalarga yangi yil mo‘jizasini yaqinlashtirdi.

“Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati

@hududgaz_namangan

"HUDUDGAZ NAMANGAN" gaz ta'minoti filiali

28 Dec, 05:45


“Hududgaztaʼminot” AJ rasmiy xabari

Hurmatli isteʼmolchilar!

Yangi yil bayrami va bir necha kun davom etadigan dam olish kunlari munosabati bilan “Hududgaztaʼminot” AJ yana bir bor gazdan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish, gaz jihozlarini qarovsiz qoldirmaslik, shuningdek, shamollatish tizimiga alohida eʼtibor berish zarurligini eslatib oʻtadi.

Shu oʻrinda fuqarolardan gaz jihozlari ishlab turgan xonalarda dam olishga yoʻl qoʻymaslikni va chiroqni yoqishdan oldin gaz hidi yoʻqligiga ishonch hosil qilib, u aniqlangan taqdirda 104 raqami orqali gaz xizmatiga murojaat qilishni soʻraymiz.

“Hududgaztaʼminot” AJ bayram kunlari arafasida tabiiy gaz isteʼmolchilariga shaxsiy hisob raqamini tekshirib turish, SMS xabarnomaga eʼtiborli boʻlish va tabiiy gaz taʼminoti uchun toʻlovlarni oʻz vaqtida amalga oshirish zarurligini eslatib oʻtadi. Gaz taʼminoti xizmatlari uchun hisob-kitoblarni tuman gaz boʻlimlari va bank filiallarida, shuningdek, barcha toʻlov tizimlarining mobil ilovalari orqali 24/7 rejimida amalga oshirish mumkin.

Gaz taʼminotiga oid barcha murojaatlar 1104 qisqa raqami orqali qabul qilinadi. Gaz sizib chiqishi holatlari va boshqa texnik muammolar kuzatilganda 104 raqamiga qoʻngʻiroq qilish lozim.

“Hududgaztaʼminot” AJ matbuot xizmati

***

Официальное сообщение АО “Худудгазтаъминот”

Уважаемые потребители!

В связи с новогодними праздниками и длительными выходными днями, АО “Худудгазтаъминот” просит потребителей соблюдать меры безопасности при использовании природного газа, не оставлять без присмотра отопительные приборы, а также обратить особое внимание на систему вентиляции продуктов сгорания.

Убедительно просим не допускать ночлега в комнатах без соответствующей вентиляции, при появлении запаха газа обращаться в газовую службу по телефону 104.

Пользуясь случаем АО “Худудгазтаъминот” напоминает, что в целях бесперебойной поставки природного газа необходимо своевременно произвести оплату. Платежи можно осуществлять через филиалы банков в районных отделениях газоснабжения, в самих банках, а также в режиме 24/7 через мобильные приложения всех платежных систем.

Все обращения по вопросам газоснабжения принимаются по короткому номеру 1104. При обнаружении утечек газа и других технических проблем следует звонить по номеру 104.

Пресс-служба АО “Худудгазтаъминот

💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz

"HUDUDGAZ NAMANGAN" gaz ta'minoti filiali

27 Dec, 12:27


Yangi Yil – Farzandlar Uchun Quvonch Va Umid Bayrami

Yangi yil – bu nafaqat yangi boshlanishlar, balki bolalar qalbini quvontiradigan orzu-umidlar bayramidir. Ayniqsa, bolalar ushbu bayramni intiqlik bilan kutadilar, chunki ularning tasavvurlarida yangi yil mehr-oqibat, g‘amxo‘rlik va quvonch bilan bog‘liq.

Mamlakatimiz bo‘ylab yangi yil arafasida bolalar uchun maxsus tadbirlar o‘tkazilmoqda. Bu tadbirlar har bir bolaning yuzida tabassum, qalbida esa yangi umidlarni uyg‘otmoqda. Bayram shukuhi ularning qalbini yoritib, hayotga bo‘lgan ishonchini mustahkamlaydi.

Shu kunlarda “Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filiali va kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan tadbir ana shunday ezgu maqsadlarni ko‘zladi. Namangan viloyatida gaz sohasida mehnat qilayotgan xodimlarning farzandlariga bayram sovg‘alari topshirildi. Ushbu sovg‘alar bolalarga nafaqat quvonch ulashdi, balki ularning bayram taassurotlarini yanada unutilmas qildi.

“Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati

@hududgaz_namangan

"HUDUDGAZ NAMANGAN" gaz ta'minoti filiali

26 Dec, 16:12


😊😊😊😊😊

Yangi Namangan tumanida aholisiga suyultirilgan gaz yetkazib berilmoqda

Yangi Namangan tumani Bunyodkor mahallasi aholisining ehtiyojlarini qondirish maqsadida suyultirilgan gaz yetkazib berish ishlari reja-grafik asosida va ID-kartalar orqali amalga oshirilmoqda. 25-26 dekabr kunlari mahallaga 24 tonnadan ortiq suyultirilgan gaz yetkazib berildi.

Bu tashabbus qish faslida aholi uchun qulaylik yaratish va yoqilg‘i ta’minotini yaxshilash maqsadida yo‘lga qo‘yilgan. Suyultirilgan gazni ID-kartalar orqali taqsimlash tizimi adolatli va samarali ta’minotni ta’minlamoqda.

Hozirda yetkazib berish ishlari izchil davom ettirilmoqda, va mahalladagi har bir xonadonning ehtiyojlari to‘liq qondirilishiga katta e’tibor qaratilmoqda.

“Hududgaz Namangan” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati

@hududgaz_namangan