HIJRON MARKAZI @hijron_markazi قناة على Telegram

HIJRON MARKAZI

HIJRON MARKAZI
Manzil: Jämtlandsgatan 151B, Stockholm
Ma'lumot uchun:
0722531236
Bizning saytimiz: www.hutcentrum.se http://hutcentrum.se/kursanmalan/
Kurslarimizga link orqali qayd qiling: http://hutcentrum.se/kursanmalan/
2,169 مشترك
929 صورة
643 فيديو
آخر تحديث 07.03.2025 00:37

Hijron Markazi: Empowering Communities Through Education

Hijron Markazi, Shvetsiyaning poytaxti Stokgolmda joylashgan bo'lib, ta'lim va ijtimoiy rivojlanishga qaratilgan bir qator kurslar va dasturlarni taklif etadi. U Jämtlandsgatan 151B manzilida joylashgan va o'zining innovatsion yondashuvlari bilan tanilgan. Markaz, asosan, immigrantlar va mahalliy aholidan iborat bo'lgan jamiyat uchun muhim ta'lim manbai sifatida xizmat qiladi. Hijron Markazi, o'z kurslari orqali bir tomondan, bolalar va kattalar uchun yangi ko'nikmalarni o'rgatish, boshqa tomondan, jamiyatni birlashtirib, ijtimoiy aloqalarni mustahkamlashga yordam beradi. Markazda taklif etilayotgan kurslar, shuningdek, raqamli savodxonlik, til o'rganish, va kasbiy malaka oshirishni o'z ichiga oladi. Bu maqola, Hijron Markazining faoliyati, taklif etilayotgan xizmatlar va jamiyatga qaratilgan maqsadlari haqida batafsil ma'lumot beradi.

Hijron Markazida qanday kurslar mavjud?

Hijron Markazida ko'plab kurslar mavjud bo'lib, ular orasida til kurslari, kompyuter texnologiyalari, va kasbiy malaka oshirish kurslari ajralib turadi. Til kurslari, asosan, O'zbek, shved, va ingliz tillarida o'qitiladi, bu esa immigrantlar va yangi kelganlar uchun muhim imkoniyatlarni taqdim etadi.

Shuningdek, markazda yoshlar uchun mo'ljallangan turli dasturlar ham mavjud. Ular bolalarga va o'smirlar uchun qiziqarli va o'rgatuvchi faoliyatlarni taklif etib, ularning shaxsiy va ijtimoiy rivojlanishiga yordam beradi.

Hijron Markazining elektoratiga kimlar kiradi?

Hijron Markazi, asosan, Stokgolm shahridagi immigrantlar va mahalliy aholidan iborat bo'lgan jamiyat uchun ochiqdir. U yerda turli millat va madaniyat vakillari o'zaro bilim va tajriba almashish imkoniyatiga ega. Bu ijtimoiy aloqalarni kuchaytirish va jamiyatda birdamlikni ta'minlash maqsadida muhim ahamiyatga ega.

Bundan tashqari, markazda o'qituvchilar va mutaxassislar, o'z sohalarida tajribaga ega bo'lgan shaxslar hisoblanadi, ular kurslar davomida o'quvchilarga bilim va ko'nikmalarni etkazishda yordam beradi.

Hijron Markazi qaysi xizmatlardan foydalanish mumkin?

Hijron Markazi, o'quv kurslaridan tashqari, hamyonbop xizmatlar va konsultatsiyalarni ham taklif etadi. Bu xizmatlar, masalan, til o'rganishda yordam, karyera maslahatlari va o'z-o'zini rivojlantirish bo'yicha treninglar kiradi.

Shuningdek, markazda o'z bilimlarini rivojlantirish va o'zaro tajriba almashish uchun innovatsion loyihalar va tadbirlar yaxshi tashkil etilgan bo'lib, bu esa jamiyatni yanada rivojlantirishga yordam beradi.

Hijron Markazida qatnashish uchun qanday ro'yxatdan o'tish mumkin?

Hijron Markazida qatnashish uchun o'quvchilar maxsus veb-sayt orqali ro'yxatdan o'tishlari mumkin. Markazning rasmiy sayti www.hutcentrum.se bo'lib, o'sha yerda mavjud kurslar va dasturlar haqida to'liq ma'lumotga ega bo'lish mumkin.

Ro'yxatdan o'tish jarayoni juda oddiy va qulay, shuningdek, agar sizga yordam kerak bo'lsa, telefon orqali yoki to'g'ridan-to'g'ri markazga murojaat qilib, qo'shimcha ma'lumot olishingiz mumkin.

Hijron Markazi qanday ijtimoiy rol o'ynaydi?

Hijron Markazi, o'z faoliyati orqali, immigrantlar va mahalliy aholi o'rtasida ko'prik yaratadi. U, o'quvchilarni birlashtirgan holda, turli madaniyatlarni bir joyga to'playdi va bu orqali ijtimoiy birdamlikni mustahkamlaydi.

Markaz, shuningdek, ijtimoiy masalalar bo'yicha turli tadbirlar o'tkazadi, bu esa aholining ijtimoiy hayotida faol ishtirok etishiga yordam beradi. Natijada, Hijron Markazi, jamiyatni ichki aloqalarda yaxshilash va qo'llab-quvvatlashda muhim o'rin tutadi.

قناة HIJRON MARKAZI على Telegram

Assalomu aleykum, sevganlar! Bu yerda Hijron Markazi - @hijron_markazi Telegram kanalining rasmiy sahifasi. Hijron Markazi, Stokgolm shahridagi Jämtlandsgatan 151B manzilida joylashgan va qiziqarli darslar va kurslar bilan mashhur. Telefon raqami: 0722531236. Bizning veb-saytimizda ko'proq ma'lumot olishingiz mumkin: www.hutcentrum.se. Agar siz kurslarimizga qo'shilmoqchi bo'lsangiz, quyidagi havoladan qayd qiling: http://hutcentrum.se/kursanmalan/. Hijron Markazi - eng yaxshi o'rganish joyi! Biz bilan kayfiyatli va foydali darslarni o'rganing!

أحدث منشورات HIJRON MARKAZI

Post image

​​Hijron Markazi Özbekiston - Shvetsiya davlatlarining özaro integratsiyasi rivoji uchun xissa qöshayotganligi davlat idoralari tarafidan e'tirof etilmoqda.

Hijron Markazi 10 yildan ziyod bölgan davrda Shvetsiyaga yashayotgan hamda ushbu mamlakatga kelmoqchi bölgan vatandoshlarimizning barcha qatlamlariga birinchi va eng asosiy yordam sifatida faoliyat körsatib keldi.
Bu vaqt ichida Hijron Markazi 10 mingdan ziyod kattayu-kichik vatandoshlarimizga turli soha va masalalarda xizmat körsatdi.

Bularning ba'zilarini sanab ötishlik lozim deb topdik:

Yangi jamiyatda öz örnini topishlari uchun bilim - könikmalar berdik, kadrlarni yetishtirdik, ularni ishga joylashtirdik.

Farzandlari bor oilalarga maktablarga joylartirdik, ularga tarbiya-ta'lim berdik. Kelajakda yetuk shaxs hamda malakali kadr egasi bölishi uchun qiziqishlarini hisobga olgan holda gymnaziyalarga yöllanma berdik.

Ona tili, madaniyati hamda qadriyatlarini esdan chiqarmasliklari uchun köplab jurnal, qöllanmalar hamda maktab darsliklarini chop qildik. Ularning ba'zilari Shvetsiya maktablarida darslik sifatida qöllanib kelmoqda.

Shvetsiyaga kelgan vatandoshlarimiz turli sohalardagi muammolarini hal qilishda rasmiy yuridik briefing uchrashuvlarni tashkil qilindi, oilaviy majarolarni bartaraf qilindi.

Hijron Markazi özbek vatandoshlarning Shvetsiyada yashayotgan boshqa millat va elatlar bilan özaro aloqalarini kuchaytirish maqsadida turk, qozoq, qirg'iz, ukraina, tojik, uyg'ur kabi jamiyatlar bilan hamkorlik qildi, turli yönalishlarda loyihalar tashkil qilindi.

"Soglom avlod uchun" loyigasi orqali bolalarga sog'lom hamda milliy ruhga asoslangan sport tögaraklari tashkil qilindi. Bular ichida ayniqsa kurash, shaxmat va futbol tögaraklari kabi bolalar orasida shuhrat qozondi. Ushbu sport yönalishlarda musobaqalar ötkazildi.

Yuqorida sanab ötilganlar Hijron Markazini faoliyatidan "xirmondan bir shingil non" kabi bölib, sahna ortida köplab faol bölgan ustozlar, jon kuyar ota-onalar, ertayu-kech bizlarga yordam berayotgan vatandoshlarimiz xissasi beqiyos. Hijron Markazi bachalariga ta'zim qilar, öz minnatdorchiligini izxor qiladi.

Öylaymizki, kelajakda ham Hijron Markazi eshiklari barcha vatandoshlarimiz uchun ochiq bölib, har doim yaxshilik, ezgulik yölida vatandoshlarimizga xizmat qiladi.

KANALIMIZGA OBUNA BÖLING - https://t.me/hijron_markazi

05 Mar, 09:52
167
Post image

​​​​Hijron Markazi Özbeksiton va Shvetsiya ta'lim tizimlari darajasini rivojlantirishda köprik vazifasini ötamoqda.

Hijron Markazi Xalqaro Singapur maktabi bilan ta'lim tizimini rivojlantirish hamda Shvetsiya ta'lim modeli tajribasidan samarali foydalanish borasida hamkorlik memorandumlarini imzoladilar.

Maqsadimiz Özbekistonda Xalqaro Singapur maktab bitiruvchilari Evropa davlatlari universitetlariga öqishga kirish uchun imkoniyat berish hamda Shvetsiyadan Özbekistonga qaytib keluvchi maktab bolalari uchun öqishlarini muammosiz davom ettirishlari yoki Xalqaro Singapur Universitetiga kirishlarini ta'minlashdir.

Shu bilan birga ikki davlat orasida ta'lim tizimini integratsiya qilish, tajriba almashish hamda öqutivchilar bilim könikmalarini oshirishdir.

Umid qilamizki, tez orada ushbu loyiha Özbekiston uchun malakali kadrlar chiqarishga xizmat qiladi.

KANALIMIZGA OBUNA BÖLING - https://t.me/hijron_markazi

04 Mar, 18:39
207
Post image

Assalom aleykum hurmatli mijozlar.
Diqqat E'lon!

Tezparcel jamoasi keyingi jo'natma uchun yuklarni yigishni boshladi.

      Keyingi jo'natma 10.03.2025
      Qabul qilish oxirgi kuni 09.03.2025
                                                         
Uydan olib ketish narxi - 85 kr / 1kg yuk uchun.
*Olib ketiladigan yuk narxi masofani uzoqligiga qarab o’zgarishi mumkin.

Qo’shimcha ma’lumot uchun
🇸🇪+46 737779787

📦 Yukingizning minimal ogʻirligi 5 kilogramm boʻlishi kerak.
Shvetsiyadagi manzilimiz:
Jämtlandsgatan 151 A, 162 60 Stockholm (Vällingby)

04 Mar, 13:03
205
Post image

​​Söngi hafta ichida Hijron Markazi haqida asossiz tuhmatlarni yozayotgan troll profilga nisbatan öz munosabatimizni bildirmoqchimiz.

Avvalo shuni bilmoq kerakki, Hijron Markazi HECH QANDAY siyosiy yoki diniy oppozitsioner bölgan kishi, guruhlar yoki tashkilotlarga aloqasi HECH QACHON bölmagan va bölmaydi ham. Balki Hijron Markazining doim Özbekiston davlati ravnaqi uchun, ham Özbekiston ham Shvetsiya davlat idoralari bilan rasmiy faoliyati hammaga ma'lum va mashhurdir. Barcha faoliyatimiz asosli va rasmiy idoralarning ruxsati bilan 14 yil mobaynida vatandoshlarimizga xizmat qilib kelmoqdamiz.
Hijron Markazi har qanday terror, zulm, ig'vo, parokandalik, xusumat kabi illatlarga qarshi bölib, birlik-barobarlik, milliy qadriyatlar asosida katta-kichik yoshdagi minglab vatandoshlarga yordam berib kelayotgan - faol bölgan yagona bir markazdir.

Shunday bölsada, Hijron Markaziga nisbatan tuhmat toshlar otilishi yangilik emas.Qalbida bizga nisbatan g'arazi bölganlar har doim turli narsalarni bahona qilib, foydalanib kelgan. Ularga insof sörab qolamiz. Bu kabi fitnalardan, Allohga shukur, yillar osha salomat chiqqanmiz.

Shu bilan birga yuqorida aytib ötilgan illatlar Shvetsiyada sodir bölmasligi uchun Hijron Markazi Özbekiston davlatining rasmiy idoralari bilan turli yönalishda hamkorlik qilib, imkon darajasida isloh qilib kelgan. Loyihalar turli iqtisodiy, ta'lim, sport hamda madaniy sohalarda bölib, chet elda yashayotgan katta-kichik yoshdagi vatandoshlarimiz yangi davlat jamiyatida öz örinlarinlarini topib, davlatimizga foydali saxs va kadrlar tayyorlashga qaratilgan. Bularning barchasini bizning Hijron Markazi telegram hamda boshqa rasmiy kanallarimizda körishingiz, topishingiz mumkin.
Bundan tashqari xayrli ishlarda Hijron Markaziga bosh-qosh bölayotgan mingalab ota-onalar bularga guvoh sifasida keltirishimiz mumkin.

Sog'lom fikrdagi odam esa Hijron Markazi faoliyatini haqida bila turib, biz haqimizda noxush sözlar aytmaydi, dalil-hujjatsiz, yolg'on xabarlarga ishonmaydi, ularni tarqatmaydi.

Qolaversa aytishimiz kerakki, Özbekiston davlat idoralari Hijron Markazi faoliyatiga ishonch bildirib, turgan bir paytda bu kabi tuhmatchilar chiqib, vatandoshlar orasida ig'vo chiqarishi, parokandalik paydo qilish uchun urinishlari maqsadli ekanligi aniq körinib turibdi.
Shubha yöqki, bunday örinayotgan shaxslar Komil va u kabilarning qölida öyinchoq bölib xizmat qilayotganlari, bilib-bilmas yordam qilayotganlari aniqdir.

Hijron Markazi hech qachon Özbekiston davlati yuritayotgan siyosatiga qarshi faoliyat yuritmagan va yuritmaydi ham. Buni Özbekiston uchun bundanda siyosiy qiyin bölgan davrlarda xizmat qilib, isbotlaganmiz.
Shu sabab Hijron Markazi haqida tuhmat tarqatayotganlarning barchasini, ham Özbekiston ham Shvetsiyaning tegishli idoralariga shikoyat arizasini topshirish maqsadga muvofiq deb, "Komil" va uning "yordamchilar" faoliyatlariga chek qöyish zarur ekanligini topdik. Asosiysi, ushbu tuhmatlar barchamizga kelishi mumkunligini hisoblagan holda, nafaqat Shvetsiyada yashayotgan vatandoshlarimizga, balki barchamizning milliy birligiga xavf soladigan, uyushtirilgan jinoyat deya baholashimiz kerakligiga shak-shubhamiz qolmadi.

Öylaymizki, qolgan vatandoshlar ham bu kabi provokatsiyalarni töxtatishga Hijron Markaziga yaqindan yordam beradilar

Millatimiz va xalqimizni bölmoqchi bölayotgan shaxslar haqida ma'lumotlar yig'amiz. Ular haqida ma'lumoti borlar Hijron Markaziga xabar berishingiz mumkin. Shaxslarning ism-sharifi sir saqlanishi albatta kafolatlangan.
+46722531236

KANALIMIZGA OBUNA BÖLING - https://t.me/hijron_markazi

04 Mar, 06:22
365